Boshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona viloyati)🇺🇿
СтатистикаBoshqaruv samaradorligi agentligi (Farg'ona) Ro'yhatdan o'tish: @fergana_bot MFY xodimlari bo'yicha @Smartmahallabot
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 23
- Всего постов
- 168
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Карьера (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 508
- 1/48двое суток
- 582
- 1/72трое суток
- 627
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
#KUN_TARIXI 15 - AVGUST ◽️1995 – Toshkentda Oʻzbekiston va Germaniya oʻrtasida investitsiyalarni oʻzaro himoya qilish va qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma kuchga kirdi. ◽️2016 – Rio-de-Janeyro Olimpiadasida oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi Ruslan Nurudinov vazni 105 kg gacha boʻlgan polvonlar bahsida shtanganing umumiy hisobida 431 kg natija bilan Olimpiada chempioni unvonini rasman rasmiylashtirdi va mamlakatga navbatdagi oltin medalni taqdim etdi. ◽️2021 –Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlariga joʻnab ketayotgan Oʻzbekiston delegatsiyasining soʻnggi tayyorgarlik va kuzatish bosqichi yakuniga yetdi. ◽️2022 – Navoiy viloyatida quvvati 100 megavattga teng boʻlgan navbatdagi yirik quyosh fotoelektr stansiyasini tarmoqqa ulash boʻyicha yakuniy sinov-sozlash ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu mamlakat "yashil energetika" xronikasidagi muhim qadam boʻldi. ◽️2023 – Oʻzbekistonda tadbirkorlik muhitini yaxshilash maqsadida kichik biznes subyektlari uchun soliq hisobotlarini topshirish va ayrim turdagi ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartibi yanada soddalashtirildi. ◽️ 2015 – Shimoliy Koreya Pxenyan vaqtini joriy qildi Sharqiy Osiyo mamlakati Koreyaning Yaponiya tomonidan bosib olinishining 70 yilligini nishonlash uchun vaqtni o'zgartirishni joriy qildi. O'zgarishdan oldin Shimoliy Koreya UTC+09:00 edi. Shu kundan boshlab mamlakatdagi vaqt UTC+08:30. ◽️1960 – Kongo mustaqillikka erishdi Markaziy Afrika mamlakati 19-asrning oxirlarida Fransiya nazorati ostiga o'tdi. 20-asrning boshlarida fransuzlar Markaziy Afrikadagi hududlarini birlashtirib, poytaxti Brazzavil bo'lgan Fransiya Ekvatorial Afrikasini yaratdilar. Ikkinchi Jahon urushi paytida, natsistlar Fransiyani bosib olganlarida, Brazzavil Ozod Fransiyaning vaqtinchalik poytaxti bo'lib xizmat qildi. Zo'ravon norozilik namoyishlari va tartibsizliklardan so'ng, mamlakat Fulbert Yulu bilan birinchi prezident sifatida mustaqil bo'ldi. ◽️1947 – Hindiston Britaniya hukmronligidan mustaqil bo'ldi Janubiy Osiyo mamlakatining Britaniya nazorati 1800-yillarning o'rtalarida Sharqiy Hindiston kompaniyasi bilan boshlandi. Kompaniya dastlab o'zini subkontinentda savdo maqsadlarida o'rnatdi va keyin asta-sekin mamlakatni alohida boshqaradigan knyazlik davlatlari ustidan nazoratni qo'lga oldi. 1857-yildagi zo'ravon qo'zg'olon Britaniya tojini Hindistonni to'g'ridan-to'g'ri boshqarishga undadi. O'sha paytdan 1945-yilda mustaqillikka erishishgacha bo'lgan vaqt mustaqil boshqaruvni qo'lga kiritishga qaratilgan zo'ravonlik va zo'ravonliksiz harakatlar bilan ajralib turdi. Mohandas Karamchand Gandi inglizlarga qarshi zo'ravonliksiz fuqarolik itoatsizlik harakatining asosiy shaxsi edi. Mustaqillik mamlakat Hindiston va Pokistonga bo'linishi bilan birga keldi. Javaharlal Neru Hindistonning birinchi Bosh vaziri, Liaquat Ali Xon esa Pokistonning birinchi Bosh vaziri bo'ldi. Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
📌 Fargʻonada “KELAJAK KADRLARI MEHNAT BOZORI XARITASI” shakllantirilmoqda Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 15-iyul kuni "Iqtidorli boshqaruvchilarni saralash va yangi avlod rahbarlarini tayyorlash boʻyicha" taqdimotida tarmoqlar va hududlarning drayver sohalarini tahlil qilish, zamonaviy kasblar boʻyicha kadrlarga boʻlgan ehtiyojni oldindan aniqlash va raqobatbardosh mutaxassislar zaxirasini shakllantirish muhim vazifa sifatida belgilangan edi. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Boshqaruv samaradorligi agentligi Farg'ona viloyati filiali hamda viloyat hokimligi hamkorligida, viloyatda 2030-yilgacha amalga oshiriladigan strategik loyihalar uchun zarur boʻlgan yuqori malakali kadrlarga ehtiyojni sohalar, hududlar va mutaxassisliklar kesimida aniqlash hamda istiqbolda mehnat bozorida talab yuqori boʻladigan kasb va mutaxassisliklarni tahlil qilish maqsadida barcha davlat organlari va tashkilotlarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʻlinmalari masʼul xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda davlat idoralari, korxona va tashkilotlar, shuningdek, yirik investitsiya loyihalari uchun kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash metodologiyasi hamda “Kelajak kadrlar mehnat bozori xaritasi”ni shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi.Ishtirokchilarga yangi mexanizmni amaliyotga joriy etish, maʼlumotlarni shakllantirish va kadrlarga boʻlgan ehtiyojni aniqlash boʻyicha zarur tushuntirishlar berildi. Kanalga ulanish uchun: @BSA_fergana
📌Fargʼonada “KELАJАK KАDRLАR MEHNАT BOZORI XАRITАSI” shakllantirilmoqda Viloyatning iqtisodiy salohiyati, hududlarni asosiy drayverlari hamda istiqbolda amalga oshiriladigan investitsiya va infratuzilma loyihalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlashga qaratilgan yangi mexanizm joriy etilmoqda. Xabaringiz bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 15 iyul kuni iqtidorli boshqaruvchilarni saralash va yangi avlod rahbarlarini tayyorlash boʼyicha taqdimotida tarmoqlar va hududlarning drayver sohalarini tahlil qilish, zamonaviy kasblar boʼyicha kadrlarga boʼlgan ehtiyojni oldindan aniqlash va raqobatbardosh mutaxassislar zaxirasini shakllantirish muhim vazifa sifatida belgilangan edi. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida viloyat hokimligi hamkorligida, viloyatda 2030 yilgacha amalga oshiriladigan strategik loyihalari uchun zarur boʼlgan yuqori malakali kadrlarga ehtiyojni sohalar, hududlar va mutaxassisliklar kesimida aniqlash hamda istiqbolda mehnat bozorida talab yuqori boʼladigan kasb va mutaxassisliklarni tahlil qilish maqsadida barcha davlat organlari va tashkilotlarining Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boʼlinmalari masʼul xodimlari ishtirokida amaliy seminar tashkil etildi. Seminarda, davlat idoralari, korxona va tashkilotlar shuningdek, yirik investitsiya loyihalari uchun kadrlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash metodologiyasi hamda “Kelajak kadrlar mehnat bozori xaritasi”ni shakllantirish mexanizmlari muhokama qilindi. Ishtirokchilarga yangi mexanizmni amaliyotga joriy etish, maʼlumotlarni shakllantirish va kadrlarga boʼlgan ehtiyojni aniqlash boʼyicha zarur tushuntirishlar berildi. Kanalga ulanish uchun: @BSA_fergana
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun imzolandi. Administratsiya Prezident faoliyati va Konstitutsiyaviy vakolatlarini tashkiliy, huquqiy va tahliliy jihatdan ta’minlovchi yagona konstitutsiyaviy institut hisoblansa-da, davlat organlari bilan munosabatlarda uning faoliyatini qonun bilan tartibga solish bo‘yicha huquqiy bo‘shliq mavjud edi. Endilikda yangi qonun bilan ushbu masalalar tartibga solindi. Prezidentning farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini tashkil etishda Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasidagi faoliyati qonun bilan tartibga solinishi Prezidentlik institutining huquqiy asoslarini kuchaytiradi. Xalqaro amaliyotda Prezident faoliyatini ta’minlovchi institutning huquqiy maqomi qonun darajasida belgilanishi Prezidentlik boshqaruvining institutsional standarti hisoblanadi. Qonun 4 ta bob va 34 ta moddadan iborat bo‘lib, Administratsiyaning amaldagi vakolatlari doirasida Prezident faoliyatini ta’minlashning konstitutsiyaviy mexanizmlari qonunda huquqiy jihatdan rasmiylashtirildi. Xususan: – Administratsiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatlari amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy, tahliliy jihatdan ta’minlaydigan davlat organi sifatida belgilandi; – Administratsiyani Prezident shakllantiradi, Prezident belgilagan asosiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi, Prezidentga bo‘ysunadi va hisobdor bo‘ladi. Administratsiyaning asosiy vazifalari belgilandi: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolatlarini amalga oshirilishini tashkiliy, huquqiy va tahliliy ta’minlash; – Prezidentning farmon, qaror va farmoyishlari loyihalarini hamda topshiriqlarini tayyorlash, ularning ijrosini tashkil etish, nazoratini olib borish hamda ularni amalga oshirishga ko‘maklashish; – Prezidentning mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy rivojlantirishga oid yangi tashabbuslarini ishlab chiqish; – aholi va tadbirkorlar bilan ochiq va to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotlarni tashkil etish va ularni qiynayotgan masalalarga yechimlarni ishlab chiqish; – qonunlarni imzoga yoki qaytarishga tayyorlash; – Prezidentning Oliy Majlisga murojaatnomasini tashkil etish; – Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi (hisobdor) davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqalar. Shuningdek, qonunda Administratsiya rahbarining huquqiy maqomi va vazifalari, Administratsiyaning mansabdor va boshqaruv shaxslarini lavozimga tayinlash hamda ozod etishga oid normalar belgilangan, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi faoliyatini tashkil etishning qonuniy asoslari yaratilgan. Administratsiya Prezident faoliyatini tashkil etish doirasida parlament, Hukumat, vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar, sud hokimiyati va sudyalar hamjamiyati organlari bilan hamkorlik qiladi. Administratsiya Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi davlat organlari faoliyatini muvofiqlashtiradi, ularni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va Prezidentga kiritadi. Administratsiya xodimlari uchun ularga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy himoya choralari nazarda tutilmoqda. Prezident Administratsiyasi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi Yangi O‘zbekistonda inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, davlat organlarini xalqqa xizmat qiladigan, ochiq va hisobdor tizimga aylantirish, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#KUN_TARIXI 14 - AVGUST ◽️1992 – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tashkil etilgan. Bu tizim milliy armiyada qonun ustuvorligini taʼminlashning asosiy boʻgʻiniga aylandi. ◽️1992 – Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (Shimoliy Koreya) oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilgan. ◽️2004 – Gretsiyaning Afina shahrida Yozgi Olimpiada oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtgan boʻlib, unda mustaqil Oʻzbekiston delegatsiyasi oʻz tarixida uchinchi bor alohida jamoa sifatida ishtirok etishni boshlagan. ◽️2016 – Rio-de-Janeyro Olimpiadasida oʻzbekistonlik bokschi Hasanboy Doʻstmatov boks boʻyicha musobaqalarning eng yengil vazn toifasida oltin medalni qoʻlga kiritib, Rio Olimpiadasida Oʻzbekiston hisobiga ilk oltin medalni keltirgan. ◽️1971 – Stenford qamoqxonasidagi tajribalar boshlandi Qamoqxona sharoitida hokimiyatning ta'sirini o'rganish bo'yicha bahsli Stenford qamoqxonasi tajribalari boshlandi. Tajriba sub'ektlarga salbiy ta'sir ko'rsatgani uchun 6-kunga qadar to'xtatilishi kerak edi. ◽️1947 – Pokiston Britaniya hukmronligidan mustaqil bo'ldi Janubiy Osiyo mamlakati 1947-yil 14-avgustgacha Britaniya Hindiston imperiyasining bir qismi edi, o'shanda inglizlar tomonidan boshqariladigan mintaqa Hindiston va Pokistonga bo'lingan edi. Yangi mamlakat hamdo'stlikning bir qismiga aylandi va Liaquat Ali Xonni birinchi Bosh vazir etib tayinladi. ◽️1935 – Qo'shma Shtatlarda Ijtimoiy ta'minot to'g'risidagi qonun qonunga aylandi Prezident Franklin D. Ruzvelt tomonidan imzolangan qonun ishsizlar, nafaqaxo'rlar va nogironlarga imtiyozlar berdi. ◽️1904 – Ulsan jangi boshlandi Yapon dengizi jangi sifatida ham tanilgan mojaro Rossiya va Yaponiya o'rtasida rus-yapon urushi paytida sodir bo'lgan. Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlar kuni munosabati bilan soha vakillaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoni e'lon qilindi. “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi” faxriy unvoni bilan Isakov Muhsinjon Qosimjonovich - Marg‘ilon shahridagi “426-xo‘jaliklararo ixtisoslashgan ko‘chma mexanizmlar kolonnasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori, “Mehnat shuhrati” ordeni bilan Axmedov Qodirjon Maxmudovich - O‘zbekiston tumanidagi “Turon eco cement group” mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, II darajali “Salomatlik” ordeni bilan Nazarova Xadicha Abdullayevna - “Salomatlik plyus ekologiya” nodavlat notijorat tashkiloti boshqaruv kengashi raisi, “Shuhrat” medali bilan Sultonaliyev Boburjon Botirali o‘g‘li - Quvasoy shahridagi “Crown ceramic” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori ushbu yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Prezident Shavkat Mirziyoyevga tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqotga tayyorgarlikning borishi yuzasidan axborot berildi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
“Boshqaruv 360°”: boshqaruv samaradorligiga kompleks yondashuv Boshqaruv samaradorligini har tomonlama va tizimli tahlil qilish, amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berish, natijaga asoslangan boshqaruv madaniyatini shakllantirishga xizmat qiluvchi yangi podkast ish boshladi. Podkastning ilk soni — “Kelajak liderlari” loyihasiga bag‘ishlangan. Unda iqtidorli yoshlarni davlat xizmatiga jalb etish, kelajak rahbarlarini saralash va tayyorlash, liderlik, mas’uliyat hamda zamonaviy boshqaruv tizimi uchun qanday rahbarlar kerakligi haqida fikrlar bildirildi. Podkastni tomosha qiling va “Kelajak liderlari” loyihasi haqida yanada ko‘proq bilib oling! Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#KUN_TARIXI 13 - AVGUST ◽️1991 – Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlarining tarixiy uchrashuvi boshlangan. Unda mintaqa davlatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni taʼminlovchi va bozor munosabatlariga oʻtishda umumiy manfaatlarni himoya qiluvchi Maslahat kengashini tuzish toʻgʻrisida bitim imzolangan. Bu mustaqillik arafasidagi eng muhim integratsion qadam edi. ◽️2021 – Oʻzbekiston Respublikasining “Rasmiy statistika toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinib, mamlakatda statistika maʼlumotlarining ochiqligi va xalqaro standartlarga mosligini taʼminlashning huquqiy asosi mustahkamlangan. ◽️1961 – Berlin devorining qurilishi boshlandi G'arbiy Berlinni Sharqiy Berlindan ajratib turuvchi Berlin devorining qurilishi boshlandi. U Germaniya Demokratik Respublikasi yoki Sharqiy Germaniya tomonidan qurilgan. ◽️1960 – Sun'iy yo'ldosh bilan birinchi ikki tomonlama telefon suhbati Suhbat NASAning Echo 1 shar sun'iy yo'ldoshi tufayli amalga oshirildi. U 12-avgust kuni kosmosga uchirildi. Sun'iy yo'ldosh reflektor sifatida ishladi - unga yuborilgan signallar Yerga qaytarildi. ◽️ 1960 – Markaziy Afrika Respublikasi Fransiyadan mustaqillikka erishdi. Dengizga chiqish imkoni bo'lmagan Afrika mamlakati 19-asrning oxirida Fransiya hukmronligi ostiga o'tdi. Shu kuni millatchi siyosatchi Bartelemi Boganda mustaqil Markaziy Afrika Respublikasi tashkil etilganini e'lon qildi va mamlakatning birinchi Bosh vaziri bo'ldi. ◽️1918 – Qo'shma Shtatlar dengiz piyodalari safiga birinchi ayol qo'shildi Dengiz piyodalari korpusiga qo'shilgandan so'ng, Opha May Jonson Virjiniya shtatining Arlington shahridagi dengiz piyodalari korpusi shtab-kvartirasida navbatchilik vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana
Tanlovlarda shaffoflik va xolislik: suhbat bosqichida inson omili qisqartiriladi Davlat fuqarolik xizmatiga ishga qabul qilishda nomzodlarni xolis baholash, subyektiv yondashuvlarni cheklash va barcha ishtirokchilar uchun teng sharoit yaratish maqsadida suhbat bosqichining shaffofligini ta’minlash mexanizmlari izchil kuchaytirilmoqda. Bugungi kunda suhbat jarayonida beriladigan savollar vacancy.gov.uz portaliga oldindan joylashtirilgan bo‘lib, har bir nomzod uchun savollar maxsus random tizimi orqali avtomatik ravishda shakllantiriladi. Bu suhbatdan avval muayyan nomzodga savollarni yetkazish yoki unga boshqa nomzodlarga nisbatan asossiz ustunlik berish imkoniyatini sezilarli darajada cheklaydi. Bundan tashqari, suhbat jarayoni to‘liq videoyozuvga olinadi va ushbu yozuvlar tashkilotda 6 oy davomida saqlanadi. Videoyozuvning mavjudligi suhbatning belgilangan tartibda o‘tkazilganini nazorat qilish, nomzodlarni baholash jarayonini qayta ko‘rib chiqish hamda asosli murojaatlar yuzaga kelgan taqdirda, suhbat jarayoniga obyektiv baho berish imkonini yaratadi. 👍Shu bilan birga, suhbat bosqichida inson omilini yanada kamaytirish, baholashning obyektivligini oshirish va barcha nomzodlar uchun teng sharoit yaratishga qaratilgan qo‘shimcha raqamli mexanizmlarni joriy etish rejalashtirilmoqda. Jumladan: ▫️Sun’iy intellekt asosida baholash. Nomzodlarning javoblarini oldindan belgilangan kompetensiyalar asosida avtomatik tahlil qilish va baholash mexanizmlarini joriy etish; ▫️Yagona baholash mezonlari. Barcha nomzodlarda muammoni hal qilish, muloqot va jamoada ishlash kabi kompetensiyalarni aniqlashga qaratilgan standart savollar hamda yagona mezon va ball tizimini qo‘llash; ▫️Shaxsiy ma’lumotlarning ta’sirini cheklash. Sinov tariqasida nomzodning shaxsiy ma’lumotlarini baholash jarayonidan cheklab, natijani faqat uning kasbiy bilim va kompetensiyalari asosida aniqlash. Mazkur yondashuvlar tanlov jarayonida subyektiv omillar ta’sirini kamaytirish, nomzodlarning bilim va salohiyatini xolis baholash hamda davlat xizmatiga eng munosib kadrlarni tanlab olish imkoniyatlarini yanada kengaytirib, davlat organlari va tashkilotlarining Tanlov komissiyalari mas'uliyatini yanada oshiradi. Asosiy maqsad — tanlov jarayonining yanada shaffof, xolis va adolatliligini ta‘minlash, davlat xizmatida meritokratiya tamoyilini mustahkamlash va har bir nomzod uchun teng imkoniyat yaratish. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#Bayram_muborak 🇺🇿 12-avgust — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmati xodimlari kuni Bugungi bayram bilan soliq sohasida xizmat olib borayotgan barcha soha xodimlarini tabriklaymiz. Oilaviy xotirjamlik va sog‘lik-salomatlik tilaymiz. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana
Soliq ma’muriyatchiligida yangi model: samaradorlik, raqamlashtirish va xizmat sifati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–95-son Farmoni bilan soliq tizimini tubdan yangilashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar boshlandi. Rasmiy sahifalarimiz Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|in|Aloqa
#KUN_TARIXI 12 - AVGUST ◽️1992 – Oʻzbekiston Respublikasi Janubiy Koreya (Koreya Respublikasi) bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan boʻlib, bu mamlakatimiz iqtisodiyotiga Koreya investitsiyalari kirib kelishining huquqiy asosiga aylangan. ◽️2019 – Turkmanistonning "Avaza" milliy sayyohlik zonasida Birinchi Kaspiy iqtisodiy forumi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi ishtirok etib, Kaspiy boʻyi davlatlari bilan transport-logistika koridorlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. ◽️2012 – Olimpiadasining yopilish marosimi kunida oʻzbekistonlik erkin kurashchi Artur Taymazov oltin medalni qoʻlga kiritib, uch karra Olimpiada chempioniga aylangan (keyinchalik medallar qayta koʻrib chiqilgan boʻlsa-da, oʻsha kungi gʻalaba oʻzbek sporti tarixida katta rezonans bergan). ◽️2016 – Rio-de-Janeyro Olimpiadasida oʻzbek boks maktabi vakili Hasanboy Doʻstmatov yarim final yoʻllanmasini naqd qilib, mamlakatga navbatdagi Olimpiya medalini kafolatlagan (yakunda u oltin medal va Val Barker kubogini qoʻlga kiritgan). ◽️1981 – IBM shaxsiy kompyuteri birinchi marta do'konlarda sotuvga chiqarildi. IBM PC yoki IBM 5150 nomi bilan tanilgan kompyuterda disk drayverlari yo'q edi va taxminan 1500 dollarga sotildi. ◽️1877 – Marsning yo'ldoshi Deymos amerikalik astronom Asaf Xoll tomonidan kashf etildi. Bu kashfiyot Vashingtondagi AQSh dengiz rasadxonasida sodir bo'ldi. Deymos Marsning ikkita tabiiy yo'ldoshidan biri. Boshqa yo'ldosh, Phobos ham Xoll tomonidan kashf etilgan va ikkalasining kattaroq yo'ldoshidir. Phobos ham Marsga Deymosga qaraganda yaqinroq. Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana
#Siyosiy_Bilim Davlat siyosatining maqsadi va tamoyillari Har bir davlat siyosati fuqarolar farovonligini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilash va barqaror rivojlanishni ta'minlashga xizmat qiladi. Asosiy xulosa: Davlat siyosati fuqarolar manfaatiga xizmat qilishi kerak. • Muhokama savoli: • Mazkur mavzu sizning ish faoliyatingizda qanday namoyon bo‘ladi? Tavsiya etiladigan adabiyotlar: OECD Policy Framework O‘zbekiston–2030 strategiyasi Каnalgа obuna bo'lish uchun 😎 @BSA_fergana