tgindex
Advokat Xayotbek Toshmatov

Advokat Xayotbek Toshmatov

Статистика
@Advokat_AndijonПравоузбекский

Ушбу каналда адвокат Тошматов Хаётбекнинг мулохазалари ва ҳуқуқий маслаҳатлари бериб борилади Мурожаат учун: @Advokat_andijon +9988 2728289, 932121622

Последний пост
30 мая
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
27
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Право
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
243
−2 за 5 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
144
27 постов
Вовлечённость
59,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 27
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Холис фикр. Бошқа миллатлар солурлар ҳар маҳалда мадраса, Онларнинг аксига солғон чойхоналар бизни халқ. ✍️ Абдулҳамид Чўлпон Эътибор берганмисиз? Сўнгги йилларда жамиятимиз тараққий этиб, турмуш даражаси яхшиланиб бораётгани билан бирга, овқатланиш маданияти эмас, балки овқатга ортиқча ружу қўйиш ҳолатлари ҳам кўпайиб бормоқда. Бунга нима сабаб? Нега кафе, ресторан ва турли овқатланиш масканлари сони йил сайин ортиб бормоқда? Албатта, яхши яшаш ва яхши овқатланиш ҳар бир инсоннинг ҳаққи. Аммо ҳаётнинг асл мазмуни фақат ейиш-ичишдан иборат эмас. Инсон маънавий камолотга интилиши, илм олиши, китоб мутолаа қилиши, фарзанд тарбияси ва жамият тараққиётига ҳисса қўшиши ҳақида ҳам қайғуриши лозим. Афсуски, баъзан моддий фаровонлик ошган сари истеъмолчилик кайфияти ҳам кучайиб бормоқда. Натижада инсоннинг моддий эҳтиёжлари кенгаяди, аммо маънавий олами шунга мутаносиб равишда бойиб бормайди. Ҳолбуки, ҳақиқий тараққиёт фақат моддий бойлик билан эмас, балки маънавий юксалиш билан ҳам ўлчанади. Бугун жамиятимизда янги кафе ва ресторанлар очилаётгани қувонарли ҳол. Аммо шу билан бирга китобхонлар сони, кутубхоналар, илм масканлари ва маърифий муҳит ҳам шунчалик илдам ривожланаяптими, деган савол ҳар биримизни ўйлантириши керак. Биз овқат учун яшаяпмизми ёки яшаш учун овқатланаяпмизми ? Дўстларингизга улашинг ✅ @Himoyachi1981

  • Soliq bazasini aniqlashda tovarlarning bozor qiymati qoʻllaniladi!   Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Soliq bazasini tovarlarning bozor narxlaridan kelib chiqqan xolda aniqlash orqali teng raqobat muhitini yaratish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 👉VMQ-253, 18.05.2026-yil. Mazkur qarorga asosan Soliq bazasini ayrim tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan xolda aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlandi. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq soliq bazasini ko‘chmas mulk obyektlari hamda yog‘och mahsulotlarining bozor qiymatidan kelib chiqqan xolda aniqlash tartibini belgilaydi. Maʻlumot uchun. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 10-dekabrdagi PF-246-sonli Farmoniga asosan 2026-yil 1-yanvardan boshlab koʻchmas mulk obyektlari va qurilish materiallari boʻyicha soliq bazasi ushbu tovarlarning bozor bahosidan kelib chiqib aniqlanishi belgilangan. Nizom bilan asosiy tushunchalar belgilangan boʻlib, soliq organlari tomonidan soliq bazasini aniqdashda qo‘llanadigan va erkin bozorda mustaqil tomonlar o‘rtasida shakllanadigan narx tovarlarning bozor narxi deb eʻtirof etilgan. Ushbu Nizom talablari soliq to‘lovchilar tomonidan sotilgan tovarlarning hisob hujjatlarida aks ettirilgan narxi bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori bo‘lgan holatda qo‘llanadi. Soliq organlari soliq bazasini tovarlarning bozor narxidan kelib chiqqan xolda aniqlashda taqqoslanadigan bozor narxlari usulidan foydalanadi. Ko‘chmas mulk obyektlarining bozor narxi ko‘chmas mulkni ommaviy baholash sohasida maxsus vakolatli organ tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Taqqoslanadigan bozor narxlari usulida aynan o‘xshash yoki bir xil turdagi tovarlarni sotish (xarid qilish) narxlari ularni sotish bo‘yicha tuzilgan shartnomalarning, shuningdek, haqiqatda tovarlarni yetkazib berishning o‘ziga xos xususiyatlarini, hududlarni (tuman/shahar) hamda soliq organlariga maʼlum bo‘lgan boshqa axborotlarni inobatga olgan holda qiyoslanadi. Soliq organlari soliq bazasini bozor narxidan kelib chiqqan holda aniqlashda quyidagi maʼlumotlardan ham foydalanishi mumkin: ▫️notariatning yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi maʼlumotlari; ▫️bojxona to‘lovlarini hisoblash maqsadida foydalanilgan tovarlar qiymati haqidagi maʼlumotlar; ▫️birja narxlari va kotirovkalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar; ▫️auksion va davlat xaridlari platformalari maʼlumotlari; ▫️sotuvchilarning narxnomalari (preyskurant)dagi maʼlumotlari; ▫️ommaviy axborot vositalaridan va internet resurslaridan olingan narx to‘g‘risidagi maʼlumotlar; ▫️qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda narxlarni belgilovchi vakolatli organlarning maʼlumotlari; ▫️tijorat banklari tomonidan garovga olingan tovarlarni qayta baholash maʼlumotlari; ▫️baholash faoliyati to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga yoki xorijiy davlatlar qonunchiligiga muvofiq aniqlangan obyektlarning bozor narxi to‘g‘risidagi maʼlumotlar. Tovarlarni sotish narxi soliq solish maqsadida qo‘llanadigan bozor narxidan past ekanligi aniqlansa, soliq organlari tomonidan qo‘llanadigan bozor narxi va soliq to‘lovchining sotish narxi o‘rtasidagi ijobiy farq bozor narxidan past sotilgan tovarlar hajmiga ko‘paytiriladi hamda hosil bo‘lgan summa soliq bazasiga kiritiladi. Tovarlarni xarid qilish narxi soliq organlari tomonidan qo‘llanadigan bozor narxidan yuqori ekanligi aniqlansa, soliq to‘lovchining xarid qilish narxi va soliq organlari tomonidan aniqlanadigan bozor narxi o‘rtasidagi ijobiy farq summasi bo‘yicha hisobga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasiga tuzatish kiritiladi. Tovarlarning aniqlangan bozor narxidan kelib chiqib, Soliq kodeksiga muvofiq foyda solig‘ining bazasiga tuzatish kiritiladi. @u_generalissimus

  • Toshkentda 4 kishilik oilaning bir oy farovon yashashi uchun 23,5 mln so‘m, bir kishi uchun esa qariyb 6,5 mln so‘m mablag‘ kerak bo‘ladi. Poytaxtda arzon restoranda ovqatlanish 70 ming so‘mni tashkil etadi. O‘rta darajadagi restoranda bu narx 2 kishi uchun 400 ming so‘mga baholangan. Mobil aloqa kompaniyalar kesimida o‘rtacha oylik to‘lov 49 ming so‘m, kabelli internetning o‘rtacha bahosi – 150 ming so‘m. Dunyoning eng yirik onlayn ma’lumotlar bazasidan biri – Numbeo

  • Сергели автомобиль бозорида олиб-сотарларнинг ("сайгаклар") ноқонуний фаолиятига чек қўйилди! ИИББ рейдида 100 нафар шахс аниқланиб, уларнинг бир қисми маъмурий қамоқ ва жаримага тортилди. Шунингдек, бозорда йирик миқдорда фирибгарлик содир этган икки шахс 8−9 йилга қамалди.

  • Katta hajmdagi ko‘chmas mulkni ijaraga berishda soliq yuki kamayadi   2027-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga umumiy maydoni 1000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi.   Prezident farmonida belgilangan bu qoida Toshkent shahridan boshqa hududlarga taalluqli; eng kam stavkalar asosida soliq hisoblash amaliyoti poytaxtda saqlanib qoladi. Avvalroq soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov Kun.uz'ga bergan intervyusida ijara haqlarining minimal miqdorlari tadbirkorlar e’tiroziga sabab bo‘layotgani, ular ayrim holatlarda olmagan daromadi uchun ham soliq to‘lashiga to‘g‘ri kelayotganini aytgandi.

  • Kafe va restoranlarda xodimlarni ishga olish tartibi soddalashtiriladi Prezident farmoniga binoan, umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar uchun ayrim toifadagi xodimlarni mobil ilova orqali muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etilmoqda. 1-iyundan e’tiboran kafe-restoranlarga naqd pulsiz tushumlar miqdoridan qat’i nazar, QQSning 40 foizi qaytarib beriladi.

  • Ilmiy daraja berishda qator talablar bekor qilinadi Prezident farmoni bilan, Oliy attestatsiya komissiyasi Fanlar akademiyasi tizimiga o‘tkazildi. Komissiya raisi 5 yil muddatga tayinlanadi va ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq bu lavozimni egallashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ayrim doktorantlarning stipendiyasi 1,7 barobarga oshiriladi. 2026 yil 1 sentyabrdan doktoranturaga qabul kvotalarining kamida 60 foizi ustuvor ixtisosliklarga ajratiladi. Ustuvor ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga 1,7 baravar oshirilgan stipendiya to‘lanadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab ilmiy daraja olish uchun chet tilidan imtihon topshirish talabi faqat mustaqil izlanuvchilarga taalluqli bo‘ladi. Yana ko‘plab byurokratik talablar bekor qilinadi.

  • Ишга ўзини қурбон қилиб юборганларга бағишланади. Ҳаёт фақат ишдан иборат эмас, иш бу яшаш учун бир восита холос.

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy sharoitlar yaratish to‘g‘risida” Farmoni imzolandi!   Mazkur farmonning asosiy maqsadi sifatida kichik biznes subyektlari uchun soliq rejimini yanada qulaylashtirish, QQS ma’muriyatchiligini soddalashtirish orqali aylanmalarni ochiqlash va biznesning o‘sishini rag‘batlantirish nazarda tutilgan. 👉PF-100-son, 26.05.2026-y. Unga ko’ra 2026-yil 1-iyundan boshlab: 🔹soliq solishning umumbelgilangan tartibiga o‘tish uchun belgilangan chegaraviy miqdor bazaviy hisoblash miqdorining 12 ming baravari etib belgilanmoqda. 🔹mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan: ▫️alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish uchun naqd pul to‘lovlarini qabul qilish huquqi beriladi; ▫️alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu subyektlarda yakuniy iste’molga realizatsiya qilingan deb e’tirof etiladi; 🔹umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko’rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari uchun: ▫️ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda «shu kunning o‘zida va muayyan muddatga» rasmiylashtirish va ish haqini to‘lash tartibi joriy etiladi; ▫️to’langan QQS bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar, to’langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi. 🔹 umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik subyektlariga tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to’lanadigan ijara to’lovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer solig’ining bir baravari miqdorida belgilanadi. 2027-yil 1-yanvardan boshlab: 🔸alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtirilib, uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanmoqda; 🔸jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik subyektlariga umumiy maydoni 1 000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lgan maydonlarni ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanilmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno; 🔸kichik biznes subyektariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.

  • O‘zbekistonda 5 ta sel-suv ombori quriladi O‘zbekistonda sel-toshqin suvlaridan samarali foydalanish, suv ta’minotini yaxshilash va qo‘shimcha yer maydonlarini o‘zlashtirish maqsadida 2027 yildan boshlab 5 ta sel-suv ombori quriladi. Qarorga muvofiq, Samarqand, Toshkent va Jizzax viloyatlarida yangi sel-suv omborlari barpo etiladi. Loyihalar orqali Samarqand viloyatida 7 ming gektar, Toshkent viloyatida 2 ming gektar va Jizzax viloyatida 300 gektar yerning suv ta’minotini yaxshilash rejalashtirilgan. Shuningdek, qo‘shimcha yangi yer maydonlari ham o‘zlashtiriladi. 👉 https://kun.uz/13743437

  • 🤩 ТОП-10: Ўзбекистон энг кўп қайси давлатларга маҳсулот экспорт қилмоқда? 🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь-март ойларида Ўзбекистоннинг ташқи савдо айланмасида экспорт ҳажми 5,8 млрд АҚШ долларини ташкил этган. 🌍 Мазкур даврда Ўзбекистон экспортида юқори улушга эга бўлган ТОП-10 давлатлар (АҚШ долларида): Россия – 1,1 млрд; Хитой – 641,7 млн; Афғонистон – 443,6 млн; Франция – 405,9 млн; Қозоғистон – 282,8 млн; Туркия – 231,6 млн; БАА – 172,3 млн; Қирғиз Респ. – 169,9 млн; Тожикистон – 140,8 млн; Гонконг (Хитой маъмурий ҳудуди) – 127,1 млн.

  • КАДАСТРДА ТАРТИБ БЎЛМАСА - ОДАМЛАР САРСОН БЎЛАДИ Ҳужжатни асоссиз рад этиш, ойлаб чўзиш, “кейин келинг” деган гаплар ҳали ҳам учраяпти. Фақат 2025 йилнинг ўзида давлат хизматлари соҳасида 32 мингдан ортиқ қонунбузилиш ҳолати аниқлангани муаммо ҳали жиддий эканини кўрсатади. Энг асосийси - инсонни сарсон қиладиган бюрократияни қисқартириш, кадастр хизматларини тўлиқ рақамлаштириш ва коррупцияга йўл қолдирмаслик. Қонун устувор бўлса, фуқаро овора бўлмайди.

  • Қурбон ҳайити билан барчангизни самимий муборакбод этамиз. Юртимизда тинчлик бардавом бўлсин, хонадонларимиздан осойишталик, аҳиллик, файзу барака ҳеч қачон аримасин.

  • Qurbon hayiti arafasida tadbirkorlarga katta sovgʻa: soliq yengillashadi, tekshiruvlar qisqaradi 2026-yil 1-iyundan kichik biznesning soddalashtirilgan soliq rejimi chegarasi 1 mlrd soʻmdan 5 mlrd soʻmga oshirilishi kutilmoqda. Bu koʻplab tadbirkorlarga QQS va foyda soligʻi toʻlashga erta oʻtish jarayonini yengillashtirib, tadbirkorlarga faoliyatini kengaytirish imkonini beradi. Shuningdek: — umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat sohalari uchun 6 foizlik soddalashtirilgan QQS tartibi joriy etiladi; — past xavfli tadbirkorlar uchun QQS qaytarish jarayoni avtomatlashtiriladi; — QQS guvohnomasini vaqtincha toʻxtatish amaliyoti bekor qilinadi; — soliq auditi va sayyor tekshiruvlariga cheklovlar kiritiladi; — bank hisobraqamlarini ochish va ayrim jarayonlar raqamlashtiriladi. Hisob-kitoblarga koʻra, bu yengilliklar 600 mingdan ortiq kichik biznes subyektiga qonuniy oʻsish imkonini beradi.

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи