ABITURIYENTGA YORDAM
СтатистикаSiz ushbu kanalda abituriyentlar uchun barcha kerakli ma'lumotlarni topishingiz va DTM ballingizga mos bo'lgan yo'nalish , universitet tanlashda maslahatlar olishingiz mumkin. Do'stlaringizni ham kanalimizga taklif eting
- Последний пост
- 21 янв.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 33
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🗣🗣🗣KIRISH BALLARI🗣🗣🗣 🛑FAKULTET: FILOLOGIYA TILLARINI O'QITISH O'ZBEK TILI ✅1-Blok ONA TILI ✅2-BLOK CHET TILI https://t.me/Abituriyentga_yordamN1
Kelgusi yildan barcha tibbiyot oliygohlarida oliy hamshiralik ishi yo‘nalishi ochiladi va kvota 2 karra, 2027-yildan esa kamida 20 foizdan oshirib boriladi. Bundan maqsad – yaqin yillarda oliy ma’lumotli hamshiralarning ulushini 10 foizga yetkazish. Oliy ma’lumotga ega, shifokor bilan yonma-yon turadigan bunday hamshiralarning mehnati munosib rag‘batlantiriladi. Kelgusi yildan oliy ma’lumotli hamshiralarning maoshiga 100 foiz ustama beriladi. Ayni paytda o‘rta ma’lumotli hamshiralarni tayyorlash tizimi ham o‘zgartiriladi. Bu borada Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralarni tayyorlash boshlandi. Buning davomi sifatida Germaniya, Shveytsariya, AQSH kabi davlatlarning ta’lim dasturlari olib kiriladi. Shular orqali xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralarning korpusi shakllantiriladi. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
⚡️Oʻzmilliybank sirtqi va super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratmoqda Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun taʼlim krediti foiz stavkasi: — 36 oygacha boʻlgan muddatga yillik 22%; — 60 oygacha boʻlgan muddatga yillik 24%. Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga: 36 oygacha boʻlgan muddatga yillik 22% beriladi. Kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida (bazaviy hisoblash miqdorining 100 barobarigacha boʻlgan kreditlar uchinchi shaxs kafilligi yoki kredit qaytmaslik xatarini sugurta polisi, undan yuqori miqdordagi kreditlar mol-mulk garovi bilan ajratiladi) ✅ Ushbu kredit oliy, oʻrta maxsus va kasb-hunar taʼlim muassasalarining kunduzgi, kechki, sirtqi boʻlimlariga bakalavriat va magistraturaga, shu jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (superkontrakt) asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar, shuningdek oʻqishini koʻchirgan talabalar uchun ajratiladi. @Talimyangiliklari_uz
⚡️Maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim tartibi tasdiqlanmoqda Ta'lim to'g'risidagi qonunga tegishli o'zgartirishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo'yildi. Unga ko'ra, maqbullashtirilgan kunduzgi ta’lim shakli joriy etilib, tahsil olish muddati bakalavriatda kunduzgi ta'lim shaklining kamida 1,5 barobari (6-yil)dan 8 yilgacha bo'lishi magistratura esa 4 yilgacha bo'lishi ko'zda tutilmoqda. 🔰 Ya'ni endilikda oliy ta'limda quyidagi ta'lim muddatlari paydo bo'ladi: Kunduzgi ta'lim ✅Bakalavriat – 4 yil (ayrim yo'nalishlarda 3 yil), ✅Magistratura – 2 yil (ayrim yo'nalishlarda bir yil); Sirtqi ta'lim ✅Bakalavriat – 5 yil Kechki ta'lim ✅Bakalavriat – 4,5 yil ✅Magistratura – 2 yil Masofaviy ta'lim ✅Bakalavriat – 4 yil ✅Magistratura – 2 yil Maqbullashtirilgan kunduzgi ta'lim ✅Bakalavriat – 6 yildan 8 yilgacha, ✅Magistraturada – 3 yildan 4 yilgacha. @Talimyangiliklari_uz
⚡️Har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkaziladi, gʻoliblar davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi ✅ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra: 👉 2026-yildan boshlab: ➖ taʼlim qardosh tillarda olib boriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari uchun oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha darsliklarning yangi avlodi yaratiladi; ➖ maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha pedagoglar uchun oʻquv qoʻllanmalar ishlab chiqiladi; ➖ maktabgacha taʼlim yoshidagi bolalar uchun “Mening ilk izohli lugʻatcham” rasmli lugʻat kitobi yaratiladi; ➖ bolalarga oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha zamonaviy animatsion video va audio mahsulotlar ishlab chiqiladi; 👉 Qarorga asosan: ➖ umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida oʻzbek tili mavzusida insholar tanlovi; ➖ oʻzbek tili fani oʻqituvchilari oʻrtasida “Yilning eng yaxshi oʻzbek tili oʻqituvchisi” respublika tanlovi oʻtkaziladi; ➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar hamkorligida har yili Alisher Navoiy nomidagi xalqaro oʻzbek tili olimpiadasi oʻtkazib boriladi; ➖ Mazkur olimpiada gʻoliblari respublika oliy taʼlim muassasalarining “filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili va adabiyoti” taʼlim yoʻnalishiga umumiy qabul kvotasidan tashqari davlat granti asosida oʻqishga qabul qilinadi. 📩 Qo'shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
❗️Yana bir nechta OTMda super kontrakt miqdorlari e'lon qilindi Jumladan: 🏛 Buxoro davlat universitetida — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 4 baravaridan 12 baravarigacha (yo‘nalishlarga qarab); 🏛 Namangan davlat chet tillari institutida — 4 baravar; 🏛 Toshkent axborot texnologiyalari universitetida — 4 baravardan 7 baravargacha; 🏛 Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida — 5 baravardan 9 baravargacha; 🏛 Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida — 7 baravardan 12 baravargacha; 🏛 Toshkent davlat yuridik universitetida — 17 baravar; 🏛 Urganch davlat universitetida — 4 baravardan 10 baravargacha; 🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filialida — 5 baravar. 👉 @xushnudbek 👈
#qabul2025 #super_kontrakt ⚡️Oliy ta’lim muassasalari tomonidan super kontrakt miqdorlari e’lon qilinmoqda Qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt miqdorlari OTMlar rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilanadi. 🏛Shahrisabz davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/ShDPIuz/25153; 🏛Namangan davlat texnika universiteti↪️https://t.me/NamDTU_Asosiy/6760; 🏛Andijon davlat universiteti↪️https://t.me/adu_uz/53190; 🏛Namangan davlat pedagogika instituti↪️https://t.me/namspii/37214; 🏛Toshkent axborot texnologiyalari universiteti↪️https://t.me/tuituz_official/27221; 🏛Toshkent davlat yuridik universiteti↪️https://t.me/tsulbox/441; 🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti↪️https://t.me/tsueuzofficial/21908; 🏛Andijon davlat texnika instituti↪️https://t.me/andtexnika/27738; 🏛Termiz davlat universiteti↪️https://t.me/terdu340/34762?single; 🏛Toshkent arxitektura-qurilish universiteti↪️https://taqu.uz/diqqat-elon-6; 🏛TDTU Olmaliq filiali↪️https://tdtuof.uz/tabaqalashtirilgan-to-lov-kontrakt-summalari-haqida-ma-lumot/; 🏛Toshkent kimyo-texnologiya instituti↪️https://t.me/tktiuz/47484; 🏛Urganch davlat universiteti↪️https://t.me/URDU_PRESSA/67905; 🏛Buxoro davlat universiteti↪️https://t.me/buxdu_uz/73441; 🏛TKTI Yangiyer filiali↪️https://t.me/tkti_yangiyerf/12662; 🏛Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti↪️https://andqxai.uz/events/188; 🏛TTA Urganch filiali↪️https://t.me/ttauf/26803; 🏛Qoʻqon davlat universiteti↪️https://t.me/Kokand_SU/30479; 🏛Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti↪️https://dtpi.uz/super-kontrakt-2025/; 🏛Oʻzbek milliy musiqa san’ati instituti↪️https://t.me/uzmmsi_official/19285; 🏛TDTU Termiz filiali↪️https://t.me/ttatf2018/20764; 🏛Namangan davlat chet tillari instituti↪️https://t.me/ibratnamdchti/31075; 🏛Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali↪️https://sbtsue.uz/uz/post/elon-21; 🏛Milliy rassomlik va dizayn instituti↪️https://t.me/mrdi24yangiliklar/33749; Eslatma: 2025/2026-oʻquv yili qabulida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini 2025-yil 31-oktyabrga qadar (shu kuni ham) toʻlashga ruxsat beriladi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
MASOFAVIY ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
KECHKI ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
KUNDUZGI ta'lim shakli bo'yicha OTMlarning umumiy qabul parametrlari doirasida qolgan vakant (bo‘sh) o‘rinlar ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Vakant o‘rinlari (6-yo‘nalish) uchun tanlovda ishtirok etish bo‘yicha video yo‘riqnoma ❓Kimlar ishtirok etishi mumkin? ✅ JAVOB: ikki xil toifadagi o‘qishga kirolmaganlar: 1-toifa — 2025-yilgi test sinovlarida 56,7 ball va undan yuqori natija ko‘rsatgan, ammo kvota doirasida o‘qishga kirolmagan abituriyentlar. 2-toifa — Roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi bosqichida oliy taʼlim tashkiloti va bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarini tanlamagan abituriyentlar. Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 25-sentyabrdan 3-oktyabrgacha (shu kuni ham). Platforma: my.uzbmb.uz Tanlov natijalari 2025-yil 8-oktyabrga qadar e’lon qilinadi. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Super-kontrakt miqdori e’lon qildi Shahrisabz davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yili qabuli uchun 56.7 va undan yuqori ball to‘lgan, lekin qabul chizig‘iga 4,05 balldan ko‘p yetmagan abituriyentlarga super-kontraktning miqdorlari belgilandi (rasm). Eng kami bazaviy kontraktning 3.5 baravari bo‘lsa, eng ko‘pi 6 baravari etib tasdiqlangan. IZOH: qabul chegaralariga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdori Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025) bilan tasdiqlangan Nizom asosida belgilangan. ➖ 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari; ➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,0 barobari; ➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 2,5 barobari; ➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 3,0 barobari. Ma’lumot uchun, 25-sentyabr kuni yakunigacha barcha OTMlar super-kontrakt miqdorlarini e’lon qilishi kerak. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
❗️Super-kontrakt va 6-yo’nalish tartibi tasdiqlanibdi, ertaga 22-sentyabr e’lon qilishar ekan. 6-yo’nalishda o’qishga kira olmagan abituriyentlarga kvotasi to’lmagan naq 5 ta yo’nalishni tanlash huquqi beriladi. Super-kontraktda jiddiy o’zgarishlar yo’q. Edu - ta'lim yangiliklari✅️👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
❓Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin? 📃O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin. ➖ o‘z xohishiga ko‘ra; ➖ o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan; ➖ oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun; ➖ bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno); ➖ o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli); ➖ talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda; ➖ sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi); ➖ talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa; ➖ vafot etganligi sababli. 📌Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Taʼlim nazorati rasmiy kanali
⚡️Bugundan yuqori kurslar uchun yangi o'quv yili boshlanadi OTMlarda bugundan yangi o'quv yili boshlanadi. Do'stlaringizga ulashing 👉@Talimyangiliklari_uz
2025-yilgi o‘rtacha ball bo‘yicha doimgidek Buxoro yetakchi. Eng oxirgi o‘rinda esa — Andijon Bilimlarni baholash agentligi joriy yilda abituriyentlar to‘plagan natijalar bo‘yicha ayrim statistikalarni e’lon qildi. Hududlar kesimida o‘rtacha ball bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich Buxoro viloyatida qayd etilgan — 89,5 ball. Ya’ni joriy yilda testga kirgan buxorolik 30 ming 231 nafar abituriyent to‘plagan ballarning o‘rtachasi shunaqa chiqqan. Keyingi o‘rinlarni Toshkent shahri (82,8) hamda Navoiy viloyati (80,4) egallagan. Eng quyi pog‘onadan esa Jizzax (73,3), Surxondaryo (71,7) hamda Andijon (70,9) joy olgan. Respublika bo‘yicha o‘rtacha ball 76,9 ballni tashkil qilgan. O‘z navbatida, joriy yilgi bitiruvchilarning o‘rtacha ballari barcha hududlarda nisbatan balandroq bo‘lgan. Joriy yilgi bitiruvchilarning umumiy o‘rtacha bali 81,7 ballni tashkil qilgan. Edu - ta'lim yangiliklari✅👇 https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy https://t.me/+uvviIr74utA1MGUy
Orada ozgina uzulish bo'ldi. Endi bemalol savollaringizni kommentariyada yozib qoldiravering
❗️Talabalar uchun maslahat: O’qish sanasi qachon boshlanishini o’zingiz o’qiydigan oliygohdan aniqlashtiring. Chunki turli oliygohlar vaziyatga qarab, o’qish sanasi boshlanishini mustaqil belgilamoqda. Masalan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 2025/2026-oʻquv yili ta'lim shakli va kurslar kesimida quyidagi sanalardan boshlanadi: ➖ 1-kurs kunduzgi va kechki taʼlim uchun — 3-sentyabr (chorshanba); ➖ 1-kurs magistratura, 2, 3 ва 4-kurs masofaviy va kechki ta’lim uchun — 8-sentyabr (dushanba); ➖ 2-kurs kunduzgi ta’lim uchun — 9-sentyabr (seshanba); ➖ 3-kurs kunduzgi ta’lim uchun — 10-sentyabr (chorshanba); ➖ 4-kurs kunduzgi ta’lim uchun — 11-sentyabr (payshanba); ➖ 1-kurs masofaviy hamda 2-kurs ikkinchi oliy taʼlim (masofaviy) uchun — 15-sentyabr (dushanba); ➖ 3, 4-kurs sirtqi taʼlim uchun — 29-sentyabr (dushanba); ➖ 3-kurs ikkinchi oliy taʼlim uchun — 27-oktyabr (dushanba); ➖ 2-kurs sirtqi taʼlim uchun — 3-noyabr (dushanba); ➖ 5-kurs sirtqi taʼlim uchun — 1-dekabr (dushanba); ➖ 4-kurs ikkinchi oliy taʼlim uchun — 12-yanvar (dushanba). ❗️P.S.: hamma oliygohlar o’z sahifalarida shu kabi ma’lumotni e’lon qilsa, yaxshi bo’lar edi, faqat tug’ilgan kunlarni yozavermasdan. 👉 @xushnudbek 👈
❓Talabalikka qabul qilinganlar OTMga qanday hujjatlar berishi kerak? 📑Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilingan birinchi kurs talabalaridan ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi talab qilinadi. 1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5×4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar) uchun ariza (kerak bo‘lsa); 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun imtiyoz beruvchi hujjatning asli (agar bo‘lsa). 🎓Birinchi kurs talabalari uchun yangi o’quv yili 3-sentyabrdan boshlanishi haqida xabar bergan edik. Ayni shu kundan kunduzgi, kechki va masofaviy ta’lim shakliga o'qishga qabul qilingan talabalar OTM ga borib, tegishli hujjatlarni topshirishlari mumkin. 📌Ma'lumot uchun, nodavlat oliygohlarning tartibi davlat oliygohlaridan biroz farq qilishi mumkin. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
🗣🗣🗣ONA TILIDAN MILLIY SERTIFIKAT OLISHNI ANIQ MAQSAD QILGANLAR UCHUN XABARIMIZ BOR! Agar siz 🫵 ✅DTM imtihonidan oldin bloklaringizni 100% o‘zlashtirib, 189 ball egasi bo‘lishni xohlasangiz ✅ Boshlang‘ich ta’lim yoki ONA TILI yo‘nalishida dars berasiz va 💸 50% , 70% lik ustama olishni xohlasangiz BIZNING BIZNING KURSLARIMIZ AYNAN SIZ UCHUN 🔹 Har bir mavzu — asosli misollar bilan! 🔹 Har bir dars — tushunarli va yodda qoladigan uslubda! Shunchaki dars emas — bu BOMBA darslar! 💣 💬 "Darsda zerikish yo‘q, vaqt qanday o‘tganini bilmay qolasan!" ✅ O'quvchilarimiz fikrlari ✅ O'quvchilarimiz fikrlari ✅ O'quvchilarimiz fikrlari 👍 O'quvchimiz fikri audio tarzda ❤️ O'quvchilarimiz natijalari DARSDA HAR BIR O'QUVCHI BILAN TO'LIQ INDIVIDUAL ISHLANADI. DARSLAR YOPIQ GURUHDA HAFTDA 3 KUN 21:00 DA OLIB BORILADI NARX —OYIGA 130 MING 🛑GURUHGA QO'SHILISH UCHUN ADMIN BILAN BOG'LANING @KuuNur