tgindex
Atom odatlar | Atomic habits | Жеймс Клир

Atom odatlar | Atomic habits | Жеймс Клир

Статистика
@Atom_Odatlarузбекский

Bog'lanish uchun: @Baxromov_blog

Последний пост
5 февр.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
215
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
4 786
20 постов
Вовлечённость
2226,0%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • 12 сент. 2025 г.1 08053из kariymulloh

    Haqiqiy karomat — istiqomat. Karomat — valiylarning gʻayrioddiy ishlari Istiqomat — bir ishda davomli boʻlish. Intizom natijasi hayratlanarli boʻladi. Hazrat har kuni 15 sahifa yozganlar Abu Gʻudda yoshlikdan har kuni 1 soat kitob oʻqiganlar Ali Tantoviy har kuni 30 daqiqa yozganlar Har kuni 1% oʻsish bir yilda 365% degani Har kuni bir bet oʻqish/yozish bir yilda 365 betlik kitob degani Allohga eng sevimli amal — oz boʻlsa-da davomli boʻlgani. Intizomning kuchini bilgan odam sehrga ishonmay qoʻyadi @kariymulloh

  • 13 июл. 2025 г.1 20043из Baxromov_blog

    Bugun, hozir Shayx hazratlari - bugun bilan yashagan edilar. Aziz Rahimov - Kunimizni o’zgartiraylik. Yilarimiz o’zi o’zgarib qolaveradi. - Kunlik, haftalik maqsadlarga e'tibor beraman, deyaptila. Naval Ravikant - Faqat hozir bor, hozir bilan yasha, hayol surma... Xulosa nima ekan? Faqat bugunlarimizni yaxshilash, bugun bajarish... Shu yil kelajak haqida o'ylayverib, bugunlarimni o'tkazib yuboribman. Qarasam o'sha kelajak(chalar) kelibdiyam, men joyimdaman. 2 haftalar avval bugunlarimni qanday o'tkazish haqida o'ylab, yozib, o'rganib boshlagan edim. Kecha, bugundan ritmga tushgandek bo'ldim, ko'p marta boshladim, Duo qilib turing bu safargisi bardavom bo'lsin. Loop habit tracker, Obsidian, AnkiDroid & Web, oddiy qog'oz kartochkalar oq, 2ta daftar, Stay Focused - yordam berib turgan instrumentlar @Baxromov_blog

  • 24 мая 2025 г.1 20072из Baxromov_blog

    Take action: Goals are nothing without action. Don't afraid to get started. Just do it. Harakatda bo'ling: Maqsadlar harakatsiz hech narsa. Boshlashdan qorqmang. Hozir bajaring. 🎯 @Baxromov_blog

  • 23 апр. 2025 г.1 53087из Baxromov_blog

    Romantika-chi? Muhabbat? Ishq qayerda qoldi? Uff, yana-mi. Mayli, ko'zingizni bir ochib qo'yay. Aqlli va muvaffaqiyatli yigit(va qiz)lar yoshlik vaqtlarini romantikaga sarflab o'tirmaydilar. (1) (2) (Yoshligimda qizlar ignor qilganiga zo'r bahona topdim, ha-ha). Bu inshoni o'qiyotganlar shu toifaga kiradi deb umid qilaman. Yo'qsa harflar bilan ko'zingizni qiynash o'rniga, instagramda o'tirgan bo'lishingiz mumkin edi. Romantikaga yoshligini sarflagan tengdoshlarim bor edi. Gullar tashib yurishardi. Doimiy sms almashishar edi. Kontaktlarida hamma qiz bola ismlari bor edi. O'n yil o'tdi. Nima bo'ldi? Aksarlari sochlari to'kilib, semirib ketishdi. Qizlar qaramay qo'ydi. Vaqtlari bekor ketgani uchun karyerani ham zo'r qila olishmadi. Oxiri o'zlari tengini topib, turmush qurishdi. Ilm ham olishmadi. Ilm va romantika – suv va olov. Bittasi ikkinchisini yashashga qo'ymaydi. Buni maktabimizdan bilaman. Eng dangasalar, romantikaga eng ko'p berilganlar bo'lib chiqadi. Yigitlardan ortmaydigan qizlar taqdirini yuqorida yozdim. Yana qo'shib o'tirmayman. Yoshlikda jimgina dars qilgan/ishni bosganlar esa, orzularidan ham ustunroq qizlarga uylanishdi. "To'xtang. Axir, ustunroq qizga uylanish xavfli edi-ku." Ha, faqat bir jihati bor. Bu yillar davomida ular ham o'sib borishdi. Oldin ham gaplashgandik. Orzumizdagi qizga uylanish uchun, uning ortidan yugurilmaydi. Ustimizda ishlanadi. Ilmliroq, odobliroq, boyroq, mehnatkashroq bo'linadi. Shunda yugurishga hojat qolmaydi. O'zi keladi. (Endi buyog'i o'zbekchilik, rasmiyatchilik uchun baribir yigit taraf sovchi qo'yadi.) (c) Parallel Muhit (insho)

  • 11 февр. 2025 г.2 17083из Baxromov_blog

    Understand How Wealth Is Created (original) It’s not really about hard work. You can work in a restaurant eighty hours a week, and you’re not going to get rich. Getting rich is about knowing what to do, who to do it with, and when to do it. It is much more about understanding than purely hard work. Yes, hard work matters, and you can’t skimp on it. But it has to be directed in the right way. If you don’t know yet what you should work on, the most important thing is to figure it out. You should not grind at a lot of hard work until you figure out what you should be working on. Boylik qanday yaratilishini tushuning (gpt tarjimasi) Bu faqat ko‘p mehnat qilish bilan bog‘liq emas. Siz restoranlarda haftasiga sakson soat ishlasangiz ham, boyib ketmaysiz. Boyish uchun nima qilishni, kim bilan qilishni va qachon qilishni bilish kerak. Bu faqat mehnat qilishdan ko‘ra ko‘proq tushunishga bog‘liq. Ha, mehnat qilish muhim va uni e’tibordan chetda qoldirib bo‘lmaydi. Lekin bu mehnat to‘g‘ri narsaga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. Agar siz hali aynan nimaning ustida ishlashingiz kerakligini bilmasangiz, eng muhim narsa – aynan nimani qilish kerakligini aniqlashdir. Qayerdadir ko‘p mehnat qilishdan oldin, nima ustida ishlashingizni tushunib olishingiz kerak. © The Almanack of Naval Ravikant @Baxromov_blog

  • 23 янв. 2025 г.2 500314из Baxromov_blog

    — Qayerdan o'zbekcha podcast, suhbatlar topsam bo'ladi? — Albatta, YouTube kanallardan. Hozir men o'sha kanallar nomini aytaman, tanishlaringa yuborib qo'yma, tag'in ular sendan o'zib ketishmasin. Uqding!? 1. Osmondagi bolalar 2. Najot Ta'lim 3. Cambridge learning center 4. Aziz Rahimov podcast 5. Alohida mavzu 6. Bek Olimjon (eskiroq videolarni ko'rsangiz bo'ladi shaxsiy rivojlanishda) hozir asosan tibbiyot sohasidagilar uchun 7. Asoschilar podcast 8. Maqsad 9. Oxirgisini senga qoldirdim, pastda yozib qoldirarsan. 🎯 @Baxromov_blog

  • 23 янв. 2025 г.2 05171из Baxromov_blog

    Read what you love until you love to read. O'qishni yoqtirib qolmaguningizcha nimaiki yoqsa shuni o'qiyvering Naval Ravikant

  • 30 сент. 2024 г.8 4064212из azizrahimov_twitter

    Yillar emas, muammolar ulg’aytiradi.

  • 11 авг. 2024 г.10,1 тыс213из azizrahimov_twitter

    Amalning ovozi baland.

  • 15 мая 2024 г.11 тыс106из Baxromov_blog

    Blog oching deb ko'pchilik aytishdi, aytishyapti. Nega? Chunki foydasi tegyapti. O'ziga, kuzatuvchilarga. Qanday foyda? Kanal orqali orttirilgan yangi tanishlar, fikrlash, fikrlarni tartiblab yozish qobiliyati. Kuzatuvchilar ham foyda olishadi, qiymatli postlardan. Hali ham blog ochmagan bo'lsangiz, bugun oching. Fikrlaringizni boshqalar bilan bo'lishgingiz kelmas, uyalayotgandirsiz men kimman blog yuritadigan deb. Hech kim ham birinchi yozishdan usta bo'lib ketmaydi, lekin yozishga usta bo'lish uchun yaxshi chiqmasa ham yozish kerak, shart. Agar boshqalarga ko'rsatgingiz kelmayotgan bo'lsa, kanal oching lekin shaxsiy bo'lsin. Xohlasangiz bir o'zingiz bo'ling kanalda. Lekin yozing. Kelib qolgan fikrlarni, xulosalarni. Sal vaqt o'tib asta sekin tanishlaringiz, do'st, dugonalaringizga taklif qiling blogingizni. Va keyin umumiy hamma uchun ochiq kanal qilib qo'yasiz. Bo'ldi. Qo'rqish kerak emas. Men shu blogimni yuqorisiga chiqib o'qib ko'rdim yaqinda. Qarasam har xil joylardan iqtiboslar yozib boshlagan ekanman. Kitobdan, videodan, rasmdan. Aziz Rahimovni bloglar evolyutsiyasi postida shu haqida yozilgan edi. Eslatma! Shaxsiy rasm va videolaringni ulashishdan ko'ra 3qator yozganing kelajakda senga ko'proq foyda keltiradi. @Baxromov_blog

  • Odatlar — o'z ustida ishlash jarayonidagi ko'payib boruvchi foizlardir. Har kuni bir foizdan yaxshilanib borish uzoq muddatda katta ahamiyat kasb etadi. Odatlar ikki tomoni o'tkir quroldir. Ular sizning foydangizga yoki zararingizga ishlashi mumkin. Shu sababli ularning mexanizmlarini tushunish juda muhim. Ma'lum bo'sag'adan o'tmaguncha kichik o'zgarishlar aytarli narija keltirmaydi. Har qanday geometrik progressiyada eng katta yutuqlar eng oxirida keladi. Bu bizdan sabr talab etadi. Atom odat — katta tizim tarkibiy qismi bo'lgan kichik odatdir. Molekulalar atomlardan tuzilgani kabi katta natijalar ham atom odatlardan tashkil topadi. Yaxshi natijalarga erishishni istasangiz, oldingizga maqsad qo'yishdan o'zingizni tiying. Uning o'rniga e'tiborni tizimga qarating. © Atom odatlar, James Clear @Atom_odatlar

  • Siz maqsadlaringiz darajasiga ko'tarilmaysiz, balki tizimingiz darajasiga tushasiz. Biz umidlarimiz darajasiga ko'tarilmaymiz, balki tayyorgarlik darajasigacha tushamiz. © Atom odatlar, James Clear @Atom_odatlar

  • Maqsadga erishish hayotimizni faqat qisqa muddatgagina o'zgartiradi. Bu esa doimiy yaxshilanib borish tamoyiliga mos kelmaydi. Ko'pchilik natijalarni o'zgartirish kerak, deb hisoblaydi. Aslida esa muammolarning ildizi u yerda emas. O'zgartirish kerak bo'lgan joy shu natijalarga olib keladigan tizimnidir. Muammolarni to'laligicha hal qilish uchun masalaga tizim darajasida yondashish kerak. Xom ashyo yaxshilansa, mahsulot o'z-o'zidan yaxshilanadi. ©Atom odatlar, James Clear @Atom_odatlar

  • Natija bu — odatlarning qay darajada yaxshi ekanini ko'rsatuvchi kechikkan mezondir. Shunday ekan boylik — bu moliyaviy odatlarning, vazn — ovqatlanish odatlarining, Bilim — o'qib-o'rganish odatlarining, xonangizning ozoda yoki tartibsiz ekani esa saranjomlik odatlaringizning kechikkan timsolidir. Nimani doimiy takrorlasangiz, shunga erishasiz. ©Atom odatlar, James Clear @Atom_odatlar

  • Assalomu alaykum azizlar! Bu kanalga endi Atom odatlar kitobida o'qib, belgilab qo'ygan foydali, qiymatli joylarini tashlab boraman. Nima deysizlar? @Atom_Odatlar

  • 24 мар. 2024 г.6 7302126из Baxromov_blog

    Uyg'onishdan maqsadlar boshqa-boshqa bo'ladi — "Obodonlashtirish"da ishlaydigan kishilar quyosh chiqmasdan ishlarni deyarli tugatay deyishgan bir paytda (erta saharda) sen shunchaki yurish yoki yugurishga yotgan o'rningdan turib chiqolmaysan. — Bilasanmi nega? Chunki sening yo'qotadigan narsang yo'q bu holatda. Chiqmasang nimadandir ajralib qolmaysan, stipendiyangni olib qo'yishmaydi, yotoqxonadan haydab yuborishmaydi, rahbaring ishdan bo'shatmaydi va hokazo. Lekin ular chiqishmasa ishidan ayrilishadi, uyda oilasi och qoladi... Ularda tanlov yo'q sendagi kabi. — Ertalab turib chiqib ko'r, saharlab ko'chada ishga shoshayotgan, ishlayotgan kishilarni ko'rib o'zinga savol ber "Ular o'z xohishlari bilan qilishyaptimi? O'z xohishlari bilan shunchalik erta turishyaptimi? ". — Sen bo'lsang qaysidir o'zing o'ylab topgan yolg'on va bahonalaring bilan o'z-o'zingni aldab yuribsan. "Yana 5minut uxlay", "Kecha og'ir kun bo'lgandi", "Kech yotgandim uxlashga", — Ko'chaga chiq. Telefoning qoldir yoki detox qil. Atrofga qara, tirikligingni his et, virtual dunyodan chiq. — Gap ertalab turib yurib, yugurishda emas. Ertalabki barakali vaqtni shunchaki uxlash va ijtimoiy tarmoqlarda sifatsiz kontent iste'mol qilish bilan o'tkazma. — Unutma, bugun o'zing xohlab erta uyg'onmasang, ertaga majburlab uyg'otishadi. Faqat uyg'onishdan maqsadlar boshqa-boshqa bo'ladi. Hozir o'qish, rivojlanish uchun uyg'onsang, ertaga og'ir, qiyin ishlarni majburan qilish uchun. — Albatta, har doim istisno holatlar bo'ladi. Men bunday emasman deyishing mumkin. Unda boshqalarni ham uyg'otishga harakat qilib ko'r (kursdoshing, sinfdoshing, yaqinlaring...) . Bu ketishda ertaga qanday hayot kutib olishi haqida eslatib qo'y. "Va eslating. Albatta, eslatish mo'minlarga manfaat berur." [51:55] — @Baxromov_blog

  • 7 мар. 2024 г.6 26122из muslimuzportal

    🌙 RAMAZON TAQVIMI m.2024 / h.1445 (Toshkent vaqti bilan) 📕 «Ey, iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz.» (Baqara surasi, 183-oyat). 🌙 Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim iymon bilan savob umidida Ramazon ro‘zasini tutsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi", dedilar (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati). 🕓 Yurtimiz hududlaridagi saharlik va iftorlik vaqtlarining Toshkent vaqtiga nisbatan tafovuti: ⏺Toshkentdan oldin: Angren - 3/4, Andijon - 12/13, Xonobod - 14/15, Shahrixon - 10/12, Xo‘jaobod - 13/13, Namangan - 9/10, Pop - 6/7, Chortoq - 10/10, Chust - 8/8, Farg‘ona - 9/11, Rishton - 6/9, Qo‘qon - 6/7, Quva - 10/12. ⏺Toshkentdan keyin: Bekobod - 2/0, Buxoro - 22/19, Gazli - 26/23, G‘ijduvon - 21/19, Qorakul - 25/23, Guliston - 4/2, Sardoba - 5/4, Jizzax - 8/6, Zomin - 6/4, Forish - 10/9, G‘allaorol - 9/7, Navoiy - 18/16, Zarafshon - 20/18, Mingbuloq - 26/24, Konimex - 19/17, Nurota - 16/15, Uchquduq - 22/23, Nukus - 37/39, Mo‘ynoq - 38/43, Taxtako‘pir - 34/37, To‘rtko‘l - 32/30, Qo‘ng‘irot - 40/43, Samarqand - 12/8, Ishtixon - 14/11, Mirbozor - 16/13, Kattako‘rg‘on - 15/13, Urgut - 11/9, Termiz - 10/6, Boysun - 14/9, Denov - 9/2, Sherobod - 13/7, Sho‘rchi - 10/6, Qarshi - 19/14, Dehqonobod - 17/11, Koson - 20/14, Muborak - 20/15, Shahrisabz - 13/10, G‘uzor - 18/12, Urganch - 35/35. Ўзбекистон мусулмонлари идораси Матбуот хизмати #Ramazon_taqvimi #Ramazon #vaqtlar MUSLIM.UZ GA 😎 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣 ▶️ YouTube | 📷Instagram | 🔵 Facebook

  • 5 мар. 2024 г.4 921148из Baxromov_blog

    Azizbek Rahimov ishtirokida Najot Ta'limda bo'lib o'tgan "Autodidactism — mustaqil o’rganish, mustaqil yashashga eng tez yo’l" nomli master klassda yozib olganlarim: - Nima uchun o'rganmoqchimiz? Sababi bo'lishi kerak. O'rganishdan maqsad bo'lsa yaxshiroq o'rganadi. Ikki kishi bir xil kitob o'qiydi, lekin har xil foyda oladi. - Kimgadir o'xshamoqchi bo'lganingiz uchun nimadir o'rganmoqdasiz, harakat qilmoqdasiz. Atrofdagilarga o'xshashga harakat qilamiz. - Kimga, qaysi insonlarga o'xshamoqchisiz, o'xshashingiz kerak? Qidiring, yozib chiqing. Harakat qiling, o'xshab qoldimi, keyingisiga o'ting. - Hozirgi holatimizga rozi emasmiz, bundan ham yaxshiroq bo'la olamiz. Shu ham bizga maqsad bo'ladi. - Mustaqil o'rganadigan inson uchun ichki motiv kerak. - Muhit kerak. Shu kishilarga o'xshamoqchimisiz, shunday insonlar ichida yurishingiz kerak. - Atrofingizdagilar to'xtab qolgan bo'lsa, siz ham shunday bo'lib qolasiz. shuning uchun qanday bo'lishni xohlagan kishilar jamoasiga qo'shiling. - Bilim hosil bo'lish jarayoni bor, bu faqat beruvchiga emas, qabul qiluvchiga ham bog'liq. - Juda ko'p javobi topilmagan savollari bo'lgan odam tezroq o'rganadi. Savolni o'zi ilmdan keladi, yangi bir savolga javob topishimiz yana ikkita savol paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Javoblar hech qachon savollardan ko'p bo'lolmaydi. - Situationally knowladge - holat ilmini o'rganishimiz kerak, savol ko'p topish uchun. O'quvchilik ilmini olishimiz olishimiz kerak, chunki shu muhitda yuribmiz. - Qilayotgan ishimizning ilmini o'rganishimiz kerak. - Qanday kitob o'qishni tavsiya berasiz? Qanday holatdaligingiz haqida kitob o'qing, maslahat. - Ma'lumot olish bosqichi, bunda eng yaxshisi kitoblar. Boshida kitoblar bo'lsin, keyinchalik kurs, podcast... - Kitob o'qish haqida kitob bor. Kitoblar qanday o'qiladi (How to read books) . - Savollar ro'yxati, javoblarni topamiz, keyin amalda qilamiz. Ilm doim amal bilan tugasin. - Hozir mustaqil o'rgandingiz, keyingilari oson bo'ladi. - Sizda yo'q narsalarning sababi borib bilimga taqaladi, tubida shu yotadi. @Baxromov_blog

Atom odatlar | Atomic habits | Жеймс Клир — tgindex