tgindex
Kushkupir Axborot kutubxona markazi

Kushkupir Axborot kutubxona markazi

Статистика

Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumnai axborot-kutubxona markazi 𝑺𝒂𝒗𝒐𝒍𝒍𝒂𝒓 𝒗𝒂 𝒕𝒂𝒌𝒍𝒊𝒇𝒍𝒂𝒓 𝒖𝒄𝒉𝒖𝒏👇 https://t.me/ON_line_kutubxona

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
7
Всего постов
65
Тип
открытый
Язык
ny
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
мало замеров
Замеров пока мало
Сутки
 
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
39
40 постов
Вовлечённость
к подписчикам
Постов в день
1,0
всего 65
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Abu Ali ibn Sino — ilm-fan tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk tabib va mutafakkir. Uning hayoti, ilmiy merosi va bebaho hikmatlari haqida qiziqarli ma'lumotlar joylangan videoni tomosha qiling. 📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling Telegram l Instagram  YouTube l Facebook l Twitter l Website

  • Xorazm viloyati IIB va DXX Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati tomonidan "Yoshlar kuni" munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanida yoshlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar hamda sayyor qabul o‘tkazildi. ——— Хоразм вилояти ИИБ ва ДХХ Хоразм вилояти бўйича бошқармаси раҳбарияти томонидан "Ёшлар куни" муносабати билан Қўшкўпир туманида ёшлар иштирокида маънавий-маърифий тадбирлар ҳамда сайёр қабул ўтказилди. Веб-сайт  /  You Tube / Facebook   / Instagram  /  Telegram / Matbuot kotibi

  • 📚Kitob tavsiya qilamiz!

  • "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrugʻi hamda “Iyun–avgust oylarida payshanba – "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi” ijrosini taʼminlash maqsadida Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosini taʼminlash ishlari yo'lga qo'yilgan. Qo‘shko‘pir tumani axborot-kutubxona markazida Yoshlar kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish va intellektual salohiyatini namoyon etish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Bellashuvda tumanimiz mahallalaridan tashrif buyurgan bilimdon yoshlar o‘zaro kuch sinashdilar: 🔹 “Ayronko‘l” mahallasidan — “Zukkolar” jamoasi 🔹 “Madaniyat” mahallasidan — “Yuksalish” jamoasi 🔹 “Mesit” mahallasidan — “Everest” jamoasi 🔹 “Iqbol” mahallasidan — “Yoshlar” jamoasi Qizg‘in va murosa-sozsiz kechgan bahslar yakunida hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra g‘oliblar aniqlandi: 🥇 1-o‘rin: “Zukkolar” jamoasi (“Ayronko‘l” MFY) 🥈 2-o‘rin: “Yuksalish” jamoasi (“Madaniyat” MFY) 🥉 3-o‘rin: “Everest” jamoasi (“Mesit” MFY) 🌐Web-sayt ✅Telegram 🌐Instagram 💬Facebook

  • 📚 “TEZ YOZ” — IJOD, ZUKKOLIK VA MA’NAVIYAT UYG‘UNLIGI “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qo‘shko‘pir tuman bo‘linmasi tomonidan tuman Axborot-kutubxona markazida yoshlarning kitobxonlik, ijodkorlik va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan “Tez yoz” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarining tezkor fikrlashi, ijodiy yondashuvi va yozma savodxonligini namoyon etib, turli qiziqarli topshiriqlar hamda bellashuvlarda faol ishtirok etdilar. Mazkur loyiha kitobxonlarni mutolaaga keng jalb etish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir. 🌐Web-sayt ✅Telegram 🌐Instagram 💬Facebook

  • 10 авг.из RMMMQushkupir

    📚 KITOB — EZGULIKKA YETAKLOVCHI MAYOQ 📖 “Mahalla kitobsevarlari” va “Kitob – ezgulikka yetaklovchi mayoq” mavzularidagi ma’rifat haftaligi doirasida bugun tuman Axborot-kutubxona markazida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, aholining, ayniqsa, yoshlarning mutolaaга bo‘lgan qiziqishini oshirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda kitobning inson ma’naviyati, dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirishdagi beqiyos o‘rni haqida fikr yuritildi. Zero, kitob — insonni ezgulikka chorlaydigan, qalbiga nur, tafakkuriga teranlik baxsh etadigan, ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho manbadir. Tadbir davomida “Farzandimga kitob sovg‘a qilaman” shiori ostida ota-onalarning farzandlar kitobxonligini oshirishdagi mas’uliyati va o‘rni haqida suhbatlashildi. Farzandga beriladigan eng qimmatli sovg‘alardan biri kitob ekani, oilada mutolaa muhitini shakllantirish bolaning kelajakdagi dunyoqarashi va ma’naviy kamolotiga katta ta’sir ko‘rsatishi ta’kidlandi.

  • ⏩ #SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI Bugun siyosiy-ma’rifat soati boʻlib oʻtdi. O‘quv soatida axborot kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi va bugungi siyosiy jarayon bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. #30_son 🌐Web-sayt ✅Telegram 🌐Instagram 💬Facebook

  • #Iqtibos Kitob hayotning eng olis va qorongʻu yoʻllariga nur baxsh etgan afsonaviy chiroqdir. ✍️ Andrey Upit

  • 6 авг.из natlibuz

    #Yurtim_tarixini_organaman 🕌 Mavlaviy Namangoniy maqbarasi 📜 Bu yodgorlik Namangan shahrining «Labbay-tog'a» dahasida, shimoliy Farg'ona kanalining o'ng qirg'og'ida taxminan XVIII asrda bunyod etilgan. U xalq orasida Mavlaviy Namangoniy, ensiklopediya va ba'zi tadqiqotlarda Mavlon buva, Mavlono bobo, Xasti Mavlono makbarasi, Gumbaz deb yuritiladi. Maqbara shoir va mutasavvif Mavlaviy Namangoniyga bag'ishlab qurilgan. 📜 Maqbaraning qurilish sanasi haqida ham turli fikrlar mavjud. Jumladan, Markaziy Osiyo me'morchiligi bilan shug'ullangan olima L. Mankovskaya rivoyatlar hamda obidaning me'moriy qurilmasi jihatlariga ko'ra maqbaraning XVI asrga mansubligini, gumbazning qurilish usuli, shakli jihatidan XVIII arga xosligini e'tirof etgan. Ba'zi nashrlarda o'sha paytda (1970-1972) maqbaraning kirish peshtoqida saqlangan «hijriy 1221 sana»ni L. Mankov-skaya uning qurilgan yili (1806) sifatida talqin etgan, deb keltirilgan. 📚 Oʻzbekiston obidalaridagi bitiklar: Namangan. T., 2015.- 360 b. 97- sahifa

  • "Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni" "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining 2026-yil 5-iyundagi 59-sonli buyrugʻi hamda “Iyun–avgust oylarida payshanba – "Yoshlar kuni" loyihasi doirasida tasdiqlangan chora-tadbirlar reja-grafigi” ijrosini taʼminlash maqsadida Qo‘shko‘pir tumani Axborot-kutubxona markazida tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqilib, ularning ijrosini taʼminlash ishlari yo'lga qo'yilgan. Yoshlar kuni munosabati bilan Qo’shko’pir tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari IT PARKga tashrif buyurib, "Innovatsiyalar, sun'iy intellekt va robototexnika kuni" doirasida tashkil etilgan tadbirlarda faol ishtirok etdilar. Tadbir davomida ChatGPT, Gemini va boshqa zamonaviy sun'iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish, ular yordamida tahliliy hisobotlar, taqdimotlar hamda turli axborot materiallarini tayyorlash bo'yicha amaliy master-klasslar o'tkazildi. Shuningdek, IT PARK mutaxassislari ishtirokida "Sun'iy intellekt va kelajak kasblari" mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. Uchrashuv davomida sun'iy intellekt texnologiyalarining ta'lim va kutubxonachilik sohasidagi o'rni, raqamli transformatsiya jarayonlari hamda kelajakda talab yuqori bo'ladigan kasblar haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Mazkur tashrif kutubxona xodimlarining raqamli texnologiyalar bo'yicha bilim va ko'nikmalarini yanada mustahkamlash, zamonaviy innovatsiyalarni amaliyotga tatbiq etish hamda yoshlarni IT va sun'iy intellekt sohalariga qiziqtirishga xizmat qildi. 🌐Web-sayt ✅Telegram 🌐Instagram 💬Facebook

  • без подписи

  • 6 авг.из Qushkupiruz

    #Payshanba_yoshlar_kuni “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida Qo‘shko‘pir tumani axborot-kutubxona markazida tuman hokimi Shuxrat Axmedovning kitobxon yoshlar bilan ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, intellektual salohiyatni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Samimiy ruhda o‘tgan muloqot davomida yoshlar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdi. Xususan, kitobxonlikni keng targ‘ib etish, yangi intellektual viktorina va tanlovlarni yo‘lga qo‘yish, iqtidorli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan fikr almashildi. Yakunda yoshlarning takliflari asosida kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olinib, ularning bilim olish, o‘z ustida ishlash va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishi ta’kidlandi. Qo‘shko‘pir tumani hokimligi axborot xizmati Web-sayt  | Telegram  | Instagram | Face book | You Tube

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи