tgindex
Aslanov's Lessons

Aslanov's Lessons

Статистика

Three main channels I run: 1️⃣ this one (@aslanovs_lessons) 2️⃣ @mraslanov 3️⃣ @pdfbooksyouneed For questions @Aslanovs_robot

Последний пост
29 мар.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
22
Тип
открытый
Язык
und
Категория
Языки (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
12 358
−18 за 3 дн.
Сутки
−3
−0,02%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
37,9 тыс
22 постов
Вовлечённость
306,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 22
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • 29 мар.10,7 тыс109

    Instagramga yangi video joyladim 😊 Mavzu: Grammatikani o'rgatishdagi top 3 xato Bu yerda ko'rsangiz bo'ladi 👍, 🔍, 💬 esdan chiqmasin.

  • 24 мар.10,7 тыс89

    Instagramga 2 ta yangi video joyladim: 1️⃣ Ingliz tili ustozlarida eng ko'p uchraydigan xato 2️⃣ O'quvchilarimda speaking yaxshi emas. Nima qilsam bo'ladi?

  • 5 мар.12 тыс1022

    📹 Instagramda ham ustozlar uchun juda foydali reels joylayapman: 1️⃣ Nega o'quvchilarim ingliz tilida gapirmayapti? 2️⃣ Yosh ustozlarga 3 tavsiya 3️⃣ Qanday Reading materiallar tanlash kerak? 4️⃣ Bir guruhda har xil darajadagi o'quvchilar bo'lsa nima qilish kerak? 5️⃣ Shovqin qilayotgan o'quvchilarni tinchlantirish usullari Obuna, like, share, save bilan qo'llab-quvvatlashingizni kutib qolaman 😊

  • 8 окт. 2024 г.84,5 тыс24461

    Odat! Avvallari juda ko'plab ota-onalarda shaxsan manga yoqadigan odat bo'lardi. Farzandlari maktabdan (asosan maktabdan) qaytganda 'Qani, oldimga o'tirchi. Bugun nimalarni o'rganding?' deb deyarli har kuni so'rashardi. O'zimda ham shunday bo'lgan. Uyga borsam ota-onam bugun nima o'rganganimni so'rashadi deb darsda ikki barobar e'tiborliroq o'tirardim. Qani endi shu odatni yana tiklasak. Hatto, farzandlari repetitorda o'qiyotgan ota-onalar orasida. 📱 @mraslanov

  • 8 окт. 2024 г.61,4 тыс30427

    Sir! Dars berishni boshlaganimda, birinchi maktab bolalariga uylariga borib dars o'tardim. Dars beradigan o'quvchilarimni otasi poytaxtdagi katta supermarketlardan birini xo'jayinlaridan edilar. U kishini boyligi, sharoitini va manga bo'lgan munosabatini ko'rib qoyil qolganman. Katta miqdorda puldan tashqari, darsim tugagandan keyin mashinalarida uyimga tashlab qo'yardilar. Qo'yavering, yetib olaman, ishdan charchab kelgansiz desam ham yo'q deb oyoq tirab olardilar. Keyin tushunganman - katta ehtimol bilan muvaffaqiyatlarining bir siri ahli ilmlarni xurmat qilganliklaridan ekanligini. 📱 @mraslanov

  • 28 сент. 2024 г.46,2 тыс15420

    Baliqlar! Bir klinikaga tez-tez ishim tushadi. U yerda turli-tuman, rang-barang baliqlar akvariumda saqlanadi. Biroq, u yerga borgan 90% odam ularga uncha e'tibor bermaydi. Ularga qarab zavq olmaydi. Sababi ularning fikru-hayoli kasallik. Hayot ham shunday - biz qaysidur muammoyimizga yetarlidan ortiq sho'ng'ib ketib, atrofimizdagi boshqa 'baliq'larga parvo qilmaymiz. Lekin shuni aksini qilsak hayotimiz yanada mazmunli bo'ladi deb o'ylayman. 📱 @mraslanov

  • 27 сент. 2024 г.36 тыс15427

    Meva! Bir kuni darsimdan chiqib tashqariga ketmoqchi bo’lib tursam bir yosh hamkasbim chaqirib qoldi. Borsam qarang, ustoz birinchi oyligimga adamlarga kompyuter va onamlarga telefon oldim. Ularniki eskirib qolgan edi dedi. U qizning ko’zidagi quvonchni, oqlangan ota-ona ishonchini, shuncha mehnatlarining mevasini chinakamiga tushunish uchun o’zimiz ham bundan o’tishimiz kerak. Sizda ham hozir qiyin bo’lyaptimi? Taslim bo’lishga shoshilmang! Mevasini ko’rmaguncha davom eting. 📱 @mraslanov

  • 26 сент. 2024 г.29,4 тыс13619

    Paymedan eslatma! Payme ilovasini o'chib yoz oyidagi kirim va chiqimlarni hisobotini ko'rib chiqdim. O'sha hisobot menga bir narsani yana bir bor eslatdi. Iyun va Iyul oylarida yozda maksimal ko'pchilik bekor qolmay ilm olsin deb kurslar ochgan edim. Maqsad ilm berish bo'lgan, tushum juda yaxshi. Avgust oyida juda pulga muhtoj bo'lgandim va pul topay deb kurslar ochdim. Natija kutganimdek bo'lmadi. Eslatma: maqsadni ilm ulashish deb qo'ysak, pul o'zi bizni topib keladi. Pul desak, u bizdan qochishi mumkin. 📱 @mraslanov

  • 26 сент. 2024 г.29,9 тыс7415

    Odamlar nima deydi? Mana shu qo'rquv bizni ko'p narsadan ushlab qoladi. Misol uchun bir kuni bir taksist bilan gaplashib ketyapman. Aytishlaricha moliyaviy tarafdan qiynalgan ekanlar. Ming so'm ham hozirgi ahvollarida juda kerakli pul ekan. Ularga mashinangizga yandex taksi reklamasini yopishtirib oling, eshitgan edim shunda sizga ma'lum pul tashlab berishar ekan, harna-da desam, ular 'Voy! Odamlar nima deydi?' dedilar... Yana boshqa kuni, boshqa bir amaki bilan ham gaplashib ketdim. Aytishlaricha ancha uzoqdan kelib poytaxtda taksi qilar ekanlar. Yo'qchilikdan yakkayu yagona o'g'illari yosh ota bo'lishiga qaramasdan Rossiyada qurilishda ishlar ekan. Ular ham moliyaviy tarafdan qiynalayotganlarini, shuning uchun o'zlari bu yerda, o'g'illari chet elda jon berib ishlayotganliklarini aytdilar. Qo'shimcha qilib, aksiga bizda to'y-hashamlar ko'p, hammasini yaxshilab qilish kerak, unga ham ko'plab pullarimiz ketayapti dedilar. Ularga ham norozi ohangda amaki, sizga nima zaril, o'zi misqollab yig'ayotgan ekansizlar desam yana o'sha gap - odamlar nima deydi? Qachon shu qo'rquvdan batamom qutular ekanmiz?

  • 26 сент. 2024 г.28,2 тыс14121

    Support! O'zim mustaqil joy olib dars berishni boshlagan paytlarim shunday o'quvchilarim bo'lgan ana o'shalarda man haqiqiy supportni ko'rganman. Hozir bitta reaksiya yoki izoh yozishga yaramayotgan bir paytimiz, avval shunday o'quvchilarim bo'lardi - har oy 1, 2 marta darsga kelib, to'lov qilib yana bir oy yo'q bo'lib ketgan. Na aloqaga biror raqami bo'lardi na internetda manzili. Keyinchalik bilsam ustozga bizdan yordam bo'lsin deb shunday qilishgan ekan. Yana shunday bir o'quvchim bo'lardi - 1 yil maosh olmasdan ishlagan. Kunlik harajatiga majburlab pul bersam olardi lekin oylik haqida gap borsa YO'Q USTOZ! deb ishimda yordam berar edi. Nega unday qilasan desam Otam shunday deganlar. Ustozingni xizmatini qil, duosini ol lekin pulini olma deb uqtirgan ekanlar. Hozir o'sha shogirtim 3000$ dan ko'p pul topadi oyiga. Qarang hayotni qiziqligini.

  • 26 сент. 2024 г.20,9 тыс8619

    Jur'at! Ancha yil avval universitet javoblarini ko'rgani borganimda bir yigitga qoil qolgan edim. Imtihon natijalari doskasidan hamma o'zini qidirgan, kimdur o'zini byudjetda, kimdur o'zini kontraktda topgan. Kimdurlar esa 'chiziq' pastida. O'sha yerda xursandchilik ham bor edi, yig'i-sig'i ham. O'zim ham chiziq pastida ekanligimdan yaxshigina tushkunlikka tushib turgan edim. Bir payt yonimdagi yigit telefonini olib kimgadur telefon qildida 'Domla, o'qishga kira olmabman. Ertadan darslarni boshlasak bo'ladimi? Hozir qaytib yo'lga chiqaman.' dedi. O'sha yigitdagi jur'at menga ham yaxshigina dars bo'lgan edi. Biz taslim bo'lgan kundagini yengilgan bo'lamiz, kurashyapmizmi demak hali yengildik degani emas. Sizga ham o'qish davomida shunday jur'at tilab qolaman, guys! 📱 @mraslanov

  • 26 сент. 2024 г.21,5 тыс4011

    Qush daraxt shoxiga qo'nayotganda shoxning baquvvat ekanligiga ishonib emas o'zining shox sinib ketsa uchib keta olish qobilyatiga ishonib qo'nar ekan. Kurslarimizga qo'shilayotganlarga ham shu maslahat - avvalo o'zingizga, olib keta olishingizga ishonishingiz shart. Ikkilanyapsizmi demak o'xshamaslik ehtimoli ko'proq. Aksincha, ishonyapsizmi demak o'xshashi. 📱 @mraslanov

  • 16 мая 2024 г.57,3 тыс70356

    📹 Writing va Speakingga fikr (idea) yig'amiz! Channel: @Aslanovs_Lessons

  • 12 мая 2024 г.53,7 тыс38560

    IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 2 Channel: @Aslanovs_Lessons

  • 12 мая 2024 г.49,8 тыс34518

    IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 2 Channel: @Aslanovs_Lessons

  • 12 мая 2024 г.45,6 тыс32528

    IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 1 Channel: @Aslanovs_Lessons

  • 12 мая 2024 г.42 тыс34513

    IELTS Masterclass - IELTS Writing Task 1 Channel: @Aslanovs_Lessons

  • 9 мая 2024 г.38,3 тыс19015

    Ko'pchiligimizni dushmanimiz odamlardanda ko'ra telefonimiz...

  • 9 мая 2024 г.38,3 тыс1865

    Alam qiladigani to be ni 100% to'g'ri ishlatishni bilmasdan imtihon topshirayotganlar qancha. Gapirsangiz siz yomonsiz...

  • 7 мая 2024 г.40,8 тыс12017

    IELTS & Multilevel da qanday o'qish kerakligini, yuqori natija qattiq mehnat & vaqt talab qilishini bilasiz. Lekin baribir oson & tez yo'lini qidirib vaqtingizni o'tkazasiz. Fakt 😎