Matematika | Bunyodbek Rajabov
СтатистикаMatematikani oson tilda gaplashamiz! 👨🏻💻Creator: Rajabov Bunyodbek (@R_M_Bunyodbek) ✅Milliy sertifikat 68/75 (100%) Kanalda : Foydali formulalar🧠 Kunlik misol masalalar🔥 Milliy sertifikat darajasidagi testlar⚡
- Последний пост
- 10 июн.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 32
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📢 DIQQAT, E’LON! 📐 Oliy Matematika Olimpiadasi Sari Ilk Qadam! Oliy matematikaga qiziquvchi barcha yoshlar (va shu qatorda o'zim ham 😉) uchun ajoyib imkoniyat! Rejalashtirilayotgan nufuzli olimpiadamizning 1-bosqichi oʻtkazilish sanasi aniq boʻldi. 📅 Kuni: Juma kuni (12.06.2026) 🎯 Maqsadimiz: Yoshlarni oliy matematikaga qiziqtirish, Xalqaro olimpiadalarda (IMC, NCUMC va boshqalar) yuqori natijalarni zabt etish hamda eng oliy cho'qqi — Fields medali sari dadil qadamlar tashlash! 🧠 Olimpiadada sizni qanday yo'nalishlar kutmoqda? Musobaqa savollari xalqaro standartlar asosida, eng fundamental yo'nalishlarni qamrab oladi: Matematik analiz (Ketma-ketliklar, qatorlar, integrallar va tengsizliklar) Chiziqli va Abstrakt algebra (Matritsalar, xos qiymatlar, guruh va halqalar xossalari) Kombinatorika va Sonlar nazariyasi (Graflar, invariantlar, bo'linish xossalari) 💡Eslatma: Har bir buyuk kashfiyot bitta kichik ishonch va dadil qadamdan boshlanadi. O'z bilimingizni sinab ko'rish va kelajakdagi xalqaro muvaffaqiyatlarga zamin yaratish imkoniyatini boy bermang! 🔥 Barcha qatnashchilarga ulkan zafarlar va o'tkir zehn tilaymiz! Juma kuni ko'rishguncha! @higher_math_uz
Yoshlarga... Oroldasan... u yerdan ketging keladi, lekin qayig'ing yo'q. Doim qayg'urasan, men bu yerdan yaxshiroq joylarga loyiqman deb o'ylaysan. Aslida istagan paytim qayiq yasab bu yerdan keta olaman deb ham o'ylaysan. Meni qo'limdan ko'p narsa kelgan, bundan keyin ham keladi deysan... Bir necha bor qayiq yasashni boshlagansan, 1-2 kunlik ishdan keyin qorin dardi seni qiynagan va ovga chiqqansan, oving doim baroridan kelgan. Ayrim payt o'ylab qolasan, balki hozirgi joyim yaxshidir, har kuni go'shtxo'rlik... Haliyam oroldasan, seni tushunadiganlar yo'q, kesgan daraxtlaring tagi ya'ni to'nkalar bilan gaplashib o'tirasan. Borib-borib o'zingni to'nkalar ichidagi bir aqlli deb his qila boshlaysan, sen ular ichida eng aqllisisan. Aslida qayiq yasash uchun senda hamma narsa bor, lekin uni yasash sen uchun uncha yoqimli ish emas, qani endi o'zi yasalib qolsa. Balki endi orolda orttirgan hurmatingni yo'qotish va odamlar orasiga borganda bunday obro'ga ega bo'lish uchun qilinadigan harakat qayiq yasashdanda ko'ra qiyinroq ekanligini his qilayotgandirsan... Yoshlar bu hayotda juda ko'p bor orolga tushib qolasizlar. Hayot shunday bir oroldan ikkinchisiga, unisidan boshqasiga... Har safar qayiq yasashingizga to'g'ri keladi. Qaysidir payt, faningizni qattiq o'zlashtirish qayiq bo'lib xizmat qilsa, qaysidir payt Ingliz tilini o'zlashtirish shu vazifani bajaradi. Agar harakat qilmasangiz qaysidir orolda qolib ketishingiz hech gap emas... Haliyam oroldasan.....tezda qayiq yasa, qaraaab o'tirmasdan @karimraximov
Test.pdf
Test (1).pdf
📳Elementar matematika ⚜️1-test♻️
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
#𝗳𝗼𝘆𝗱𝗮𝗹𝗶 #𝗠𝗮𝘁𝗲𝗺𝗮𝘁𝗶𝗸_𝗮𝗻𝗮𝗹𝗶𝘇 𝗡𝗼𝗺𝗶: Matematik analizdan maruzalar 𝗠𝘂𝗮𝗹𝗹𝗶𝗳: G.Xudayberganov, A.Vorisov, X.Mansurov, B.Shoimqulov.
Bugun men uchratgan eng qiziqarli va kulguli post shu bo‘ldi😁
👉 Ustozimiz Ashur Bayturayevni yangi kitoblari chiqdi. 🎽 Foydalanadiganlar o'z fikrini izohda yozib qoldirishingiz mumkin. ⚠️ Qayta to'ldirishda inobatga olinadi! Tarqatadiganlar, manbani eslatib o'tasiz degan umiddaman! 🙂
#Book #Analytic_Geometry 📌 Nomi: Analitik Geometriya ➡️ Muallifi: Bayturayev A.
🎁 Sirius-2025, Yanvar oyi matematika dasturi tarjimasi! ✅ 7-8-9-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan ushbu dasturdan olimpiadalarni endi boshlayotgan o'quvchilar bemalol foydalanishlari mumkin! Bundan tashqari maktab o'qituvchilari ham o'zining iqtidorli o'quvchilar bilan shug'ullanishligi uchun ancha yaxshi manba bo'lib xizmat qiladi. 📝 Sirius dasturidan o'quvchilarga dars berishda 2 yildan buyon foydalanib kelaman, chindan ham foydasini sezganim uchun, ushbu masalalar to'plamini e'tiborlaringizga havola etmoqdaman. 🔰 Ushbu to'plam qancha ko'p o'quvchi va ustozlarga yetib borsa, hamda ularga oz bo'lsada foydasi tegsa biz bundan xursand bo'lamiz! Agar istasangiz manbani ko'rsatmasdan ham bemalol tarqatishingiz mumkin! Muhimi ko'proq odamga foydasi tegsa bo'lgani. ‼️ Muhim eslatma: Ushbu to'plamdan tijoriy maqsadlarda foydalanish ta'qiqlanadi!
#analitik geometriyadan maruzalar 1-kurs 2-semestr
без подписи
без подписи
без подписи
Birinchi bet ham latexda tayyorlandi!!!
Yuqori va quyi limit