tgindex
Passenger
@Asiyasblogузбекский

Kanalni kuzating kanal yurituvchini emas! Faqat Ayollar uchun: https://t.me/+mVc2CkGy9DozYTFi Results: @resultsofhardwork Ingliz tili: @beebeneficial

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
26
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
231
−2 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
469
26 постов
Вовлечённость
203,0%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 26
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
84
1/48двое суток
96
1/72трое суток
103

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #Kitobdan Ulamolar ilmlarni o‘rganish hukmiga ko‘ra turli qismlarga ajratganlar. 1️⃣ O‘RGANISH HAROM BO‘LGAN ILMLAR Bular insonni shirk, xurofot, harom va noto‘g‘ri e’tiqodlarga olib borishi mumkin bo‘lgan ilmlardir. • Sehr • Fol ochish va kelajakni bashorat qilish • Yulduzlarga qarab g‘aybdan xabar berishga da’vo qilish • Shubha-gumonlarni kuchaytiradigan ilmlar • Insonni harom ishlarga yetaklaydigan ilmlar • Moddaparastlikka olib boruvchi ilmlar 2️⃣ O‘RGANISH MAKRUH BO‘LGAN ILMLAR O‘zida ochiq haromlik bo‘lmasa-da, insonga foyda bermaydigan va vaqtini behuda sarflashga olib keladigan ilmlar. Masalan, foydasiz va mazmunsiz she’rlar kabi. 3️⃣ O‘RGANISH MUBOH BO‘LGAN ILMLAR Harom yoki makruh jihati bo‘lmagan, yomonlikka boshlamaydigan va insonni yaxshilikdan chalg‘itmaydigan ilmlar. Bunday ilm inson uchun joizdir, ammo u yaxshilikka alohida xizmat qilmasa, savobli amal darajasiga ko‘tarilmasligi mumkin. Demak, “ilm o‘rganish”ning o‘zi yetarli emas. O‘rganayotgan ilmimiz: — bizni nimaga olib boradi? — vaqtimizni qayerga sarflatyapti? — e’tiqodimizga qanday ta’sir qilyapti? — Allohga yaqinlashtiryaptimi yoki uzoqlashtiryaptimi? Shular haqida ham o‘ylashimiz kerak. Ilm ko‘payishi emas, foydali ilmga ega bo‘lish muhim. 📖 50-sahifa @Asiyasblog

  • Yo bu tomonda bo‘lamiz, yo u tomonda. Uchinchi yo‘l yo‘q. ℹ️Yaxshilikka chorlash. ℹ️Yomonlikka chorlash. Har bir insonning o‘z ta’sir doirasi bor. Kimdir ustoz sifatida o‘quvchilariga, ona sifatida farzandlariga, rahbar sifatida xodimlariga… ta’sir qiladi. 🛡Asosiy masala shuki: chorlash bilangina ish yakun topmaydi. Natijada biz ham chorlovimizga ergashgan kishining ajricha ajr yoki gunohicha gunoh olamiz. @Asiyasblog

  • видео или голосовое, без подписи

  • Insonni xarakterini yaqindan tanish munosabatni yaxshilashga yoʻl ochadi. Ushbu kitobda ham insonlarning tabiatini 4 xil turga boʻlib uni har birini oʻziga xosligini tushuntirgan. Ayollarga xos kanalimizda ushbu kitobning mutolaasini qilib, fikrlarimizni boʻlishib boryapmiz. Agar mavzu qiziq boʻlsa, ayol-qizlar safimizga qoʻshilishi mumkin. ⚠️Ayollarga xos boʻlmagan har qanday profil kanalga qabul qilinmaydi. @Asiyasblog

  • Assalamu alaykum wa rohmatullohi wa barokatuh. Hayit ayyomingiz maroqli oʻtsin. Hayitlik olishni/berishni unutmang ✨ @Asiyasblog

  • #eslatma Har bir vaqtingning oʻz vazifasi boʻlsin. Imom Gʻazzoliy. ©️Insonning vaqti boʻsh qolmaydi, illoki bir narsa bilan band boʻladi: -yo foydali amal bilan -yo behuda amal bilan -yo zararga yetaklovchi amal bilan @Asiyasblog

  • #ustozdan “Agar ertaga bugungi vazifangni qoʻshib bajarishga kuching yetsa, qoldir. Lekin, eplay olmasang, nima boʻlsa ham vazifangni oʻz vaqtida bajar”. Ustozlardan Alloh rozi boʻlsin. @Asiyasblog

  • #unutma Bir daqiqa Bir daqiqa siz uchun qanchalik muhim? Bir daqiqada nimalar ham qilish mumkin deysizmi? Avval fikrlab koʻring, nimalar qila olgan boʻlardingiz? Bir daqiqada: - 200 + soʻz oʻqish ( ~1 sahifa) - yarim/bir sahifa Qur’on tilovati - 5~10 ta yangi soʻz yodlash - muhim fikrni qayd qilib qoʻyish -hayotini oʻzgartiradigan qaror qabul qilish - xabarga javob berish - 5-10 ta chuqur nafas olish mashqi - qalbdan duo qilish - bir insonni xursand qilish -.. Yoki - gʻiybat qilish -qalbni qoraytiradigan reels/video koʻrish -bir insonni xafa qilish -bir yomon ishga qadam tashlash -… …larni qilish mumkin. Daqiqasini qadrini bilmagan inson - soatlarni boy beradi. @Asiyasblog

  • #kuzatuv Aql egalari ongli tanlov qilishadi. -qaysi e’tiqodda boʻlish; -qayerga borish; -kim bilan vaqt oʻtkazish; -nima yeyish/kiyish; -nima soʻzni soʻzlash; -… - qaysi mavzu ularni g‘azablantirishi; - nima ularni xursand qilishi; - nima qalbini mahzun etishi; - nima tafakkurga undashi; - nimaga befarq bo‘lishni; -.. Ushbu tanlovlarni qadriyatlariga asoslangan “filtr”dan oʻtkazib, munosibini tanlashadi. @Asiyasblog

  • #eynafs #kuzatuv Kunim qanday o‘tib ketayotganini bilmay qolyapman… Kunlarimda mazmun qolmagandek… Bir xil kun tartibi bilan bandman… Bir oz to‘xtang. O‘zingiz bilan sarhisob qiling. @Asiyasblog

  • #insight Ta’m har xil. U tanlov boʻla oladi. ➖Kimdir yoshligidan Qur’on bilan birga boʻlish ta’mini totib oʻsadi. ➖Kimdir yoshligidan Qu’ronsiz oʻsish ta’mini totib oʻsadi. Masala qanday oʻsganimizda emas, endi qanday davom etishimizda -tanlov OʻZIMizda. Endi qaysi ta’m bilan davom ettirmoqchimiz? @Asiyasblog

  • #insight 📩Ba’zisi uchun koʻproq e’tibor berish yoki boshqa uslub qoʻllash kerak. ➖10 ta soʻzdan 8 tasini 5 marta takror bilan yodlashingiz mumkin. Qolgan 2 ta soʻz uchun esa +5 marta takror yoki boshqa uslub kerak; ➖ba’zi oyatlar oson yodlaniladi, ba’zilari esa koʻproq e’tibor yoki boshqacha uslub kerak; ➖ba’zi insonlar bilan oson kelishsa boʻladi, ba’zilari esa koʻproq e’tibor yoki boshqacha munosabat talab qiladi; Hammasiga bir xil yondashuv qoʻllashingiz - SIZning kamchiligingiz. @Asiyasblog

  • #ustoz Shogird: Ustoz nega biz Qur’onni va hadisni “toʻkis yashay” olmaymiz? Ustoz: Asl maqsad Qur’on va hadisni toʻkis yashash emas, uni yashash yoʻlida boʻlish. Qur’on biz uchun eslatma qilib berildi. Agar bir narsani komil bajarsangiz, unga ehtiyojingiz qoladimi? Yoʻq. U Eslatma! Har safar qaytish faqatgina Unga ekanligini ulul albab (aql egalari)ga eslatishdir maqsad. @Asiyasblog

  • #eslatma Javob izlashing kerak boʻlgan savollar bular: 1. Ibodatlarimni qoim qilolyapmanmi? 2. Namozim faxsh-munkar ishlardan qaytaryapdimi? 3. Qur’on hayotimning mazmunimi? 4. Sunnatga muvofiq yashayapmanmi? 5. Bilganlarimga amal qilyapmanmi? … Bular emas: 1. Nega “u”nda bori menda yoʻq? 2. Meni nimam kam? 3. Qaysi aybim uchun? 4. Nega oldinroq bilmadim/qilmadim? …. Roʻyxatni oʻzingizga moslab davom ettirsangiz boʻladi. @Asiyasblog

  • Sen yaratgan olamu inson go'zal, Sen yuborgan Mustafo, Qur'on go'zal, Sen buyurgan har amal, iymon go'zal, Ruhlar ichra sunganing vijdon go'zal, Bu go'zalliklar jamolingdan Sening! ….. Husaynxon Yahyo Abdulmajid @Asiyasblog

  • Oxirgi imkoniyatdir… -oxirgi Ramazon kechangiz -oxirgi xatmingiz -oxirgi namozingiz -magʻfirat uchun oxirgi imkoniyatingiz -oxirgi nafasingiz -oxirgi soʻzingiz …. bular oxirgisi boʻlishi mumkin. Haqqini ado etib bajarish nasib etsin. @Asiyasblog

  • #eslatma Xatochalar yigʻindisi, bitta katta xatodan xavfli. Insonning oʻziga boʻlgan ishonchi erishadigan bitta katta yutuq ortidan emas, kichik “oʻxshgan ish”laridan kelib chiqadi. -Munosabatlar bitta jiddiy xato tufayli emas, jiddiydek koʻrinmagan xatochalar tufayli buziladi. -Kichik koʻringan toyilishlar katta gunohga yetaklaydi. @Asiyasblog

  • #ustoz Dengizda suzish kerak, shundagina suzishning asl rohati his qilinadi. Sohilda oyoq yalang yurish yetarli emas, suvga qoʻlni solib turish yetarli emas… Butun vujud bilan unga shoʻngʻish kerak… Amallarda ham shunday! Ba’zilarini qilib, qolganini tark etish koʻzlangan rohatga eltmaydi. @Asiyaablog

  • #foyda Savol: Dars qilish uchun eng yaxshi vaqt? Odatda barakali vaqtni, uni yanada barakaliroq qilib beradigan amallar bilan band qilgan afzal. Masalan: sahar vaqtini va bomdod/dan keyingi vaqtlar Qur’on tilovati, zikr, ibodatlarga ajratilsa butun kunning madori boʻladi. Bu soatlarda boshqa fanlar bilan mashgʻul boʻlinsa, barakani yuqorida aytib oʻtilgan amallarchalik topa olmaslik ehtimoli bor. Ha, harakat qilib, vaqt sarflagani uchun ilm oshib, natija boʻladi. Lekin baraka… Asosan, quyosh chiqqandan peshin vaqtigacha, yoki peshindan asr/shom vaqtigacha, xuftondan keyin fan bilan mashgʻul boʻlish maslahat beriladi. Kunning soʻnggi ishi yana Qur’on tilovati, zikr, ibodatlar boʻlishi tunning barakasini topishga yordamchi boʻladi, in shaa Alloh. @Asiyasblog

  • #eslatma Tikon ekib, rayhon kutma. •Hasanxon Yahyo Abdulmajid Bugun vaqtingizni siz(oxiratingiz/dunyoyingiz)ga foyda bermaydigan: -odam -ustoz -instagram reels -kitob -podcast -amal -tarbiya -qadriyat -urf-odat -zikr -joy -kasb -maslahat/nasihat -oʻquv…