AYMF - Gifted Students
СтатистикаToshkent Davlat Transport Universiteti "Avtomobil yo'llari muhandisligi" fakulteti Iqtidorli talabalarning faoliyati bo'yicha ma'lumotlar
- Последний пост
- 10 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 26
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 26
- 1/48двое суток
- 29
- 1/72трое суток
- 32
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅Telegram | 🌐Instagram |💬Facebook | 📹YouTube | ✈️News
Avtomobil yo'llari qo'mitasi Raisi stipendiyasi talabgorlarining anketasini shakllantirish shabloni. Shu sahifaga barcha ma'lumotlarinigizni kiritib, PDF formatda yuklab olishingiz mumkin bo'ladi
📣 “III International Career & Youth Festival-2026: EDUCATION. INDUSTRY. OPPORTUNITY” xalqaro mehnat yarmarkasi 🏛 2026-yil 5-iyun kuni soat 16:00 da Toshkent davlat transport universitetida “III International Career & Youth Festival-2026: EDUCATION. INDUSTRY. OPPORTUNITY” yirik xalqaro mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. 📌 Yarmarka doirasida: 💼 Koreya, Yaponiya, Turkiya, Singapur, Xitoy, Rossiya, Belarus, Qozog‘iston hamda O‘zbekistonning nufuzli kompaniya va tashkilotlari o‘z faoliyati hamda vakansiyalarini taqdim etadi; 📄 ta’lim, sanoat va mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi; 🌍 yirik ish beruvchilar va yosh mutaxassislar o‘rtasida xalqaro hamkorlik imkoniyatlari o‘rganilib, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash choralari ko‘riladi; 📈 transport va logistika sohasida yetuk kadrlar tayyorlash hamda ish bilan ta’minlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilinadi. Universitet rasmiy sahifalari: 🌐 TSTU.uz | ✅ Telegram | 🌐 Instagram |💬 Facebook | 📹 YouTube | ✈️ News
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
“Yo‘l qurilish materiallari” fanidan fakultet olimpiadasi o‘tkazildi 😀Toshkent davlat transport universiteti Avtomobil yo‘llari muhandisligi fakulteti “Ravon yo‘l” klubi tashabbusi bilan “Yo‘l qurilish materiallari” fanidan fakultet miqyosidagi OLIMPIADA tashkil etildi. 📚Olimpiada davomida talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini sinovdan o‘tkazib, faol ishtirok etdilar. 🥇1-o‘rin — Nurlanaliyev Aqjol 🥈2-o‘rin — Qo‘chqorov Doston 🥉3-o‘rin — To‘lqinov Ro‘ziali 🏅G‘oliblar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, faol ishtirok etgan talabalar ham munosib rag‘batlantirildi. 👏Barcha ishtirokchilarni muborakbod etamiz va kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz 🚀Telegram 📷Instagram
📢 "Kelajak muhandislari" stajirovka tanlovida ishtirok eting! Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan muhandislik yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar, magistrlar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o'qituvchilar uchun "Kelajak muhandislari" stajirovka tanlovi eʼlon qilingan. 📌 Tanlov yo'nalishlari: "Eng yaxshi g'oya" "Eng yaxshi loyiha" "Eng yaxshi ixtiro" 👥 Ishtirok etish mezonlari: Yoshi 20 dan 40 gacha bo'lgan bakalavriat va magistratura bosqichi talabalari. Universitetda faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar. 💼 G'oliblar uchun mukofot: Talabalar va o'qituvchilar kategoriyalarining har biridan eng ko'p ball to'plagan 5 nafardan (jami 10 nafar) ishtirokchi g'olib deb topiladi. 🏫 G'oliblar rivojlangan davlatlarga 60 kungacha bo'lgan muddatga stajirovkaga yuboriladi. 🛠 Qabul qilinadigan muhandislik sohalari: Tanlovga sanoat tarmoqlarida innovatsion yechimlarni joriy etishga xizmat qiladigan, ilmiy va amaliy ahamiyatga ega loyihalar qabul qilinadi. Jumladan: Qurilish va infratuzilma muhandisligi Mexanik muhandislik, elektr va energetika muhandisligi Sun'iy intellekt, robototexnika, mexatronika, avtomatlashtirish va boshqaruv tizimlari Materialshunoslik, kimyo muhandisligi va boshqa turdagi turdosh texnik yo'nalishlar. ⏰ Muddat va ro'yxatdan o'tish: Arizalar qabul qilishning so'nggi muddati: 2026-yil 20-may. Ro'yxatdan o'tish veb-sayti: muhandis.edu.uz. Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tganlar joriy yilning 20-may kuniga qadar o'z ma'lumotlarini kafedra mas'ullariga taqdim etishlari so'raladi.
видео или голосовое, без подписи
🔴🟦🟦🟦 🟦🟦 📢 2026–2027 o‘quv yilida “Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi” stipendiyasiga talabgorlar diqqatiga! ⚡️ Yo‘l sohasi rivojiga o‘z hissasini qo‘shishni istagan, ilmiy va ijodiy faol talabalar uchun muhim eslatma! 📚 Yangi tasdiqlangan Nizomning 4-bandiga muvofiq, stipendiyaga hujjat topshiruvchi har bir talabgor: 📝 Qo‘mitaning “Yangi O‘zbekistonda yillar va yo‘llar” jurnalida kamida bitta ilmiy maqola chop ettirgan bo‘lishi shart. 📌Hurmatli talabalar! Agar siz ushbu nufuzli stipendiyaga nomzod bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, maqola tayyorlash ishlarini bugundan boshlang! Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz 🚀Telegram 📷Instagram
⚡️“Transport vaziri” stipendiyasi uchun hujjatlarni qabul qilish boshlandi Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va moliyaviy ragʻbatlantirish maqsadida Toshkent davlat transporti universitetining kunduzgi ta'lim shakli bakalavriatda tahsil olayotgan 1-3-kurs talabalari va magistratura mutaxassisligidagi 1-kurs talabalari uchun “Transport vaziri” stipendiyasi joriy etilgan. 📁NIZOM Talabgorlar hujjatlarni 30-maygacha topshirishlari lozim. Murojaat uchun: @dilnoz_erkinovna
📢 E’LON 🎓 Toshkent davlat transport universiteti talabalari diqqatiga! Magistratura va bakalavriat bosqichida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar uchun quyidagi davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli boshlandi: 🏆 Stipendiyalar: • O‘zbekiston Respublikasi Prezident davlat stipendiyasi • Beruniy, Navoiy, Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari 🎁 Imkoniyatlar: 💰 1 yil davomida har oy stipendiya: • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi — 2 410 695 so‘m • Beruniy, Navoiy va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari — 1 607 131 so‘m 🎓 Qo‘shimcha imkoniyatlar: • Bakalavrlar — magistraturaga kirish imkoniyati • Magistrlar — doktoranturaga kirish imkoniyati 👉🏻NIZOM👈🏻 ⏳ Hujjatlarni topshirishga shoshiling! 📍 Hujjatlar "Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish" bo‘limi tomonidan asosiy bino 451-xonada qabul qilinadi. 📅 Hujjat topshirish muddati: 2026-yil 10-iyungacha qabul qilinadi. Bizni kuzating @transport_iqtidorli_talaba
🔴MAY OYI TADBIRLAR KALENDAR REJASI 📅Sizni universitetimizda o‘tkaziladigan barcha tadbirlarga taklif qilamiz! 🎬 1-may | 18:00 “Jannat-2” filmi namoyishi 📌260-xona 📞 @s_khasanova16 🌿 1–9-may Xotira maydonlariga “Mehrli talaba” loyiha a’zolari bilan tashrif 📞 @Lazizbek_vokhidov 🗣 6-may | 12:20 Ijtimoiy jamiyat klubida navbatdagi mavzu tahlili 📌Universitet hududi 📞 @rahmonov_sardor 📚 6–20-may “Grant sari 25 kitob” loyihasi yig‘ilishlari 📌 401-xona 📞 @narg1za_khakimova 📚7-9-aprel Challaenge "Ustozlarni xotirlab" 📞@Mansurov_Ardasher 🕊 8-may Yoshi ulug‘ ustozlarni eslash va ziyorat qilish 📞 @a_ikromjonovich ⚽️ 9-may | 09:00 “Xotira va qadrlash kuni” mini futbol musobaqasi 📌 Universitet stadionida 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF ⚽️09.05.2026-yil Shaxsiy oʻyin 📞@Elbekjon_0114 🎥 9–23-may “Kitobchi qizlar” loyihasi videolari 📌 401-xona 📞 @narg1za_khakimova 🧠 11-may | 13:00 Intellektual olimpiada 📞 @Islombek_Numonjonov 🎯 11-may “O‘yla, izla, top” intellektual o‘yini 📌 Yangi bino, 2-qavat 📞 @a_ikromjonovich 🌿 11–16-may Metsenatlar va “Mehrli talaba” loyiha a’zolari bilan birgalikda faxriylar bilan uchrashuv 📞 @Lazizbek_vokhidov 🎭 May oyida Teatrga tashrif 📌 O‘zbekiston drama teatri 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF 🎙 13-may | 12:00 “Ochiq mikrofon” loyihasi 📌 Universitet hududi 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF 📖 14-may “Ziyo nuri” kitobxonlik musobaqasi 📞 @narg1za_khakimova 🤖 15-may Sun’iy intellekt bo‘yicha trening 📌 401-xona 📞 @mirzo_qvz 🏆 18-may Kelajak ixtirochilari tanlovi 📞 @Behzod_00_12 🏃♂️ 18-may | 12:00 Sport o‘yinlari musobaqasi 📌 Universitet hududi 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF 🌿 18–23-may Metsenatlar va “Mehrli talaba” loyiha a’zolari bilan birgalikda faxriylar uylarida hashar tashkil etish 📞 @Lazizbek_vokhidov 🎙 21-may | 12:00 “Ochiq mikrofon” loyihasi 📌 Universitet hududi 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF 🏆22.05.2026-yil Start up loyihalar tanlovi 📌Joyi yangi bino 204-xona 📞@Elbekjon_0114 📚 23-may UniBook Club kitobxonlik musobaqasi 📌 Yangi bino, 2-qavat 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF 🧹 May oyida Hashar tashkil etish 📞 @Qodirov_Islomjon_QMF ✍️Yoshlar ittifoqi axborot xizmati Sahifalarimizni kuzatib boring
2026-2027 o'quv yilida "Avtomobil yo'llari Qo'mitasi Raisi" stipendiyasiga talabgorlar diqqatiga! Yangi Nizomning 4-bandiga asosan, talabgor Qo'mitaning "Yangi O'zbekistonda yillar va yo'llar" jurnalida kamida bitta maqola chop etishi kerak.
🏆 E’TIROF ✨ Toshkent davlat transport universiteti ʼʼAvtomobil yoʻllari muhandisligiʼʼ fakulteti 3-kurs YMAL-10-23(iqt) guruh talabasi Rajabov Shahzod Dilshod oʻgʻli “Jadidlar” xalqaro ilmiy tadqiqotlar assotsiatsiyasi tomonidan faolligi, fidoyiligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turganligi bilan munosib taqdirlandi. 🎓 Rajabov Shahzodga 💰 1 500 000 so‘mlik stipendiya vaucheri topshirildi! 🥇ENG FAOL TOSHKENT SHAHAR KOORDINATORI🎗 Bu mukofot — uning tinimsiz harakati, mas’uliyati va jamoaga qo‘shgan ulkan hissasining e’tirofidir. 📌 Har bir fidoyilik — albatta e’tiborsiz qolmaydi. 🚀 Siz ham harakat qiling — keyingi e’tirof egasi aynan siz bo‘lishingiz mumkin! @transport_iqtidorli_talaba
видео или голосовое, без подписи
#CHEGIRMA_VAQTI 380.000❌ 280.000✅ (6-aprel 20:00 gacha) «YIL TALABASI-2026» «Kasb Fidoyisi-2026» Xalqaro miqyosdagi tanlovlar! 🚀BU HUJJATLAR SIZGA NIMA BERADI? ✅Magistratura va doktorantura uchun reyting ballari ✅Kuchli ilmiy portfel va H-index rivoji ✅DAVLAT mukofotlari, NOMLI STIPENDIYALARDA, GRAND taqsimotida ustuvorlik 👥KIMLAR UCHUN? 🎓Faol va iqtidorli talabalar — “Yil Talabasi – 2026” 👩🏫 O‘z kasbida fidoyi mutaxassislar — “Kasb Fidoyisi – 2026” 📚Magistrantlar, doktorantlar, o‘qituvchilar, tadqiqotchilar ✈️Murojaat uchun ➡️@scientist_00