tgindex
𝐀𝐍 𝐍𝐀𝐒𝐑 | 𝐙𝐀𝐊𝐎𝐕𝐀𝐓

𝐀𝐍 𝐍𝐀𝐒𝐑 | 𝐙𝐀𝐊𝐎𝐕𝐀𝐓

Статистика
@AnNasr_Zakovatузбекский

Har bir musulmon erkak va ayol uchun ilm olish farzdir. (Hadisdan) @AnNasr_Zakovat ilmingiz ziyoda, zehningiz oʻtkir va dunyoqarashingiz keng boʻlishiga yordam berishidan mamnunmiz! Aloqa uchun: @AnNasr_bot Hamkor kanal: @zakowat_savollari

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
77
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 184
−10 за 6 дн.
Сутки
−5
−0,42%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
160
40 постов
Вовлечённость
13,5%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 77
Упоминаний
5
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
74
1/48двое суток
84
1/72трое суток
91

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • @AnNasr_Zakovat

  • без подписи

  • @AnNasr_Zakovat

  • без подписи

  • "Foydali ishlarga toʻla kun lazzatli uyquni keltirganidek, yaxshi amallarga toʻla hayot ham saodatli oʻlimga olib boradi”. Leanardo Da Vinchi Kundaliklaridan @AnNasr_Zakovat

  • "Odamning baxtsiz paytlarida do‘st bo‘lgan odam qudratli paytlaridayam do‘st bo‘lishi kerak". "Sagʻri Teri Tilsimi" Onore de Balzak @AnNasr_Zakovat

  • "Xohish-istak, sabr-toqat, tirishqoqlik va oʻzimizga boʻlgan ishonch darajasi muvaffaqiyat qozonishda shunchaki aqliy salohiyatdan koʻra koʻproq ahamiyat kasb etadi". "Mahorat" Robert Grin @AnNasr_Zakovat

  • TURKIYLAR Qilichin tashladi beklar nihoyat, Bosildi tulporlar, tig‘lar suroni, Urhoga o‘rgangan tillarda oyat, Turkiylar tanidi komil Xudoni. Qilichlar zangladi… falokat hushyor, Turkiylar quvvatin berdi yerlarga. Hiylagar do‘stlarday yaqinlashdi yov, Komillik qidirgan jasur erlarga. Ilvasin yigitlar, Bobur yigitlar, Sajdaga bosh qo‘ydi yovga ters qarab, G‘ullarni kemirib yig‘ladi itlar, Buyuk boshni kesdi qilich yaraqlab. Turkda bosh qolmadi… qolmadi dovlar, Xotin-xalaj qoldi motam ko‘tarib, "Bizga tik qarama", dedi yovlar, Yovlarga ters qarab yashadi bari. Talandi samoviy tulpor uyuri, Talandi zarlari, zeb-u zabari, "Ters qarab o‘ling", deb yovlar buyurdi, Yovlarga ters qarab jon berdi bari. Lahadga kirdilar o‘zlarin qarg‘ab, Qolmadi arabiy, turkiy xatlari. "Tug‘ingiz", dedi yov, "teskari qarab", Yovlarga ters qarab tug‘ildi bari. Tug‘ildi, tug‘ildi, tug‘ildi qullar, Qirqida qirqilgan, imdodga muhtoj, Yovlarga ters qarab itlarday hurar, Bir-biriga dushman, bir-biridan qoch. Jo‘mardlar qirilgan Turonzaminda, Do‘zaxiy tajriba pallasin ko‘rdim. Eshshak surati bor qay bir qavmda, Qay birida to‘ng‘iz kallasin ko‘rdim. Bu holda buvaklar bo‘g‘ilib o‘lar, Qul Bilol ezilib yig‘lar falakda. O‘zlarin yondirar borliqdan to‘ygan, Badaxshon laʼliday asl malaklar. Mo‘minlar besh bora Allohni eslar, Sajdaga bosh qo‘yib jallod toshiga. O‘girilib sal ortga qarayin desa, Boshiga urarlar, faqat boshiga. Bormi er yigitlar, bormi er qizlar, Bormi gul bag‘ringda jo‘mard nolalar. Bormi bu tufroqda o‘zligin izlab, Osmon-u falakka yetgan bolalar. Bor bo‘lsa, alarga yetkarib qo‘ying, Bir boshga bir o‘lim demagan ermas. Shahidlar o‘lmaydi, bir qarab tuying: Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Yovga ters qaragan musulmon emas! Shavkat Rahmon @AnNasr_Zakovat

  • "-Gulga tikanning nima keragi bor? -Gulga tikanning sirayam keragi yo‘q! -Shunaqami?.. Gapingga ishonmayman! Axir gullar judayam zaif, oqko‘ngil-ku! O‘zlarini botir ko‘rsatish uchun ham tikan chiqarishadi, go‘yo shunda ulardan hamma qo‘rqadigandek..". @nigorabooklover @AnNasr_Zakovat

  • O‘zbek zamonaviy adabiyotini zabardast namoyandalaridan biri bo‘lgan O‘tkir Hoshimov 1941 yil 5 avgust kuni Toshkent shahrini Do‘mbirobod mahallasida tavallud topgan. Bolalik yillari Ikkinchi jahon urushi davriga to‘g‘ri kelgani sababli hayotning achchiq va shirin sinovlarini erta his etgan. U Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika bo‘limini 1964 yilda tamomlagan. Faoliyati davomida gazeta va jurnallarda muxbir, muharrir, nashriyotlarda rahbar lavozimlarida ishladi. Asarlari: 📖 Ocherklar • Po‘lat chavandoz (1962) • Daftar hoshiyasidagi bitiklar (2001) Qissalari: • Cho‘l havosi (1963) • Odamlar nima derkin (1965) • Shamol esaveradi (1966) • Bahor qaytmaydi (1970) • Qalbingga quloq sol (1973) • Dunyoning ishlari (1982) Romanlari: • Nur borki, soya bor (1976) • Ikki eshik orasi (1986) • Tushda kechgan umrlar (1994). Ikki eshik orasi romani inson taqdiri, urushning og‘ir oqibatlari, mehr, sadoqat va vijdon haqida hikoya qiluvchi eng sara romanlardan biridir. Mukofotlari: • Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1986) • O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1991) • Mehnat shuhrati ordeni (1996) • Buyuk xizmatlari uchun ordeni (2001) Bu yuksak eʼtiroflar uning milliy adabiyot rivojiga qo‘shgan ulkan hissasining ifodasidir. 2013 yil 24 may kuni atoqli adib olamdan o‘tdi. Ammo uning asarlari bugun ham millionlab kitobxonlar qalbida yashamoqda. O‘tkir Hoshimovning ijodi o‘zbek adabiyotining bebaho xazinasi bo‘lib, yangi avlodni ezgulik, vatanparvarlik va insoniylik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. "Yaxshi kitob — inson qalbini tarbiyalaydigan eng yaqin do‘stdir. O‘tkir Hoshimov asarlari esa ana shunday umrboqiy do‘stlardan biridir." @BoburVoxobov_Kutubxonasi

  • "Har kimning taqdiri oʻz qoʻlida. Xuddi haykaltaroshning ishlov berilmagan materiali singari unga insonning oʻzi shakl beradi. Lekin bu ham sanʼatning boshqa turlariga oʻxshaydi: biz shunchaki uni bajarish qobiliyati bilan tugʻilamiz. Materialni oʻzimiz istagan koʻrinishga keltirish uchun qobiliyatni oʻrgatish va eʼtibor bilan tarbiyalash zarur". Iogann Volfgang fon Gyote @AnNasr_Zakovat

  • @BoburVoxobov_Kutubxonasi

  • без подписи

  • #toponimika CHATQOL – daryo. Chirchiq daryosining bosh irmog‘i. Istaxriy, Ibn Havqal, Muqaddasiy asarlarida Jidgal okrugi va daryo nomi sifatida esga olinadi va ular uni Jidgil deb hisoblashgan. M.Y.Masson esa uni Chotqol deb hisoblaydi. Haqiqatan ham, “Hudud ul-olam” asarida mazkur nom Jadgal shaklida to‘g‘ri berilgan va uning talaffuzi ham hozirgi talaffuziga juda yaqin. Etnograf M.S.Andreyev Darvoz tojiklari qayinni chotg‘ol deyishlarini aytgan. Shayx Sulaymonning chig‘atoycha – usmoniy turkcha lug‘atida chotqol – “notekis yer, dara”, hozirgi qirg‘iz tilida chatqal – “ikki tog‘ orasidagi dara, soylik”, deb qayd etilgan. Bu so‘z, o‘z navbatida, ikki tarkibiy qismdan iborat: chat, chot – ikki daryo bir-biriga qo‘shilgan joydagi oraliq; qal (qol) – “soyliq, jilg‘a” ma’nosidagi qo‘l so‘zining fonetik varianti bo‘lishi mumkin. Ⓜ️anba: “Oʻzbekiston joy nomlarining izohli lugʻati”, 584-bet. @AnNasr_Zakovat

  • @BoburVoxobov_Kutubxonasi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи