AndDTI Avtomobilsozlik va transport fakulteti
СтатистикаKanal Andijon davlat texnika instituti Avtomobilsozlik va transport fakulteti dekanati tomonidan yuritiladi. Kanalda fakultet faoliyatiga oid yangilik va eʼlonlar hamda qiziqarli maʼlumotlar joylab boriladi.
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 8
- Всего постов
- 219
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 75
- 1/48двое суток
- 85
- 1/72трое суток
- 92
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Assalomu Alaykum domla. Avval ham bu savol berilgan bo'lsa uzur. Grand taqsimotini javoblari qachon chiqadi. Ваалекум ассалом. Бу масала буйича масъуллар ишлаяпти, тартиб буйича 25 августгача эълон килиниши керак. Якуний натижаларни эълон килишга харакат киляпмиз.
❗️❗️❗️ 📯📯📯 "ANDIJON POLKASI" RAQS KLUBIGA A'ZOLIKKA TAKLIF! 🎓 Aziz talaba-yoshlar! Milliy va zamonaviy raqs san'atiga qiziquvchi, o'zini sahna sohasida namoyon qilishni istagan barcha talabalarni "Andijon polkasi" raqs klubi safiga qo'shilishga chaqiramiz! 📌 Nima uchun aynan biz? ✅ Professional murabbiylar rahbarligida raqs mahoratingizni oshirasiz ✅ Institutning barcha tantanali tadbirlari, konsert va bayramlarida ishtirok etish imkoniyati ✅ Yangi do'stlar va faol, hamjihat jamoa bilan tanishasiz ✅ O'zingizni ijodiy va madaniy jihatdan rivojlantirasiz 📌 ENG MUHIMI: Klub a'zolari Ijtimoiy faollik indeksining "🤚 muhim tashabbus" doirasidagi to'garak a'zosi sifatida rasman qayd etiladi va ularga tegishli ball (reyting) taqdim etiladi! Bu esa: ✅ Grant taqsimotidagi ijtimoiy faolligingizga o'z ta'sirini ko'rsatadi ✅ Turli imtiyoz va rag'batlantirishlarga ega bo'lishingiz uchun ajoyib imkoniyat yaratadi ✅ Talabalik davringizni mazmunli va samarali o'tkazishga xizmat qiladi. ✅ Iste'dodingizni namoyon qiling, faol talabalar safiga qo'shiling va institut hayotining rang-barang qismiga aylaning! 📌 Murojaat va ro'yxatdan o'tish uchun: 🌐 t.me/anddti_polka guruhiga qo'shiling va o'zingiz to'g'ringizda ma'lumot qoldiring (F.I.Sh., guruh, telefon raqami) 📌 Joylar cheklangan — imkoniyatni qo'ldan boy bermang! 📌 Bugunoq qo'shiling — raqs, ijod va rivojlanish sizni kutmoqda! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
ТАЛАБАЛАР ДИҚҚАТИГА! ИЖАРАГА УЙ ОЛИШДА ОГОҲ БЎЛИНГ! Ижарага уй излаётганда фирибгарлик ҳолатларига дуч келмаслик учун ҳушёр бўлинг! Уй-жойни кўздан кечирмасдан, ижара шартномасини расмийлаштирмасдан туриб, олдиндан пул ўтказиб юборманг! 🤝 @OPER_UZ – ОПЕРАТИВ ВА ХАВФЛИ ЯНГИЛИКЛАР КАНАЛИ!
KORRUPSIYAGA QARSHI BIRGALIKDA KURASHAMIZ! 🏫 ADTexI Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash yo‘lida faoliyat olib boradi. 💬 Sizda taklif, mulohaza, murojaat yoki korrupsiyaga oid holatlar haqida ma’lumot bormi? 📲O‘z murojaatingizni bizga quyidagi Telegram bot orqali yuboring: ↪️ @andmi_antikorrbot 🚀 Telegram kanalimiz: @andmi_antikorr 🤝 Halollik — taraqqiyot garovi! Korrupsiyaga befarq bo‘lmaylik, adolat va shaffoflikni birgalikda ta’minlaylik! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
Assalomu alaykum. Talabalar DXSh tarkibidagi yotoqxonalarga Ariza yuborishlari mumkin. (Mexanika va kimyo muhandisligi fakultetida joylashgani DXSh 1, Qurilish muhandisligi va elektroenergetika fakultetida joylashgani DXSh 2)
DOLZARB MAVZU | YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK YUZASIDAN OTM REKTORLARI BILAN SUHBAT Andijon davlat texnika instituti rektori Umid Turdialiyev institutning 2026/2027-o‘quv yilida oldiga qo‘ygan ustuvor maqsad va vazifalari, yangi o‘quv yilida ochilgan ta’lim yo‘nalishlari hamda qo‘shma ta’lim dasturlari haqida fikr bildirdi. Shuningdek, rektor yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, ta’lim sifatini yanada oshirish, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va institut oldida turgan muhim vazifalar haqida ma’lumot berdi. 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
❓Mustaqillik bayramida o’zbekistonliklar necha kun dam oladi? ✅ Javob: bu yil 1-sentyabr – Mustaqillik bayrami munosabati bilan haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kunliklar esa 3 kun dam oladi. Boisi 31-avgust, dushanba kuni qo’shimcha dam olish kuni etib belgilangan. 📄 Asos: 2025-yil 24-dekabrdagi PF-257-sonli Prezident farmoni. Unga ko’ra, dam olish kunlari quyidagicha: ✅❌ 29-avgust, shanba — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish; ✅✅ 30-avgust, yakshanba — barcha uchun odatiy dam olish kuni; ✅✅ 31-avgust, dushanba — barcha uchun qo’shimcha dam olish kuni; ✅✅ 1-sentyabr, seshanba — Mustaqillik bayrami. 👉 @xushnudbek 👈
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
#Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
#35000_Tashabbus “35 000 TASHABBUS” — YOSHLAR G‘OYALARI BIRLASHADIGAN MAYDON! Aziz talaba-yoshlar! Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yoshlarning yangi g‘oyalari, ijodiy yondashuvi va innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “35 000 tashabbus” umummilliy yoshlar tashabbuslari dasturi tashkil etilmoqda. Sizda foydali g‘oya bormi? Uni amalga oshirish vaqti keldi! 🌱 Qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar; 🤖 raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt; 🔬 ilm-fan va innovatsiya; 💼 tadbirkorlik va startaplar; 🌎 ekologiya va atrof-muhit; 📚 ta’lim; 🎨 kreativ va ijtimoiy loyihalar yo‘nalishlarida o‘z tashabbusingizni ilgari surishingiz mumkin. 📲 Ishtirok etish uchun tashabbus.yito.uz platformasida ro‘yxatdan o‘tib, o‘z loyihangizni taqdim eting. Tashabbuslar 2026-yil 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi Andijon davlat texnika instituti talaba-yoshlari! Sizning bilim va g‘oyalaringiz yurtimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim loyihalarga aylanishi mumkin. G‘oya sizdan — tashabbus sizdan — kelajak uchun natija sizdan! 🇺🇿 “35 000 tashabbus”da faol ishtirok eting va Mustaqilligimizning 35 yilligiga munosib tashabbusingizni namoyon eting! 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
🟦🟦🟦 Ijaraga uy olishda ogoh bo‘ling! Ijaraga uy izlayotganda firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun: ‼️Uy-joyni ko‘zdan kechirmasdan, ijara shartnomasini rasmiylashtirmasdan turib, oldindan pul o‘tkazib yubormang! Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
⚡️ 10-avgustgacha o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash mumkin. Davlat oliygohlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha belgilangan muddatlarda va tartibda ro'yxatdan o'tgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish natijasiga ko‘ra ayrim arizalar kamchiligi bo‘lganligi sababli rad etilgan. Fuqarolarga qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida ko‘chirish bo‘yicha ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabalarga 10-avgustgacha arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi. Ushbu muddatdan soʻng tahrirlashga yoʻl qoʻyilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar koʻrib chiqilmaydi. ➡️ my.uzbmb.uz platformasi orqali - xorijiy va nodavlat oliygohlaridan davlat oliygohlariga ko'chirish ➡️transfer.edu.uz platformasi orqali - davlat oliygohlariaro va oliygoh doirasida Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
YOZGI MAKTAB – 2026 😄 SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI MUHANDISLIK: ✅ BARQAROR SANOAT UCHUN INNOVATSION STARTAP YECHIMLAR 🏫 Andijon davlat texnika institutida yozgi maktab tashkil etilmoda! 🤔 Zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamli muhandislik va innovatsion tadbirkorlikka qiziqasizmi? Unda “Yozgi maktab – 2026” aynan siz uchun! 📆 10–20-avgust, 2026-yil 📍 Andijon davlat texnika instituti ✅ Yozgi maktabning asosiy maqsadi: Yoshlarning sun’iy intellekt texnologiyalariga qiziqishini oshirish, zamonaviy muhandislik tafakkuri, loyihalash va texnologik tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda istiqbolli startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash. 🤔 Yozgi maktab doirasida: 🤷♂️ Sun’iy intellekt 💻 Raqamli muhandislik ✅ Sanoatni raqamlashtirish 🤔 Startap va texnologik tadbirkorlik 💻 Innovatsion loyihalar 📚 Ilm-fan, ta’lim va sanoat hamkorligi yo‘nalishlarida o‘quv-amaliy mashg‘ulotlar tashkil etiladi. 🤔 Yozgi maktab mashg‘ulotlariga sun’iy intellekt, raqamli muhandislik, sanoatni raqamlashtirish va startap tadbirkorligi sohalarida faoliyat yurituvchi yetakchi professor-o‘qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda yuqori malakali mutaxassislar jalb etiladi. 📞 Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi (+998979870990) 📚 Bilim. G‘oya. Innovatsiya. Natija. Yozgi maktab — bu zamonaviy bilimlarni egallash, yangi g‘oyalarni shakllantirish va ularni amaliy loyihalarga aylantirish sari muhim qadam! Kelajak texnologiyalari sari birgalikda!
#Qabul_2026 Kelajakning eng talabgir mutaxassisi bo‘lishni istaysizmi? Unda sizni Andijon davlat texnika institutiga o‘qishga taklif etamiz. 2026/2027-o‘quv yilidan institutda Axborot xavfsizligi va Kompyuter injiniringi kabi yangi ta’lim yo‘nalishlari ochildi. Kelajakni texnologiyalar bilan bog‘lamoqchi bo‘lsangiz, tanlovingizni bugundan boshlang. 📞 Batafsil ma’lumot uchun: 📞 +998 74 223 42 12 📞 +998 74 224 08 08 Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Eʼlon #Tanlov “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilinadi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika ijodiy ishlar tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. 📋 Tanlov nizomi ↪️Tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 10-avgustga qadar qabul qilinadi. 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Shuningdek, g‘oliblar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi hamda ularning ijodiy ishlari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi rasmiy sahifalari hamda “Jadid” gazetasi sahifalarida e’lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar batafsil ma’lumot uchun o‘z oliy ta’lim tashkilotining mas’ullariga murojaat qilishlari mumkin. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram
Assalomu alaykum Hurmatli ma'sullar! Talabalar Davlat xususiy sherikchilik (DXSH)ga kontrakt.edu.uz orqali ariza yuborishlari mumkin.
Andijon davlat texnika instituti va “Unicorn International Foundation” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi Andijon davlat texnika instituti hamda “Unicorn International Foundation” nodavlat ta’lim tashkiloti o‘rtasida xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan memorandum va hamkorlik hujjatlari imzolandi. Hamkorlik doirasida Foundation (tayyorlov) dasturlari yo‘lga qo‘yilib, talabgorlarni institutning 2+2, 1+1 va boshqa xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlari uchun puxta tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi. Dastur davomida xorijiy tillar hamda mutaxassislik fanlari bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar shakllantiriladi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari: ✅ Foundation (tayyorlov) dasturlarini tashkil etish; ✅ 2+2, 1+1 va boshqa xalqaro qo‘shma ta’lim dasturlariga tayyorlash; ✅ xorijiy tillar va mutaxassislik fanlari bo‘yicha tayyorgarlikni kuchaytirish; ✅ xalqaro ta’lim dasturlariga saralash va yo‘naltirish tizimini takomillashtirish. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️❗️❗️❗️❗️ Andijon davlat texnika institutida "ENG YAXSHI TYUTOR – 2026" tanloviga start beriladi 🔈 O'z salohiyatingizni namoyon eting! Andijon davlat texnika institutida faoliyat yuritayotgan tyutorlar o'rtasida "Eng yaxshi tyutor – 2026" tanlovi o'tkaziladi. 🔥 Tanlov nominatsiyalari: 📚Eng faol kitobxon tyutor 📕 Eng faol targ'ibotchi tyutor 🎤 Eng faol tashabbuskor tyutor 🔥Tanlov bosqichlari 1-bosqich — Fakultet bosqichi 😄 Oktabr oyining ikkinchi o'n kunligi 2-bosqich — OTM bosqichi 😄 Noyabr oyining uchinchi o'n kunligi 📌 Taqdim etiladigan hujjatlar 📝 Professional portfolio 📝 Nominatsiya bo'yicha tasdiqlovchi hujjatlar 📝 Foto va video materiallar 🔥 G'oliblar taqdirlanadi: 📝 Diplom 🏆 Esdalik sovg'alari ✍️ Sertifikatlar "Ilhomlantiruvchi tyutor — muvaffaqiyatli talaba garovi!" ☄️ Hurmatli tyutorlar! Hujjatlarni belgilangan muddatlarda Ishchi komissiyaga taqdim etishingizni so'raymiz. ✅ Faol bo'ling! ✅ O'z tajribangiz va yutuqlaringizni namoyish eting! ✅ "Eng yaxshi tyutor – 2026" tanlovi uchun munosib nomzod bo'ling! #EngYaxshiTyutor2026 #Tyutor #OliyTalim #Tanlov #Portfolio #Institut 🏫Bizni kuzatishda davom eting! 📱Telegram |📱 Facebook | 📱Instagram | 📱YouTube
⚠️ Diqqat e'lon! 🌐 Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi serverlarida navbatdan tashqari profilaktik ishlar olib borilishi sababli joriy yil 10-avgustga qadar my.gov.uz tizimi orqali Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joyiga joylashtirish uchun onlayn ariza yuborishda imtiyozlarni aniqlash jarayonida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin. ⚙️ Ijtimoiy himoya milliy agentligi axborot tizimi to‘liq ishga tushgach, arizalardagi imtiyozli toifalar tizim tomonidan avtomatik ravishda qayta aniqlanadi. Shu sababli, foydalanuvchilardan xavotir olmasliklarini so‘raymiz ☺️ 🤔Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz! 💬 Telegram | 😀 Instagram
📌Bugun o‘qishni ko‘chirishning so‘nggi kuni. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi: ➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga, xususiy oliygohlarning biridan boshqasiga; ➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga hamda xorijiy oliygohlardan nodavlat oliygohlarga. ● Arizalar har yili 30-avgustgacha ko‘rib chiqiladi. ‼️O‘qishni ko‘chirishga 2 toifa talabalarga ruxsat bor: ■ Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga; ■ Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin: ↪️akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar; ↪️mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga; ↪️OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga; ↪️1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar; ↪️OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda; ↪️kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda; ↪️talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida; ↪️grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida; ↪️OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda; ↪️maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda; ↪️kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga; ↪️talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa. Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram