tgindex
Аҳмад Баён (Музаффар ўғли)

Аҳмад Баён (Музаффар ўғли)

Статистика
@Ahmad_Bayonузбекский

Енгиш, енгилишнинг нима фарқи бор – Тинмай курашмоқдир менинг вазифам.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
25
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
710
−3 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
476
25 постов
Вовлечённость
67,0%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 25
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
228
1/48двое суток
261
1/72трое суток
281

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 14 авг.1473из turonagency1

    🚨 DIQQAT! SHOSHILINCH XABAR! 🇹🇷 Istanbuldagi o‘zbeklar uchun eng qulay variantlardan biri bo‘lgan Şişli Meslek Yüksekokuluda qabullar yopilish arafasida! 📢 Hujjatlarini tayyorlab, o‘qishga kirishni rejalashtirayotgan vatandoshlarimizga eslatamiz: talab yuqori bo‘lgani sababli qabul joylari tez to‘lib bormoqda. 🎓 Atigi $1 400 evaziga oliygoh talabasi bo‘lish va hujjatlaringizni rasmiylashtirishda yordam olish imkoniyati mavjud. 📚 Eng qulay tomoni — haftasiga atigi 1 kun oflayn darsga qatnashish kifoya. ⏳ Imkoniyatni boy berib qo‘ymaslik uchun hoziroq bog‘laning! 📞 +90 551 511 99 99 📞 +90 551 512 99 99 📲 @turonagency Turan Agency — Turkiyada ta’lim olish yo‘lingizdagi ishonchli hamrohingiz! @turonagency1

  • без подписи

  • Бугун тармоқларда тарқалган икки хабар менинг эътиборимни жуда тортди. Биринчиси — Ўзбекистон қонунчилигидан «диний экстремизм» тушунчасининг олиб ташланаётгани. Иккинчиси — Давлетовнинг ишдан олингани… Иван Василович кинода айтганидек: «Мен яна бир нарсадан гумонсираяпман: Шпакнинг магнитофони, бояги элчининг медальони…»

  • Банда Аллоҳга қалби билан юзланса, Аллоҳ унга мўминларнинг қалби билан юзланади. Шунда улар уни яхши кўриб қолишади. Ҳарам ибн Ҳайён роҳимаҳуллоҳ @Ahmad_Bayon

  • Аҳмад ибн Ҳанбал ҳикоя қиладилар: Ўн ёшлигимда онам менга Қуръонни ёдлатиб бўлди. Ўшанда у мени бомдоддан олдин уйғотарди. Агар ҳаво совуқ бўлса таҳоратимга сувни иситиб берарди. Сўнг мен ва у Аллоҳ хоҳлаганича намоз ўқирдик. Сўнг масжидга борардик. Мен билан намоз ўқиш учун онам паранжи ёпиниб чиқарди. Ёшим ўн олтига етганда у: "Болам, энди ҳадис талабида йўлга чиқ. Чунки уни талаб қилиш Аллоҳнинг йўлидаги ҳижратдир", деди. @Ahmad_Bayon

  • Фикр — дарддан чиқади

  • Диалог: — Хотинини уриш даражасига борадиган эркар, эркакми? — Хотини биринчи урган бўлса, ҳа… @Ahmad_Bayon

  • без подписи

  • 9 авг.420366

    "Шижоатли инсон узоқ яшамаслиги мумкин. Лекин қўрқоқ ҳеч қачон яшамайди". Устоз Мубашшир Аҳмад @Ahmad_Bayon

  • 8 авг.468351

    Диёрларимизда динсизлик, сармастлик ва зино эркинлигини қаттиқ туриб ҳимоя қиладиганлар бор. Аммо иймон, иффат ва фикрий уйғоқлик ҳақида сўзланса, уларнинг юзи тиришиб-буришиб кетади. Мағлубият ва шармандаликни бизга айнан ана шу уятсизлар олиб келади. Шайх Муҳаммад Ғаззолий @Ahmad_Bayon

  • 7 авг.434133

    Дўст дейман, дўст демиш одам керакмас, "Хо-хо"лагим келар севги деб ёзсам. Бир совуқ ҳиссиз тош, йўқ бу юракмас. Одам бўлсам экан ўзимни оссам. Аъзам Ўктам @Ahmad_Bayon

  • 6 авг.460434

    "Номуносиб кишига рақиб бўлишни хоҳламайман. Душман танлаш ҳам бир санъат". Устоз Мубашшир Аҳмад @Ahmad_Bayon

  • @Ahmad_Bayon

  • 4 авг.856304

    Savob haqida gap ketgan… Islom ta’limotiga ko‘ra, savob “nolga teng yig‘indi” emas. Agar bola biror yaxshilikni ustozidan o‘rgansa, savob ham ustozga, ham shu bolaning dunyoga kelishiga, ta’minotiga va o‘qishiga sababchi bo‘lgan ota-onaga boradi. Hadislarda: “Yaxshilikka dalolat qilgan xuddi yaxshilik qilgan kabi savob oladi”, deb marhamat qilinadi. “Alhamdu”ni o‘rgatgan ustoz savob olsa, ota-onaning savobi kamayib qolmaydi. Ilohiy rahmatni bunday toraytirish diniy tushunchalarga zid… Savob tushunchasini bunday talqin qilish noto‘g‘ri tasavvur hosilasi hisoblanadi. Ha, mayli, ota-ona shunday qilsa, savobdan mosuvo qolarkan, deylik. Shu o‘rinda savol: Xo‘sh, bu boshqa ishlarda ham ishlaydimi? Islomda mutloq foydali ilm ulashish savob. Xo‘sh, o‘qish va yozishni o‘rganish uchun farzandini maktabga yuborayotgan ota-onalar ham savoblardan mosuvomi? Yoki bu faqat “Alhamdu”ga tegishlimi? Buni bir mulohaza qilish zarur… Manba: Futuvvatnoma @Ahmad_Bayon

  • 4 авг.699284

    Diniy ta'lim faqat ota-onani boʻynidami? Videodagi blogger emotsiyaga berilib, diniy ta’lim ota-ona ishi ekani, boshqalar bundan mas’ul emasligi haqida o‘ta shaxsiy fikrlarini bildiribdi. Men ham fikrlariga qo‘shilmagan holda bir qancha o‘ringa to‘xtalmoqchiman. Maktabda diniy ta’lim so‘rayotgan barcha ota-onalar “dindan bexabar, o‘zini tuzatishni istamaydigan dangasalar”, deb tamg‘alash oson. Xo‘sh, o‘sha “dindan bexabar” ota-ona farzandiga zaruriy diniy bilimlarni o‘rgatishni istasa, nima qilishi kerak? Blogger o‘z og‘zi bilan aytib turibdi: ular o‘zlari dindan bexabar. Demak, farzandini savodli qilish uchun mutaxassisga ehtiyoji bor. Jamiyatning katta qismida ehtiyoj bormi? Demak, bunga javob topish uchun uyidan tashqaridan yechim izlashi tabiiy. Ammo bunda ularni aybdor qilish qanchalik to‘g‘ri?! Bir inson oliy ma’lumotli bo‘lmasligi, lekin farzandini o‘qimishli qilishni xohlashi qanchalik maqtalsa, “dindan bexabar” insonning ham farzandini dindor bo‘lishini maqsad qilishi shunchalik mabrur ish. Ota-onalarni bu o‘rinda “dindan bexabar”, deb haqorat qilishni nima deyish mumkin, bilmadim. Sababi, ular ham ma’lum to‘siqlar sabab zamonida o‘rgana olmagan. Yoki o‘sha davrlarda ham bularga ota-onasi mas’ul, deb diniy ta’lim olishidan mosuvo qiladigan bloggerlar bo‘lgan… Ota-onalarni “o‘zini tuzatishni istamaydiganlar”, deyildi. Keyin maktabda diniy ta’lim yo‘qligidan shikoyat qiluvchilar istehzo qilindi. Men shaxsan maktabdan diniy ta’lim talab qilgan ota-onani ko‘rmaganman. Agar kimdir shunday qilsa ham, bu uning huquqi va bundan ota-onalarni “dindan bexabar, o‘zlari johil yoki yoki mas’uliyatdan qochadi”, deyish respublika, jamiyat va demokratiya kabi birlamchi tushunchalarni bilmaganlikdan, deb o‘ylayman. (Modomiki ko‘p o‘rinda “biz dunyoviy davlatda yashaymiz”, degan da’vo yangrar ekan, keling, dunyoviychasiga gaplashaylik, faqat ilm bilan.) Jamiyatda o‘zi dindor va bilimli bo‘la turib, farzandiga diniy va axloqiy bilimlarni tizimli, yuqori saviyada yetkazib berish uchun mutaxassis ustozlarga ehtiyoj sezadigan ota-onalar bor, buni tan olish kerak. Masalan, shifokor ham, matematika o‘qituvchisi ham farzandini maktabga beradi, lekin hech kim buni mas’uliyatdan qochish demaydi, balki ta’limni ahliga topshirish, deb qaraydi. Tasvirda esa diniy ta’limni uydan tashqaridan izlashni “ota-onaning o‘zini isloh qilishni xohlamaslik”, deb baholashgan… Tasavvur qiling, siz matematika bo‘yicha oliy toifali o‘qituvchisiz. Keyin farzandingizni matematikaga ixtisoslashgan yaxshi maktabga olib bordingiz. U yerdagilar esa sizga qarab: “Ha, dangasalik qilmay, uyda o‘zingiz ta’lim bersangiz bo‘lmasmidi?” — deb istehzo qilishmoqda… “Mayli bo‘lsa, nur ustiga a’lo nur”, deb, keyin maktabdan buni talab qilganlarni “mas’uliyatsiz”, deb qoralash va o‘qituvchining zimmasida hech qanday mas’uliyat yo‘q, deya da’vo qilish… Shu yerda ot va it izlari qorishdi. Agar maktabda diniy-axloqiy ta’lim berilishi “nur ustiga a’lo nur” bo‘lsa, nima uchun jamiyat va ota-onalar bu yaxshilikni tizimdan talab qilishi “ayb” yoki “mas’uliyatni birovga ag‘darish”, deb baholanishi kerak? Diniy-axloqiy ta’lim aslida bo‘lsa yaxshi ma’nosidagi “nur ustiga a’lo nur” emas. Ta’lim tizimi doimiy ravishda odob-axloq bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib kelgan, hatto maktablarimizda ham Odobnoma, Etika, Ma’naviyat kabi fanlar mavjud. Demak, axloq bu juz’iy oila ishi emas, balki jamiyat miqyosidagi ish. Bir jamiyatning katta qismi musulmonlardan iborat bo‘lsa, mana shu jamiyatda islomiy diniy axloqni ta’lim orqali tarqatish bu “nur ustiga a’lo nur” emas, balki zaruriy ehtiyoj hisoblanadi. Islomda ham, dunyoviy jamiyatda ham yosh avlod tarbiyasi va ta’limning jamoaviy mas’uliyati ustuvor maqsad hisoblanadi. Islomda bu “farzi kifoya” deyiladi. Agar ma’lum qatlam bu ishni o‘z vaqtida uddasidan chiqmasa, butun jamiyat qiyomatda gunohkor holda tik turadi. O‘qituvchi ziyoli va ilm tarqatuvchi unsur sifatida eng avvalgi mas’ullardan hisoblanadi. “O‘qituvchi majbur emas va so‘ralmaydi”, degan “fikr” dindanmi yoki dunyodan, Xudo biladi…

  • 4 авг.36619из ijtimo_tg

    📊 IJTIMO — Yoshlar Tahliliy Platformasi 1 oylik faoliyat hisoboti 📅 2026-yil 3-iyul – 3-avgust Bir oy davomida platformamiz ijtimoiy tarmoqlarda faoliyat olib borib, quyidagi natijalarga erishdi: 📸 Instagram • 4 875 obunachi • 2 200 000 ta ko’rilish 📘 Facebook • 423 obunachi • 83 000 ta ko’rilish ✈️ Telegram • 3 430 obunachi • 75 735 ta ko’rilish ▶️ YouTube • 143 obunachi • 4 200 ta ko’rilish 📈 Umumiy natijalar 👥 Jami obunachilar: 8 871 nafar 👁️ Jami ko’rilishlar: 2 362 935 ta Mazkur natijalar platformamizning axborot-tahliliy kontentlari keng auditoriyaga yetib borayotganini va yoshlar orasida qiziqish tobora ortib borayotganini ko’rsatadi. 🤝 Barcha kuzatuvchilarimiz va qo’llab-quvvatlovchilarimizga samimiy minnatdorlik bildiramiz! Birgalikda sifatli va ishonchli axborot ulashishda davom etamiz. @ijtimo_tg

  • без подписи

  • 1 авг.575168

    🔴 Nijniy-Novgorodda hibsga olingani aytilgan o'zbekistonlik ayol haqida ma'lumot kerak! Kimda o'zini Musayeva Sevara Iskandarovna deb tanishtirgan va millatchi kanallardan birida Rossiya bayrog'ini tahqirlaganlikda ayblanib, Nijniy-Novgorodda hibsga olingani haqida xabar tarqalgan ushbu ayol haqida ma'lumot bo'lsa, telegram orqali @migrantxabar profiliga xabar berishini so'raymiz. Vatandoshimizga yuridik yordam ko'rsatish masalasi ko'rilmoqda. Botirjon Shermuhammad

  • 1 авг.565251

    Инсон бу ҳаётда ўз шарафи билан яшаб, шараф билан ўлсин эканда!

  • 1 авг.1 50314

    без подписи