IHMA 25-sonli ixtisoslashtirilgan maktab & ШКОЛА 25
СтатистикаO'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufi Toshkent sh. Yakkasaroy tuman Shota Rustaveli ko'chasi 17-uy 25-sonli alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab
- Последний пост
- 29 июл.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 223
- 1/48двое суток
- 255
- 1/72трое суток
- 275
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
без подписи
без подписи
O‘quvchilarimiz muz maydonida! 🏒❄️ Maktabimizning adaptiv xokkey jamoasi a’zolari muntazam ravishda mashg‘ulotlarda ishtirok etib, sport sirlarini o‘rganmoqda. Har bir mashg‘ulot ularning jismoniy rivojlanishi, irodasi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi va jamoada ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Yosh xokkeychilarimizga mashg‘ulotlarda ulkan muvaffaqiyatlar, mustahkam sog‘lik va kelgusidagi musobaqalarda yorqin natijalar tilaymiz! Adaptiv xokkey bo‘yicha o‘quvchilarimiz -Xokkeychilar: Hamraqulov Omar Iskandarovich – 7-“B” sinf Melnichenko Mariya Vitalyevna – 5-“B” sinf Li Mark Igorevich – 5-“B” sinf Fayzullayev Izzatulloh Hayrullo o‘g‘li – 8-“A” sinf Abdukarimova Omina Omonullo qizi – 6-“A” sinf Abdurasulov Abdulaziz Rustam o‘g‘li – 9-“A” sinf Igamova Xadicha Xurshidovna – 3-“B” sinf Marsel Ilgizovich Tantashev – 3-“B” sinf Hamraqulov Farrux Doniyor o‘g‘li – 7-“V” sinf Mahamadazizov Muhammadsulton Abduvohidovich – 3-“V” sinf Qodirov Diyor – bitiruvchi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi 2026–2027 o‘quv yiliga tayyor!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
Inklyuziv professional ta’limni rivojlantirish bo‘yicha validatsiya seminari o‘tkazildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Jahon banki hamkorligida “Ixtisoslashtirilgan professional ta’lim muassasalarini inklyuziv ta’lim resurs va faollashtirish markazlariga transformatsiya qilish” loyihasi doirasida validatsiya seminari bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Inclusive Development Partners (IDP) ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillari, Xalqaro inklyuziv HUB hamda maxsus texnikumlar rahbarlari ishtirok etdi. Seminarda Toshkent shahri, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi maxsus muassasalarda o‘tkazilgan diagnostik baholash natijalari taqdim etildi. Ishtirokchilar kichik guruhlarda mavjud holatni tahlil qilib, muassasalarni transformatsiya qilish bo‘yicha amaliy takliflar va keyingi bosqich rejalarini ishlab chiqdilar. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun ochiq va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, ularning sifatli bilim va kasb-hunar egallab, mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishlarini qo‘llab-quvvatlashdir. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
📣 Diqqat e’lon! O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli alohida ta'lim ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabiga 2026–2027 o‘quv yili uchun 1-sinf va yuqori sinflarga qabul boshlandi! Maktabimizda o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim bilan bir qatorda korreksion-rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar ham tashkil etilgan: 🔹 Logopediya 🔹 Sensor integratsiyasi 🔹 Davolash gimnastikasi O‘quvchilar quyidagi fanlar bo‘yicha sifatli ta’lim oladilar: 📚 Ona tili 📚 O‘qish savodxonligi 📚 Matematika 📚 Tabiiy fanlar 📚 Hamda boshqa fanlari Shuningdek, yuqori sinf o‘quvchilari uchun texnologiya va kasbiy ta’lim yo‘nalishlarida amaliy kasblar o‘rgatiladi: ✂️ Tikuvchilik 🏺 Kulolchilik 👩🍳 Pazandachilik 🧼 Sovun va sham tayyorlash 🪚 Duradgorlik 💇 Sartaroshlik Farzandingizning bilim olishi, mustaqil hayotga tayyorlanishi va kasb egallashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan. Farzandingiz kelajagi uchun bugunoq murojaat qiling!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#25maktab_faxri Sabirov Artyom Rinatovich — iqtidorli yosh pianinochi, maktabimiz bitiruvchisi va faxridir. Artyom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufidagi Toshkent shahri Yakkasaroy tumanidagi 25-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabni tamomlagan. Artyom V. A. Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa maktabi huzuridagi «LYRA & ART» har tomonlama rivojlantirish markazida fortepiano yoʻnalishi boʻyicha tahsil oldi. Taʼlim davomida Artyom mehnatsevarligi, tirishqoqligi va yuksak ijrochilik mahoratini namoyon etib, musiqa maktabini barcha fanlardan aʼlo baholar bilan muvaffaqiyatli tamomladi. Artyomning yutuqlarida uning onasi Inna Kochetovaning mehri, qoʻllab-quvvatlashi va oʻgʻliga boʻlgan ishonchi beqiyos oʻrin tutadi. Biz bitiruvchimiz bilan faxrlanamiz va Artyomga kelgusi ijodiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, ilhom va yangi zafarlar tilaymiz!