tgindex
Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
6
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
75
−1 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
22
24 постов
Вовлечённость
29,3%
к подписчикам
Постов в день
0,9
всего 26
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
12
1/48двое суток
13
1/72трое суток
14

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi va Gepatit A profilaktikasi Yangi o‘quv yili boshlanishi oldidan maktablarda sanitariya-gigiyena holati hamda yuqumli kasalliklar, xususan Gepatit A (sariq kasallik) tarqalishining oldini olish eng ustuvor vazifalardan biridir. Gepatit A — asosan fokal-oral yo‘l bilan (ifloslangan suv, oziq-ovqat, kir qo‘llar va muloqot orqali) uzatiluvchi jigar virusli kasalligidir. Maktab va bog‘chalarda bolalarning zich joylashuvi kasallikning tez tarqalishiga zamin yaratishi mumkin, shu sababli profilaktika choralarini kuchaytirish zarur. Maktablarda Gepatit A profilaktikasining asosiy yo‘nalishlari 1. Toza ichimlik suvi ta'minoti Maktablarda o‘quvchilar uchun faqat qaynagan yoki maxsus filtrlangan toza ichimlik suvi manbalari tashkil etilishi kerak. Jo‘mrakdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri qaynallmagan suvni ichishni taqiqlash hamda idishlar tozaligini nazorat qilish lozim. 2. Maktab hojatxonalari va oshxonalari kirish qismida doimiy ravishda suyuq sovun toza suv bo`lish shart.

  • Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Facebook|Instagram|X

  • #Foydali Toza qo'llar salomatlik garovi! 🧼Qo’llarimizni tog’ri yuvish tartibini o’rganaylik! Buning uchun albatta videoni tomosha qiling ⚡️Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • 13 авг.191из sanepidcommittee

    📆Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi Bahodir Yusupaliyev tomonidan Toshkent shahar boshqarmasida tadbirkorlar va fuqarolarni qiynayotgan sanitariya-epidemiologik masalalarni hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi. 🔷Ochiq muloqot ruhida tashkil etilgan qabul davomida 20 ga yaqin murojaat tinglandi. Fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan sanitariya-epidemiologik osoyishtalik hamda amaldagi tartib-taomillar bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. ‼️Har bir murojaat belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul xodimlarga aniq topshiriqlar berildi. Ayrim murojaatlar esa qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratildi. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • https://t.me/Angor_SANEPID

  • #OAV #mutaxassis_fikri 🍉 Tarvuz va qovun yeb zaharlanish mumkinmi? Yoz fasli kirib kelishi bilan dasturxonlarimizdan tarvuz va qovun arimaydi. Ammo ko‘pchilikni bir savol qiynaydi: nega ba'zan poliz mahsulotlarini iste’mol qilgandan keyin ich ketishi, ko‘ngil aynishi yoki holsizlik kuzatiladi? ❓ Kesilgan tarvuzni qancha vaqt saqlash mumkin? ❓ Bozordagi mahsulotlar qanday tekshiruvlardan o‘tadi? ❓ Qaysi holatlarda shifokorga murojaat qilish kerak? Ushbu savollarga Sanitariya-epidemiologiya xizmati mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan suhbatda batafsil javob oldik. Ko‘pchilik bilmaydigan muhim ma’lumotlar va foydali tavsiyalar toʻliq videoda. ⚡️ Sanepidqo‘mita Surxondaryo viloyati boshqarmasi axborot xizmati 👍https://t.me/SurxonSanepid

  • Transyog‘larning inson salomatligiga ta’siri ℹ️ Bu haqida infografika orqali batafsil bilib oling. https://t.me/Angor_SANEPID

  • 🧁Kremli konditer mahsulotlari qanday saqlanadi? ❗️Kremli konditer mahsulotlari (tortlar, pirojniylar va boshqa shirinliklar) tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt

  • https://t.me/Angor_SANEPID

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Angor tumanida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha seminar o‘tkazildi Angor tumanida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimligi Komplayens xizmati bosh mutaxassisi Sh. Eshimov hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tergov boshqarmasi Korrupsiya, firibgarlik va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish guruhi o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi X.Mamatmurodov ishtirok etdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasining «Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-dekabrdagi PF-270-son Farmoni hamda PQ-5177-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Tadbir yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mas’ullar tomonidan javoblar berildi. 📱Telegram 📱 Facebook 📱Instagram 📱You tube🌐Web-site📱Twitter

  • 🐟 BALIQQA BO‘LGAN MEHR — SOG‘LOM HAYOTGA QADAM! 💙 Baliq — organizm uchun zarur bo‘lgan oqsil, omega-3 yog‘ kislotalari, vitamin va minerallarga boy foydali oziq-ovqat mahsulotidir. 🌿 Baliqning foydali jihatlari: ❤️ Yurak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi Omega-3 yog‘ kislotalari yurak-qon tomir tizimi faoliyati uchun foydalidir. 🧠 Miya faoliyatiga yordam beradi EPA va DHA kabi omega-3 yog‘ kislotalari miya faoliyati uchun muhim. 💪 Sifatli oqsil manbai Mushaklar, suyaklar va to‘qimalarning rivojlanishi hamda tiklanishiga yordam beradi. 🦴 Suyaklar uchun foydali Ayrim baliq turlari D vitaminiga boy bo‘lib, suyak salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi. 🛡 Organizmni zarur mikroelementlar bilan ta’minlaydi Baliq tarkibida B12 vitamini, yod, selen va kaliy kabi foydali moddalar mavjud. 🍽 Tavsiya: baliqni qovurishdan ko‘ra bug‘da pishirish, dimlash yoki pechda tayyorlash sog‘lomroq tanlov bo‘lishi mumkin. 👉 Sog‘lom ovqatlaning — sog‘lom hayot kechiring! 🏥 Angor tuman Sanepid bo‘limi Axborot xizmati https://t.me/Angor_SANEPID