Abdulbosid Abdullayev
СтатистикаO'zimni o'rganayotgan va biladigan ilmlarimni ulashib boraman
- Последний пост
- 5 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 1 687
- 1/48двое суток
- 1 933
- 1/72трое суток
- 2 085
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
https://telegra.ph/25-mountains-later-08-05 I wrote about why people hike, how it changed me, and my recommendations on hiking from my own experience.
Kecha juda ko’p kishi o’zimdagi kriteriyalar haqida so’rab yozibdi. Fikrimcha 100 ta kriteriya qo’yib, hammasiga to’g’ri kelishing kerak deyish noto’g’ri. Fundamental qadriyatlar to’g’ri kelsa yetarli deb o’ylayman. Bu qadriyatlar esa har kimda har xil. Kerakli insonlar buni bir biri bilan ochiq gaplashib aniqlab olishadi. Hamma muammolarning yechimi — ochiq suhbat.
Manga savol bermoqchi bo’lsangiz👇 t.me/voprosy?start=cn7oyka
Tepadagi postni ko'pchilik noto g'ri tushunibdi. Biror amal bilan qaysidir qizni "Bu yomon qiz, bunga uylanib bo'lmaydi", deb aytilmagan. Qiz bola kabluk kiyishi bilan yomon qizga aylanib olmaydi, muammo chuqurroq. Kabluk nima uchun kiyiladi? Mening fikrimcha, boshqalarning e' tiborini tortish uchun. Chunki kabluk qulay emas va oyoqni qisib tashlaydi, qizlarning o'zlari ham bundan jaloba qilishadi. Instagramga rasm qo'yadigan yoki Instagram ko’p ishlatadigan qizlarni hech kim "yomon qiz" deb aytmayapti, shunchaki bu — shaxsiy mezon. Bollar xohlashsa ham bu mezonga qarshi chiqisha olishmaydi. Qizlarda ham mezonlar bo'ladi — puli bor, tarbiyali yigit bilan turmush quraman degan. Yigitlarda ham mezon bo'ladi. Masalan man uchun sevgi mezon emas. Bor qizni juda sevishim mumkun lekin qadryatlarimiz to’g’ri kelmasa, qancha xohlasam ham u bilan turmush qura olmayman.
Qanday qizga uylanishim kerak? Qayerdan qidirish va nima savollar berish haqidagi maqolalarga qo'shimcha. Uylanishga qiz qidirayotganingda eng muhim narsani yodingda tutishing kerak. Sen bo'lajak farzandlaringga ona qidiryapsan. Ular asosiy vaqtini sen tanlagan qiz(ayol) bilan o'tkazadi. Quyidagi barcha kriteriylar ham shu prinsipga asoslanadi. Aqlli va o'qishni yaxshi ko'radigan. Tushuntirish shart emas deb o'ylayman. 4 ta bolangni alohida-alohida matematika, mantiq, ingliz, arab, rus tili repetitorlariga berib yurgandan ko'ra, ular tug'ilgunicha onasini o'qitib qo'ya qolasan. Keyin barcha fundamentni o'zi beradi. Buning uchun qiz o'qishni yaxshi ko'radigan bo'lishi kerak. Ajratib olishning yo'li - odatda ular kamroq gapirib, ko'proq tinglashni ma'qul ko'rishadi. Gapirganda ham asosan savollar ko'rinishida gapirishadi. Hayoli. Hayoni bolalar sezmagan holida onalaridan o'tkazib olishadi. Shuning uchun bu muhim. Hayoli qizni ajratib olishni yo'li - qoshlari terilmagan bo'ladi. Kablukda yurolmaydi. Namozlarini qoldirmay o'qiydigan. Sababini mana bu yerda aytgandim. Ajratib olishning yo'li - asosan yozda: oyoqlariga qaraganda o'ng oyoqning bosh barmog'ida qadoqlarning bo'lishi (uzoq yillar davomida ko'p namoz o'qiganda hosil bo'ladi). Instagram (tik-tok) dan behuda foydalanmaydigan. O'zi birinchi kriteriyga to'g'ri keladiganlar shundoq ham bu kriteriyga mos keladi. Lekin har ehtimolga qarshi tekshirib qo'yishing kerak - mashhur 3-4 ta bloglerlar haqida gap boshlab ketasan. Yoki gapingga qo'shilib ketadi, yoki nima haqida gapirayotganingni tushunmay qoladi. Xulosa o'zingdan. Qanday kriteriylar muhim emas (sen o'ylaganchalik): -Hijobda yoki hijobsiz - yuqoridagi mezonlarga to'g'ri keladigan qizga bitta gap yetadi shundog'am, hozir o'ranmaganiga o'ziga yarasha sabablari bo'lishi mumkin. -Ko'rinishi - bitta qaraganda istarali bo'lsa bo'ldi. Ko'rinishi qanday bo'lmasin o'rganib ketasan baribir. P.S. Yuqoridagi kriteriylarni men o'z qadriyatlarimdan kelib chiqib yozdim. Kimdadur qadriyatlar boshqacha bo'lsa fikrimga qo'shilmasligi mumkin. Biron nima qolib ketdimi? Guruhimizda yozib qoldir. Foydasi tegadi. 500 ta odam qiziqsa kuyov tanlash haqida ham yozib yuboramiz (🙋♂️). P.S.S Shu mavzu doirasidagi boshqa maqolalar: -Qiz qidirish uchun joylar -Uchrashuv -Uchrashuvda savollar -Kelin qayerda? @azizrakhimov_blog
O'zim ko'p yugurish bilan shug'ullansamda, ba'zi yuguradiganlarning ba’zi odatlari yoqmaydi. To'g'ri, yugurish sizni boshqalardan sog'lomroq qiladi, lekin yaxshiroq inson qiladi degani emas. Ba'zi yuguruvchilar yangi boshlaganlarga yordam berish o'rniga ularni kamsitishadi. Kechagi yugurishda ba'zilarni ko'rdim, boshqalarga qarab: "Bu yugurish emas, undan ko'ra yurganing yaxshi" deyishdi. O'sha inson yuguradimi yoki yuradimi, uyda o'tirishdan ancha yaxshiroq. Hamma yuguruvchilar bunaga demoqchi emasman. Bunaqa gaplar odatda yugurishni 2-3 oy oldin boshlab, "man hammadan zo'rman" deb o'ylaydiganlardan chiqadi. Ancha yillardan beri yuguradiganlar esa yangi boshlaganlarni har doim qo'llab quvvatlashadi.
Endi faqat ertalab velosiped haydashga chiqaman. Birinchi o‘rinda mashina yo‘q, katta yo‘lda bemalol yursa bo‘ladi. Havo ham ancha tozaroq bo‘lar ekan. Undan tashqari Yangi O‘zbekiston yo‘lida boshqa velosipedchilar ham bo‘ladi, ular bilan gaplashib ketish mumkin. Men gaplashib ketolmadim, chunki 60 yoshli otaxonlar ham mendan tezroq edi
Velosipedda uchishni ham boshlab oldim, o‘ylaganimdan ancha osonroq ekan. Oxirgi 3 kunda 120 km velosipedda uchibman va bugun ham juda uchgim kelyapti. Doim trenirovka qilib bo‘lmaydi, ba’zi kunlarda dam olish kerak, shuning uchun bugun chiqmaslikka qaror qildim. Trenirovkaning eng qiyin qismi dam olish bo‘lsa kerak, chunki o‘zingizni hech narsa qilmagandek his qilasiz. O‘zingizni hech narsa qilmaganlikda ayblashni boshlaysiz ekan.
без подписи
Birinchi suzishni 400-500 metr bilan boshlagan edim sekin asta 2,6kmgacha chiqdim. Hozirgacha umumiy 60km suzibman.
Doctorlar aytaveridimi. Belim bilan muammo bo’lgan paytda, doctorlar hiking bilan shug’ulanma deb aytishdi. 3 oydan beri hiking qilaman belim ancha yaxshilangandek. Yugurish bilan shug’ullanma deb aytishganda yugurishga chiqdim. Yana yaxshilandim. O’zimdan boshqalarda ham ko’rdim. Grijasi bor odamlarga doctor harakat mumkun emas deb aytadi lekin shug’ullanishni boshlagandan keyin grija davolanib ketayapti. Doctor nima desa ham hamma dardni davosi sport deb o’ylayman.
Majbur bo’lsez qilasiz. Tepadagi postda tog’da yo’qolib qolganim haqida yozgan edim. Sheriklarim boshqa yo’ldan man esa boshqa yo’ldan ketgan edim. Bir birimiz qayerdaligimizni bilmaymiz va uni ustiga ratsiya ishlamay qolgan. 2 sumka yukni olib sekin yurishda davom etdim chunki to’xtashga haqqim yo’q hech kim yordam bermaydi. Kechqurun soyni ichiga kirib chiqdim, toshlardan dumalab tushib ketdim va jarliklardan o’tdim. Soat 8 yoki 9da ratsiya ishlashni boshladi va do’stlarim oldimga kelib og’ir yuklarimni olishlarini aytishdi. Ular mani olib ketishini eshitishim bilan to’xtadim. Ratsiya o’chib qoldi va ular boshqa joyga ketib qolishdi va mani oldimga kelishmadi. Majbur bo’lganim uchun yana yurishda davom etdim. Agar nimadur qilishga majbur bo’lmasangiz manga o’xshab to’xtab qolar ekansiz.
30km hiking qilgandan keyin bir o’zim tog’da telefonsiz, ovqatsiz va yo’lni bilmasdan qolib ketdim. Kechqurun 9da yo’qolib qolgan bo’lsam, ertalab 7da yo’l topib do’stlarimni oldiga yetib bordim. Yurishim kerak bo’lgan masofa o’ylasam hech qachon yetib borolmaydigandek edi. O’ylashni to’xtatib sekin sekin qadamlab bosib, bazida oyog’imni sudrab yetib oldim. Agar to’xtab qolganimda aniq o’lar edim chunki qayerdaligimni hech kim bilmas edi. O’zim uchun olgan dars — harakatingiz qanchalik sekin bo’lsa ham harakatsizlikdan yaxshiroq.
🎓 Har bir qizning kelajagi uning oilasining daromadi bilan emas, salohiyati bilan belgilanishi kerak. Jamiyatning haqiqiy boyligi uning tabiiy resurslari yoki qurayotgan binolarida emas. Haqiqiy boylik — bilimli, salohiyatli va imkoniyatga ega insonlaridir. Bugun dunyo bo'ylab minglab qizlar katta orzular bilan ulg'aymoqda. Ular ilmga chanqoq, ingliz tilini o'rganishni xohlaydi, dunyoning nufuzli universitetlarida tahsil olishni va jamiyatga foydali inson bo'lishni orzu qiladi. Ammo ko'pincha ularning yo'lini qobiliyat emas, imkoniyat yetishmasligi to'sadi. Biz bunga befarq qaray olmadik. Shu sababli Girls Education Fund tashkil etildi. Bu — moddiy imkoniyati cheklangan, ammo bilim olishga ishtiyoqi baland qizlar uchun yaratilgan bepul ta'lim loyihasi. Bizning maqsadimiz oddiy: har bir qizning kelajagini oilasining daromadi emas, uning mehnati va salohiyati belgilashi kerak. Dastur doirasida ishtirokchilar: - 24 oy davomida matematika va ingliz tili bo'yicha sifatli ta'lim oladi. -Har bir o'quvchiga malakali ustozlari dars beradi. - SAT imtihoniga xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi. -Xalqaro universitetlar va grant dasturlariga hujjat topshirish jarayonida yo'l-yo'riq va amaliy ko'mak oladi. Ushbu imkoniyatlarning barchasi mutlaqo bepul taqdim etiladi. Kimlar ariza topshirishi mumkin? • O'zbekistonning 8-10 sinfda o'qiyotgan qizlari. • Ingliz tili darajasi kamida Intermediate bo'lganlar. • Bilim olishga mas'uliyat bilan yondashadigan va o'z ustida ishlashga tayyor qizlar. • Ustuvorlik moddiy imkoniyati cheklangan oilalar farzandlariga beriladi. Nega bu loyiha muhim? Biz ishonamizki, ta'lim — xarajat emas, kelajakka kiritilgan investitsiya. Bir qizga berilgan imkoniyat faqat uning hayotini emas, oilasi va jamiyatining kelajagini ham o'zgartirishi mumkin. Shuning uchun biz qobiliyatli qizlarning orzulari moliyaviy sabablar tufayli to'xtab qolmasligi uchun harakat qilyapmiz. Agar siz o'zingiz shunday imkoniyatni kutayotgan bo'lsangiz yoki atrofingizda bunga munosib qizlarni tanisangiz, bu xabarni u bilan albatta ulashing. Ba'zan bitta havola kimningdir butun hayotidagi eng muhim imkoniyatga aylanadi. 📝 Ariza topshirish: girlsedufund.org sayti yoki Google form orqali ariza topshirishingiz mumkin. Ro’yxatdan o’tish: https://forms.gle/eXeqVsJybmf1GhDL6 🔗 Telegram ☎️ Telefon: +998999051002 @girlsedufund1 🌐 www.girlsedufund.org 🌐 Instagram #GirlsEducationFund #BepulTalim #QizlarTa'limi #EducationForGirls
Instagramda tarqalgan videoni hamma ko'rdi shekili. Amerikadagi binoni ustida bir bola qiziga sevgi isxor qildi va o'zbek qizlarini orasida bu juda ham mashxur bo'ldi. Ko'p qizlar bo'lajak erim manga ham shunaqa sevgi izxor qilsin deb aytishyapti. Keling bunaqa sevgi izxor uchun nima kerakligini ko'rib chiqamiz. Birinchi o'rinda 10 yildan beri climbing bilan shug'ulangan bo'lishingiz kerak. Bu holatga havas bilan qaragan 99% qizlar hayotida bir marta climbing qilmagan.
Miyyanga sig'dira olgan hamma ishni qila olasan —Eminem
Bularni ko'rgandan keyin o'zim ham marafon yugurmoqchi bo'ldim. Muammo shundaki, oldin yugurmaganman va yugurishni yaxshi bilmayman. Bir oy tayyorlanib yugurmoqchi edim, hamma "Bir oyda yugurib bo'lmaydi, kamida 5,6 oy tayyorlanish kerak" deb aytishdi. Ho'p dedimda, tayyorlanmasdan ertansi kuni yugurishga chiqib ketdim. Bitta o'zim yugurganim uchun juda ham zerikarli bo'ldi va xar bir daqiqada "Bor e" deb tashlab ketgim keldi. Lekin o'sha kuni bitta o'zim, umuman tayyorgarliksiz 42.2 km yugurdim.
Insonning chegarasi yo'q. Olimlar insoniyatga ko'p yaxshilik keltirishgan. Kasalliklarni yengishgan, oyga uchirishgan, dunyoni o'zgartirishgan. Lekin bitta masalada ular deyarli har doim adashib kelishadi: Inson nimaga qodir, nimaga qodir emasligini o'lchasda. Ular "mana shu yerdan uyog'iga inson o'ta olmaydi" degan chiziq tortishadi. Va har safar, har safar kimdir kelib o'sha chiziqni o'chirib tashlaydi. 2019-yil. Olimlar yuz yil davomida: "Inson marafonni 2 soatdan tez yugura olmaydi, buni imkoni yo'q" deyishgan. Eliud Kipchoge 42.2 kilometrni 1 soat-u 59 daqiqada bosib o'tdi. 2019-yil. Everestga o'xshagan 8,000 metrdan baland 14ta cho'qqi bor. Bittasiga chiqishga ikki oy ketadi. Bularning hammasiga chiqqan oldingi rekordchi 8 yil sarflagan. Nirmal Purja "men buni 7 oyda qilaman" deganda, butun alpinizm dunyosi kulgan "Inson uchun ilojsiz deyishgan." U 6 oy 6 kunda hamma 14ta cho'qqini zabt etdi. 2021-yil. "IronCowBoy" 100 kun davomida, har kuni bittadan, 100ta to'liq Ironman qildi. Har biri— 3.8 km suzish, 180 km velosiped, 42 km yugurish. 100 kun ketma ket, dam olishsiz. Olimlar ko'zida inson tanasi bunaqa bosimga dosh bera olmasligi kerak edi, lekin James buni qildi. 2017-yil. Alex Honnold El-Kapitan'ning 900 metrlik tik qoyasiga arqonsiz, yolg'iz qo'l bilan chiqdi. Buni ham iloji yo'q deyishgan edi. Bularni hammasini olimlar hisob kitob qilib chiqib iloji yo'q deyishgan edi, lekin. sportchilar ular bilan bahslashmadi shunchaki ko'rsatib qo'ydi.
2 oy oldin birinchi suzishga borganim esimda. 2 marta basseynni aylanishga qiynalar edim, shunda o'ylagandim "suzish man uchun emas ekan deb" 1 oy suzishda davom etdim va xozir esa 1 soat bemalol charchamasdan suzaman. Natijani o'ylamasdan shunchaki davom etsak bo'ldi, natija o'zi keladi.
Haqiqiy muammo ko’rmaganlar uchun kuchliroq yomg’ir ham katta muammo.