AKMAL MUSAYEV blogi
СтатистикаJamiyat va davlat rivoji yo'lida harakat qilish oliy saodatdir. Qaysi soha yoki kasbni tanlashingizdan qat'iy nazar o'zingizda istak bo'lishi kerak.
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 2 271
- 1/48двое суток
- 2 602
- 1/72трое суток
- 2 806
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ишингизни севинг! Чунки муваффақиятнинг энг мустаҳкам пойдевори — ўз ишидан завқ олишдир. Инсон ўз касбини чин дилдан севса, оддий вазифа ҳам мазмун касб этади, қийинчилик эса тажрибага айланади. Завқ билан қилинган меҳнатда масъулият, изланиш ва натижа бўлади. Ўз ишига меҳр билан ёндашган инсон ҳар куни кечагидан яхшироқ натижа қилишга интилади. Чунки ҳақиқий профессионаллик фақат билимда эмас, касбга бўлган муносабатда ҳам намоён бўлади. Меҳнатингиз кимгадир фойда келтираётганини ҳис қилиш — энг катта рағбатдир. Бугунги кичик ҳаракатлар эртанги катта ютуқларнинг асосини яратади. Ишингизга меҳр беринг — ишингиз сизга муваффақият билан жавоб қайтаради. @Akmal_Komiljonovich
Yangi o‘quv yili: Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyatini nimadan boshlashi kerak? Yangi o‘quv yilining muvaffaqiyati avvalo puxta reja, aniq maqsad va tizimli yondashuvdan boshlanadi. Ayniqsa, endigina ushbu lavozimda ish boshlagan rahbarlar quyidagi yo‘nalishlarga alohida e'tibor qaratishlari maqsadga muvofiq: ✅ 1. Maktab muhitini chuqur o‘rganish Pedagogik jamoa bilan yaqindan tanishing. Sinf rahbarlari faoliyatini tahlil qiling. O‘quvchilar va ota-onalar bilan ishlash holatini o‘rganing. ✅ 2. Ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytiring Muntazam uchrashuvlar tashkil eting. Muammolarni birgalikda hal etish tizimini yo‘lga qo‘ying. ✅ 3. Yoshlar bilan individual ishlang Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlang. Tarbiyasi og‘ir yoki alohida e'tibor talab etadigan o‘quvchilar bilan manzilli ishlang. ✅ 4. Tashabbus va innovatsiyadan qo‘rqmang Zamonaviy loyihalar, tanlovlar va ma'naviy aksiyalarni yo‘lga qo‘ying. O‘quvchilarning qiziqishidan kelib chiqib yangi g‘oyalarni amaliyotga tatbiq eting. ➡️➡️➡️ Va yana bir muhim masala — MATBUOT! 🎙✅📹 Bugungi kunda yaxshi ishlashning o‘zi yetarli emas, uni to‘g‘ri va sifatli yoritish ham zarur. Maktabda amalga oshirilayotgan har bir mazmunli tadbir, loyiha va yutuq foto, video hamda qisqa, mazmunli matnlar orqali ommaga yetkazilishi kerak. Matbuot — maktabning ochiqligi, nufuzi va faoliyatining ko‘zgusi. Shu bois ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari uchun matbuot bilan ishlash va ijtimoiy tarmoqlarda sifatli axborot berish eng ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi lozim. ⭐️ Unutmang: Yaxshi tashkil etilgan ma'naviy muhit — kuchli maktabning poydevori. Yaxshi yoritilgan faoliyat esa uning obro‘si va ishonchini yanada mustahkamlaydi. @Akmal_Komiljonovich
Men bir gʻalatiman Men alohida. Koʻzimning yoshini keladi ichgim Tilimni chaynagim kelar gohida… Ba'zan insonning eng katta jangi tashqarida emas, o'z qalbi ichida kechadi. Kuchli ko'ringan odam ham ayrim kechalari sukut bilan sinadi. Ammo aynan o'sha sukut, o'sha ko'z yoshi va ichki kurash insonni boshqalardan ajratib turadigan saboqqa aylanadi. "Men bir g'alatiman... Men alohida..." — bu ojizlik emas, o'zingni anglashning boshlanishi. Har kim tushunadigan yo'ldan yurish oson, ammo o'z yo'lingni topish jasorat talab qiladi. "Ko'zimning yoshini keladi ichgim..." Ba'zan dardni boshqalarga ko'rsatgandan ko'ra, uni ichga yutish osonroq tuyuladi. Ko'z yoshi faqat alam emas, u qalbning ovozi. Ammo har doim ham bu ovozni eshitadigan quloqlar topilavermaydi. "Tilimni chaynagim kelar gohida..." Shunday lahzalar bo'ladiki, aytiladigan gaplar ko'p, ammo ularni aytish yanada ko'proq og'riq keltirishini bilasan. Shunda inson sukutni tanlaydi. Chunki ba'zi haqiqatlar aytilsa qalblarni og'ritadi, aytilmasa esa o'z qalbingni. Har kimning ko'rinmaydigan bir dardi, aytilmay qolgan bir gapi va ichiga yutgan minglab ko'z yoshlari bor. Shuning uchun odamlarni hukm qilishga shoshilmang. Balki u tabassumi ortida siz tasavvur ham qilolmaydigan bir kurashni yashirayotgandir. @Akmal_Komiljonovich
Har safar bir savol xayolimga keladi... Biz — Markaziy Osiyo xalqlari, bir ildizdan oziqlangan, turkiy va qo‘shni sivilizatsiyalar ta'sirida shakllangan, asrlar davomida bir hududda yashab kelgan xalqlarmiz. Tariximiz, urf-odatlarimiz, taomlarimiz, kuy-qo‘shiqlarimiz va qadriyatlarimiz juda ko‘p jihatdan o‘xshash. Ammo nega ba'zan bir-birimizga begona ko‘z bilan qaraymiz? Milliy g‘urur — bu tabiiy va kerakli tuyg‘u. Lekin millatchilik, ya'ni boshqa millatni kamsitish yoki o‘zini ustun qo‘yish esa jamiyatni yaqinlashtirmaydi, aksincha uzoqlashtiradi. Shunday kun kelarmikan, Markaziy Osiyo davlatlari chegaralari Yevropaning ayrim hududlaridagidek yanada ochiqroq bo‘lib, odamlar ilm, biznes, sayohat va qarindoshlik rishtalari uchun bemalol qatnay oladigan darajaga yetsa? Bu faqat chegaralarning ochilishi emas, balki qalblarning ham yaqinlashishi bo‘lar edi. Afsuski, bugun ayrim chegara o'tish punktlarida, xususan O‘zbekiston–Qozog‘iston va O‘zbekiston–Qirg‘iziston yo‘nalishlarida uchraydigan korrupsiya va fuqarolarga nisbatan noprofessional munosabat haqidagi murojaatlar bu orzuga soya solmoqda. Chegaralar davlat xavfsizligini himoya qilishi kerak, insonning qadr-qimmatini sinovdan o'tkazadigan joyga aylanmasligi kerak. XULOSA SHUKI : Bu muammolarga befarq qolayotgan mas'ullar shuni unutmasligi lozim: har bir noqonuniy talab, har bir adolatsiz munosabat ikki qo‘shni xalq o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadi. Agar biz haqiqatan ham kelajak avlodga yaqin, kuchli va hamjihat Markaziy Osiyoni qoldirmoqchi bo‘lsak, chegaralarda eng avvalo adolat, halollik va insoniylik hukm surishi shart. @Akmal_Komiljonovich
✅ ЭРИНМАСДАН ВИДЕОНИ КЎРИНГ Кўчада ҳарорат +60 даража. Аммо прогнозда +40 дейишябди Қай бири тўғри ? Агар видеодаги сухбат расмий экан десангиз унда янаям оддийроқ тушунтираман Об-ҳаво прогнозидаги +40°C — бу ҳаво ҳарорати. У ердан тахминан 2 метр баландликда, сояда, махсус метеостанцияда ўлчанади. Кўчадаги +60°C эса кўпинча асфальт, бетон, машина томи ёки қуёшда қизиб турган юзанинг ҳарорати бўлади. Бундай юзалар ёзнинг иссиқ кунларида осонгина +55...+70°C гача қизиши мумкин. Масалан: Ҳаво: +40°C Асфальт юзаси: +60...+70°C Автомобиль салони: +70°C ва ундан юқори бўлиши мумкин. ➡️ Хулоса: прогноздаги +40°C — ҳаво ҳарорати, кўчадаги +60°C — қуёшда қизиган юзанинг ҳарорати. Шунинг учун бу икки рақам бир-бирига зид эмас. @Akmal_Komiljonovich
Олдин пул кўп нарсани ҳал қилади, деб ўйлардим. Ҳозир эса бир кунлик соғлигим олдида миллионлар ҳам бир тийинга арзимаслигини англадим. Олдин пулсиз қолсам, кимлар ёнимда қолар экан, деб ўйлардим. Ҳозир ким қолиши эмас, мен ўша вазиятда ўзимни қандай тутишим кераклиги ҳақида кўпроқ ўйлайман. Олдин фақат пул деб ҳаракат қилардим. Ҳозир эса кўпроқ ўзим истаган ишлар ва хоҳишларимга қулоқ тутяпман. Йилдан-йилга фикрлаш тарзим яхши томонга ўзгармоқда. Аҳамиятли ва аҳамиятсиз нарсаларни энди-энди ўз ўрнига қўя бошладим. Бир кун оғриқсиз уйғониш, эркин нафас олиш, яқинларинг билан хотиржам кулгу улашиш — буларни ҳеч қандай миллионга сотиб олиб бўлмайди. Пул имконият беради. Лекин ҳаёт сифати ва бахтнинг ҳақиқий асоси — соғлиқдир. Соғлиғингизга бугундан эътибор беринг. Чунки унинг қадрини йўқотгандан кейин эмас, борлигида билиш энг катта бахтдир ! @Akmal_Komiljonovich
Samimiyat — bu qalbning eng go'zal tili. U baland ovoz bilan emas, oddiy e'tibor, chin tabassum va beg'araz muomala bilan namoyon bo'ladi. Ba'zan bir iliq so'z, bir samimiy nigoh yoki hech qanday manfaat kutmasdan qilingan yaxshilik insonning butun kunini, hatto hayotini ham o'zgartirishi mumkin. Dunyoda eng qimmat tuyg'ular pul bilan emas, samimiyat bilan ulashiladi. Chunki chin dildan qilingan har bir muomala inson qalbida unutilmas iz qoldiradi. Har kuni ortiqcha emas, shunchaki samimiy bo'laylik. Zero, samimiyat — insonni insonga yaqinlashtiradigan, qalblarni bog'laydigan eng go'zal fazilatdir. Samimiyat hech qachon qadrsizlanmaydi — u albatta o'z aksini topadi. Qalbdan chiqqan ezgulik esa yana qalblarga yo'l topadi. @Akmal_Komiljonovich
Инсон нима бўлмасин, ҳаракатдан тўхтамаслиги керак. Бизда кўп нотўғри тушунчалар бор. Булардан бири — ҳаракат қилмай туриб, «Аллоҳ ризқимизни кам ёзган экан», деб ўзини масъулиятдан озод қилиш. Яқинда бир бой одамнинг интервьюсини кўрдим. Фикрлари жуда ёқди. У кишидан: «Ризқ масаласида тушунчангиз қандай?» деб сўрашганда, у киши шундай жавоб бердилар: «Ризқ ёзилган, бунга 100% ишонаман. Лекин бу ҳаётда ҳаракат қилиб, доим ўсишга ҳаракат қилган инсонларнинг камбағалини кўрмадим», дедилар. Кейин ўйлаб қарасам, мен ҳам ҳаракатчан одамларнинг камбағалини кўрмапман. Тўғри, қийналганини, қарзга ботганини кўрдим. Лекин маълум вақтдан сўнг яна ўзларини тиклаб олганини ҳам кўрдим. Агар йўқчиликка тушган бўлсангиз, қайғуга тушманг. Ташвишларни кўп ўйлаш кишини қийинчиликдан олиб чиқмайди. Сабр қилинг. Ишончингиз, мотивациянгиз ўзига келишини кутинг. Балки 1 ой кетар, балки 1 йил. Бир нарса аниқки, ҳаракатчан киши барибир ўзига келади ва яна ҳаракатга тушади. Бу иш сизнинг ҳам қўлингиздан келади. Муҳими, синиб қолманг. ХУЛОСАМ ШУКИ : Aтрофдагиларнинг ишончсизлиги вақтинчалик. Сиз буни уддалаганингизда, албатта, ҳамманинг фикри ўзгаради. Фикрларни ўзгартириш эса ўз қўлингизда. @Akmal_Komiljonovich
Bilim — eng katta boylik, sabr esa eng katta kuch. Boylik yo‘qolishi mumkin, mansab o‘zgarishi mumkin. Ammo egallangan bilim insonni yuksaltiradi, unga yo‘l ko‘rsatadi va eng og‘ir damlarda ham to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi. Sabr esa insonni sinovlarda sindirmaydigan, qiyinchiliklar qarshisida bukmaydigan qudratdir. Aynan sabr bilan bilim uyg‘unlashganda yuksak natijalar, buyuk kashfiyotlar va porloq kelajak bunyod etiladi. Ayniqsa, ustozlar ana shu ikki bebaho xazinani yosh avlod qalbiga singdiradilar: bilim bilan tafakkurni charxlaydilar, sabr bilan esa komil insonni tarbiyalaydilar. XULOSA ODDIY : Farzandlarimizga meros qoldiradigan eng katta boylik — bilim, ularga o‘rgatadigan eng katta kuch esa — sabrdir.Bilim sizni yuksaltiradi, sabr esa manzilingizga yetkazadi. ➖➖ 👌 ➖➖ @Akmal_Komiljonovich
Kolumbiyaning birinchi golidan keyin bolakay yig'layapti. Muhlislik qilishiga quvonasanku-ya lekin rahmim ham kelyapti-da Kolumbiyaliklar esa bolakayni ovutish uchun harakat qilmoqda Ha azizlar biz debyut o'yinda mag'lub bo'ldik. ➖➖➖⚠️➖➖➖ @Akmal_Komiljonovich
Сенегал терма жамоаси бош мураббийи Папе Тьяу матбуот анжуманида қилган баёноти сабабли Америкада кенг муҳокамаларга сабаб бўлди. Журналист: «Бугун Нью-Жерси штатида жуда кучли шамол бўлди ва хавфсизлик хизмати ходимлари делегация аъзоларига ўз хавфсизликлари учун кўчага чиқмасликни тавсия қилишди. Хўш, сиз нега намоз ўқиш учун ташқарига чиқдингиз?» Папе Тьяу: «Намоздан кўра муҳимроқ нарса борми ўзи? Бу сизнинг ишингиз эмас деб ўйлайман. Сиз шамолдан қўрқасиз, биз эса Аллоҳдан — шамолни яратган Зотдан қўрқамиз. Биз бу ерга вақтичоғлик қилиш (ўйин ўйнаш) учун келдик, лекин Аллоҳга ибодат қилиш учун яратилганимизни унутиб қўйдик. Ҳатто бугун Жаҳон чемпионатининг финали бўлиб, унда бизнинг жамоа ўйнаётган бўлса ҳам, барибир Жума намозига чиққан бўлардик. Бу чемпионатдаги мағлубиятимизга сабаб бўлса ҳам майли эди. Биз билан диний қадриятларимиз ва урф-одатларимиз мавзусида тортишманг». Журналист бу гаплардан кейин нима дейишни билмай қолди... Ijtimoiy tarmoqdan olindi... @Akmal_Komiljonovich
💢Alloh barchamizni ibodatlarimizni qabul qilsin, xonadonlarimizga baxt omad farovonlik va baraka olib kelsin ! 🦋Siz va oila a'zolaringizga har tomonlama hayru barakalar tilayman ! ➖➖➖➖➖➖ @Akmal_Komiljonovich
#Ustozlar_davlat_himoyasida Jamiyat taraqqiyoti — ustozga bo‘lgan hurmatdan boshlanadi. Pedagogning sha’ni, qadr-qimmati va qonuniy huquqlari davlat himoyasida ekani yana bir bor amalda o‘z tasdig‘ini topdi. Bugun maktabda faqat o‘qituvchi emas, balki o‘quvchi tarbiyasi va uning xulqi uchun ota-ona ham mas’ul ekani unutmasligimiz kerak. Intizomsizlik, hurmatsizlik va tarbiyasizlik hech qachon oqlanmaydi. Agar yil davomida shunga o‘xshash yana bir necha holatlarda ham sud qarorlari pedagog foydasiga chiqarilsa, bu jamiyatdagi munosabatni o‘zgartiradi. Ota-onalar ustozni asossiz ayblash emas, balki uning mehnatini hurmat qilish kerakligini chuqurroq anglay boshlaydi. Farzand tarbiyasi — oiladan, bilim va kelajak esa ustozdan boshlanadi. Ustozni qadrlagan jamiyat — albatta yuksaladi! @Akmal_Komiljonovich
Ishonch bor joyda yaxshilik qadri bilinadi... “…yaxshilik qadri ko‘p hollarda bilinmaydi, unga shunchaki ko‘nikib qolishadi. Avval minnatdor bo‘lishadi. Keyin yana kutishadi. Oxiri esa — buni sening majburiyating deb o‘ylashadi…” Bir marta yordam berding — yaxshi insonsan. Ikkinchi safar imkon topolmay “yo‘q” desang — birdan aybdorga aylanib qolasan. Ba’zan inson jim turadi. Gapirmaydi. O‘zini oqlashga shoshilmaydi. Chunki u haqiqatni biladi… Eng og‘iri — haqiqatni hozircha isbotlab bo‘lmayotgani emas… Eng og‘iri — odamlar tekshirmay ishonayotganidir. Lekin men shuni yaxshi bilaman: haqiqat kechiksa ham, kelmay qolmaydi. Bugun sukutdaman — chunki vaqtim kelmagan. Ertaga esa sukutning o‘zi ham haqiqatni gapirib beradi ➖➖➖➖➖📍➖➖➖➖➖ @Akmal_Komiljonovich
Ba’zan odam lavozimga kelganda yonib ishlaydi. Yangi g‘oyalar, energiya, o‘sish… Lekin vaqt o‘tishi bilan sekin-sekin boshqa narsa boshlanadi: — yangilikka ehtiyoj kamayadi — tavakkal qilish istagi yo‘qoladi — “shu ham yetadi” degan fikr paydo bo‘ladi Eng xavflisi esa — moddiy manfaat asta-sekin ma’naviy maqsadlardan ustun kelishni boshlaydi. Shu yerda muhim savol tug‘iladi: Men hali ham o‘sayapmanmi yoki faqat o‘rnimni egallab turibmanmi? Zamonaviy psixologiya buni oddiy tushuntiradi: inson bir joyda juda uzoq qolsa, u yerda maksimal natijaga emas, minimal harakat bilan maksimal qulaylikka o‘tadi. Shuning uchun ba’zan ketish — bu yutqazish emas. Bu o‘zini yangilash, o‘sishga qaytish va ichki “yonish”ni saqlab qolishdir. Har 3-5 yilda o‘zingizga savol bering: Men shu joyda yana o‘sishim mumkinmi? ➖➖➖ 💲 ➖➖➖ HULOSAM SHUKI : Yuqoridagi holat juda real va ko‘pchilik rahbarlar yashirincha duch keladigan bosqich. Bu “charchash” emas, balki psixologiyada komfort zonaga haddan tashqari moslashish va motivatsiya evolyutsiyasi deyiladi. Ya’ni, boshida o‘sish uchun ishlaysiz, keyin esa shunchaki ishlab turish uchun. @Akmal_Komiljonovich
без подписи
Ba’zan yaxshiliklarimiz ortida ham yashirin qo‘rquv bo‘ladi… Jahannamdan qo‘rqib qilinayotgan amal — bu hali mukammal iymon emas. Haqiqiy iymon — qalbning Allohga bo‘lgan sof muhabbatida. U shunday muhabbatki, u yerda na manfaat bor, na qo‘rquv — faqat sadoqat. Alloh bizga behisob ne’matlar bergan ekan, Uni faqat qo‘rqqanimiz uchun emas, balki sevganimiz uchun ibodat qilaylik. Chunki muhabbat bilan qilingan amal — eng go‘zal ibodatdir Arosat asarini o‘qib, rostini aytsam, o‘zimni boshqa bir olamga tushib qolgandek his qildim. Yozuvchi Qadir Akel juda chuqur ma’no va his-tuyg‘ularni oddiy, lekin ta’sirli tarzda yetkazgan. O‘qishga albatta tavsiya qilaman — befarq qoldirmaydi. @Akmal_Komiljonovich
без подписи
без подписи
без подписи