A'zambek blog
Статистика@everest_beruniy o'quv markazida menejer sifatida ishlayman. • 50+ jamoani boshqaraman • Boshqaruv bo’yicha bilimlarni hamda • Shaxsiy rivojlanish sayohatimni ulashib boraman Hamkorlik: @Azambeek
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 179
- 1/48двое суток
- 205
- 1/72трое суток
- 221
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Ielts olsiz — Gelik beramiz. Shu reklamani ko‘rganmisiz? Yangi o‘quv yili yaqinlashgani sari Instagram reklamalarga to‘lib ketmoqda: Mashhur blogerlar. Katta treninglar. Chiroyli markazlar va katta va’dalar. “IELTS 9.0 olsangiz — GELIK beramiz.” Men kurs tanlayotgan bo‘lsam, Gelikga emas o'quvchilar natijalariga qarardim. Chunki men kursga mashina yutish uchun emas, IELTS olish uchun kelyapman. Menga har yakshanda kelib trening o'tib beradigan blogerning hayoti qiziq emas. Menga dushanbadan shanbagacha qanday dars berilishi qiziq. Hozir Instagramda INFO-LO'TTIBOZLIK ko‘paymoqda: Odamga bilim o'rniga umid sotish. Shuning uchun kurs sotib olishdan oldin 2 ta savol bering: 1. O‘tgan yili nechta studentiz IELTS oldi? 2. O’quvchilar sertifikatlari bormi? Noto‘g‘ri tanlov qilsangiz, oxirida: na IELTS qoladi, na pul va na vaqt. Chunki haqiqiy o‘quv markaz sizga: “IELTS olsangiz — gelik beramiz” deb shou qilmaydi. Kurs tanlayotgan tanishingiz bo'lsa, unga yuboring. Uning puli va vaqti behuda ketishidan saqlab qolasiz! @azambek_blog
Bu o’quv yilini eng oxirgi futboli jamoa bilan. Mazza qildik. Futbol — antistress biz uchun.
Odamlar bilan muloqot qilishda nimada qiynalasiz? 1. Suhbatni boshlashga. 2. Begona odam bilan gaplashishga. 3. Suhbatni davom ettirishga. Raqamini kommentga yozing. Keyingi postda shu muammo uchun ishlaydigan usulni yozaman. Ps. Ko'pchilik buni pullik…
Jamoadoshlarimdan kelgan video😂
Odamlar bilan muloqot qilishda nimada qiynalasiz? 1. Suhbatni boshlashga. 2. Begona odam bilan gaplashishga. 3. Suhbatni davom ettirishga. Raqamini kommentga yozing. Keyingi postda shu muammo uchun ishlaydigan usulni yozaman. Ps. Ko'pchilik buni pullik kurslarida o'rgatadi. Siz bepul bilib olasiz🤭
2 - qism. Men hali bilmasdim … Bizga 2 haftalik ish uchun 7 kun berildi. Yangi filial qurilishi hali tugamagan. Normal hisobda yana 2 haftadan ko‘proq vaqt kerak. Lekin topshiriq aniq: “7 kundan keyin filial ochilishi kerak.” Markaz tayyor bo‘lishi kerak va bularning hammasini bir vaqtda qilishimiz kerak edi. Ertasi kundan Solution jamoasi bilan markazda ishlashni boshladik. 11:00 dan 22:00 gacha. Bir ishni kutib, ikkinchisini to‘xtatib qo‘yishga vaqt yo‘q. Shuning uchun hammasini parallel qildik. Markaz bir tomondan tayyorlanardi. Jamoa ikkinchi tomondan yig‘ilardi. Oson bo‘lmadi. Lekin 7 kun o‘tdi. Filial ishga tushdi va o‘sha hafta menga bitta muhim narsani o‘rgatdi. Hech qachon ideal vaqtni kutmang. Chunki ideal vaqt kelmasligi mumkin. Ba’zan bizning o‘zimiz ham tayyor bo’lmaymiz. Lekin boshlaymiz. Keyin yo‘l-yo‘lakay o’rganamiz, moslashamiz va quramiz. • Qo’shilaman — 💯
Hamma bayram qilayotgandi, biz esa… 2025-yil dekabr. Yil oxiri. Rostini aytsam, o‘sha paytda hammasi yaxshi ketayotgandi. Jamoa joyida. Ishlar joyida. Natijalar 2x oshgan. Kayfiyat ham yaxshi. Shu holatda yilni yopish uchun jamoa bilan Vietnamga uchdik. Bir hafta. Ishdan uzildik. Birga dam oldik. Sayohat qildik. Jamoa bilan mazza qildik. Ba’zan jamoa bilan ishlashdan ko‘ra, jamoa bilan shunchaki vaqt o‘tkazish ham kerak ekan. Chunki odamni faqat ish jarayonida emas, hayotda ham tanish kerak. Bir hafta o‘tdi. Vietnamdan Vatanga qaytdik. Yangi yil boshlandi va oradan atigi uch kun o‘tib yana yig‘ildik. Bu safar sabab bor edi. Jamoadoshimiz IELTS dan 9.0 natija olgandi. Uni tabriklash uchun qaytdik. Qarsaklar. Kameralar. Syomkalar. Tabriklar. O‘sha kun juda yaxshi o‘tdi. Kunning eng qiziq qismi hali oldinda edi. Tadbir tugadi. Jamoadagilar tarqala boshladi. Biz esa Founder bilan markazda uchrashishga kelishdik. Nega? Chunki yana bitta filial ochilish jarayonida edi va endi kayfiyat birdan o‘zgardi. Bir necha daqiqa oldin 9.0 ni nishonlayotgan edik. Endi esa yangi filialning rejasi turardi. Zapusk qanday bo‘ladi? Jamoani qanday shakllantiramiz? Lekin men hali bilmasdim bu oddiy filial zapuski emasligini. • Davomini kutayotganlar ❤️ @azambek_blog
"Yomg'ir yog'sa xursand bo'lolmaydigan bolani ko'rganmisiz?" Ko'pchilik uchun yomg'ir — romantika. Deraza oldida choy. Yoqimli hid. Sokin musiqa. Lekin bir bola uchun yomg'ir... Qo'rquv edi. Chunki yomg'ir boshlanishi bilan uydagi chelaklarni olib chiqish kerak bo'lardi. Tomdan yana suv o'tardi. Gilamlar ivirdi. Polga suv to'lardi. Uy ichida uxlash emas... Suvni to'xtatish boshlanardi. Shu uyda uch kishi yashardi. Onasi. Ukasi va u. Bir xonali, bozor orqasidagi eski uy. Ba'zan odamni qashshoqlik emas... Yomg'irning ovozi qo'rqitardi. U hali bola edi. Lekin hayot uni bola bo'lib yashashiga ruxsat bermadi. Maktab tugashi bilan bozorga yugurardi. Arava tortardi. Yuk tashirdi. Kerak bo'lsa odamlarga choy olib borardi. Har kuni. Har hafta. Har oy. Bir narsani juda erta tushungan edi. Qashshoqlik uyat emas. Lekin undan chiqishga urinmaslik uyat edi Maktab tugadi. Universitetga hujjat topshirdi. Yiqildi. Yana topshirdi. Yana yiqildi. Ikki yil. Ketma-ket. Atrofdagilar asta-sekin umidini uzdi. — Bo'lmadi-da... — Nasib emas ekan deb... Faqat ichida bitta gapni takrorlardi. Men hammasini o’zgartiraman. Bir kuni pochchasining oldiga bordi. — Men kursga bormoqchiman. — Kurs pulini men to'layman dedi pochchasi. San faqat o’qishga kirsang bo’ldi dedi. U matematika va fizika kursiga qatnay boshladi. Kursning bitta qoidasi bor edi. Har oy eng yuqori ball olgan o'quvchi keyingi oy bepul o'qirdi. Birinchi oy. U birinchi bo'ldi. Ikkinchi oy ham uchinchi oy ham. Ro'yxatlar almashardi. Lekin tepadagi ism o'zgarmasdi. Bir oy emas. Ikki oy emas. Deyarli bir yil davomida kursning pulini uning bilimi to'ladi. Pul emas. Intizomi. Har safar test topshirayotganida u bitta narsani eslardi. Tomidan suv o'tadigan uyni. Onasining jimligini. Bozordagi aravani. Shuning uchun u hech qachon taslim bo'lmadi. Universitet natijalari chiqqan kuni... Qo'llari titrardi. Qog'ozga qaradi. Ko'ziga birinchi bo'lib bitta so'z tashlandi. ‘’Grant." Uyga yugurib bordi. Onasi eshikni ochdi. Nima bo'ldi, bolam? U hech narsa demadi. Faqat qog'ozni uzatdi. Onasi avval qog'ozga emas... O'g'lining ko'zlariga qaradi. Hammasini tushundi. Bugun o'sha bola ingliz tili o'qituvchisi. Har kuni darsga kiradi. O'quvchilariga ingliz tili o'rgatadi. Lekin aslida u ularga boshqa narsani o'rgatadi. Sharoit taqdirni belgilamaydi. Qaror belgilaydi. Men bu hikoyani bitta sabab uchun yozdim. Bugun sizda issiq uy bor. Internet bor. Telefon bor. Kitoblar bor. Kurslar bor. Imkoniyatlar bor. Lekin bahonalar ham bor. Ba'zi odamlar tomidan suv o'tadigan uyda yashab ham taqdirini o'zgartiradi. Ba'zilar esa barcha sharoitga ega bo'lib ham... "Hali vaqtim kelmadi", deydi. Shuning uchun o'zingizdan bitta savol so'rang. Sizni to'xtatib turgan narsa haqiqatan ham sharoitmi... yoki bahonami? • Kimligi qiziqmi u insonni —🔥 @azambek_blog
2- qism. O‘sha kuni rahbarlik haqida bilganlarimning yarmi noto‘g‘ri ekanini tushundim. Muammo jamoada emas edi. Muammo men hammani bir xil odam deb o‘ylaganimda edi. Rahbarning vazifasi hammani bir xil boshqarish emas, har bir insonni to‘g‘ri boshqarish ekan. Masalan, jamoamdagi bir o‘qituvchi bilan qattiq gaplashsam, ertasi kuni darsiga ikki karra tayyorlanib kelardi. U bosimni o'sish sifatida qabul qilardi. Boshqa bir o‘qituvchi bilan xuddi shunday gaplashganimda esa, u tashqaridan “xo‘p” derdi, ichida esa demotivatsiya bo'lardi. Men avval “adolat” qilyapman deb o‘ylardim. Aslida esa hammani bir xil usul bilan o‘lchab, turlicha natija olayotgandim. Keyin fikrlashimni o‘zgartirdim. Kimdir bilan raqamlar orqali gaplashdim. Kimdir bilan maqsadlari orqali. Kimdir bilan qat’iy nazorat orqali. Rahbarlik — odamlarni o‘zgartirish san’ati emas. Avvalo o‘zingning uslubingni o‘zgartirish san’ati ekan. Hammaga bir xil munosabat qilish adolatdek ko‘rinadi. Lekin haqiqiy rahbarlik — har kimga uning o‘sishiga xizmat qiladigan sharoitni bera olishdir. Chunki jamoa bu bir xil odamlar to‘plami emas. Bu turli xarakter, turli qo‘rquv, turli motivatsiya va turli orzulardan tashkil topgan tirik tizim. • Qo'shilasizmi — 💯 @azambek_blog
Komandam menga universitet o'rgatmagan narsani o'rgatdi. 2024-yil. Menejerlikni endi boshlagan paytlarim edi. Men rahbarlikni kitoblardan o'rgansa bo'ladi deb ishonardim. Leadership, menejment va psixologiya haqida qancha ko'p o'qisam, shuncha yaxshi rahbar bo'laman deb o'ylardim. Keyin jamoa bilan ishlashni boshladim. Boshida bitta qoida bilan ishlardim. Hammaga bir xil munosabatda bo'lsam, yaxshi menejer bo'laman deb o'ylardim. Ya'ni bir xil talab, bir xil qoida va bir xil standart. Boshida hammasi yaxshi ketayotgandek edi. Lekin vaqt o'tgani sari g'alati narsalar yuz bera boshladi. Bitta jamoadoshimizga bergan feedbackim uni yanada kuchliroq ishlashga sababchi bo'lardi. Xuddi o'sha feedback boshqa jamoadoshimni butunlay depressiyaga solardi. Biriga erkinlik bersam, natijasi ikki baravar oshardi. Boshqasiga erkinlik berilsa, o'zini yo'lini yo'qotib qo'yardi. O'sha vaqtda meni bitta savol tinch qo'ymagandi: Muammo jamoadoshlarimdami yoki mening boshqaruvimdami...? O'sha kuni rahbarlik haqida bilganlarimning yarmi noto'g'ri ekanini tushundim. • Davomi qiziq bo’lsa — ❤️ @azambek_blog
Qaytamizmi? 20 kundan beri kanalga deyarli yozmadim. Sababi oddiy. Hayotimni pro-aktiv rejimga o'tkazishga harakat qilayapman.Pro-aktiv yashash chiroyli eshitilgani bilan, amalda juda noqulay ekan. Chunki komfort zone juda qulay. U yerda hech kim seni bezovta qilmaydi. Hech qanday risk yo'q. Xato qilish qo'rquvi yo'q. Lekin eng yomoni. O'sish ham yo'q. Hozir men aynan shu noqulaylik ichidaman. Ba'zi kunlari o'zimni majburlashga to'g'ri kelayabdi. Ba'zida eski hayotimga qaytgim keladi. Chunki eski hayot yomon bo'lsa ham, tanish. Qulay hayot har doim ham yaxshi hayot degani emas. Bugun ya'na shu kanalga qaytdim. Lekin shunchaki post yozish uchun emas. Ya'na bir marta harakat qilib ko'rish uchun. Keyingi postlardan boshlab bu yerda ya'na menejment, leadership, shaxsiy rivojlanish va real hayotdagi tajribalar bo'ladi. Faqat bu safar kontent ko'proq bo'lmaydi. Amal ko'proq bo'ladi. Qaytish tugmasi — 🔥 @azambek_blog
Кимдир сизга бошқа биров устидан шикоят қилса, аввало: «Бу гапни унинг ўзига айтдингизми?» — деб сўранг. Агар айтмаган бўлса, бундай инсонларни чопинг!
,,Ustoz, o'qiyman'' degan gapning narxi qancha? Restoranda ovqat yeb, pul bermay chiqib ketishga jur'at yetmaydi. Taksiga o'tirib, haqini bermasdan tushib ketmaydi. Lekin ustozning mehnatiga kelganda negadir vijdon jim. Bir narsani tushunmayman. Kursga yoziladi. Ustoz albatta o'qiyman deydi. Bir oy darsga keladi. Homework qiladi. Qo'shimcha darslarga keladi. Hatto IELTSdan 8.0 olishni orzu qiladi. Keyin kurs puli eslatilsa... Telefon qilsa ko'tarilmaydi. Telegramga oxirgi marta kirilgani ham yashiriladi. Xabar o'qiladi. Javob esa yo'q. Go'yoki Yer yuzidan yo'qolganday. Ko'pchilik bilimni oddiy xizmat deb o'ylaydi. Aslida esa har bir dars ortida ustozning vaqti, tajribasi va mehnati turadi. Pulingiz bo'lmasa, ayting. Kutamiz. Yordam beramiz. Lekin indamay g'oyib bo'lish pul muammosi emas. Bu xarakter muammosi. Chunki vaziyatini tushintirgan odamni tushunish mumkin. Lekin so'zida turmaydigan odamga ishonib bo'lmaydi! @azambek_blog
Natija chiqmayotganiga ingliz tili emas, noto'g'ri ustoz sabab bo'lishi mumkin. Tasavvur qiling. 6 oy. Har kuni dars. Har hafta uyga vazifa. Har oy to'lov. Lekin bugun ham oddiy gapni tushunishga qiynalasiz. Shu paytda o'zingizni ayblashni boshlaysiz. "Menda qobiliyat yo'q." "Yoshim o'tib ketgan." "Ingliz tili menga emas ekan." Sizning aybingiz ingliz tilini o'rganayotganiz emas. Siz noto'g'ri odamga ishonganiz. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda ustoz bo'lish uchun diplom ham kerak emas. Natija ham kerak emas. Telefon bo'lsa bo'ldi. Bir nechta chiroyli videolar. Bir nechta baland va'dalar. Bir nechta "muvaffaqiyat tarixi". Va minglab odamlar bunga ishonadi. Chunki ular reklamani ko'radi. Lekin metodikani tekshirmaydi. Natijani emas, kontentni sotib oladi. Shuning uchun kurs tanlayotganda narxiga emas, quyidagiga qarang: Shu ustoz nechta odamni natijaga olib chiqqan? Natijalarini tekshirish mumkinmi? Dars tizimi bormi yoki hammasi motivatsiyadan iboratmi? Haqiqiy ustozni videolari emas, shogirdlari reklama qiladi! @azambek_blog
Jamoa va lider. Keça hamma Portugaliya bilan emas, Ronaldo bilan xayrlaşdi desak böladi. Men bir holatga bu joyda e‘tibor berdim, bunda yutqizişning asosiy sababi jamoaviylik yöqligida böldi menimça. Messining Argentinasida butun jamoa Messi uçun öynagan bölsa, Portugaliyada içkaridagi nizolar tufaylimi yoki boşqa sababga körami, Ronaldoga qarşi öynagandek tuyuldi menga. Mana şunda biznes uçun nima xulosaga keliş mumkin? Birinçi navbatda jamoa ma‘lum bir lider atrofida harakatlanişi juda muhim, bu biznes egasi bölişi ham mumkin yoki biznes egasi tomonidan qöyilgan boşqaruvçi bölişi ham mumkin, asosiysi jamoa uni qabul qilişi va uning ortidan ergaşişi kerak, barça uning ğalabasi uçun harakat qilişi kerak, aslida faqatgina uning ğalabasi bölmaydi, ğalaba butun jamoaniki böladi. Ya‘ni lider orqali barça ğalaba qozonadi. Argentina terma jamoasiga biror futbolçi olişda unga barça rozi bölsa ham, lekin Messi uning jamoaga kelişiga qarşi bölsa, u jamoaga qabul qilinmas ekan. Ya‘ni şu jamoada öynamoqçi bölsang, liderga qarşi emas, u uçun öynaşing kerak. Biznesda ham şunaqa, butun jamoa lider atrofida harakat qilsagina jamoaning har bir a‘zosi ğalabaga erişadi. @bektoshkhatamov
Kelishuv turlari Ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi kelishuv - bu shunchaki gap yoki qog‘oz emas, bu ikkala tomonning bir-biriga bo‘lgan mas’uliyati. Uni qanaqa turlari bor? Asosiy 2ta turi haqida: 1. Vazifa kelishuvi: "Ish bitsa, tamom». Sen qancha vaqt ishlashing muhim emas, muhimi - sifatli natija. Xodim uchun: Sen o‘z vaqtingni o‘zing boshqarasan. Ishingni 2 soatda qilib tugatsang, qolgan vaqt seniki. 2. Vaqt kelishuvi: Kompaniya seni 8:00 dan 17:00 gacha bo’lgan vaqtingga pul to’laydi. Sen shu vaqt davomida kompaniya ixtiyoridasan. Kompaniya senga vaqting uchun pul to‘laydi. Xodim uchun: "O‘z ishimni qilib bo‘ldim" degan bahona bu yerda o‘tmaydi. Ish joyida bo‘lgan har bir daqiqang - kompaniyaning resursi. Ijtimoiy tarmoqlar: «reels», «shorts», kompaniya tomonidan ajratilgandan ortiqcha shaxsiy ishlarga vaqt sarflash - bu ochiq-oydin o‘g‘rilik bo’ladi. "Ishim kam, vaqtim ko‘p, nima qilay?" degan savolga «telefonimni titkilasam nima qipti?» deb javob berish - bu eng oson, lekin eng noto’g’ri yo‘l. Agar sen 2-turda ishlasang, bo‘sh vaqtingni qanday ishlatish kerak? 1. Rahbaringdan so‘ra: "Ishimni bajarib bo‘ldim, yana qanday foyda keltira olaman?" 2. O‘zingni o‘stir: O‘sha vaqtni o‘z sohang bo‘yicha yangi bilim olishga, tizimni optimallashtirishga yoki hamkasblaringga yordam berishga sarfla. 3. Tartibni hurmat qil: Agar kompaniya senga vaqt uchun pul to‘layotgan bo‘lsa, u vaqt ichida o‘z shaxsiy ishlaring bilan, bekorchi ishlar bilan shug’ullanish - bu kelishuv shartlarini buzishdir.
4 yil o'qib nega ko'p bitiruvchilar ish topa olmaydi? Bu savolning javobi siz o'ylagandan ham oddiy. Universitetda bizni ko'pincha hamma fanlardan o'rtacha bilishga o'rgatishadi. Lekin mehnat bozori boshqacha ishlaydi. Unga sizning hamma narsani bilishingiz kerak emas. Unga eng kerakli narsalarni yaxshi bilishingiz kerak. Bu Pareto qonunining ta'limdagi ko'rinishi. Natijangizning 80 foizi, ko'pincha o'rgangan narsalaringizning eng muhim 20 foizidan keladi. Tasavvur qiling. Ikki talaba bir xil diplom bilan universitetni tugatdi. Birinchisi barcha fanlardan yaxshi bahoga o'qidi. Ikkinchisi esa dars bilan birga ingliz tilini o'rgandi, kompyuter va sun'iy intellektdan foydalanishni o'rgandi, amaliyot qildi va muloqot ko'nikmasini rivojlantirdi. Sizningcha ish beruvchi qaysi birini tanlaydi? Muammo ko'pchiligimiz vaqtimizning 80 foizini imtihondan keyin unutiladigan ma'lumotlarga sarflaymiz. Kelajagimizni o'zgartiradigan 20 foiz ko'nikmalarga esa vaqt topolmaymiz. Universitet sizga ko'p narsani o'rgatadi. Lekin kelajagingizni eng ko'p o'zgartiradigan narsa to'g'ri tanlangan 20 foiz ko'nikmalardir.
видео или голосовое, без подписи
Sizning telefoningiz sizdan aqlliroq yashayapti. Ha. Bu g'alati eshitilishi mumkin. Lekin telefoningiz har kuni rivojlanayapti. Yangilanadi. Ishlashi tezlashadi. Yangi funksiyalar qo'shiladi. Sizchi? Oxirgi bir yilda nimangiz o'zgardi? Ingliz tilingiz yaxshilandimi? Yangi kasb o'rgandingizmi? Daromadingiz oshdimi? Yoki faqat telefoningiz modeli yangilandimi? Achinarlisi shundaki.. Ko'pchilik bilim olish uchun telefon sotib oladi. Lekin undan faqat vaqtini yo'qotish uchun foydalanadi. Telefon muammo emas. Muammo uni kim boshqarayotganida. Siz telefonni boshqaryapsizmi? Yoki telefon sizni? Hayotingizni o'zgartirish uchun yangi telefon kerak emas. Yangi odatlar kerak. Qo'lingizdagi telefon kelajagingizni qurishi ham mumkin, uni o'g'irlashi ham. Tanlov esa har kuni o'zingizniki. @azambek_blog
Universitetda 4 yil o'qib, 4 oy ish qidirib, suhbatdan 4 minutda chiqib ketish alam qilsa kerak aaa?