tgindex
MK_Blog

Sayt: kmuslim.uz Tech-Blog: @pythonym Let's Speak community: https://t.me/+Ke-NKROfPmNhMGU6 Liked musics: @Py_Music -Shaxsiy fikrlar -Foydali ma'lumotlar -Iqtiboslar ... Foyda olsangiz xursandman⚡️ ❗️Noto'g'ri yozsam to'g'irlab qo'ying.

Последний пост
5 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
Категория
Технологии
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
53
0 за 3 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
112
20 постов
Вовлечённость
211,3%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
51
1/48двое суток
58
1/72трое суток
63

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • #fikr #kelib_qoldi Rasmlar ifodalay olmaydigan tasvirlar bor. So'zlar ifodalay olmaydigan hislar bor. His qilib ko'rilmaguncha tushunish imkonsiz tuyg'ular bor. Ko'rib his qilish, his qilib keyin tuyish mumkin. Balki. Balki kunlarcha ana shu ta'rifsiz muhitda yoki hisda yashash kerak bo'lar, ehtimol. Ehtimol inson ana shu hislarni umri nihoya topsa hamki his qilmas. Qila olmas, yoki. Yoki kerak bo'lmagani uchun O'zi insonni ulardan saqlab qo'ygandir. Kerakli narsa kerakli vaqtini kutadi. Bir barg uzulib yerga tushmaydi-ki, magar Alloh shuniyam bilmasa. P.S.: Uzuq-yuluq fikrlar turkumidan. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr Kelajakda farzandim bilan CS1.6 yoki Stronghold Legends yoki Generals o'ynasam, hayron qolmang. Balki VR ko'zoynak taqib o'ynaladigan boshqa o'yin. Daraxtda uy qurib berish, yerto'la yasash, parashut yasab u bilan tomdan tashlash - amalga oshirsa bo'ladigan ishlar. Xavfsiz holatda bemalol amalga oshirsa bo'ladi. Yoki hech yo'q, xatar 10x - 20x kam bo'ladi. "Uni qilma, buni qilma,..." deyish yechim emas. Muqobil topib berish kerak. Qaysiki, topilgan muqobil o'sha bizga yoqmagan u qilmoqchi bo'lgan yumushdan-da ko'ziga qiziqroq ko'rinishi kerak. Yoki shunday ko'rsata olishimiz kerak. Farzand ulg'aygani sari uning ichki dunyosi o'zi bilan bo'lib va biz u dunyoga kira olmasak, fikriy tushunmovchiliklar shu nuqtada ko'rinishi katta ehtimol. Inson boshqa bir insonning dunyosiga kirishi uchun u dunyoni tushunishi kerak. Tushunib olingach, sizdan yaxshi suhbatdosh / do'st / yaqin inson go'yoki yo'q / mavjud emas degan tasavvurni biz fikriyatini tushungan individda oson uyg'otishimiz mumkin. Kamida shunday fikrdaman. P.S.: "Farzand bilan do'st bo'lish kerak" deyishadi. Bu 100%. Lekin istisno holatlar hisobga olinishi - kerak. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr Maktabda laqab qo'yish urchigan paytlar edi 20 yillar oldin. Hartugul, 20-asr oxirida tug'ilganlarda shundaymikin, deb fikr qilaman. Ba'zi es-hushini tanigan, bola chaqalik, hatto nevaralik insonlarda shu odat saqlanib qolgan ekan. Hamma emas, lekin podani ichida bitta yarim "aloxidajon"lar chiqar ekan. Do'stlar davrasidagi gaplar o'z yo'lida-ku, lekin... Hozir o'ylasam qo'rqaman, juda qo'rqaman. Birovni oq, boshqani qora deyishdan, kimni kalta kimni katta deyishdan qo'rqaman. Bo'lib ham bu gap - eshituvchining ko'nglini tushirsa, bundan katta "ish" yo'q. Ka'bani buzib yuborgan yaxshi undan ko'ra* Yana, Humazadagi oyatlarda ham obro' to'kuvchilarga qaratilgan qattiq so'zlar bor¹. Surani yodlaganimdan va Ustozning gaplarini eshitganimdan beri bu ishga qattiq qarayman. Hech yo'q, harakat qilaman. Shavkat Hasan ustozni yaxshi gaplari bor: "Kim birovni bir ish ustida ayblasa, shu insonni boshiga shu ish tushmagunicha dunyodan o'tmaydi." Bu katta gap. Bu xuddi bir odamni kofirlikda ayblashdek. Kofirni kofir desa, haqiqatda kofir bo'lsa bu nom kofirga yopishadi. Aksincha bo'lsa, bu nom qaytib kelib aytuvchining o'ziga yopishadi. * - Ko'ngilni vayron qilish - Ka'bani vayron qilishga teng. (c) Abdulloh domla turkum darslaridan. ¹ - Tafsiri Hiloldan tegishli joyni o'qish tavsiya qilinadi. ©️ @Blog_by_MK

  • 13 июл.642из azamatazamatov

    O'qishni bitirvotganlar uchun. Kurs bo'ladimi, universitet bo'ladimi farqi yo'q t.me/azamatazamatov

  • #fikr Nimaga uzundan uzoq matnlarni blog yoziqlarida psevdo-qolip¹ o'laroq tanladim? Bitta sabab bor: Filtr. Auditoriyani filtr qilish. Yoqtirgan qo'shiladi. Chiday olgan qoladi. Qiziqqan davomli kuzatadi. Qo'llab quvvatlagan - hech yo'q ulanib qo'yadi, hatto blogni ovozsiz qilib qo'ysa ham. Istalgan avlod (generation / поколения) vakillarida hozirda miyya yemirilishi² ko'p kuzatilayotgan holat. Bu holatda elakda qoladigan miyyalar sanoqli. Maqsad - ana shunday qorako'zlarni blog atrofiga jamlash. Fikrdoshlarni topish, maqsadi, fikri mushtarak insonlarni bir davrada birlashtirish. Uzundan uzoq matnlarni o'qib hazm qilish, aqlga singdira olish - bu ne'mat. O'zi bergan ajoyib ne'mat. Endi, bundan hikmat ila foydalanish - o'sha ne'matning boshqa darajasi. Ustozni yaxshi gaplari bor: Hech kim harakat qilmayotgan zamonda ozgina harakat qilsangiz yetarli. Siz ularning 90 foizidan ustun bo'la olasiz*. Ana shu 10% ushbu auditoriyada jamlansa, degan fikrim bor, nasib. ¹ - ma'joziy qolip ² - "brain rot" - "qush-miyya" bo'lib qolish, diqqatsizlik * - (c) Aziz Rakhimov, Iqtibos Podkast, YouTube. ©️ @Blog_by_MK

  • #ijod Gar ustozing norozidur, Dema, "cho'ntagim bundan rozidur". Norozilik qalb rozidur, Bo'lsa ham-ki, Ustoz norozidur, Demakki shogird - tozidur. Balki bu bilimning ozidur, Yo, "ko'p bilim olib" Go'yoki shogird "qozidur". Simirib ilm, ustozdin shogird rozidur, Bunda Ustoz rozi - Xudo rozidur. "Topmadim foyda bundan" deyur, Tuz yeb tupurganin shul ovozidur. Bahona qilmak dilga ne xush kelur, Qand emas pand yesa, bular - ozdan ozidur. 02.07.2026, 23.01 P.S.: Ustozni norozi qilmang. Tajribamda kuzatganim bor. Yillarcha kuzatganim. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr Shamolda ohista chayqalib turgan maysalar, daraxtlar, yashillik, qizillik, oq bulutlar bilan qoplangan ko'k osmon. Bularni hammasini o'z rangida, to'la to'kis holatda ko'ra olish - buyuk ne'mat. Haqiqatda buyuk. Ne'matlarni sanasak umrimiz nihoyasigacha ham sanab ado eta olmaymiz. Yuqorida yozilganlari Alloh bizga bergan hadyalarning trilliondan bir qismdir, balki. Balki undan yana yuz milliardcha kamroq, bilmaymiz. Ana shu ne'matlarning aqalli bittasi berilmasa, tasavvur qiling, hayotingiz qanday bo'lgan bo'lar edi? Hayotni faqat monoxrom¹ ranglarda ko'rib, "dunyo shu ekan" degan tasavvurda bo'lsangiz-u, sizga siz jismonan qodir bo'lmagan ilmlar haqida uqtirib boshlashsa, baribir o'z chegarangizda u bilimlarni tushunib olar edingiz. Yoki eshitish bilan muammo bo'lsa. Chor atrofdagilar miriqib suhbatlashib turganida, ularning yuz ifodalariga, tana holatlariga qarab turaverar edingiz-u, zavqlana olmas edingiz. Katta bo'shliq, ana shu ne'mat berilgan insonlar bilan jardek chegara bo'lgan bo'lar edi. Yoki, qo'l yoki oyog'ingizda muammo bo'lsa, hatto tikan kirsa jon achishadi. Endi suyaklar bilan muammo bo'lgan taqdirni tasavvur qilaverasiz. Bunday misollar ko'p. Sanalsa kitoblarga sig'maydi. Shularni bir qator o'ylagandan keyin inson unga berilgan ne'matlariga qanchalik kam shukr qilishini tobora tushunib borar ekansan, kishi. Dunyo jannat emas. Aynan shuning uchun bizga berib qo'yilgan ne'matlarni fikr qilmasak, ignadek bahona tuyadek muammo bo'lib ko'rinaveradi. Agar-ki, stakanda yarimigacha suv bo'lsa, shukr - "eh, stakanning yarmi bo'sh ekan" deb emas, "hayriyat, yarmi to'la ekan" degan tomondan qarashda bo'ladi. ¹ - oq va qoradan iborat rang palitrasi, rang bir-xilligi P.S.: Juda to'g'ri aytilgan o'sha gap: Dunyo jannat emas. Shukr bilan jannatning bir qismini his qilish mumkin. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr #JCh Yigitlar yaxshi o'ynashdi. Yaxshi tajriba olishdi. Bo'lib ham eng top jamoalarning tajribasini olishdi. Shu zayilda tayyorgarlikni susaytirishmasa, O'zi beraman desa, hech gap emas. Hech bor, muzqaymoq yeyishdan nariga o'ta oldi butun jamoa. Quyidagi rasmdagidek hissiyotga beriluvchan bo'lish - insonni tez qaritadi. Aqlan va jismonan qaritadi. Fikrlarni keyinroq yozaman deb jadvallashtirib qo'yganman ekan, ertachi ketib qolibdi. Hechdan ko'ra, deb yozib qo'yaverdim. P.S.: Rasm manbaasi bu yerda. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr Bir sayyoh yahudiy bir yigitga savol qotdi, va quyidagicha suhbat bo'ldi: - Qayerliksan? - Amerikalik. - Hayot qanday, Isroilga nega kelding, bu yerda xavf xatar yo'qmi? - Yo'q, yo'q albatta. Men bu yerga ko'chib kelyapman. - Ko'chib kelishingga nima sabab? - Sabab bo'ladigan ko'p narsa bor. - Amerikani yoqtirmaysanmi? - Yoqtiraman, lekin Isroilga o'xshagan davlat (dunyoda) yo'q, bo'lib ham yahudiy sifatida. Bu xuddiki bitta katta oila. Misol uchun men bir taksi tutaman, umrim davomida biror marta uchrashmagan odam bilan uchrashaman, 10 daqiqadan keyin u menga telefon raqamini beradi, u o'zining uyiga meni kechlikka taklif qiladi, jiyani bilan tanishtirib qo'ymoqchi ekanligini aytadi. Hamma bu yerda bir oila. Bu yerda sen hech kimni tanishing shart emas. Bu haqiqatda zo'r. Haqiqatda. - - - O'ylab qoldim, adadimiz ikki milliarddan oshgan-u, lekin dengizdagi ko'piklar misolimiz. G'irt begona inson bilan o'zimizni "bitta katta oila" deb hisoblash bir yoqda tursin, qarindoshlar bilan siylai-rahmni saqlashga-da hafsala qilishimiz qiyin. Alixonto'ra Sog'uniy ustozni gapi esga tushib ketdi: "Agar o'zbeklar boshqa ishlarga ham oshga kelgandek birlashib yig'ila olganlarida edi, dunyoda bundan qudratli millat bo'lmas edi." Bu gap isbotini yillar-ki, takror-takror topayotgandek. Agar ikkita qavm bo'lsaki, birining rahbari bo'lmsa, ikkinchisining rahbari bor, lekin fosiq bo'lsa. Jamiyatni birlashtirish, boshini bir qilib tutib turish e'tiboridan ikkinchi qavm, garchi rahbar fosiq bo'lsa ham, afzal deb ulamolar e'tirof etishgan ekan¹. ¹ - Hasanxon Yahyo Abdulmajid Ustoz, Arbain darslaridan ©️ @Blog_by_MK

  • #kelib_qoldi O'zi kimga hidoyatni hoxlasa, kimsa undan hidoyatni olib bilarmi? O'zi kimdan hidoyatni yulqisa, kimsa unga hidoyatni bitib yetarmi?* Ritorik savol. * - U faqat O'zi hoxlagan yaratilmishlariga ne'mat beradi. Biz hoxlaganlarga emas. Biz ularni oldiga hatto dunyoni olib kelib qo'ysak-da, foydasi yo'q. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr Gapni qo'shiqdan parcha bilan boshlayman: ... 1. "Белка в Колизей", hayot xuddi Kolizey, 2. Uyga yetolmasdan qiynalib xuddi Odessey. 3. O'zing uchun yasha odamla nima dsayam, 4. Keraksiz urushda qahramon bo'magin sen! ... 1. Ish-uy - bir xil hayot. O'rganish, o'zgarish yo'q. Bu ongli yashash emas. Uydan ishga, ishdan uyga borib kelinaveradi. Avval o'rgangan ilmlar asosida non topilaveradi. Lekin kasbiydir, ma'naviydir, yoki boshqa tomonlama, o'sish yo'q ekan, hayotning "olmaxon charxpalagi" bo'lishi chetdan qaraganda insonga qo'rqinchli tuyuladi. Qaysi ma'nodaki, yillar yashab hayolida kunlar yashagandek his bo'ladi. Sayohatda esa teskarisi. Kunlar yashab oylarcha, balki, yillarcha yashagandek his oladi inson. Bir xillik yo'q, yangi manzillar (lokatsiyalar)ni, bilim, tajrabalarni ko'rishga, his qilib, boshidan kechirishga ixtiyoriy holatda majbur bo'ladi kishi. 2. Bir xillikdagi hayotda ishdan damga shoshilamiz, damdan - tirikchilik (suvival/выживания) bahonasida - yana ishga shoshilamiz. Va natijada, shu Olmaxon Charxpalagi davrida "uyga yetolmaymiz". O'y-tashvishsiz/komfort zona degani shu. Miya va uning energiyani tahminan sarhisob qilishi - boshqa mavzu. To'g'ri, har xillik kerak, lekin "kerak ekan" deb, tirikchilik jonivorni arqonini bo'sh qo'ysa ham durust emas, ayniqsa qaramog'ida qorako'zlar qarab turgan insonlar uchun. Va xuddi shunday, "o'rdak"* bo'lish ham variant emas. 3. Muso 'alayhissalomga Robbisi aytganiday, odamlar har doim gapiradi. Ular bilan birga bo'lsang-u, bo'lmasang, ulardan orqada qolsang-u yo oldinda ketsang - farqi yo'q. Qachonki O'zini rozi qilishga urinadi, inson shunda o'zi uchun yashaydi, har ikki dunyo uchun. Boshqachasiga yuriladigan to'g'ri yo'l, agar bo'lsa, u - katta ehtimol - to'g'ri emas. 4. Ikkitasi zap masala talashib turibdi, misol. Agar shu joyda juda bir bilim qo'zib ketib ikkoviga, yoki ulardan yaqinroq biriga gapirilsa, yo gapni olib, aytganni qiladi/qilishadi, yoki gapni olmaydi, yoki hatto - ba'zi noyob holatlarda - so'zlovchini tinglashni-da hoxlamaydi. Bularga gap, hox u gap maslahatdir, tavsiyadir, fikrdir, farqi yo'q - aytganni/o'qiganni foydasi yo'q. Hatto inson gapirganiga afsus ham qiladi ekan ba'zan. Vaqt ajratgani uchun, u/ularning holiga kuyungani uchun. Shuning uchun "keraksiz urushda qahramon bo'lmagan afzal" ekan. * - "Dunyoni suv bossa o'rdakka ne g'am". (Beparvo, beg'am, mas'uliyatsiz) P.S.: Maslahatni so'rasa bering. Yo'qsa qo'ying, o'ynab yuraversin. ©️ @Blog_by_MK

  • #iqtibos #insights Men hozir Toshkentga qaytsam u yerda men Azim Pulatman. Varshavaga qaytsam, bir o'zbekman. Agar siz hayotingizdan mazmun topolsangiz, nimaga uni atrofingizdagilar bilan bo'lishmaysiz? Ko'pchilik 10gacha uxlaydi. Ertalab qiladigan ishingizni topib olsangiz, uyg'onishga sabab paydo bo'ladi. Siz ko'rayotgan narsani oxiri nima bilan tugashini bilsangiz, u narsa sizga boshidan qiziq bo'lmaydi. "Rat race"ga qo'shilsangiz, agarchi uni yutsangiz ham "rat"ligingizcha qolaverasiz. Mazmun qidirib yashashimiz kerak. Ular ham jum'ani kutib yashashadi, biz ham jum'ani kutib yashaymiz. Lekin ular boshqacha kutib yashaydi. (Bundan) maqsad nima? Ularni miya shunchalik qiynayaptiki uni o'chirib qo'yish ularga rohat. Qarorlarimiz ostida oldin qilingan harakat yotibdi. Iymon bilan biz voz kechgan nimadir uning yaxshirog'i bilan almashadi. Shunchalik shunaqa jamiyatga kelib qoldikmi, yaqinlar bir biriga yordam bermaydiki, odamlar borib tashqi kuchdan yordam so'rashi kerak. Kambag'allik - bu (yaxshi) yashamayapti degani emas, balki aslida undan go'zalroq ham yashashi mumkin. Qarorni qilishimiz emas, shu qarordan keyin nima qilishimiz muhim. Qarorni yashashimiz muhim. Sahobalardan baxtliroq insonlar bo'lganmikan? Ulardan ko'ra hayoti mazmunliroq insonlar bo'lganmikan? Bosib o'tgan yo'l nihoyatda muhim. Birinchi ishingiz yomon bo'lsa (yomon chiqsa), agar arzisa, usha birinchisini yomon qilangiz ham arziydi. Birinchi - yo'nalishda yutib oling. Qayoqqa borishingiz - u ikkinchi masala. Ko'p payt pessemistlar haq, lekin ko'p payt optimistlar boy. Mas'uliyatsizligingiz sizga qimmatroqqa tushadi. (c) Azim Pulat - Iqtibos Podkast, YouTube. 14.11.2025, 09.17 ©️ @Blog_by_MK

  • #ijod Kelganda yozmasang, yozganda kelmaydi* degan yaxshi gap bor. Quyidagini ham kelganida bitib qo'yavergan edim. Xotira o'laroq saqlansin-uchun bu yerga ham qoralab qo'ydim: Sotuvchidan sipo - satr, (1) Oluvchidan adab nadir? (2) Sotuvchida yashirish - kor, Bu ish haqqi bo'lar be-kor. (4) Oluvchijon talashsa jon, Jon toshiqar, chiqmasmi qon? (5) Terimlagan dehqon - omon, Savdogarda dehqondan - jon (6) 1- Sotuvchiga jim bo'lib turish yarashmaydi. U molini imkon qadar ochib berishi kerak. 2 - Oluvchi mol olayotganida amal qilinishi kerak nima odoblar bor? 3 - Molni aybini yashirib sotganining haqqi - halol ish emas. U bekor bo'ladi, havoga uchadi. 4 - Molni aynbini yashirib sotish - ish bo'lsa, bu ishning haqqi (kelgan foydasi) bekor bo'ladi, havoga uchadi. 5 - Sotuvchini hafsalasini tushurib talashsa, cho'ntagida tejab qolgan 2 sumi uchun vaqt ketkazishiga arziydimi? Shu 2 sum qon bosimi oshishiga sabab bo'lib qolmaydimi keyin? 6 - Dehqon hosilni kam narxga sotsa ham ishlayveradi, savdogarning noni esa dehqondan. U shundan non topib jon saqlaydi. 15.02.2026, 04.13 * - manbaa: Hasan aka Mamasaidov MFaktorda Shaha aka Dolimov bilan suhbatidan. P.S.: Shig'ir uchun yarashimli nom o'ylab topgan insonga rahmat aytaman. ©️ @Blog_by_MK

  • #fikr "Hozir IT da bozor picha o'lgan" - deb trade* qilib turgan akalarni o'qib qoldim tunov kuni bir guruhda. Sun'iy idrok erasi boshlanganidan keyin sohasida mutahassislarni ish unumi karrasiga oshib, ishini endi boshlaganlar - ayrim ko'pchilik - SI ga choyga o'rganib qolgandek o'tirib qolishdi. Bittasi shu postni yozib turibdi. Mars IT bo'limida ishlaganimda jamoa CursorAI ishlatishar edi. Berilgan vazifa (task)ni uyog'idan tortib, buyog'idan tortib, 2 kun urindim. 3-kun cursor bilan shu taskni keraklik qismini 1 soatda bitirib qo'ydim. Bu holatdan keyin SI dan foydalanish kimga yoqmasin?) "Biroq" degan joyi bor: Kodlarni tahlil qilmasdan bosib SI ga yozdiraverishda dasturchi (yoki vaybkoder) texnik qarz to'plab boradi, katta ehtimol. Keyin biror kun dasturda muammo chiqqanida "nima gunohim uchun" deb boshini changallaydi. Mayli, bu holat eeng tragediyali holatda bo'lishi mumkin, kamdan kam. Lekin yo'q degani emas. Kodni tushunib, tahlil (review) qila olib, SI ishlatgan miyyalar ko'p holatda yutib ketishyapti. Buni ularning ish samarasi karrasiga oshganini his qilganidan ham bilish qiyin emas. Endi savol: IT da nimaga bozor hozir sust? Javobdan oldin tafsilotlarni ko'raylik: 2019-2022-yillarda dasturchilarga talab bir necha martalab oshdi, 2022-yil ikkinchi yarmi, 2024-yillar oxirigacha ishdan bo'shatishlar - asosan gigant kompaniyalarda - xuddi shunday holatda oshdi. Bozor kadrlarni ancha elakdan o'tkazdi. Elak tishlari kengaydi - bozor / kompaniyalar talablari barcha bosqichdagi kadrlar uchun bir muncha ko'paydi. Misol, Epam kompaniyasiga kirishda oldin faqatgina sayt tashqi dizayni (verstka)ni bilib kira olgan fontendchilar o'sha oldingi bilim bilan hozir bundayroq bir mahalliy kompaniyaga ham ishga kira olishi - mahol. Boshlang'ich (junior)lar uchun joy kam, lekin bir ish o'rni uchun talabgor odam minglarcha. Katta dasturchilar uchun joy yetarli, faqat ularda ishni qabul qilish uchun faktorlar ko'p. O'rta darajadagi daturchilar bozorda talabgir (edi), lekin kadr barmoq bilan sanarlik. Borlari ham o'rnini topib ketgan/ketadi, katta ehtimol. Boshqa sabab: Bozor hozir picha to'yingan. Lekin ishini biladigan hunrmandga to'yingan bozorda-da doim ish bor. G'isht terishni o'rgatsa hamma ham eplaydi, lekin quruvchilik boshqa masala. Butun bir boshli binoni arxitekturasini chizmasini ko'rib, bilib, tushunib, uni g'isht teruvchilarga aytib berish - bu boshqa daraja. Kod yozish ish emas. SI ga chiroyli yozib tushuntirsa eplab-seplab qilib beradi. "G'ishtni to'g'ri terilganini" tekshirish endi "arxitektor"ga qoladi. Bu ishni faqat g'isht terib, chizma o'qishga qiziqmagan odam tushunmaydi. Muhandis - har ikkisini biladi. * - olib sotarlik. Asosan tilla va/yoki kripto aktivlar bilan ishlanadi. ©️ @Blog_by_MK

  • #sarhisob 2025 #kechikkan_post To'qqiz yoshlik vaqtlarimni eslayman. "O'g'il bola 12 da balog'atga yetadi, gunoh yozilib boshlaydi" degan hamon bo'lmagan gaplarni¹ eshitib yurgan paytlarim edi. Kechadan boshlab bu yoshim 3 karraga oshibdi. Bu vaqt ichida, xususan o'tgan yilda nimalar bo'lgani, erishilgan, kutilgan, va keyinga qolgan rejalar/ishlar bilan quyida bir miqdor bo'lishaman: 2024-yil, 24-oktyabrdan Ingliz tilini davom ettirishni boshladim. Qariyb 7 oy o'qib, qanday o'rganishni o'rgandim. Shu yil dekabrida MarsIT markazida ish boshladim. 2025 aprelidan Mars IT bo'limida ishlash nasib qildi. Bunda Fayzullo akani ko'p hissalari bor. Jamoa haqiqatda zo'r, har bir insonni o'zgacha tafti bor edi jamoada. Keyinchalik, yoz oxirlagach DigitiTeam ga dasturchi sifatida qo'shildim. Jamoaga mos kelmaganim (va muhit menga mos kelmagani) sabab, bir oy bo'lar-bo'lmas jamoadan chiqdim. Voqeadan hafta o'tib o'tmay umrimda birinchi marta vodiyga, undan o'tib Qirg'izistonga bordim. Safar tafsilotlarini batafsil yozganman. O'qib chiqishlik. Toshkentda safar qariganini his qilib, Yakkabog'ga qaytdim. Yakkabog'da Ustoz bilan ko'rishdim, Ustoz sabab IT Yakkabog' jamoasi bilan tanishdim, va shu markazga ustoz o'laroq ishga kirdim. "Xalqdan chiqdim, xalqqa beray"² deb, hozirgacha shu dargohda qorako'zlar kelajagiga nimadir yaxshi poydevor qo'yish bilanman. - - - 2024 dan qolgan 2ta, va bu yilga reja qilganim - yana 2 ta ish: 1. Harvard'ni CS50sql kursini nihoyalash; 2. Iymonni yarmini to'ldirish 3. Iqtisodni mustahkamlash 4. Qur'onni mustahkamlash Munday o'ylab ko'rilsa, qo'yilgan maqsadlarga "amalga oshdi/oshmadi" deb emas, "shuncha foiz bajardim" deb qarash, insonni demotivatsiya qilmaydigan yurishlarga olib borar ekan. Shundan kelib chiqib, 2026-yil Sarhisobda foiz o'laroq tepada yozganim 4ta maqsadni o'lchab chiqaman, nasib. ¹ - Aslida, esini taniganidan boshlab yozish boshlanadi (Hasanxon Yahyo ustozga tayanib). ² - YoIA va Najot Ta'limning hozirgi darajaga kelishimda alohida o'rni bor. P.S.: Duo qilib qo'yingizlar, O'zi oson qilsin. Muvaffaq qilsin. 🫡Hurmat bilan ©️ @Blog_by_MK

  • #Ramazon barchamizga muborak bo'lsin🎉 Bir dushmanimiz zaif, ikkinchisi uzoqlashadigan bu oyda ko'pdan ko'p o'zimiz uchun yaxshi o'zgarishlarni yo'lga qo'yib olishimiz mumkin¹. 25 yoshgacha bo'lganlar oramizda bo'lsa, bu yerda yaxshi grant tashkillashtirishgan, kelajakda bir hunar egasi bo'lib xalq, millat, Vatan koriga yaraydigan, o'z ta'sir doirasiga ega bo'la olishda, hayotda bir pog'ona yuksalishda nafi tegadigan xolis grant. Imkon bo'lsa topshirib ko'ring, tavsiya qilaman. ¹ - by Aziz Rakhimov P.S.: Hechdan ko'ra... #kechikkan_post ) ©️@Blog_by_MK

  • #fikr Qiyomat yaqinlashganining alomatlari tobora ko'zga tashlanyapti: Zilzilalar, davosi yo'q - ota bobolarimizda bo'lmagan - kasalliklar, quyi joy olimga qolib to'rga ahmoq bosh bo'lishi, namozlarda noqisliklar, va vaqt o'tib ommatan unutilishi, xuddiki "Qur'ondan rasm, Islomdan ism" qolishidek. Bittada ko'zga tashlanmaydi. Zimdan razm solinsa insonni qalbini o'ylantiradigan manzara mozaika parchalari bitta rasmni tashkil qilganidek ko'z oldimizda gavdalanadi. Qiziq holat. Bularning barchasiga sababchi asli kim? Biz qilgan ishlardan qiyomat yaqinlashmayaptimikin? Qur'on unutilgan, namozlar tashlab qo'yilgan, "dunyo tashvishi" degan "kuchli" bahona bilan ko'ngilga har ne-ki kelsa qilinayapti. Jamiyatni yuksaltiradigan, insonlarni zulmatlardan nurga olib chiqadigan Yaratuvchining so'zi Uning O'zi yaratgan yaratilmishlarining¹ yaralmishlariga² alishtirilayapti. "U Kungacha* bugun kechadan yomonroq, erta bugundan yomonroq bo'lib boraveradi" degan gap chindir, balki. Balki shuning uchun "musulmonning buguni kechasidan, va ertasi bugunidan yaxshi bo'lishi kerak" deb aytilgandir? Balki otamizga, onamizga aytishimiz bugun vojib bo'lib turgan ikki og'iz shirin gapdan ularni mahrum qildikmikan? "Falawlaaa izaa balag'otil hulquum?"³ degan oyatni eslamaymizmi? Rivojlanish uchun kecha nima qildik-u, bugun nimani qoyillatdik? Javobi tayin savollar. * - Qiyomat kelgunicha ¹ - insonlar ² - to'qib chiqarilayotgan/chiqarilgan aqidalar, qonun-qoidalar. ³ - Voqea, 83. ©️@Blog_by_MK

  • #ijod Harajatsiz harakat yo'q. Bir yerda-dir harakat yo'q - Barakat yo'q, tarikat¹ yo'q. Ishoratsiz tijorat yo'q - Tijoratga ishorat yo'q. So'raganga javobat yo'q - Maqomat yo'q, matonat yo'q. Yolg'on birla mudomat² yo'q, Omonat yo'q, amonat³ yo'q. ¹ - yo'l xaritasi, "roadmap", reja ² - davomiylik, muntazamlik ³ - omonlik, tinchlik P.S.: "Kelib qolganda yozilgan shig'irlar" turkumidan. ©️@Blog_by_MK

  • Qiyinchilik har ishda, barcha narsada bor. Boy bo'lish qiyin. Kambag'alga ham qiyin. Sog'lom, baquvvat bo'lish qiyin. Kasal va kuchsiz insonga ham qiyin. Tanlov doim bizda. Yo nafsni yoki nafsga qarshilikni tanlaymiz. Ba'zilar uchun ko'chada, sovuqda ishlash osonroq. Yana ba'zilar uchun ilm olish va ulashish osonroq. Tarozi bitta. Ammo har kim uchun har xil tomonga og’ir keladi. ©️ Otabek Nurmuhammad