tgindex
Azim SUYUN ijodi

Azim SUYUN ijodi

Статистика

Olam taqdiri – odam taqdiri.

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
9
Всего постов
127
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
385
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
111
40 постов
Вовлечённость
28,8%
к подписчикам
Постов в день
1,3
всего 127
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
72
1/48двое суток
82
1/72трое суток
88

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • #mangu_lahza O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim, O‘zbekiston Qahramoni Ibrohim G‘afurov, Ardoqli shoir Azim Suyunning tavallud topgan Nakurt qishlog‘ida… t.me/AzimSuyun_ijodi

  • Salim Ashur, Eshqobil, Faxriyor, Abduvali, otlarin egarlardi keng maydonda chopgali.   Iqbol Mirzo-yu Zebo, Halima, Ahmad, Bahrom, Rustam, Xosiyat, Qo‘chqor Kelardi shaxdam-shaxdam.   Nahot yoshlik shuncha tez o‘tib ketdi, jo‘ralar. Savr guldiragiday yitdi-bitdi, jo‘ralar. Tengqurlarimiz ko‘rki qizlar ham yo‘q emasdi, kibornihol Sharifa bizni ko‘zga ilmasdi.   Tog‘ sumbuli tagida kaklikning uyasi. «Ozodlik»ni zap yozdi o‘zbek Qutlibekasi.   Zo‘rmi ilhom parisi, yo turmush parisi zo‘r, Muhtarama Ulug‘dan so‘rab ko‘rsak, ne deyur?..   Xosiyatu Erkatosh Samarqanddan kelardi, Kattaqo‘rg‘on holvasin «zakuska» deb berardi.   Ular husniga ko‘kdan oy ham boqib... lol, hayron, ba’zi tengqurlarimiz bo‘lardi yoqavayron.   Dilbar Haydar she’rini og‘zin tanobi qochib «Ofarin!» deb yubordi o‘qigach Vohid Zohid.   Bizning izlaganimiz ko‘ngil yerlaridadir. Faridaxon Afro‘zning shabnam she’rlaridadir.   Nahot yoshlik shuncha tez o‘tib ketdi, jo‘ralar. Savr guldiragiday yitdi-bitdi, jo‘ralar.   U payt Qozoqboy Yo‘ldosh, Sirdaryoning bo‘yida, «Partkom»lik qilardi – bitta kolxo‘z bo‘ynida.   Maydonga tushdingmi, bas qashima manglayingni, bugun do‘stimizning she’r ko‘targan tanglayini...   Abdulla Matyaqubov Zukko, lekin boladay, Sag‘al yo‘ldan toysak gar «Netma... – derdi, – malodoy».   Ibrohim Haqqul u payt sholilarni oqlardi. Bugun faqat dunyodan o‘tganlarni yoqlaydi.   Suvon Melini jiddiy o‘qidik-o o‘qidik. Qalamidan uchgan so‘z naq jayraning sixidek.   Adhambek Alimbekov odamoxun, ko‘p o‘qir. davrada soqiy edi, hozir-da ham u soqiy...   Nahot yoshlik shuncha tez o‘tib ketdi, jo‘ralar. Savr guldiragiday yitdi-bitdi, jo‘ralar.   Har kimning o‘z bog‘i bor, shirin, achchiq mevasi. Bugun tengqurlarimning oltmish nari-berisi.   Dunyoda bitta erur adolat tarozusi, lekin juda ko‘p bo‘lur adolatning qozisi.   Nimalarni ko‘rmadik, gohi yurdik uloqib, o‘zimizga o‘zimiz do‘st bo‘lib yurdik gohi.   Nimalarni ko‘rmadik, xasadgo‘yni ko‘p ko‘rdik, pana-yu pastqamlarda ularni to‘p-to‘p ko‘rdik.   To‘dasidan ayrilgan chumoli kabi sarson, bozorda yurar, qancha «daho» bo‘laman degon.   Tabiati ijoddan yiroq ba’zi mushtumzo‘r, oldingda yaltoqlanib, ortingda fasod to‘qur...   Gulxayrining yoniga borib bo‘lmaydi yozda, bo‘lar qovoqarilar bozorlari avjida.   Nimalarni ko‘ryapmiz... Mana, bu oppoq qog‘oz, uning yuzin qop-qora qilar bugun nazmboz.   Shunday ko‘pdirki ular, Yo‘qdir nari-berisi. Qo‘shiqchilar ortidan chopar to‘p-to‘p barisi.   Shoirman deb aytishga hatto qilmoqdamiz or, mayli, Navoiy bobo, Siz biz uchun najotkor!   Qush qanoti bo‘lsa-yu, lekin ko‘r bo‘lsa ko‘zi, qancha qilsin harakat saqlab qololmas o‘zni.   Pok suvdan hamma ichar, yuzsizlardan yuz burdik, nazarkardalarim-o, biz sizlarga so‘z burdik.   Gulnovdaning shoxida hur qushlar chah-chahlasin. Vatan istiqlolini Tangrimiz yorlaqasin.   Istiqlol kabutari abadiy qilsin parvoz, o, uning parvoziga qancha xizmat qilsak oz.   Elu yurtimiz ichra bugun yuzimiz yorug‘. Azim Suyun qutlaydi, Yangi yil bo‘lsin qutlug‘!    2006   Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

  • #Sheʼriy_lahzalar     TENGQURLARIMGA YANGI YIL XATI   Nahot yoshlik shuncha tez o‘tib ketdi, jo‘ralar. Savr guldiragiday yitdi-bitdi, jo‘ralar.   Kechagina Toshkentga, olis-yaqin qishloqdan, gurillab kelgan edik, har birimiz chaqmoqday.   Jismi a’zolaringdan aziz narsa yo‘q asli, har biringiz o‘zimsiz, ey, mening tengqur naslim.   Tanda yonardi olov, yonar edi she’r bo‘lib, Usmon Azim o‘qirdi «Boychechak»ini to‘lib.   Talabalar shahari, unda har yotoqxona, eslaysizmi, jo‘ralar, bizga edi mayxona.   Sho‘xlik, ranjsiz dunyo yo‘q, aytsak gapning o‘rolin, oshnolaring ko‘rgil chin mayxo‘rlikda ahvolin.   Daho edik barimiz, kamida Pushkincha bor. «uxlamay she’r yozgum...», – deb Shukur Qurbon bemador.   Yo‘ldosh Eshbek-chi, aksi «picha uxlab olay...»lab, qotib xurrak otardi qo‘yib bersang oy-oylab.   Tayga o‘rmonlari, o, esdami, Xurshid Davron, Pashshalarga talanib qochib yurdik bir zamon.   Yenisey qirg‘og‘ida gulxan yoqdik shu kecha, yigirmata yosh shoir she’r o‘qishdik tonggacha.   Yeddami, qoraqalpoq Hikmatillo, Jiyanboy, sarxush yig‘laganlari: «Yenisey bu Enasoy».   Muhammad Rahmon, jo‘ra, doim yonim, yondoshim, boshingda aylandi ko‘p yoshlikdan yozuq toshi...   Nasihat yo‘li uzun, ibrat yo‘li qisqadir, sen haqda yozaversam, hayoting bir qissadir.   Doim topqir Mirpo‘lat: «yozdim, – deya, – zo‘rini», o‘qir edi... Hozir ham o‘qir o‘sha she’rini.   O, Abdulla Turdiev, Ko‘plarga ustoz edi. Undan kitob qolmadi, Lekin shogirdlar qoldi.   Nahot yoshlik shuncha tez o‘tib ketdi, jo‘ralar. Savr guldiragiday yitdi-bitdi jo‘ralar.   O‘, Murod Muhammad Do‘st, latifalar to‘qirdi. «...quvonch sadosi»ni u shoir bo‘lib o‘qirdi.   «Dashtu dalalar...» uzra undi bugun chechaklar, garchi olis-olisda qolib ketdi cho‘pchaklar.   Qaysi biri to‘g‘ri deb – «Atoiy»mi, «Otoyi» – dimog‘idan gapirib Erkin A’zam shaydoyi.   «Quduq tepasida oy» – yozgandi G‘affor Hotam, tan berdi Hotamtoyday odil Odil Yequb ham.   Tog‘ay Murod doimo, qovoq uyub davrada, Baringdan o‘zim zo‘r, deb olayardi panada...   Soddalikda – ulug‘lik, go‘ring nurga to‘lsin-o, «Ot kishnagan oqshom»lar yodgor qoldi el aro.   Xayriddin Sulton garchi bizdan esa-da yoshroq, nasrini yozar edi, nazmdan ham oshirib.   Bolalar yozuvchisi Abdusaid Ko‘chimov Bugun kattalar uchun yozmoqdadir cho‘chimay.   Hajv ustasi edi Otaboev Shodmonbek «Do‘rmon hangomalari»n yozar bugun to‘qmoqdek.   Nahot yoshlik shuncha tez o‘tib ketdi, jo‘ralar. Savr guldiragiday yitdi-bitdi, jo‘ralar.   Bekamu ko‘st kimsa yo‘q, barchamizda qusurlar, tadbir-la ovchi, ammo ko‘k qushlarin tuturlar.   Qutulgan kiyik kabi ovchining o‘qlaridan, Ba’zan qochib yurdik biz ul zamon to‘qlaridan...   Bizning bola do‘stimiz Sa’dulla Hakim asli, «Ko‘ngil yuzi»ga dedik: «Balli-yey, Azim do‘sti!»   Ikrom Otamurod, bu ortga tashlab gul, pulni, tillo topgan quldayin topib oldi «kangul...»ni.   Tohir Qahhor chapani, she’r o‘qi, desak unga, do‘q urgandek, she’rini uzatar edi menga... U paytlar Erkin Vohid, Abdulla Orif she’ri O‘zbek yuragi bo‘lib uchardi ko‘klar sari.   Rauf Parfi, Halima, Omon Matjon barq urib, she’rlarin o‘qiganda zal qalqirdi... charx urib.   Oltiariqlik Gulmatboy – Anvar Obid Shosh kelib, yozar kitoblarini bodring, turpga to‘ldirib.   Shavkat Rahmon Moskovdan sal so‘ngroq keldi-yu Lorkani o‘qinglar, deb Tarjima qilib berdi.   Afsus!.. Tengqurlarining juda ko‘pdir afsusi, Ammo taskin beradi Shoirning «Saylanma»si.   Qorong‘uda chirog‘im, Sadriddin Salim o‘qdek – Buxoroga borsak gar she’r o‘qir edi mixdek.   Ahmadjon Yequbjonov Sardobada bir umr marvartak tutlarini tutmayiz qip quritur...   O, Habib Said G‘ani, Qo‘qonning pesh bilgichi, U bilan gaplashganda yozilar dil chigili.   Abdulhakim Matnazar, vazmin, sodiq har safda, maqola, she’r, tarjima qilardi papka-papka.   Shafoat Rahmatullo – Surxondaryo haqiri, shoir bo‘lar, der edi, odamlarning faqiri.   U paytlar Mahmud Toir qatorlarda yo‘q edi haloli bo‘lsin, deymiz, O‘z xalq shoiri endi.   Qishdagi ilondayin «Modern...» karaxt hali – u paytlar... modernchi emasdi Tursun Ali.   Ortimizdan tengqurdek Muhammad Yusuf, Mirzo, Sirojiddin Sayyidlar Kelardi izma-iz-o...

  • #Sheʼriy_lahzalar SEN SARI Sen sari borayapman manzilingni qoralab. Go‘yoki hech tap tortmay shamol, yomg‘ir oralab. Qadamim o‘ktam, ammo yuragim bezovtadir. Tip-tikka nigohingda meni nima kutadir? Tandirning loyi yanglig‘ yozuq ezg‘iladi ko‘p. Qalbimning tub-tubida ishqu nafrat qorishiq. Tag‘in rad javob, nahot, sen sari ildamlatmay, Shamol, yomg‘ir savalar chavandoz qamchisiday. Egni-boshim shalobbo, tanga inar og‘irlik. Kuchayar-ku tobora ismi-jismi yo‘q og‘riq. O, muhabbat seni men yurakda opichladim. Qancha katta bo‘lsang sen, o‘zim kichrayib bordim. Dod solmadim olamga, tilda qilmadim qo‘shiq. Faqat tunda yostiqqa ko‘zyoshlarim qo‘shildi. Osmon yuzi yo‘q, tamom, osmon yuzi – o‘mbaloq. Yomg‘ir qorga aylandi, manzilim hamon yiroq. Madad bergil-o, Tangrim, qaytmayin yarim yo‘ldan. Anqoning urug‘ini so‘ramayapman sendan. Tanadoshim, ruhdoshim, yolg‘izgina ishq, axir. ...sen sari borayapman qor-u yomg‘ir aralash... 2006 t.me/AzimSuyun_ijodi

  • #Sheʼriy_qayirma     42. Ey do‘st! Bardavomlik uchun har jon kurashar – Ki, tosh ildiz otay debon kurashar. Lekin, boq, bu jonon chopar ildizin, Ildizin umriga qachon kurashar?     Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

  • #Sheʼriy_lahzalar RAShK BALOSI YOKI BIR HODISA SHARHI Osmon sokin, musaffo, Zuhro charaqlar, chunon, bu tun uning jamoli bedorni qildi hayron. Osmon gumbazi – gardun bo‘ylab yangi Oy suzar. Oy qalbida Zuhroga inja sezim – rashk kezar. Rashk o‘lsin-o, o‘lsin rashk, Oy to‘sdi Zuhro yuzin, yigirma daqiqami bo‘zardi Yerning yuzi... Ha, shundoq, rashk o‘tida kuyib yongan edi Oy. Yer, Zuhro orasiga tushib olgan edi Oy. Zuhro qay qudratdan bas keldi Oy ko‘lkasiga, U naq Oy o‘rog‘ining chiqdi qoq tepasiga. Gavhar toshdek yondi so‘ng, charaqladiki, chunon, bunday jozibani, oh, ko‘rib loldir-ku Yerxon. Besh-olti yili avval nurga chayilgan edim, Hilolning quchog‘ida Zuhroni ko‘rgan edim. O‘shandami yangi Oy murodiga yetgandi, mening havaslarim ham gurvakdek yetilgandi. Ammo bugun rashk o‘ti kuydiribdi Hilolni. Yer, Zuhro orasiga keltiribdi Hilolni... O, bari – Oy, Yer, Zuhro tushdilar o‘z yo‘liga Valek nelar tushmadi mening shoir ko‘nglima... 18-iyun, 2007-yil Azim Suyun t.me/AzimSuyun_ijodi

  • #nasriy_qayirma * * * Ko‘zguning orqasi qora ekanligini unutma. * * * Yomg‘ir qorga aylangani kabi, vijdonsiz kimsa o‘z olgan qarzidan tonadi. * * * Jon berayotganga – joy ber. * * * Yomon shogird yo‘q, yomon ustoz bor. Azim Suyun t.me/AzimSuyun_ijodi

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • #ijod Yozuvchi G‘affor Hotamovning shoir Azim Suyun haqida “Yoshlik” jurnalining 2008-yil 5-sonida nashr etilgan. t.me/AzimSuyun_ijodi

  • #Sheʼriy_qayirma 41. Ey do‘st! Bir gulga ari ham, chibin ham qo‘nar, Kapalak, bolari bol emib jo‘nar. Ko‘cha sanamlari o‘xshar shu gulga, Qismatin o‘ylasam, yuragim to‘nar. Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

  • #Sheʼriy_lahza   * * * Bu qissani kuyladi Bir baxshi yonib-yonib, Oqtov va Qoratovni Yurganimda aylanib. O‘sha oshiq-ma’shuqning Yettinchimi... avlodi Baxshi bo‘libdi bu kun, Baxshi qilibdi yodi. Uning yoniga tez-tez Yo‘lim tushar – boraman. Chin muhabbat, ishq uchun Bir qadah sipqoraman.   2006     Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

  • 7 авг.149121

    #nasriy_qayirma     * * * Da’vong bo‘lsa kimga, guvohing bo‘lsin, Guvohing bo‘lmasa, qozi ne qilsin.   * * * Mohir jangchiga o‘roq ham shamshir.   * * * Inson xotirasi – ko‘klam bulutlari. Bulutlarga ishonch yo‘q.   * * * Do‘stingni manfaatlaring to‘qnash kelganda sina.     Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

  • Azim Suyunnning “Qayirma”larini ko‘pdan buyon kuzatib kelaman. Bu qayirmalar Sharq mumtoz she’riyati ummonidan “suv ichayotgani”, ya’ni Umar Xayyom, Sa’diy Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur kabi ulug‘ donishmandlarimiz asarlaridagi donolik, teranlik, ixchamlik, lo‘ndalik kabi fazilatlarga eshligi, ayni paytda eng qadimiy davrlarda tog‘-toshlarga o‘yib yozilgan bitiklardek aniqligi bilangina emas, balki shakldagi yangiligi bilan ham e’tiborga loyiqdir. Abdulla Oripov @yoshlikjurnali yoshlikjurnali

  • #Sheʼriy_lahza   YODLOV   Yashil archa tagiga ko‘mdik Rauf Parfini. Endi yashil archajon o‘zing saqlaysan Uni.   U sevardi yomg‘irni – shivalab yoqqanini. Shivalab yog‘sa yomg‘ir xabardor qilgil Uni.   U sevardi og‘riqni – qismat qilgan yorliqni. Do‘st yuragi og‘riqda xabardor qilgil Uni.   Ayolni ko‘p sevardi, ayolga qo‘shib gulni. Ular bugun sog‘ingan xabari bo‘lsin Uning.   Qish o‘tdi. «...ezgin-ezgin... lo‘ppi-lo‘ppi...» yog‘di qor. Yo‘q, chirog‘i o‘chmadi – Xalqin uyida yonar.   Oddiy chumchuq emas, yo‘q, Bitta chumchuq – fotima, Darcha rohiga qo‘nib yo‘qlar – ma’yus, jimgina.   Bundan Unga xabar ber, yolg‘izlik yovi edi. Yolg‘iz emasligini bilib qo‘ysin-da endi.   Tiriklar orasida U edi asli «o‘lik». O‘liklar orasida ko‘rib turibmiz tirik!   Uning uyi bo‘lmagan, derlar, dunyoyi dunda. Uning uyi bor edi... bo‘lmagan uy hech kimda.   Archajon, tomiringdan, quruqshab qolsa gar labi, mayi nobdan tomizgil «shu-shu...» do‘stlari kabi.   Archajon, bergil xabar, Sabo bo‘lib shoshilgil – she’r yozib qolsa agar. bugun tayyor noshirlar...    2006     Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi

  • 2 авг.153151

    #Sheʼriy_qayirma   40. Ey do‘st! Sakura gullari – oppoq alanga, Undan hadya etdi yapon qiz menga. Men dedim: «Albatta, kutgil, yuborgum O‘zbekyurt dashtidan lolalar senga».     Azim SUYUN t.me/AzimSuyun_ijodi