Alijon Axmadkulov
СтатистикаBor ilmimiz va amalimiz asosida shuyerdamiz. Bog'lanish uchun: @Alijon_robot
- Последний пост
- 5 авг.
- Последнее чтение
- 23:43
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 17 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 154
- 1/48двое суток
- 176
- 1/72трое суток
- 190
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Abdellatif - Tarteel asoschilaridan biri va sobiq Twitter muhandisi - Qaf.ai xizmatini ishga tushirdi. Qaf islomiy savollarga 8 mingdan ortiq kitoblar bazasidan javob izlaydi va manbalarni ko‘rsatadi. Loyihaning oldingi beta e’lonida esa 8 million sahifalik islomiy manbalar korpusi tilga olingan. Bu yerda qiziq nuqta bor: AI diniy masalada muftiy o‘rniga o‘tmayapti. U kutubxonachi va tadqiqotchi rolini bajaryapti - kerakli oyat, hadis, sharh yoki fiqhiy manbani tezroq topib, sizga havola bilan beradi. Chunki bu mavzuda “AI aytdi” yetarli dalil emas. Qaysi manba? Qaysi sharh? Qaysi mazhab? Kimning xulosasi? Shu savollar qoladi. AI qidirishni tezlashtiradi. Hukm va mas’uliyat esa ilm egalarida qoladi. Qaf’ni ko‘rish · Muallif e’loni Man o’rnatvoldim Qaf.ai ni yaxshi ishlayapti. Aytgancha man tarteel.ai ni ham ishlataman @aimastava
Sun’iy Intellekt haqida shu xulosalarni o’qib chiqishni har bir biznes egasi, oila boshlig’iga, talabalarga tavsiya qilaman. Agar kimdir to’liq ko’rishni istasa shu ma’ruza ham juda qiziq.
Oʻzgaraman degan edingizmi?
Muhandis do‘stlarim robot yasaydi. Men esa ijodim bilan ularni qo‘llab-quvvatlayman. Keling, Ginnes tarixiga birga kiramiz! ”Chunki tarixni birga yozamiz” Challenge boshlandi Siz ham o’z faoliyatingiz orqali bizni qo’llab quvvatlang va qo’shiling🇺🇿
#kunsavoli Bugundanmi, bugun dammi?
Erkin bo‘lmoqchimisiz? Avval intizomli bo‘ling! Erkinlik – istalgan payt yotib, istalgan payt uyg‘onish emas. Erkinlik – hech kimga hisob bermaslik ham emas. Erkinlikni tartibsiz hayot bilan adashtirmang! Rejasiz yashash. Xohlagan payt ishlash, xohlagan payt dam olish. Biror narsaga majbur bo‘lmaslik. Bu erkinlik emas. Bu boshqarilmagan xaos. Haqiqiy erkin odam o‘z hayotini nazorat qila oladi. Vaqtini boshqaradi. Pulini to‘g‘ri ishlatadi. Kunini rejalashtiradi. Agar o‘zingizni boshqara olmasangiz, tashqi omillar sizni boshqaradi. Intizomsiz odam vaqtining, odatlarining va hayotining quliga aylanadi. Erkinlik o‘zini nazorat qilishdan boshlanadi. O‘zingizni boshqara olsangiz, hayotingizni ham boshqarasiz.
Alijon Axmadkulov pinned «Kino suratga olinmoqda. Bosh roʻlda shaxsan oʻzim, Reklamasi hozirda jamiyatga koʻrsatilmoqda Primyeralar faqat ohiratda savol javobda boʻladi. #dilimdagigaplar»
“Ўқишдан нима олдинг?” деган саволга жавоб.
1 soat vaqtingiz necha pul turadi? Hozirda Tim Ferris tomonidan jamlangan "The Almanack of Naval Ravikant" nomli kitobni o'qiyapman Odatda, bu kitobni 2-3 kunda bir o'qiyman. Yangilik oldim deb hisoblashim bilan o'qishni to'xtataman Bugundan, o'sha "yangilik"larni sizlar bilan ham bo'lishishni boshlamoqchiman Bugun olgan yangiligim: Biz eng kam qadrlaydigan qism bu vaqtimiz Agarda vaqtimiz qanchalik qimmat turishini bilganimizda, uni qadrlashimiz darajasi ancha ortgan bo'lar edi Shu sababdan men siz bilan o'zim yoshligimda qo'llagan usulimni bo'lishmoqchiman Siz bir soat ish vaqtingiz nechi pul bo'lishini xohlaysiz? Shuni aniqlang va hozirgi bir soatingizni xuddi shu narxda deb tasavvur qiling Masalan, siz oyiga sof 100.000$ daromad qilishni xohlaysiz. Kuniga o'rtacha ish vaqti 8 soat. Bir oyda 25 kun ish bo'ladi. 100.000 bo'lingan 25 bo'lingan 8 teng 500$ Demak, sizning bir soat vaqtingiz 500$ Endi siz bir soat vaqtingizni bekorga sarflashingiz 500$ pulni havoga sovurayotgandek his qilishingizga sabab bo'ladi. Navalning aytishi bo'yicha, bu bir soatning narxi shu darajada qimmat bo'lishi kerakki, sizning o'zingiz bu summaga yetishga ishonolmasligingiz kerak toki bu raqamlar haqiqatga aylanmaguncha Naval bundan 20 yil oldin o'zining bir soat vaqtini 5000$ deb tasavvur qilib boshlagan ekan Shuni o'qiganimdan keyin hozir o'zim uchun bir raqamni belgilab oldim. Sizga ham shuni maslahat beraman. Faqat esingizdan chiqmasligi uchun buni o'zingizga eslatib turing Obuna bo'ling: @nasullaevblog
Bo'yindan sal yuqoriroqda joylashgan dumaloq narsa muammolari (Spoyler - Bosh) - Aka man o'sishdan to'xtab qoldim, nima qilsam bo'ladi? - Qaysi bosqichda to'xtab qolgansiz? Daromad? - $500-$600 - Nega 2000-3000 emas? - ... Shu paytgacha shu savolni necha marta bergan bo'lsam, shuncha marta mani aldashgan) Man-ku mayli, issiq-sovug'i yo'q uchalik. 70-80% odam o'zini ham aldaydi) To'g'ri javob faqat ikkita bo'lishi mumkin. 1. " E nima qilaman ishlab, yetadi manga shu 500-600" 2. "Man 2000-3000$ topish uchun qilishim kerak bo'lgan ishlarni qilmayabman" Diqqat! Kalit so'z - "qilmayabman" "Bilmayman" emas) Biror-bir sohada mustaqil 500-600$ topishni biladigan odam, qanday qilib 2000-3000$ topishni bilmasligi mumkin emas) Birinchi holatda, o'zizni ham , mani ham vaqtimni tejaysiz ) Nima qilamiz yana gap sotib?) Ikkinchi holatda esa qo'shimcha yana bitta savol beraman: - 2000-3000$ ga chiqish uchun nima qilishingiz kerak? - X, Y ,Z. Odatda bu savolni javobini hamma biladi, shunchaki qilmayotgan bo'ladi) Qilinadigan ishlar bor, action plan bor, bajarish qoldi) Shu bilan psixlogik sessiyamiz tugadi. Kassa chiqishdan chapda)) Sizdan 2 ta komment, 1 ta repost bo'ldi)
Ilindim
“1% Yaxshiroq” chellenj-guruhiga qo’shiling. 👇 https://t.me/+tkU35OlzUzE1MDNi @birfoizbilim
📺 Qadri bor ma'lumot uzoq diqqat talab etadi. 📹Videoni ko’rish. @abdusattor
Ortiqcha pulim bor, qayerga investitsiya qilay? Javobi oddiy, o'sha pulni qayerdan topding? O'sha yerga investitsiya qil. Agar o'z biznesingdan topgan bo'lsang o'sha yerga (kengaytirish yoki marketing uchun), biliming orqali topgan bo'lsang bilimingni yanada oshirishiga (kitoblar, treninglar, kurslar), kasbing orqali topgan bo'lsang mahoratingni ko'paytirishga (master klasslar, shogird tushish). -Nega? Aksiya, bitkoin, tilla, kvartira olib qo'ysam bo'lmaydimi? -Bo'ladi, lekin puling juda sekin qaytadi. Chunki bu sohalarni sen yaxshi tushunmaysan, sen o'zing tushunadigan sohangga (biznesing, kasbing, hunaring) tiksang barcha risklarni bilganing uchun pulingni qaytishi juda tez bo'ladi. -Pulni topgan joyimga qaytib tikishni qachon to'xtatsam bo'ladi? -Yashab turgan joyingda eng katta biznesmen, eng mashhur kadr, yoki eng aqlli mutaxassis bo'lib olguningcha -Keyinchi? -O'sha darajaga yetganingda bu savolga o'zing javob bera oladigan bo'lasan. -Agar pulni korrupsiya, откат yo'llari bilan topgan bo'lsam, unda qayerga tikay? -Farqi yo'q. Yuqmaydi baribir. @azizrakhimov_blog
Kino suratga olinmoqda. Bosh roʻlda shaxsan oʻzim, Reklamasi hozirda jamiyatga koʻrsatilmoqda Primyeralar faqat ohiratda savol javobda boʻladi. #dilimdagigaplar
Ilhom kelganda😅
Menga shu videoni ulashgan insondan Alloh rozi boʻlsin 🤲
без подписи
• Shaxsiy avtomobilda yurish arzonmi yoki taksida? • Shaxsiy uyda yashash arzonmi yoki ijarada? Videoda aynan mana shu savollarga birga javob izlaymiz! Kuzatib borishingiz uchun: Telegram • Instagram • YouTube • TikTok
без подписи