ArmyGovUz
СтатистикаO‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy xizmat va harbiy ta’limga qabul jarayonlarini yorituvchi rasmiy telegram kanali. Instagram.com/Armygovuz Youtube.com/@Armygovuz Call markaz: 15-30 ☎️ +998-71 269-80-19
- Последний пост
- 4 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 45
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Видео
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 14 743
- 1/48двое суток
- 16 895
- 1/72трое суток
- 18 222
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙 🔸 Saralash sinovlari rejasida belgilangan kunlarda uzrli sabablarga ko‘ra saralash sinovlarida ishtirok eta olmagan nomzodlar 2026-yil 10-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan saralash sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 🔸 Shuningdek, shu kuni muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan nomzodlardan ham saralash sinovlari qabul qilinadi. 👤 Nomzodlar o‘zlari bilan: 🔹 Shaxsini tasdiqlovchi hujjat; 🔹 Ta’lim darajasini tasdiqlovchi attestat, diplom yoki sertifikatlar; 🔹Sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma; 🔹 Sport kiyimlari olib kelishlari lozim. 🗓 Sana: 2026-yil 10-avgust 📍 Manzili: Toshkent sh. Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarlar ko‘chasi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport kompleksi (MHSK). Mo‘ljal: “Sayohat” mehmonxonasi. ⏰ Sinovlar boshlanish vaqti: 08:00 ⚠️ Nomzodlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi. Murojaat uchun: 🤙71-269-80-19 ❤50-030-80-19 💠Bizni kuzatib boring 📱Telegram |📱 Instagram| ▶️Youtube |©️⚖️
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
❤️❤️❤️ ⭐️Kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan fuqarolar uchun harbiy-kasbiy saralash tadbirlari o‘tkazildi Farg‘ona Temurbeklar maktabida kontrakt asosida harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari fuqarolari uchun harbiy-kasbiy saralash tadbirlari tashkil etildi. 💠Bizni kuzatib boring 📱Telegram |📱 Instagram| ▶️Youtube |©️⚖️
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning burchimiz! O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash hamda harbiy sohada qonun ustuvorligini mustahkamlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Pora olish ham, pora berish ham jinoyat hisoblanadi. Har qanday noqonuniy holat yuzasidan ishonch telefonlari orqali murojaat qilishingiz mumkin. Murojaatchining shaxsi va ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi. 📞 +998971440773⭐ 🛫Telegram 🔗 LIVE 📞 Facebook 📺 Youtube 📷 Instagram ❌X.com
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 🇺🇿 Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlari to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. ⚙️ Barcha bosqichlar zamonaviy raqamli platformalar orqali, inson omilisiz, ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan. 🔸 Ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar mutlaqo bepul. ⚠️ Ogoh bo‘ling! Harbiy xizmatga qabul qilishni "hal qilib berish", "tezlashtirish" va buning evaziga pul talab qilayotgan shaxslar firibgarlar bo‘lishi mumkin. ❎ Firibgarlarga aldanmang! ✔️ Faqat Mudofaa vazirligining rasmiy axborot manbalari va elektron platformalari orqali murojaat qiling. 💠 Bizni kuzatib boring 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
⭕️⭕️⭕️ 📣 O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga xotin-qizlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish yakunlandi. 🔸 Harbiy xizmatni tanlab, Vatan himoyachilari safidan o‘rin olish istagini bildirgan hamda hujjatlarini topshirgan barcha nomzodlarga bildirilgan qiziqish va ishonch uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz. ⚠️ Hujjatlari dastlabki o‘rganishga qabul qilingan nomzodlar bilan belgilangan reja-grafikka muvofiq saralash tadbirlari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. ⏱ Nomzodlardan saralash tadbirlariga belgilangan vaqtda ishtirok etishlari so‘raladi. 👀 Barchangizga muvaffaqiyat tilaymiz! 💠Bizni kuzatib boring 📱Telegram |📱 Instagram| ▶️Youtube |©️⚖️
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 Hurmatli xotin-qizlar! 1️⃣9️⃣🔣🏖️🏖️ — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan xotin-qizlardan arizalar qabul qilishning SO‘NGGI KUNI! 👮♀️Kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagida bo‘lgan nomzodlardan belgilangan muddat yakuniga qadar arizalarini topshirishlari so‘raladi. ➡️ Bu xabarni harbiy xizmatga qiziqadigan opa-singillaringiz va yaqinlaringizga ham ulashishni unutmang! 💠 Bizni kuzatib boring 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
💜💜💜 Sinovlarni o‘tkazish sanalari belgilandi. 🗓 Belgilangan sanalarda tasdiqlangan reja asosida nomzodlarning hujjatlari qo‘shimcha ravishda o‘rganiladi. Ma’qullangan nomzodlar shu kunning o‘zida navbatdagi bosqich — jismoniy tayyorgarlik sinovlarini topshiradilar. 🔸 Nomzodlardan belgilangan sana va vaqtda ko‘rsatilgan manzilga barcha zarur hujjatlari hamda sport kiyimlari bilan yetib kelishlari so‘raladi. ⚠️ 086 tibbiy maʼlumotnoma boʻlishi shart. ⚠️ Eslatma: Keyingi bosqichga qo‘yilganligingiz haqidagi xabarnoma bilan My.gov.uz platformasining “Mening arizalarim” bo‘limi orqali tanishishingiz mumkin. 👮♂️ Muqaddam kontrakt bo'yicha harbiy xizmatni o'tagan nomzodlar bilan saralash tadbirlari 10.08.2026-yil soat 08:00da Toshkent shahri, M.Ulug'bek tumani, Lashkarlar ko'chasi Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy sport klubida o'tkaziladi. Mo'ljal : Sayohat mehmonxonasi. ⏰ Sinovlar boshlanish vaqti: 08:00 💠 Bizni kuzatib boring 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
⭕️⭕️⭕️ 👮♂️Erkaklar uchun kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlardan arizalarni qabul qilish rasman yakunlandi. ✅ Ariza topshirgan barcha nomzodlarga bildirilgan ishonch va qiziqish uchun minnatdorlik bildiramiz! ⏲ Yaqin kunlarda dastlabki o‘rganishdan o‘tgan nomzodlar bilan saralash tadbirlari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi. Saralash jarayoniga oid qo‘shimcha ma'lumotlar belgilangan tartibda yetkaziladi. ❕ Eslatma: Xotin-qizlar uchun vakant harbiy lavozimlarga nomzodlardan arizalarni qabul qilish 20-iyulga qadar davom etadi. 💠 Bizni kuzatib boring. 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
❤️❤️❤️ 🕔 Hozirda Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga nomzodlarning arizalarini qabul qilish davom etmoqda. 👮♂️Erkaklar uchun vakansiyalar 👮♀️Ayollar uchun vakansiyalar 📝Umumiy talablar 🔎Saralash bosqichlari 🔫Erkaklar uchun me'yorlar 🔫Ayollar uchun me'yorlar Batafsil ma'lumotlarni quyidagi raqamlar orqali olishingiz mumkin: 📞 71-269-80-19 📞 50-030-80-19 ✈️ 💠 Bizni kuzatib boring. 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
💜💜💜 NOMZODLAR DIQQATIGA!!! Hurmatli nomzodlar! Ariza topshirish jarayonida aksariyat nomzodlar tomonidan mutaxxassislikni notoʻgʻri tanlash holatlari kuzatilmoqda. Bu esa arizalar rad etilishiga sabab boʻlishi mumkin. ✅ Shu sababli mutaxassisliklarni quyidagicha tanlashingiz talab etiladi: 🔺umumqoʻshin mutaxassisligiga – harbiy xizmatni oʻtagan barcha nomzodlar; 🔺artilleriya mutaxassisligiga – bir yillik muddatli harbiy xizmatni artilleriya mutaxassisliklari boʻyicha oʻtagan nomzodlar; 🔺aloqa mutaxassisligiga – bir yillik muddatli harbiy xizmatni aloqa mutaxassisliklari boʻyicha oʻtagan yoki ushbu mutaxassislik boʻyicha taʼlim muassasalari (oʻquv kurslari)ni tamomlaganlik toʻgʻrisidagi diplom (sertifikat)ga ega nomzodlar; 🔺tank mutaxassisligiga – bir yillik muddatli harbiy xizmatni tank mutaxassisliklari boʻyicha oʻtagan nomzodlar; 🔺haydovchi mutaxassisligiga – harbiy xizmatni oʻtagan va “B,C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega barcha nomzodlar; 🔺muhandis-sapyor mutaxassisligiga – bir yillik muddatli harbiy xizmatni muhandis yoki sapyor mutaxassisliklari boʻyicha oʻtagan nomzodlar; 🔺tibbiyot mutaxassisligiga – harbiy xizmatni oʻtagan va davolash ishi, hamshiralik ishi, feldsher yoʻnalishlari boʻyicha oʻrta tibbiyot muassasalarini tamomlagan nomzodlar; 🔺moliya mutaxassisligiga – harbiy xizmatni oʻtagan va moliya-iqtisod yoʻnalishi boʻyicha oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan nomzodlar. ⚠️ Moliya-iqtisod, davolash ishi, hamshiralik ishi va feldsher mutaxassisliklariga hamda “B, C” toifali haydovchilik guvohnomasiga ega boʻlmagan safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatini tamomlagan nomzodlar faqatgina umumqoʻshin mutaxassisligiga ariza topshirishlari mumkin. 🔘 Mutaxassislikni notoʻgʻri tanlagan nomzodlar arizalarini rad etishlari va joriy yilning 15- iyul sanasiga qadar mutaxassislikni yuqoridagi talablarga koʻra toʻgʻri tanlagan holda qayta ariza berishlari talab etiladi. Aks holda Sizning arizangiz mutaxassislar tomonidan rad etiladi! Mutaxassislikni tanlashda tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, quyidagi raqamlarga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin: 📞 71-269-80-19 📞 50-030-80-19 ⭐ 💠 Bizni kuzatib boring. 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
#Ayollar_uchun 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishda ayol nomzodlardan qabul qilinadigan jismoniy tayyorgarlik me’yorlari. Jismoniy tayyorgarlik darajangizni oshiring, sinovlarni muvaffaqqiyatli topshiring. 💪 💠 Bizni kuzatib boring. 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 💙💙💙 #Ayollar_uchun ⭐️ Xotin-qizlar quyidagi oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga tanlov asosida qabul qilinadi: 💻 Aloqa mutaxassisligi (aloqa, elektronika, axborot texnologiyalari yo‘nalishlarida tahsil olgan, o‘rta-maxsus yoki oliy ma'lumotga ega ayollar); 💻 Operatorlik mutaxassisligi (o‘rta, o‘rta-maxsus yoki oliy ma'lumotga ega ayollar). 🔸 Umumiy talablar 🔺 Jinsi: ayol 🔻 Bo‘y balandligi: 165 + ⏳ Arizalar 20-iyulga qadar qabul qilinadi. Murojaat uchun: 📞71-269-80-19 📞50-030-80-19 ✈️ 👍 ARIZA BERISH 👉 🔔Bizni kuzatib boring 🌐 Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Youtube | ©️⚖️
💛💛💛 ✔️Tomaris avlodlari uchun xushxabar! 🔸 Anchadan buyon harbiy sohada Vatanga sadoqat bilan xizmat qilib, sharafli harbiy libosni kiyishni orzu qilgan xotin-qizlarimiz uchun quvonchli yangilik bor! 🔹Tez orada ular uchun ham yangi vakant lavozimlar e'lon qilinadi. Bu esa harbiy xizmatni tanlashni istagan, o‘z bilim va salohiyatini Vatan ravnaqi hamda yurtimiz tinchligini ta'minlash yo‘lida namoyon etishni maqsad qilgan xotin-qizlar uchun ajoyib imkoniyatdir. 💠 Bizni kuzatib boring — Xabarni ulashing — xushxabardan yana ko‘proq xotin-qizlarimiz xabardor bo‘lsin! — vakansiyalar haqida batafsil ma'lumot tez orada e'lon qilinadi! 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
🟦🟦🟦 🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirishda nomzodlardan qabul qilinadigan jismoniy tayyorgarlik me’yorlari. Jismoniy tayyorgarlik darajangizni oshiring, sinovlarni muvaffaqqiyatli topshiring. 💪 💠 Bizni kuzatib boring. 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
💛💛💛 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga nomzodlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga saralash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 👍 Ariza berish; 👮♂️ Dastlabki o‘rganish, suhbat; 💪 Jismoniy tayyorgarlik sinovlari; 🧠 Psixologik o‘rganish; 🤩 Tibbiy ko‘rik; ✅ Ruxsatnoma rasmiylashtirish. 🟡 Keyingi postlarimizda nomzodlardan qabul qilinadigan Jismoniy tayyorgarlik meʼyorlari haqida maʼlumotlar beramiz. 🔔Bizni kuzatib boring 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 #Yangi_vakansiya ⭐️ Quyidagi mutaxassisliklarga ega yoshlar Oddiy askar va serjantlar tarkibi lavozimlariga tanlov asosida qabul qilinadi: 🔺Umumqo‘shin mutaxassislari; 🔺Artilleriya mutaxassislari; 🔺Aloqa mutaxassislari; 🔺Tank mutaxassislari; 🔺Haydovchi (B,C toifa); 🔺Muhandis-sapyor mutaxassislari; 🔺Feldsher, hamshiralik ishi; 🔺Moliya mutaxassislari (bakalavr). ✔️ Umumiy talablar ✅ Jinsi: Erkak ✅ Bo‘y balandligi: 165 + ✅Yosh chegarasi: 30 yoshgacha ⚠️ Nomzodlar Muddatli yoki SCHR xizmatini o‘tagan bo‘lishi talab etiladi. ⏳ Arizalar 15-iyulga qadar qabul qilinadi. Murojaat uchun: 📞71-269-80-19 📞50-030-80-19 🚀 👍 ARIZA BERISH 👉 🔔Bizni kuzatib boring 🌐 Telegram | 🌐 Instagram| 🌐 Youtube | ©️⚖️
❤️🔥❤️🔥❤️🔥 🇺🇿 Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish jarayonlari to‘liq onlayn tarzda amalga oshiriladi. ⚙️ Barcha bosqichlar zamonaviy raqamli platformalar orqali, inson omilisiz, ochiq va shaffof tarzda tashkil etilgan. 🔸 Ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar mutlaqo bepul. ⚠️ Ogoh bo‘ling! Harbiy xizmatga qabul qilishni "hal qilib berish", "tezlashtirish" va buning evaziga pul talab qilayotgan shaxslar firibgarlar bo‘lishi mumkin. ❎ Firibgarlarga aldanmang! ✔️ Faqat Mudofaa vazirligining rasmiy axborot manbalari va elektron platformalari orqali murojaat qiling. 💠 Bizni kuzatib boring 📱 Telegram | 📱 Instagram| ▶️ Youtube | ©️⚖️