Cyber-Zerikishdan
Статистика🔐 Kiberxavfsizlik olamidagi eng so‘nggi yangiliklar, global hodisalar, xakerlik hujumlari tahlili, ma’lumotlar sizib chiqishi holatlari, yangi zaifliklar, himoya usullari va foydali tavsiyalar shu yerda. Admin- @zerikishdan_admin
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 135
- 1/48двое суток
- 154
- 1/72трое суток
- 166
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Falcon Academy | Kiberxavfsizlik ta'lim platformasi quyidagi imkoniyatlarni yaratib beradi Brauzeringizdan turib real topshiriqlar yechasiz, zaifliklarni topasiz va haqiqiy vositalar bilan ishlaysiz. 1: Offensive va Defensive Security ka'bi narsalarni o'qib amalda sinab ko'rib o'rganasiz 2: Nazariy testlar va amaliy topshiriqlar har bir bo'lim uchun 3: Har bir bo'limni tugatganingiz uchun sertificate beriladi 4: Kiberxavfsizlikni to'g'ri ketma ketlikda o'rganishingiz uchun yo'l xaritasi chizib beriladi 5: Amaliy topshiriqlarni bajarishingiz uchun 200+ ortiq turli xil bo'limlar bo'yicha labaratoriyalar mavjud 💸 Kiberxavfsizlikni amalda o'rganishingiz uchun www.falcon-academy.uz
⚠️ SHOSHILINCH OGOHLANTIRISH! Banklar va tashkilotlarda ERI (Elektron raqamli imzo) kalitidan foydalanuvchi xodimlar DIQQATIGA ✅ 🚨 TASHKILOTINGIZ HISOBIDAN KATTA MIQDORDA PUL O‘G‘IRLANISHI MUMKIN! Kech bo‘lmasdan kompyuteringizni zudlik bilan tekshiring! 🔎 Kiberxavfsizlik markazining UZCERT xizmati tomonidan olib borilgan o‘rganishlar natijasida kiberjinoyatchilar davlat ijro faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat organlari nomidan yuborilgan soxta (fishing) elektron xatlar va messenjer xabarlari orqali tashkilotlarning axborot tizimlariga hujum qilayotgani aniqlandi. 💻 Mazkur xabarlarga ilova qilingan yoki havola orqali yuklab olinadigan, rasmiy dastur sifatida niqoblangan zararli dasturlar ishga tushirilgandan so‘ng hujumchilarga kompyuterni masofadan boshqarish, maxfiy ma'lumotlarni qo‘lga kiritish hamda bank operatsiyalarini nazorat qilish imkoniyatini beradi. 🚫 O‘rganishlar davomida quyidagi toifadagi xodimlar foydalanayotgan kompyuterlar zararli dasturlar bilan zararlanganligi aniqlandi: ➡️ ERI kalitidan foydalanuvchi tashkilot rahbarlari; ➡️ bosh hisobchilar va moliyaviy bo‘linma xodimlari; ➡️ bank hisobvaraqlari bilan ishlovchi mas'ul xodimlar; ➡️ hujjatlar aylanishi bo‘limi (devonxona) xodimlari. Mazkur zararli dastur orqali kiberjinoyatchilar ERI kalitlarini qo‘lga kiritishi, bank to‘lov topshiriqlarini noqonuniy imzolashi hamda tashkilot hisobidan katta miqdordagi pul mablag‘larini o‘zlashtirishi mumkin. 🛡 Agar kompyuteringizda yuqoridagi videoda ko‘rsatilgan papkalardan kamida bittasi aniqlansa, muhim ma’lumotlarning zaxira nusxasini saqlab, operatsion tizimni zudlik bilan qayta o‘rnating. Shuningdek, litsenziyalangan antivirus dasturini o‘rnating va uning virus bazalarini muntazam yangilab boring! 🚀 UZCERT xizmatining rasmiy telegram sahifasiga a’zo bo‘ling!
🚨 Yana bir ulkan ma'lumotlar bazasi sotuvga qo'yildi! Dark web forumlaridan birida 11 milliondan ortiq AQSH fuqarolarining rezyumelari (CV) sotuvga chiqarilgani e'lon qilindi. 📊 Da'vo qilinayotgan ma'lumotlar: • 👤 Ism va familiya • 📧 Email manzillari • 📱 Telefon raqamlari • 🏠 Uy manzillari • 🌍 Shahar, shtat va ZIP kodlari • 📄 Resume (PDF/DOCX/DOC) • 📅 Ro'yxatdan o'tgan sana • 🕒 Resume yaratilgan va yangilangan vaqt • 🔑 Boshqa texnik identifikatorlar 📦 Umumiy hajmi 1 TB, va ma'lumotlar 20 yildan ortiq davrni qamrab olishi aytilmoqda. @cyber_zerikishdan
🚨 40 MING MIJOZ MA'LUMOTI SIZIB CHIQDI 🇵🇰 Pokistonning ASKARI Banki bilan bog‘liq xavotirli xabar darknet forumlaridan birida paydo bo‘ldi. "BlackViper" taxallusidan foydalanuvchi shaxs bankning taxminan 40 000 nafar mijoziga oid ma'lumotlar qo‘lga kiritilganini da'vo qilmoqda va bunga dalil sifatida ma'lumotlar namunasini ham e'lon qilgan. 📂 Da'vo qilinishicha, sizib chiqqan bazada quyidagi ma'lumotlar mavjud: 🏦 Bank nomi 🏢 Filial nomi 🆔 CNIC (Milliy ID) 👤 Mijozning F.I.Sh. 🏠 Manzil 💳 Hisob raqami 📞 Telefon raqami 📋 Hamda boshqa shaxsiy ma'lumotlar. @Cyber_zerikishdan⛳️
📢 @cyber_zerikishdan kanaliga admin va shogird qabul qilamiz! Kiberxavfsizlikka qiziqadigan, o‘rganishga tayyor va eng muhimi harakati bor bitta yoki bir nechta yosh shogird qidiryapman. Yoshi 18 dan kichik bo‘lishi kerak. Men o‘zim kerakli resurslar, materiallar va yo‘nalishlarni beraman. Sizdan esa o‘qish, izlanish va doimiy harakat talab qilinadi. Birgalikda quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganamiz: • Darkweb va kiberxavfsizlik forumlarini kuzatish • APT guruhlari va ularning faoliyatini tahlil qilish • Data leak va kiberhujumlar haqidagi da’volarni tekshirish • Yangi CVE va zaifliklarni kuzatish • Kiberhujumlar qanday sodir bo‘lganini tushunish va muhokama qilish • Kanal uchun sifatli va tushunarli postlar tayyorlash Keyinchalik shogird @cyber_zerikishdan kanalini yuritishda yordam beradi va real monitoring hamda tahlil jarayonlarida tajriba orttiradi. Pul emas, harakat va qiziqish muhim. Noldan boshlasangiz ham bo‘ladi, lekin o‘rganishga jiddiy yondashishingiz kerak. 👨💻 Murojaat uchun: @zerikishdan_admin Toshkent shaxri bo’lsa juda zo’r)) Xabarda yoshingiz, kiberxavfsizlik bo‘yicha hozirgi bilimingiz va nima uchun qo‘shilmoqchi ekaningizni qisqacha yozing.
🚨Telegram orqali tarqalayotgan yangi Android spyware — RedWing Xavfsizlik tadqiqotchilari RedWing nomli yangi Malware-as-a-Service (MaaS) platformasini aniqlashdi. U Telegram orqali reklama qilinadi va obuna asosida ijaraga beriladi. 📌 Imkoniyatlari: • SMS va OTP kodlarini o‘qish • Bank ilovalari uchun soxta oynalar (overlay) • Kontaktlar va fayllarni o‘g‘irlash • Qurilmani masofadan boshqarish • Kamera va mikrofonga kirish • Ekranni real vaqtda kuzatish ⚠️ Asosiy xavf — foydalanuvchini APK fayl o‘rnatishga va zarur ruxsatlarni berishga aldash. Shundan keyin zararli dastur qurilma ustidan keng imkoniyatlarga ega bo‘lishi mumkin. 🎁@cyber_zerikishdan
📢 O'zbekiston bo'yicha kiberxavfsizlik monitoringimiz doimiy ravishda amalga oshirilmoqda va hozirgi vaqtda yirik ma'lumotlar oqimi yoki kiberhujumlar kuzatilmaganligini xursandchilik bilan e'lon qilishdan faxrlanamiz! 🚀🔒 Darkweb forumlari va Telegram kanallarimizdagi monitoring natijalarimiz shuni ko'rsatadiki, ayni paytda O'zbekistonga bevosita taalluqli yirik xavfsizlik inqirozlari yoki tasdiqlangan hodisalar aniqlanmagan. Bu bizning strategik monitoring jarayonlarimizning samaradorligini va xavfsizlik muhitimizning barqarorligini ta'minlashdagi yutuqlarimizni anglatadi. 📊✨ Muhim yangiliklar yoki tahdidlar aniqlangan taqdirda, jamoamiz ushbu ma'lumotlarni tezkor va samarali ravishda e'lon qilishga tayyor. Bizning missiyamiz — foydalanuvchilarni doim xavfsiz va xabardor holatda ushlab turishdir! 🛡🤝 📢 @cyber_zerikishdan
🚨Yevropadagi 65 000+ CEO ma'lumotlari sotuvga qo'yilgani da'vo qilinmoqda. Darkweb forumlaridan birida Europe CEO Database nomi ostida biznes rahbarlari ma'lumotlari e'lon qilindi. 📌 Postdagi da'volarga ko'ra: • 65 000+ yozuv • Excel / CSV / JSON formatlari • CEO ism va familiyasi • Lavozimi • Kompaniya nomi • Biznes e-mail • Telefon raqami • Manzil, shahar va davlat • Xodimlar soni • Daromad va sanoat yo'nalishi ⚠️Ushbu ma'lumotlarning haqiqiyligi yoki aynan ko'rsatilgan manbadan olingani mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Bunday e'lonlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish tavsiya etiladi. 📢 @cyber_zerikishdan
🚨Rossiyada yana bir ma'lumotlar bazasi sotuvga qo‘yilgani da'vo qilinmoqda Darkweb forumlaridan birida Nabki.ru nomi bilan bog‘langan ma'lumotlar bazasi e'lon qilindi. 📌 Postda keltirilgan da'volarga ko‘ra: • 100 000+ yozuv • CSV format • Ism-familiya • Tug‘ilgan sana • Manzil • Telefon raqami • Kredit (qarz) summasi ⚠️ Hozircha ushbu ma'lumotlarning haqiqiyligi yoki ularning aynan Nabki.ru tizimidan olingani mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Shuning uchun bu ma'lumotlarga ehtiyotkorlik bilan yondashish tavsiya etiladi. 📢@cyber_zerikishdan
🚨 7-Eleven kiberhujumni rasman tasdiqladi Dunyodagi yirik chakana savdo tarmoqlaridan biri 7-Eleven o‘z tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumni rasman tasdiqladi. Hodisa natijasida noma'lum miqdordagi foydalanuvchilarning shaxsiy ma'lumotlari ta'sirlangani ma'lum qilindi. 📌 Ma'lumotlarga ko‘ra: • Ism va familiyalar • Yashash manzillari • Boshqa shaxsiy ma'lumotlar zararlangan bo‘lishi mumkin. ShinyHunters guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olib, 600 mingdan ortiq Salesforce yozuvlari va 9.4 GB hajmdagi ichki ma'lumotlarni qo‘lga kiritganini da'vo qilgan. Kompaniya bilan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangach, ma'lumotlar dark web'da e'lon qilingani aytilmoqda. 📢@cyber_zerikishdan
🚨Kodak kompaniyasi kiberhujumga uchraganini tasdiqladi AQShning mashhur fotografiya kompaniyasi Kodak o‘z tizimlarida kiberhodisa sodir bo‘lganini rasman tasdiqladi. Hujum uchun javobgarlikni ShinyHunters guruhi o‘z zimmasiga olgan. Ularning da’vosiga ko‘ra: 📌 Qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar: • 2.2 milliondan ortiq yozuv • Mijoz va hamkorlar ma’lumotlari • Ichki hujjatlar • Korporativ fayllar ShinyHunters kompaniyaga ultimatum bergan va ma’lumotlarni e’lon qilish bilan tahdid qilgan. Kodak hodisa yuzasidan tekshiruv boshlaganini va kiberxavfsizlik mutaxassislari bilan hamkorlik qilayotganini ma’lum qildi. 📢@cyber_zerikishdan
⚠️ Siz yoki tanishingiz virusli APK ilovasini o‘rnatib, keyin o‘chirib yuborganmisiz? Ko‘pchilik ilovani o‘chirsa, hammasi joyiga tushadi deb o‘ylaydi. Afsuski, bu har doim ham shunday emas. Zararli APK o‘rnatilgan paytda u: • Telegram sessiyangizni o‘g‘irlashi mumkin; • SMS va tasdiqlash kodlariga kirish olishi mumkin; • Telefoningizdagi boshqa ma'lumotlarni yig‘ishi mumkin. ❗️ Agar hujumchi Telegram sessiyangizni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, uni keyinchalik ham ishlatishi mumkin. Shuning uchun faqat APK'ni o‘chirish har doim ham yetarli emas. Hamma sessiyani tozalash va 0 dan boshlash xavfsizroq. 🔒 Profilaktika — davolashdan osonroq. 📢 @cyber_zerikishdan
🚨Tata Electronics kiberhujumga uchradi Apple va Tesla uchun komponent ishlab chiqaruvchi Tata Electronics o‘z tizimlariga uyushtirilgan kiberhujumni tasdiqladi. 📌 Ma'lum bo'lganlar: • World Leaks ransomware guruhi hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. • Hujumchilar 630 GB dan ortiq ma'lumot va 200 mingdan ortiq fayl qo‘lga kiritganini da'vo qilmoqda. • Sizdirilgan ma'lumotlar orasida Apple va Tesla'ga oid hujjatlar, muhandislik chizmalari, elektron pochta yozishmalari hamda ichki fayllar borligi aytilmoqda. • Kompaniya hodisani tasdiqlagan va tekshiruv boshlanganini ma'lum qilgan. 🔐 Ushbu hodisa yana bir bor uchinchi tomon yetkazib beruvchilarining kiberxavfsizligi butun ta'minot zanjiri uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rsatmoqda. 📢 @cyber_zerikishdan
🚨Qilin ransomware guruhi Check Point VPN'dagi kritik zaiflikdan foydalanmoqda Check Point kompaniyasi o‘zining VPN mahsulotlarida CVSS 9.3 baholangan jiddiy zaiflik mavjudligini tasdiqladi. Ushbu zaiflikdan Qilin ransomware guruhi real hujumlarda foydalangani aniqlangan. 📌 Muhim faktlar: • Hujum autentifikatsiyani chetlab o‘tish imkonini bergan. • Zaiflikdan may oyidan boshlab faol foydalanilgan. • Ta'sirlangan mahsulotlar: Mobile Access VPN, SSL VPN va IKEv1 ishlatuvchi Spark Firewalls. • Tashkilotlarga zudlik bilan yangilanishlarni o‘rnatish tavsiya etilgan. 🔐 Internetga ochiq VPN xizmatlari ishlatilayotgan bo‘lsa, tizimni darhol tekshirish va xavfsizlik yangilanishlarini o‘rnatish tavsiya etiladi. 🚨 @cyber_zerikishdan
🚨 Kiberforumlarda yana bir ommaviy "leak" da'vosi paydo bo‘ldi. Bu safar V FOR VENDETTA Cyber Team guruhi Hindistondagi bir nechta tashkilot va ta'lim muassasalari ma'lumotlarini sizdirganini da'vo qilmoqda. 📌 Postda tilga olingan tashkilotlar: • Yenepoya Dental College • Indian Institute of Technology Mandi • Government Polytechnic College • Kashyap Tutorials • Maraaz Infotech • News Express • Va boshqa bir nechta tashkilotlar 📂 Post muallifining da'vosiga ko‘ra: • 10 ta Hindiston tashkiloti nishonga olingan • ZIP formatdagi ma'lumotlar bazasi tayyorlangan • Yuklab olish havolasi va namunalar (sample) taqdim etilgan ⚠️ Hozircha ushbu da'volar mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Rasmiy tashkilotlar tomonidan ham bu holat yuzasidan bayonot berilmagan. Kiberforumlarda e'lon qilinayotgan bunday postlarni har doim ishonchli manbalar orqali tekshirish tavsiya etiladi. 📢@cyber_zerikishdan
🚨General Motors Argentina bilan bog‘liq ma'lumotlar bazasi sizib chiqqani da'vo qilinmoqda. 📌 Post muallifining da'vosiga ko‘ra: • 47 693 ta yozuv (records) • Mijoz va ariza ma'lumotlari • Email manzillari • Telefon raqamlari • DNI (milliy ID) • Manzil ma'lumotlari • GUID va ichki identifikatorlar ⚠️ Hozircha ushbu da'volar mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. General Motors Argentina tomonidan ham bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berilmagan. ✅@cyber_zerikishdan
🚨 Yana bir "data leak" da'vosi kiberforumlarda paydo bo‘ldi. Bu safar postda Sri Lanka Kelaniya University Internship Portal tizimi buzilgani va ma'lumotlar qo‘lga kiritilgani da'vo qilingan. 📌 Post muallifining da'vosiga ko‘ra: • Administrator (Super Administrator) huquqi qo‘lga kiritilgan • Taxminan 8 600+ foydalanuvchi akkaunti • 4 490 ga yaqin shaxsiy ma'lumotlar (PII) • 3 400+ amaliyotchi (intern) va bitiruvchilar ma'lumotlari 🗂 Da'vo qilinayotgan ma'lumotlar: • F.I.Sh. • Tug‘ilgan sana • Milliy ID (NIC) • Telefon raqamlari • Universitet va shaxsiy email manzillari • Amaliyot (internship) ma'lumotlari • Akademik holat va rahbarlar haqidagi ma'lumotlar ⚠️ Hozircha ushbu da'volar mustaqil ravishda tasdiqlanmagan. Universitet yoki rasmiy tashkilotlar tomonidan bu hodisa yuzasidan rasmiy bayonot e'lon qilinmagan. ✅@cyber_zerikishdan