Binary Mind
СтатистикаBinary Mind – Koding va algoritm bo'yicha chuqur tahlillar. @Binary_Mind_Uz
- Последний пост
- 22 апр.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🎨 Dev-C++ da Grafika (graphics.h) bilan ishlash: 0 dan sozlash qo'llanmasi! 1-bosqich: Kerakli fayllarni joylashtirish Avval grafik kutubxona fayllarini (WinBGIm) yuklab oling va ularni kompyuterdagi Dev-C++ o'rnatilgan manzilga joylang: 1. graphics.h va winbgim.h fayllarini nusxalang va quyidagi manzilga tashlang: C:\Program Files (x86)\Dev-Cpp\MinGW64\x86_64-w64-mingw32\include 2. libbgi.a faylini nusxalang va quyidagi manzilga tashlang: C:\Program Files (x86)\Dev-Cpp\MinGW64\x86_64-w64-mingw32\lib 2-bosqich: Dev-C++ sozlamalarini o'zgartirish (Eng muhim joyi!) Dasturni oching va quyidagi ketma-ketlikni bajaring: 1. Tools ➔ Compiler Options menyusiga kiring. 2. Ochilgan oynada "Add the following commands when calling the linker" degan joyga quydagi kodni tushirib qoldirmasdan nusxalab joylang: -lbgi -lgdi32 -lcomdlg32 -luuid -loleaut32 -lole32 3. Yuqoridagi "General" tabida turgan "Release" sozlamasini "TDM-GCC 4.9.2 32-bit Release" (yoki shunga o'xshash 32-bitli variant) ga o'zgartiring. 💡 Muhim: Grafika kutubxonasi asosan 32-bitda barqaror ishlaydi. 3-bosqich: Tekshirish uchun kod Hammasi to'g'ri bo'lganini bilish uchun yangi proyekt oching va ushbu kodni yozib, F11 ni bosing: #include <graphics.h> int main() { int gd = DETECT, gm; initgraph(&gd, &gm, ""); // Grafik oynani ishga tushirish circle(250, 250, 100); // Aylana chizish getch(); closegraph(); return 0; }
без подписи
без подписи
без подписи
📝Office 2010 dasturi uning ichida word,exsel,power point, kabi office dasturlari maxjud.... 💻 kompyuter uchun 🔹WindowsXP/Vista/7/8/10 - x32, x64 bit 🏧 @InfoAKT kanali https://t.me/joinchat/AAAAAEShOYN7anURkIlNAg
Telegram interfeysini yanada qulay va o‘zingizga mos ravishda sozlashni xohlaysizmi? Ushbu havola orqali Telegram uchun O‘zbek tilining Beta (uz-beta) versiyasini o‘rnatib olishingiz mumkin: 👉 https://t.me/setlanguage/uz-beta Bu nima beradi? Yangi va zamonaviy tarjima: Telegram’dagi tugmalar va funksiyalar tushunarliroq, xalqchil tilda aks etadi. Doimiy yangilanish: Tarjimalar hamjamiyat tomonidan muntazam ravishda boyitib boriladi. Oson o‘rnatish: Havolaga bosib, "O‘zgartirish" (Change) tugmasini tanlasangiz kifoya.
ASOSIY 20 TA FAYL KENGAYTMASI .pdf — Portable Document Format .docx — Microsoft Word Open XML Document .xlsx — Microsoft Excel Open XML Spreadsheet .pptx — Microsoft PowerPoint Open XML Presentation .txt — Plain Text File .jpg — Joint Photographic Experts Group .png — Portable Network Graphics .gif — Graphics Interchange Format .mp3 — MPEG Layer-3 Audio .mp4 — MPEG-4 Video .avi — Audio Video Interleave .zip — ZIP Compressed Archive .rar — Roshal Archive .exe — Executable File .html — HyperText Markup Language .css — Cascading Style Sheets .js — JavaScript File .apk — Android Package Kit .iso — International Organization for Standardization Image .csv — Comma-Separated Values @InfoAKT
Qwen3-TTS modeliga ikkita yangi funksiya qo'shildi: VoiceDesign — kerakli ovozni matnli prompt orqali tasvirlash imkonini beradi: ovoz tembri, hissiyotlar, xarakter va gapirish uslubini belgilash mumkin. VoiceClone — bor-yo'g'i 3 soniyalik audio namuna orqali ovozni klonlaydi. U 10 ta tilni qo'llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Qwen3-TTS endi intonatsiyani matn mazmuniga qarab avtomatik ravishda moslashtiradi, murakkab matnlar bilan yaxshi ishlaydi, yozuvlardan ovozlarni ajratib olishni va hayvonlar ovoziga taqlid qilishni biladi. ➡️ HuggingFace platformasida bepul sinab ko'rish mumkin: https://huggingface.co/spaces/Qwen/Qwen-TTS-Clone-Demo Sun'iy intellektlar olami 💻
Hujjatlarni tarjima qilish uchun mo'ljallangan neyrotarmoq yaratildi ⭕️Hujjatlarni oson va qisqa fursat ichida tarjima qilish uchun mo'ljallangan "X-Doc" neyrotarmog'i yaratildi. ⭕️Ushbu neyrotarmoq 108 tilda ishlash, matnlardagi tasvirlarni o'zgartirmasdan joylashtirish va yangi lug'atlar bilan ishlash imkoniyatiga ega. Neyrotarmoqdan foydalanish mutlaqo bepul. 👉Neyrotarmoqdan foydalanish uchun havola. 💻
9 ta bepul bulutli xotira Siz qaysi biridan foydalanasiz? 💻
Bilmaymiz nima uchun, lekin sizga bu kerak bo'lishi mumkin: lab harakatlaridan nutqni o‘qiy oladigan sun’iy intellekt — Chaplin Bu vosita tovushsiz video orqali nutqni lab harakatlaridan aniqlab, matnga aylantiradi. Har qanday videoni yuklaysiz — u real vaqt rejimida mukammal transkripsiya (nutq yozuvini) hosil qiladi. Dastur sizning kompyuteringizda ishlaydi va to‘liq bepul. Bu yerda olishingiz mumkin: GitHub — Chaplin 💻
#vscode #hotkeys #dasturlash_hayoti 📱 VS Code tezkor tugmalari Ko‘pchilik dasturchilar VS Code ishlatadi, lekin hamma ham uning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanmaydi. Mana eng foydali 3 ta tezkor tugma: 1️⃣ Kodni avtomatik tartiblash Fayl ichida kod chalkash bo‘lsa: Shift + Alt + F ✅ Kod avtomatik ravishda chiroyli formatlanadi. ———————————— 2️⃣ Bir vaqtning o‘zida bir nechta joyni tahrirlash Bitta so‘zni bir nechta joyda o‘zgartirish uchun: Ctrl + D So‘zni tanlaysiz → Ctrl + D bosasiz → hamma joyda birdek tahrirlanadi. ———————————— 3️⃣ Tezkor fayl qidirish Loyiha ichida fayl qidirish uchun: Ctrl + P ✅ Fayl nomini yozasiz va bir zumda ochasiz. ———————————— 📌 Xulosa: Bu oddiy hotkey’lar sizni yanada tez va samarali dasturchiga aylantiradi. 😅 Axir, qo‘lda qidirib yurish o‘rniga bitta tugma bossangiz — kofeingiz ham sovib qolmaydi! ☕️ 💻
Har qanday saytni bir necha daqiqada ko‘chiring Lovable’ning ochiq kodli analogi taqdim etildi. Dizayn va veb-sahifa tuzilmasini tushunishingiz shart emas: dastur bir necha soniyada har qanday darajadagi landing va saytlarni yig‘ib beradi. Hamma narsa juda oddiy — URL manzilini kiritasiz va natijani darhol olasiz. Xizmat butun resursni to‘liq nusxalaydi — dizayn, kod tuzilmasi, biznes mantiq va barcha funksiyalarni o‘z ichiga oladi. Ichki qismda esa eng yangi va kuchli modellar ishlatilgan: GPT-5, Claude 4.1, Grok 4 va Gemini 2.5 Pro. Model shu yerda joylashgan: https://github.com/mendableai/open-lovable, vebda sinab ko‘rish uchun havola: https://www.devs.dev/. @AISIOUZ - Sun'iy intellektlar olami 😎
Yodlab emas, tushunib o‘rganing Sintaksis unutiladi, lekin mantiq — umrbod qoladi. 📌 Shuning uchun “nima”dan ko‘ra “nega”ni o‘rganing. #Dasturlash #MantiqiyFikrlash 💻
Windows urishda disklarni ko'rmasligi #yechim 🚫 Muammo: Ba'zan Windows urishda Boot menyuga kirganda windows urish uchun disklar ko'rinmaydi yoki drayverni yukla kabi muammolar chiqib turadi. ✅ Yechim: Ushbu arxivni arxivdan chiqarib ichidagi papkani fleshkaga yoki usb hardga tashab turib, Загрузить драйвер ni bosib shu faylni ko'rsatib Далее tugmasini bosilsa bo'ldi. 💻
😎😎😎😎😎😎😎😎 🖥 Dasturlash va dasturchilar haqida qiziqarli faktlar. 💫Barcha platformalar uchun universal dasturlash tili bu — Java hisoblanadi. 💫Dasturlash tillarining jami soni 698 dan ortiq ekan. Qoyilmaqom... 💫Ilk dasturchi ayol kishi bo'lgan va uning ismi Ada Lovelace bo'lgan 👩💻 🎮 Birinchi kompyuter o'yini 1961-yilda yaratilgan. Qiziqarli tomoni shundaki, u deyarli pul ishlamagan. O'yin nomi esa Space War bo'lgan bo'lishi mumkin. ⌨ MacOS uchun eng ko‘p talab qilinadigan til bu — Swift bo‘ladi. Bu o‘ta mukammal til, uning yordamida chiroyli interfeysli dasturlar yaratish mumkin 💻
🌐 HTTP Status Kodlari – qisqa va tushunarli Veb-sahifa ishlamay qolganda yoki server javob bermaganda, biz ko‘pincha 3 xonali HTTP status kodlarini ko‘ramiz. Eng mashhurlari: ✅ 200 — Muvaffaqiyatli bajarildi 🔄 301 — Doimiy ravishda boshqa manzilga ko‘chirildi ↪️ 302 — Vaqtinchalik boshqa manzilga yo‘naltirildi ⚠️ 400 — Noto‘g‘ri so‘rov 🔑 401 — Avtorizatsiya talab qilinadi 🚫 403 — Taqiqlangan ❌ 404 — Sahifa mavjud emas 💥 500 — Server ichki xatolik 🚧 502 — Noto‘g‘ri shlyuz ⏳ 503 — Server vaqtincha ishlamayapti 💡 404 ni hammamiz ko‘rganmiz, lekin 301 va 302 farqini bilarmidingiz? 😉 #WebDasturlash #DasturchiUchun #ProgrammerLife 💻
💻 Noutbuk xarid qilishda nimalarga e’tibor berish kerak? Ko‘pchilik aynan shu savolni beradi. Keling, muhim jihatlarni birgalikda ko‘rib chiqamiz: ❌Eng ko‘p uchraydigan xato – noutbukni faqat brendiga, dizayniga yoki xotira hajmiga qarab tanlash. Masalan: “1TB xotirali ekan – zo‘r!”, yoki “HP bo‘lsa, yaxshi bo‘ladi” degan noto‘g‘ri yondashuvlar. Natijada esa – chiroyli, lekin kuchsiz noutbuk xarid qilinadi. ✅1-qadam: Maqsadingizni aniqlang. Kompyuterni nima uchun olmoqchisiz? 🐍- Dasturlash 🔍- O‘qish 🎮- O‘yin o‘ynash 🟥- Bugalteriya yoki offis ishlari uchun Har bir maqsad uchun kerakli texnik talablar farq qiladi. ‼️Asosiy e'tibor berish kerak : 🔹 Protsessor (CPU): Eng muhim qism – kompyuterning yuragi. 😉 Intel Core i5/i7 yoki 😉 AMD Ryzen 5/7 hozirda universal va kuchli tanlov. 🔹 Video karta (GPU): 👨💻Dasturlash yoki yoki offis ishlari uchun qo'shimcha video karta talab etilmaydi; ☺️ Dizayn, video montaj, 3D yoki o‘yinlar uchun : NVIDIA yoki AMD’ning alohida grafik kartalari kerak bo‘ladi. 🔹 Operativ xotira (RAM): 🫡 Kamida 8GB – oddiy ishlar uchun, 16GB yoki undan yuqori – o‘yin va professional dasturlar uchun 🔹 Doimiy xotira (SSD): 😋 SSD yoki M.2 NVMe bo‘lishi shart, chunki HDDga nisbatan 20 barobargacha tezroq ishlaydi, 256GB yoki 512GB SSD hozirgi zamon uchun yetarli. ‼️Ko‘pchilik tanlaydigan 1TB HDD esa sekin ishlaydi. 💰Brend va narx: -Parametrlar maqsadingizga mos bo‘lsa, shundan keyin brend va dizaynni ko‘rib chiqing. Chunki bir xil kuchga ega ikki model, faqat brend sabab juda katta narx farqiga ega bo‘lishi mumkin. Siz arzon noutbukni emas, kuchli va maqsadingizga mos noutbukni tanlang! 💻
Kompyuterning muhim qismlari👍 ▪️CPU - Protsessor ▪️GPU - Videokarta ▪️RAM - Operativka ▪️FAN - Kuller (sovitgich) ▪️MotherBoard - Ona Plata ▪️PSU - Blok Pitaniya ▪️CD-ROM - Diskovod ▪️Hard Drive - Qattiq disk 💻
без подписи