ADABIY MEROS
СтатистикаBu kanalda: – adabiyot va tilshunoslikka oid foydali ma’lumotlar – ilmiy maqola va tezis yozish bo‘yicha maslahatlar – iqtidorli talabalar bilan ishlash tajribalari Kanal muallifi: Andijon davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi Ahmedova Hojalxon
- Последний пост
- 2 июл.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Yil davomida juda ko‘p dars jarayonlarini onlayn kuzatdim. Adashmasam, 50 dan ortiq professor-o‘qituvchining darsini ko‘rdim. Har bir darsda telefon o‘ynab o‘tiradigan talaba bor. Ba’zi ustozlarning darsida kamida 1 nafar talaba beparvo bo‘lsa, ba’zilarida deyarli hamma talaba auditoriyada jisman bor-u, xayolan boshqa joyda. Bu manzarani faqat “talabalar o‘qimay qo‘ydi” degan oddiy xulosa bilan yopib qo‘yish menimcha to‘g‘ri emas. Albatta, talabaning mas’uliyati bor. Darsga kelganidan keyin tinglash, savol berish, fikrlash, o‘z ustida ishlash uning vazifasi. Lekin masalaning ikkinchi tomoni ham bor: bizning dars berish uslubimiz bugungi avlodning qabul qilish tabiati, diqqat oralig‘i va axborot muhitiga qanchalik moslashyapti? Hozirgi Zed va Alfa avlod boshqa muhitda ulg‘aymoqda. Ular bolaligidan tezkor video, qisqa matn, tayyor javob, sun’iy intellekt, algoritm tanlab bergan kontent ichida yashayapti. Ular uchun ma’lumot topish muammo emas. Muammo — shu ma’lumotlar ichidan keraklisini ajratish, fikrni jamlash va chuqur o‘ylashda. Shu sababli bugungi professor-o‘qituvchining vazifasi avvalgidan ancha murakkablashdi. Endi auditoriyaga kirib, bir soat davomida faqat ma’ruza matnini o‘qib berish bilan talabani ushlab turish qiyin. Talaba mavzuning hayotga, kasbga, kelajakdagi ishiga qanday aloqasi borligini ko‘rmasa, uning diqqati tezda telefonga qaytadi. Telefon esa har doim tayyor: xabar bor, video bor, o‘yin bor, sun’iy intellekt bor, yana nimadir bor. Lekin shu yerda talabaning o‘zini ham to‘liq oqlab bo‘lmaydi. Texnologiya imkoniyat, lekin bahona emas. Sun’iy intellekt yordam berishi mumkin, ammo talabaning o‘rniga tafakkur qilib bermaydi. Qisqa videolar ko‘ngil ochishi mumkin, lekin kasbiy salohiyat yaratmaydi. Ijtimoiy tarmoq vaqtni o‘tkazadi, lekin kelajakni qurib bermaydi. Bugungi talaba ham oddiy vaziyatda emas. Uning boshida diplom, ish, daromad, chetga ketish, ota-onaning umidi, jamiyatdagi bosim, o‘zini topish kabi savollar turibdi. Ayrimlari nima uchun o‘qiyotganini aniq biladi, ayrimlari hali izlanishda. Kimdir bilim uchun o‘qiyapti, kimdir diplom uchun, kimdir esa shunchaki oqimdan chiqib ketmaslik uchun. Shu nuqtada professor-o‘qituvchining roli juda muhim. U faqat fan o‘rgatuvchi emas, balki talabani fikrlashga qaytara oladigan pedagogik yetakchi bo‘lishi kerak. Darsda bitta savol bilan talabani uyg‘otish mumkin. Bir real misol bilan mavzuga qiziqtirish mumkin. Bir amaliy topshiriq bilan “bu fan menga kerak ekan” degan tuyg‘uni paydo qilish mumkin. Biz talabani ayblashdan oldin, ta’lim muhiti, o‘qitish metodikasi va professor-o‘qituvchining kommunikatsiya uslubi bugungi avlodga qanchalik moslashayotganini ham ko‘rishimiz kerak. Chunki yangi avlodni eski uslub bilan ilhomlantirish qiyin. Ularni majburlash mumkin, lekin qiziqtirish boshqa masala. Nazorat qilish mumkin, lekin ichki ehtiyoj uyg‘otish bundan ancha murakkabroq. Bugun auditoriyada kurash faqat baho uchun emas, diqqat uchun ham ketmoqda. Kim talabaning diqqatini uyg‘ota olsa, uni fikrlashga ham olib kira oladi. Kim fikrlashga olib kira olsa, unda kasbga, ilmga, o‘z kelajagiga nisbatan mas’uliyat paydo qila oladi. Bugungi avlod bilan ishlash qiyin. Buni tan olish kerak. Lekin bu avlodni yo‘qotilgan avlod deb ko‘rish ham adolatdan emas. Ular bilan ishlash uchun bizdan ko‘proq tayyorgarlik, ko‘proq moslashuv va ko‘proq pedagogik mahorat talab qilinmoqda. Bugungi ta’limning vazifasi talabani telefondan zo‘rlab ajratish emas, undan ko‘ra kuchliroq intellektual qiziqish uyg‘ota olishdir. Kanalga a’zo bo‘lish👇🏻 @azizxon_axmedov
#Prompt_yoz_etika Prompt yozish madaniyati: ilmiy tafakkurning yangi bosqichi Hozir AI’dan foydalanmaydigan tadqiqotchini topish qiyin bo‘lib qoldi. Kimdir undan maqola strukturasi tuzishda foydalanyapti, kimdir tarjima uchun, yana kimdir adabiyotlarni saralashda. Hatto ayrim ilmiy rahbarlar ham endi “AI ishlatdingmi?” deb emas, “qanday ishlatding?” deb so‘ray boshladi. Lekin bu yerda muhim bir chiziq bor: AI’dan foydalanish boshqa, ilmiy fikrlash o‘rniga AI’ni qo‘yish boshqa. Yaqinda Google’ning Kaggle platformasida e’lon qilingan “Prompt Engineering” whitepaper’ini o‘qib chiqdim. O‘qib turib bir narsani sezdim: yaxshi prompt yozish aslida yaxshi savol bera olish bilan bog‘liq ekan. Bu esa ilmning eng eski muammolaridan biri. Bizda ba’zan AI’ga munosabat juda sodda: “aka, mavzu tashladim — maqolani chiqarib bersin”. Bu xuddi kutubxonaga kirib, javonlarga qarab: “shu yerda bir joyda kerakli gap bor ekan, o‘zing topib chiqaver” deganga o‘xshaydi. AI ham bazan choyxonadagi “hamma narsadan xabari bor aka”ga o‘xshaydi: tez javob beradi, ishonch bilan gapiradi, lekin ba’zan o‘zi ham aniq bilmagan narsani juda chiroyli tushuntirib yuboradi. Eng xavflisi ham shu. Chunki AI noto‘g‘ri gapni ham juda silliq yozadi. Shu sabab prompt yozish madaniyati paydo bo‘lyapti. Prompt degani oddiy savol emas. U AI’ga: — nima kerakligi; — qaysi metodologiya ishlatilishi; — qaysi davr yoki hudud nazarda tutilayotgani; — qanday format kerakligi; — qanday cheklovlar borligi haqida aniq yo‘riq berishdir. Masalan, “shu mavzuda yozib ber” bilan: “2020–2025-yillardagi Scopus maqolalari asosida gamifikatsiyaning til o‘qitishdagi samaradorligini tahlil qil” orasida juda katta farq bor. Aniq savol bo‘lmasa, AI ham umumiy gap qaytaradi. Bu xuddi ilmiy rahbar oldiga kirib: “ustoz, bir yaxshi mavzu topib bering” deb o‘tirishga o‘xshaydi. Lekin boshqa tomoni ham bor. Hozir ayrimlar AI’dan foydalanayotgan har qanday tadqiqotchini “tekinxo‘r” deb ko‘rsatishga urinadi. Menimcha, bu ham uncha adolatli emas. Chunki bugungi ilmda vaqt bilan ishlash ham kompetensiyaga aylanib bo‘ldi. Oldin Zotero yoki Mendeley ishlatgan odamni hech kim dangasa demagan. Google Scholar’dan foydalangan tadqiqotchini ham “o‘zi kitob qidirmabdi” deb ayblashmagan. AI ham asta-sekin ilmiy ekotizimning oddiy vositalaridan biriga aylanmoqda. Muammo boshqa joyda: AI fikrni tezlashtiryaptimi yoki fikrlashning o‘rnini bosyaptimi? Farq aynan shu yerda. Menimcha, yaxshi prompt yozish — bu mavzuni tushungan odamning belgisi. Chunki mavzuni tushunmagan odam AI’ga ham normal savol bera olmaydi. Savol sifati ko‘p hollarda tadqiqotchining o‘z saviyasini ko‘rsatadi. AI hozir ilm uchun kalkulyatorga o‘xshab qolyapti. Kalkulyator matematikani yo‘q qilmagan. Lekin formulani bilmagan odam qo‘liga Casio olsa ham fizik bo‘lib qolmagan. Keyingi postlarda ilmiy tadqiqotlar uchun qanday prompt yozish, AI’dan etik va samarali foydalanish, qaysi xatolar eng ko‘p uchrashi haqida ham alohida yozib boraman. Kanalga a’zo bo‘lishni unutmang. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
Ko‘p yillik ilmiy kuzatish va izlanishlarim mahsuli sifatida “Yangi O‘zbekistonda davlat va jamiyat ijtimoiy hamkorligining samarali tashkil etish asoslari” nomli monografiyam tayyorlandi. Ushbu kitobda davlat va jamiyat munosabatlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ijtimoiy sheriklik va zamonaviy boshqaruv jarayonlari ilmiy nuqtai nazardan tahlil qilindi. Monografiya soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar, magistrantlar hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga qiziqadigan kitobxonlar uchun foydali manba bo‘ladi, degan umiddaman. Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#xotira Shunday kunlarda inson beixtiyor o‘tganlarni, hayotimizda chuqur iz qoldirgan insonlarni ko‘proq eslaydi. Men ham bugun bobom — Nurmatov Axmadjon hojini yodga oldim. Agar hayot bo‘lganlarida, hozir 99 yoshda bo‘lar edilar. Biz u kishini “opodda” der edik. Opoddam hayotimdagi eng muhim insonlardan biri bo‘lganlar. Ilmga qiziqishim, ta’lim olishim, hayotga mas’uliyat bilan qarashimda u kishining hissalari juda katta. Hozir opoddam haqida xotira kitobi yozishni boshlaganman. Yaqinlarimizning esdaliklarini, u kishi haqidagi voqealarni, hayot yo‘llariga oid ma’lumotlarni jamlayapman. Bu kitob men uchun oddiy xotira emas, balki bir avlodning mehnati, sabri, ilmi va tarbiyasini saqlab qolish yo‘lidagi kichik bir burchdir. 👉Batafsil👈 Telegram | Fb | Instagram | Linkedin | X
#tadqiqotchi ORCID nima? ORCID – tadqiqotchi yoki olimning yagona shaxsiy ID raqami hisoblanadi. Tadqiqot ishlari, xususan maqolalarga muallif ism-sharifi yoniga ORCIDni ham ko'rsatish orqali ularni bir joyga jamlash va internet bazalarida tez topish imkoniga ega bo'lish mumkin. Buning uchun orcid.org saytiga kiring va menyudan get membership bo'limini tanlang. So'ng o'z ma'lumotlaringizni kiriting va ORCIDga ega bo'ling! ✅ Ushbu ma'lumotni ilmiy ish qilayotganlarga jo'natib qo'ying! @ADABIY_MEROS1
Ilmiy maqola yozish- bu shunchaki ma'lumot to'plash emas, balki muayyan sohadagi muammoning tizimli tahlili va unga taklif etilayotgan yechimning bayonidir.Biz ushbu turdagi maqolalar uchun qanday mavzu tanlay olamiz va ushbu qism qanday bosqichlar orqali amalga oshiriladi? 💎O‘zingiz qiziqadigan yoki mutaxassisligingizga mos yo‘nalishni belgilang. Agar sizga begona mavzuni tanlasangiz, ma’lumot to‘plash va uni tahlil qilish juda qiyin bo‘ladi. 💎Mavzu tanlashda avval mavjud adabiyotlarni o'rganib, hali javob berilmagan "savolni" topish kerak. Ya'ni sizning yozmoqchi bo'lgan maqolangiz aynan shu bo'shliqni to'ldira olishi shart. 💎Tanlagan yo‘nalishingiz bo‘yicha internetdan boshqa olimlar nimalar yozganini qidiring. Ularning maqolalarini o‘qib chiqib, mavzuga doir ilmiy qarashlarini kuzating. 💎Sarlavhani chiroyli shakllantiring ! Sarlavha maqolaning yuzi hisoblanadi. Unda ortiqcha gaplar bo‘lmasligi kerak. Sarlavhani o‘qigan odam maqolada nima haqida gap ketishini darrov tushunsin. Ilmiy maqola va qimmatli manbalar haqidagi fikr va mulohazalarni bizning kanaldan topishingiz mumkin😊 https://t.me/ADABIY_MEROS1
Murojaatnoma boshlandi Jonli efir uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=St1E3kxNz-w 👉 @xushnudbek 👈
#pdf #word #convert Tadqiqotchilar, magistrlar va bakalavr talabalari uchun juda foydali sayt Katta hajmdagi PDF adabiyotlarni Word formatga o'tkazishga qiynalayotgan bo'lsangiz quyidagi havola albatta siz uchun. Havola👉 ilovepdf.com 📍@akademik_burchak da qoling🛋
#Doktorantura#Magistatura#Bakalavr #Ilmiy_ish_antiplagiat ✅ Dissertatsiya, ilmiy maqola va boshqa ilmiy hujjatlar uchun eng yaxshi plagiat tekshiruvini amalga oshiruvchi 10 ta 100% bepul saytlar. 1. DupliChecker.com 2. Plagiarismsoftware.net 3. PlagiarismCheckerX.com 4. PlagScan.com 5. Plagramme.com 6. Smallseotools.com 7. Plagiarisma.net 8. Quetext.com 9. Easybib.com 10. Noplag.com @ADABIY_MEROS1
https://youtu.be/UFyNNciS5sY?si=aBPh9WUJWEEvIOtT
🌀🌀🌀🌀🌀🌀🌀🌀 Nashriyot tomonidan 20 million so’mlik grant. 🇺🇿Ilmiy maqolalar tanlovi🇺🇿 🎓 “YIL TADQIQOTCHISI – 2025” TANLOVI BOSHLANDI! 🌟 🟢O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston–2030” strategiyasi va Oliy ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi asosida, ilm-fan sohasida faol yoshlar va olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Worldly Knowledge MCHJ tomonidan “Yil tadqiqotchisi – 2025” tanlovi e’lon qilinadi! 🎓 Tanlov yo‘nalishlari: Tibbiyot, pedagogika, biologiya, iqtisodiyot, psixologiya, texnika, filologiya, tarix, qishloq xo‘jaligi, san’atshunoslik, arxitektura va boshqa 17 ta ilmiy soha bo‘yicha maqolalar qabul qilinadi. 🌐Tillar — o‘zbek, rus yoki ingliz 🏆 Sovrin jamg‘armasi — 20 000 000 so‘m! 🥇 1-o‘rin — 7 000 000 so‘m + faxriy diplom + statuetka 🥈 2-o‘rin — 5 000 000 so‘m + diplom + esdalik sovg‘alar 🥉 3-o‘rin — 3 000 000 so‘m + diplom + esdalik sovg‘alar 🎁 Bundan tashqari, 10 ta maxsus nominatsiya (“Eng faol ayol tadqiqotchi”, “Eng iqtidorli talaba”, “Ilm-fan targ‘ibotchisi” va boshqalar) bo‘yicha g‘oliblar ham diplom, statuetka va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadi! 🗓 Maqolalarni topshirish muddati: 📅 25-dekabr, 2025-yil 📝Maqolani yuborish: 👉Telegram orqali: @iqropublisher ✅Ishtirok etish: BEPUL 🔎Batafsil ma’lumot uchun: ✈️ @iqro_jurnali 🎓 Ilmiy izlanishlaringizni namoyon eting va “Yil tadqiqotchisi – 2025” sovrindori bo‘ling!
👤A.Ulug'ov 📚Jahon adabiyoti @ADABIY_MEROS1
O‘zbek tili ixlosmandlari uchun yangilik: 40 ta xorijiy atamaning o‘zbekcha muqobili tasdiqlandi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi majlisining 2025-yil 30-iyuldagi 62-son bayoniga binoan oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar roʻyxati tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda. Аванс >>> Boʻnak Автопилот >>> Avtoboshqaruv Айсберг >>> Muztogʻ Бодикамера >>> Yonkamera Брызговик >>> Loytoʻskich Внедорожник >>> Yoʻltanlamas Дискуссия >>> Bahs, munozara Доставка >>> Yetkazish Зона >>> Hudud Карвинг >>> Oʻymabezak Конфиденциал >>> Maxfiy Кластер >>> Klaster Коворкинг >>> Ish markazi Коловорот >>> Qoʻlparma Коридор >>> Yoʻlak Котлован >>> Xandaq Лебёдка >>> Chigʻir Лидер >>> Yoʻlboshchi, yetakchi Линк >>> Havola Маркировка >>> Tamgʻalash Маршрут >>> Yoʻnalish Мастер класс >>> Mahorat darsi Мотивация >>> Ruhlantirish, ragʻbat Навигатор >>> Yoʻllagich Наждак >>> Qumqogʻoz Оправа >>> Gardish Отвёртка >>> Buragich Парол >>> Oʻron Переплёт >>> Muqovalash Полик >>> Toʻshama Портфолио >>> Yigʻmajild Прогрессив >>> Ilgʻor Растушевка >>> Qoshpardoz Светофор >>> Yoʻlchiroq Силлабус >>> Ishchi dastur Смарт >>> Aqlli Челленж >>> Chorlov Шуруп >>> Buramamix IT парк >>> AT parki (Axborot texnologiyalari parki) IT технологиялари >>> Axborot texnologiyalari (AT) 👉 @xushnudbek 👈 @ADABIY_MEROS1
Ustozimiz Shahnoza opa Nazarovani podkastda boshlovchi oʻlaroq koʻrish qiziq🔥
@ADABIY_MEROS1
без подписи
@ADABIY_MEROS1
Lev Tolstoy 📚Iqrornoma @ADABIY_MEROS1
https://telegra.ph/Prezident-stipendiyasiga-qanday-ega-bolish-mumkin-09-04
📚 Ilmiy izlanish yo‘lida bir qadam Assalomu alaykum, hurmatli talabalar va ilm-fan ixlosmandlari! Ushbu kanalda sizlar bilan: — ilmiy maqola va tezislar yozish bo‘yicha tavsiyalar; — dissertatsiya va kurs ishlari uchun ishonchli manbalar; — o‘zbek tili va adabiyotshunoslikka oid ilmiy tahlillar; — konferensiya, jurnal va ilmiy nashrlar haqida foydali ma’lumotlar muntazam ulashib boriladi. 🎓 Maqsadimiz — yosh tadqiqotchilarga ilmiy tanqidiy fikrlashni shakllantirish, izlanish madaniyatini rivojlantirish va ilmiy savodxonlikni oshirish. 📌 Kanalni kuzatib boring, foydali bilimlarni birga o‘rganamiz! https://t.me/ADABIY_MEROS1