Akmal Nazarov
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 155
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 162
- 1/48двое суток
- 185
- 1/72трое суток
- 200
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
без подписи
Quyosh ila Oymi yoki Oy ila Quyosh tutilishi deymizmi buni😂 Xullas kecha Yevropoliklar Quyosh tutilishining guvohi bo’lishdi. Bir-birini doim to’ldirib, o’rnini bilintirmay yuradigan koinot jismlari.
Илон Маскнинг The Economist'га берган интервьюсини кўрдингизми? Интервью давомида у сунъий интеллект, келажак технологиялари, иш ўринлари, роботлар ва инсоният тақдири ҳақида қизиқарли фикрлар билдирди. Ушбу фикрларидан айримлари: Яқин 5 йил ичида AI инсон ақлидан устун келиши мумкин. 10 йил ичида гуманоид роботлар иқтисодиётни тубдан ўзгартиради ва ишлаш ихтиёрий машғулотга айланиши эҳтимолдан холи эмас. Келажакда маҳсулот ва хизматлар шунчалик арзонлашадики, "танқислик иқтисодиёти" ўрнини "фаровонлик иқтисодиёти" эгаллаши мумкин. Маскнинг фикрича, AI ривожини тўхтатиб бўлмайди. Шунинг учун асосий вазифа уни хавфсиз бошқариш ва масъулият билан ривожлантириш. Албатта, интервьюда айтилган барча фикрлар мунозарали бўлиши мумкин. Улар илмий факт эмас, балки Илон Маскнинг шахсий прогноз ва қарашларидир. Бироқ айнан шу ғоялар бугунги технологиялар ҳақидаги энг қизиқ муҳокамаларга сабаб бўлмоқда. 💬 Сиз нима деб ўйлайсиз? AI ҳақиқатан ҳам инсондан устун келадими ёки бу навбатдаги ҳаддан ташқари оптимистик прогнозми? Интервьюдан қисқача ўзбек тилида: https://youtu.be/rmT8N-95-bI?is=w3IG5BUWJ_km2oqZ Инглиз тилидаги тўлиқ интервью: https://youtu.be/XuoqKYxDHVc
05.08.2026/19:40 #TOSHKENT "SAMARQAND-2028" SUN'IY YO'LDOSHI ORBITAGA CHIQARILDI Muxbir: Shahzod ABDULLAYEV BIZNI KUZATISHDA DAVOM ETING👇 https://t.me/Bukun_Lavhalar
#Studiya_tok_shou24 | 06.08.2026 "Samarqand-2028": kosmik texnologiyalar, ilm-fan va innovatsiyalar taraqqiyotining yangi bosqichi mtrk.uz| Instagram | Youtube | Facebook | Telegram |X (twitter)
Коинот ва табиатнинг гўзал уйғунлиги 🌕 Қозоғистонлик фотомухбир Дмитрий Дотсенко Олмаота яқинидаги Тян-Шан тоғлари устида кўтарилган тўлин Ойни тасвирга олди. 🌌 Тоғларнинг маҳобати, тун сукунати ва Ойнинг ёрқинлиги – гўё коинот билан Ер бир нуқтада учрашгандек.
без подписи
🌕 O‘tkazib yubormang: bugun tunda osmonda ulkan “Kiyik Oyi” ko‘tariladi 28-iyuldan 29-iyulga o‘tar kechasi O‘zbekiston aholisi yilning eng chiroyli osmon hodisalaridan biri – **“Kiyik Oyi” (Buck Moon)**ni kuzatish imkoniga ega bo‘ladi. 🌅 Quyosh botganidan so‘ng Oy odatdagidan kattaroq ko‘rinadi. U ufqqa yaqin bo‘lgan paytda atmosfera ta’siri tufayli oltin va qizg‘ish tusga kirishi mumkin. 📸 Kuzatish uchun eng qulay vaqt quyosh botganidan keyingi dastlabki soatlardir. 🌌 Agar ob-havo ochiq bo‘lsa, bu noyob manzarani o‘tkazib yubormang va uning go‘zalligini suratga olishni unutmang!
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
👨🏻💻 O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga hujjat topshirgan abituriyentlarni komissiya a’zosi sifatida ijodiy imtihon orqali sinovdan o‘tkazdik. Imtihon davomida bo‘lajak kasbdoshlarimiz bilan ochiq muloqot qilib, ularning kasbga bo‘lgan qiziqishi, dunyoqarashi, tahliliy fikrlashi hamda jurnalistika va kommunikatsiya sohasiga oid bilimlarini baholadik. Quvonarlisi, Axborot xizmati va jamoatshilik bilan aloqalar yo‘nalishiga topshirgan bu yilgi abituriyentlarning tayyorgarlik darajasi avvalgi yillarga nisbatan ancha yuqori taassurot qoldirdi. Sohaga oid bilimga ega, mustaqil fikrlaydigan, media jarayonlarini yaxshi tushunadigan, hatto bir necha yillik amaliy tajribaga ega yoshlarni uchratganim kelajagimiz uchun katta umid uyg‘otdi. Bugungi ijodiy imtihonlar men uchun nafaqat bo‘lajak jurnalistlar bilan yaqindan tanishish, balki ustozlar va qadrdon hamkasblar bilan yana bir bor diydorlashish, fikr almashish va kasbimiz rivoji haqida suhbatlashish uchun ham ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Barcha abituriyentlarga omad tilayman. Ishonamanki, bugungi mehnat, izlanish va intilish ertaga professional, mas’uliyatli hamda jamiyat oldidagi burchini chuqur his etadigan jurnalistlarning kamol topishiga xizmat qiladi.
Bo'lmaganimiz shu kosmonavt qoluvdi, mana, endi uchsak kerak... 21:10 da uchrashamiz. @boburakmalov
Kosmik monitoring hududlar rivojiga xizmat qilmoqda Sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlari yerda turib baholab bo‘lmaydigan jarayonlarni — qishloq xo‘jaligi yerlari, suv resurslari va hududlardagi o‘zgarishlarni tezkor, xolis hamda yagona raqamli platformada kuzatish imkonini beradi. Uzcosmos Farg‘ona viloyati hokimligi bilan hamkorlikda bog‘lar, qishloq xo‘jaligi yerlari va suv omborlarini kosmik monitoring asosida tahlil qilib, ma’lumotlarni Space Water Monitoring platformasiga integratsiya qilmoqda. Zamonaviy boshqaruv aniq ma’lumotlardan boshlanadi. —— Космос работает на развитие регионов. Спутниковые данные помогают видеть то, что невозможно оценить с земли: состояние сельхозугодий, водных ресурсов и изменения территорий — быстро, объективно и в одном цифровом окне. Совместно с хокимиятом Ферганской области Uzcosmos уже использует космический мониторинг для анализа садов, сельхозземель и водохранилищ с интеграцией данных в платформу Space Water Monitoring. Современное управление начинается с точных данных. 📱 Instagram 📱 LinkedIn 📱 Telegram 📱 Youtube 📱 Facebook 📱 X (Twitter)
Batimetrik texnologiylar va aerokosmik ma’lumotlardan foydalangan holda suv omborining raqamli 3D modellari yaratilmoqda Suv omborlari qishloq xo‘jaligi, ichimlik suvi ta’minoti va energetika tizimining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ularning barqaror ishlashi va xavfsizligi mamlakat suv xavfsizligining asosiy omillaridan biridir. Bugungi kunga qadar ushbu monitoring jarayonlari asosan gidrologik postlar, joyida o‘lchovlar va mutaxassislarning muntazam kuzatuvlari orqali amalga oshirib kelingan. “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv xo‘jaligi sohasini raqamlashtirish borasida olib borilayotgan loyihalar doirasida radiolokatsion sun’iy yo‘ldoshlar orqali olingan ma’lumotlar asosida suv omborlari to‘g‘onlarini uzluksiz va keng qamrovli kuzatish imkonini bermoqda. Zamonaviy aerokosmik va ko‘p nurli batimetrik usullar yordamida olingan ma’lumotlar maxsus dasturiy ta’minot orqali birlashtirilib, suv omborlarining yagona raqamli 3D modeli yaratiladi. Ushbu model asosida suv omborlarining har 10 santimetr (zarurat bo‘lganda 1 santimetrgacha) suv sathi bo‘yicha suv hajmi va suv yuzasi maydonini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Mazkur kosmik monitoring global amaliyotda ham muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda suv resurslari va gidrotexnik inshootlarni kosmik texnologiyalar yordamida monitoring qilish dunyoning ko‘plab mamlakatlarida keng joriy etilgan. https://www.youtube.com/watch?v=noOY3HPteYY
https://anhor.uz/uzl/news/akmal-nazarov-jurnalist-va-blogerlar-bilan-hamkorligimizni-alohida-qadrlaymiz/