tgindex
Bekobod Hayoti 24 — Бекобод хаёти 24 Bekobodliklar

Bekobod Hayoti 24 — Бекобод хаёти 24 Bekobodliklar

Статистика

Бекобод шаҳри ва тумани, вилоят ва Республика ҳаётини ёритиб борувчи ахборот, маданий-маърифий телеграм канали. @Bekobod_admini

Последний пост
15 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
40
Всего постов
187
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Новости и СМИ (по похожим)
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
3 764
+42 за 5 дн.
Сутки
+29
+0,78%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
731
40 постов
Вовлечённость
19,4%
к подписчикам
Постов в день
5,7
всего 187
Упоминаний
3
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
996
1/48двое суток
1 141
1/72трое суток
1 231

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • МАНДАТ ЧИҚДИ! 2026/2027-ўқув йили учун якуний танлов натижалари (мандат) эълон қилинди. Олий таълим муассасаларининг бакалавриат таълим йўналишларига кириш тест синовлари бўйича якуний танлов натижаларини қуйидаги 3 усул орқали билиш мумкин: 1️⃣ my.uzbmb.uz сайти орқали Абитуриент паспорт серияси ва рақами ҳамда ЖШШИР маълумотларини киритади. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz сайти орқали Абитуриентнинг ID рақамини киритиш орқали натижани кўриш мумкин. 3️⃣ Тест натижалари қайдномаси орқали Тест натижалари қайдномаси тегишли олий таълим муассасаларига тақдим этилади.

  • #tezkor #tarqating ❗️Mandat ertaga soat 8.00 da e’lon qilinadi! — Oliy ta’lim vaziri @bekobodhayoti_24

  • 📢 DIQQAT, E’LON! Hurmatli Bekobod shahri fuqarolari! 📅 2026-yil 15-avgust kuni soat 10:00 da Bekobod shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori tomonidan fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid muammolari, ehtiyojlari va murojaatlari yuzasidan sayyor qabul o‘tkaziladi. 🤝 Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi. Barcha fuqarolarni sayyor qabulda faol ishtirok etib, o‘z murojaat va takliflari bilan qatnashishga taklif etamiz! 📍 Manzil: Bekobod shahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi binosi. ☎️ Murojaat uchun: 90-906-97-27 @bekobodhayoti_24

  • ✅ Shu insonga - respekt! 👏 Bugunning dolzarb, ammo ko'pchilik chetlab o'tadigan muammosini ko'tarib chiqibdi. Videoni shunchaki tomosha qilmang - ko'ring, o'ylang va xulosa qiling!

  • ⚡️Марказий Осиёнинг бир қатор шаҳарларида электр таъминотида оммавий узилишлар кузатилмоқда Бишкек, Олмаота ва Душанбе шаҳарларида ҳам электр энергиясида оммавий узилишлар қайд этилмоқда. Қўшни мамлакат энергетика тизимида юз берган авария Марказий Осиё энергетика тизимига таъсир кўрсатган. Натижада Сурхондарё ва айрим вилоятларда ҳам электр таъминоти узилган. Ҳозирда энергетиклар томонидан электр таъминоти босқичма-босқич тикланмоқда. 👇 @bekobodhayoti_24

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • 14 авг.58412из texnomart

    🎉 18 yoshda texnomart — bayramona narxlarga marhamat! texnomart’ning 18 yilligi munosabati bilan 25-avgustgacha sizni turli aksiyalar, sovg‘alar va katta chegirmalar kutmoqda! 15–17-avgust kunlari esa, ushbu texnikalarni boshlang‘ich to‘lovsiz, o‘ttiz olti oyga bo‘lib to‘lash asosida xarid qiling! 🚀 Yaqinlaringizga ham yuboring! — 🎉 texnomart 18 лет — добро пожаловать за праздничными ценами! В честь 18-летия texnomart до 25 августа вас ждут различные акции, подарки и большие скидки! А с 15 по 17 августа приобретайте технику без первоначального взноса, в рассрочку на тридцать шесть месяцев! 🚀 Отправьте это своим близким! 📞71-209-99-44 📍 Manzillar | 😎 Onlayn chat | 🕸 Sayt

  • 🏭“O‘ZMETKOMBINAT” AJ Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga! "O‘ZMETKOMBINAT" AJ ISHGA TAKLIF QILADI! Bo‘sh ish o‘rni: - Ferroqotishmalarni ajratuvchi - Juvalovchi (Вальцовщик) - Metall maxsulotlarini Saralovchi-topshiruvchi - Boshqaruv posti operatori - Metall qizdiruvchi Talablar: Ma’lumoti - Oliy yoki o‘rta-maxsus qora Metallurgiya yoki soha bo'yicha amal qiluvchi guvohnomasi bo'lishi shart. 👷‍♂️ Ish tajribasi: Kamida 1 yil tegishli sohada ishlagan bo‘lish (afzal). 💼 Shaxsiy fazilatlar: Mas’uliyatlilik, intizomlilik; E’tiborli va jamoada ishlay olish qobiliyati; Texnik fikrlash va muammolarni tez hal etish ko‘nikmasiga ega bo‘lish. 📅 Tanlov sanasi: 2026-yil 14-avgust, soat 11:00 dan 12:00 gacha 📍 Joy: “O‘zmetkombinat” AJ Eski o'quv markazi binosi, Bekobod shahri, Sirdaryo ko'chasi, 1-uy (ljroiya apparati yon qismida) ⚙️ Tanlov tartibi: 1️⃣ 1-bosqich – Test sinovi 2️⃣ 2-bosqich – Suhbat 📄 Asosiy talablar: Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) asli bo'lishi shart; Ma’lumoti - Oliy yoki o‘rta-maxsus qora Metallurgiya yoki soha bo'yicha amal qiluvchi guvohnomasi bo'lishi shart. Lavozim jismoniy kuch talab etuvchi va og'ir mehnat sharoitlariga ega ekanligini inobatga olgan holda, mazkur lavozimga nomzodlar uchun quyidagi talablar belgilanadi: erkak jinsiga mansub bo'lishi hamda yoshi 45 dan oshmagan bo'lishi lozim.

  • 14 авг.70823из bekobodbugun

    📣 MUHIM E’LON! AZIZ HAMSHAHARLAR, SIZNING XOTIRALARINGIZ BIZ UCHUN QADRLI! 🏛 Ayni kunlarda shahrimizning Do‘stlik mahallasida joylashgan “Vatanparvarlar bog‘i” hududida Bekobod shahar tarixi muzeyi o‘z faoliyatini boshlash arafasida. Muzeydan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahrimizning tarixi, ajdodlarimizning hayoti va bebaho merosini kelajak avlodga yetkazish, o‘tmishimizga oid noyob ashyolarni asrab-avaylashdir. Shu munosabat bilan barcha aziz hamshaharlarimizdan bir iltimosimiz bor. 👇 Agar xonadoningizda ota-bobolaringizdan meros bo‘lib qolgan qadimiy hujjatlar, suratlar, kitoblar, turli buyumlar, medallar, mukofotlar yoki shahrimiz tarixiga oid boshqa qimmatli ashyolar bo‘lsa, ularni muzeyga olib kelishingizni so‘raymiz. 🕰 Balki bugun uyingizning bir chetida, sandiqda yoki chang bosib yotgan oddiygina bir buyum — ertaga butun bir avlod uchun qimmatli tarixiy yodgorlikka aylanishi mumkin. Eng muhimi, siz olib kelgan ushbu meros umrbod asrab-avaylanadi. Yillar o‘tib, farzand va nabiralaringizni muzeyga boshlab kelib: ❤️ “Mana bu — mening bobomdan qolgan meros!” deya faxr bilan ko‘rsatishingiz mumkin bo‘ladi. Ajdodlar xotirasini asrash — kelajak avlod oldidagi burchimizdir! 📍 Manzil: Do‘stlik mahallasi, “Vatanparvarlar bog‘i” hududi — Bekobod shahar tarixi muzeyi. 📞 Qadimiy va tarixiy ashyalarni topshirish bo‘yicha ma’lumot uchun tegishli mutasaddilarga murojaat qilishingiz mumkin. +998 99 017 02 78 Tarix — bu bizning xotiramiz. Xotira esa avloddan avlodga o‘tib yashaydi! 🇺🇿 Каналга уланиш: https://t.me/+nmfq6qZe4NI5NGVi

  • 🏛️ Bekobod shahar hokimi Navro’z mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi 📍Joriy yil 13-avgust kuni Bekobod shahar hokimi N.Ismailov “Navro’z” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. 🤝 Uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlarini jadallashtirish, infratuzilmani yanada yaxshilash, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda aholini qiynayotgan dolzarb masalalar muhokama qilindi. 🗣️ Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha tinglanib, ularni tezkor hal etish hamda ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. ✅ Shuningdek, mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, hududni yanada obod etish, infratuzilmani takomillashtirish va aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilab olindi. 🇺🇿 Xalq bilan ochiq muloqot qilish, mahallabay ishlash tizimini samarali yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining muhim tamoyillaridan biridir. 🌐Web sayt 📱YouTube📱Telegram 📱Facebook📱Instagram

  • 13 авг.1 2154

    🚨 ДИҚҚАТ! ТАБИИЙ ГАЗ ТАЪМИНОТИ ВАҚТИНЧА ТЎХТАТИЛАДИ “Бекободшаҳаргаз” газ таъминоти бўлими маълум қилишича, Бекобод шаҳрида газ қувурларида таъмирлаш ва техник ишлар олиб борилиши муносабати билан 2026 йил 14 август куни соат 13:00 дан 17:00 гача айрим ҳудудларга табиий газ етказиб бериш вақтинча тўхтатилади. 🔹 “Маданият” МФЙ, Заковат кўчаси ҳудудидаги D-89 мм ли ер усти паст босимли газ қувурини эстетик тартибга келтириш ишлари сабабли: — 152 та аҳоли хонадони; — 1 та улгуржи истеъмолчи. 🔹 “Тинчлик” МФЙ, 3-даҳа ҳудудидаги D-110 мм ли ер усти ўрта босимли газ қувурига фильтр ўрнатиш ишлари сабабли: — “Тинчлик” ва “Ал-Хоразмий” МФЙларидаги 141 та аҳоли хонадони; — 4 та улгуржи истеъмолчи; — 1 та ижтимоий соҳа объекти. Жами 293 та аҳоли хонадони, 5 та кичик ва ўрта бизнес субъекти ҳамда 1 та ижтимоий соҳа объекти газ таъминотидан вақтинча узилади. ☎️ Газ жиҳозларингизда муаммо юзага келса, 55-903-22-14 рақамига мурожаат қилинг. @bekobodhayoti_24

  • 13 авг.1 360715

    🚰 ДИҚҚАТ! БЕКОБОДДА ИЧИМЛИК СУВИ ВАҚТИНЧА ТЎХТАТИЛАДИ Ҳурматли Бекобод шаҳри аҳолиси! «Тошкент вилояти сув таъминоти» АЖ Бекобод шаҳар филиали маълум қилишича, шаҳарда электр таъминоти бўйича таъмирлаш ишлари олиб борилиши муносабати билан 3-сон сув олиш иншоотининг электр таъминоти вақтинча тўхтатилади. Шу сабабли 13 август куни соат 09:00 дан 13:00 гача қуйидаги ҳудудларда ичимлик суви таъминоти вақтинча тўхтатилади: 📍 11-, 12-, 13-, 14-, 15-, 64-, 65-, 80- ва 81-дахалар; 📍 «Янги Ҳаёт», «Металлург», «Муқимий», «Ўзбекистон» ва «Сайхун» МФЙлари. 💧 Таъмирлаш ишлари якунлангач, ичимлик суви таъминоти қайта тикланади ва сув аҳолига босқичма-босқич етказиб берилади. 🙏 Вақтинчалик ноқулайликлар учун истеъмолчилардан узр сўраймиз. «Тошкент вилояти сув таъминоти» АЖ Бекобод шаҳар филиали маъмурияти @bekobodhayoti_24