- Последний пост
- 20 февр.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 49
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⭕️ Bitta igna - katta xavf bo‘lishi mumkin, agar u infeksiyalangan bemordan bo‘lsa.! ☑️ Shunday holatda nima qilish kerak, videoda bunga javob bor. ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ O‘g‘il va qiz bolani nechi yoshidan alohida cho‘miltirib boshlash kerak.? Savol javobi videoda.! © Dilshod Akmalovich ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ Anafilaktik shokda tezkor yordam. Videoda qisqa va tushunarli qilib ko‘rsatilgan.! ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ Sunʼiy usulda ham chuqur uyquga ketsa bo‘ladimi.? Qisqa javob: ha, ma’lum darajada mumkin, lekin to‘liq tabiiy chuqur uyquni 100% sun’iyga almashtirib bo‘lmaydi. 🧠 “Sun’iy chuqur uyqu” deganda nimani tushunamiz.? 🔹 Bu atama ostida 3 xil holat bo‘ladi: 1️⃣ Dorilar bilan chaqirilgan uyqu (sedatsiya). 2️⃣ Anesteziya (narkoz). 3️⃣ Tabiiy chuqur uyquni kuchaytirish (fiziologik yo‘l bilan). Ular bir-biriga o‘xshashdek ko‘rinsa ham, miya darajasida mutlaqo boshqa holatlar. 1️⃣ DORILAR BILAN “CHUQUR UYQU” (SEDATSIYA). Misollar: ~ Benzodiazepinlar (diazepam, lorazepam). ~ Z-preparatlar (zolpidem). ~ Ba’zi antipsixotiklar. ~ Antigistaminlar (dimedrol). Haqiqatda: ❌ EEG bo‘yicha bu haqiqiy N3 (delta uyqu) emas. ❌ Xotira va miya “tozalanishi” yetarlicha bo‘lmaydi. ❌ Ertalab “og‘ir bosh” bo‘ladi. 📌 Bemor uxlayotgandek ko‘rinsa ham, miya to‘liq tiklanmaydi. 2️⃣ ANESTEZIYA (NARKOZ) — Eng chuqur, lekin uyqu emas.! Muhim fakt: 🟥 Narkoz = uyqu emas Propofol, sevofluran, ketamin va boshqalar: ~ Ong o‘chadi. ~ EEG N3 ga o‘xshashi mumkin ~ Ammo glymphatic tozalash ishlamaydi. ~ Xotira konsolidatsiyasi yo‘q 📌 Shuning uchun narkozdan keyin odam charchagan holda uyg‘onadi, hatto uzoq yotgan bo‘lsa ham. 3️⃣ Tabiiy chuqur uyquni “SUN’IY RAG‘BATLANTIRISH” (eng to‘g‘ri yo‘l). Bu — eng to‘g‘ri va xavfsiz yo‘l. Quyidagi usullarda: ~ Melatonin (kichik doza, 0.5–1 mg). ~ Magniy (glycinat, treonat). ~ Sovuqroq xona. ~ Yotishdan oldin parasimpatik faollashtirish. ~ 4-7-8 nafas. ~ Meditatsiya. 🟢 EEGda haqiqiy delta to‘lqinlar ko‘payadi. 📌 Muhim jihat: 👉 Sun’iy yo‘l bilan ongni o‘chirish mumkin, lekin chuqur uyquni to‘liq berib bo‘lmaydi. 👉 Eng to‘g‘ri yo‘l — tabiiy chuqur uyquni kuchaytirish.! ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ Sizlar bilan "chuqur uyqu" haqida gaplashamiz.! 🛌 Chuqur uyqu nima.? ~ Chuqur uyqu - uyquning 3-bosqichi (N3) bo‘lib, u paytda miya faoliyati maksimal darajada sekinlashadi. ~ EEGda delta to‘lqinlar ustun bo‘ladi (0,5–4 Hz). ~ Bu bosqichda odamni uyg‘otish juda qiyin. ⏳ Qachon va qancha davom etadi.? ~ Asosan uyquning birinchi yarmida (birinchi 2–3 soatda). ~ Kattalarda: 👉 umumiy uyquning 15–25% 👉 taxminan 60–90 daqiqa ~ Yosh ulg‘aygani sari chuqur uyqu kamayadi. 🧠 Chuqur uyquda organizmda nima bo‘ladi.? 🔹 Miyada: ~ Xotira mustahkamlanadi (ayniqsa faktlar va bilimlar).! ~ Miya “tozalanadi” (glymphatic system orqali toksinlar chiqadi). ~ Alzheimer bilan bog‘liq beta-amiloidlar kamayadi. 🔹 Gormonlar: ~ O‘sish gormoni faol ajraladi... → to‘qimalar tiklanadi → mushaklar o‘sadi → jarohatlar tez bitadi 🔹 Yurak-qon tomir: ~ Yurak urishi sekinlashadi ~ Qon bosimi pasayadi ~ Vegetativ nerv tizimi “dam oladi” 🔹 Immunitet: ~ Immun hujayralar faollashadi ~ Infeksiyalarga qarshilik oshadi 😴 Chuqur uyqu yetishmasa nima bo‘ladi.? ⚠️ Surunkali charchoq ⚠️ Tongda boshi og‘ir bo‘lish ⚠️ Diqqat va xotira pasayishi ⚠️ Stress, xavotir, depressiya ⚠️ Qandli diabet va gipertoniya xavfi ⚠️ Immunitet pasayishi ⭕️ Qiziq jihati: odam 7–8 soat uxlab ham chuqur uyqu kam bo‘lsa, baribir to‘liq dam olmagan bo‘ladi. 🚫 Chuqur uyquni buzadigan omillar.! ~ Kechasi telefon / televizor (ko‘k nur).! ~ Kofein (soat 19:00 dan keyin).! ~ Spirtli ichimliklar.! ~ Kechki og‘ir ovqat.! ~ Stress va xavotir.! ~ Ba’zi dorilar (benzodiazepinlar, alkogol).! ✅ Chuqur uyquni yaxshilash yo‘llari... 🌙 Uyqu gigiyenasi: ~ Har kuni bir vaqtda uxlash va turish. ~ Xona qorong‘i, sokin va salqin (18–20°C). ~ Yotishdan 1 soat oldin ekranlardan voz kechish. 🏃♂️ Kunduzgi odatlar: ~ Kunduzi jismoniy faollik (lekin kechqurun emas). ~ Quyosh nuri bilan ertalab uyg‘onish. ~ Kechki ovqat yengil bo‘lishi. 🍵 Foydali moddalar: ~ Magniy ~ Melatonin (faqat zarurat bo‘lsa) ~ GABA ta’sirini kuchaytiruvchi tabiiy usullar (nafas mashqlari, meditatsiya). ☑️ Tibbiy nuqtai nazar. ~ Chuqur uyqu EEG bilan baholanadi (polisomnografiya) ~ Obstruktiv uyqu apnoesi chuqur uyquni keskin kamaytiradi ~ Antidepressantlar REMni, alkogol esa N3 ni buzadi. ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
☑️ Qachon Paratsetamol, qachon Ibuprofen.? ☑️ Homiladorlikda qaysi birini qabul qilish kerak.? ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ Kitlar sutemizuvchilardan ekanini bilasizmi.? Chaqaloq kit boshqa sutemizuvchilar kabi onasini ema olmaydi. Shuning uchun ona kit sutni to‘g‘ridan-to‘g‘ri suvga chiqaradi. Bu sut juda quyuq (50% yog‘) va yopishqoq bo‘lib, suvda erimaydi. Bu Allohning yaratganlaridan biri.! ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
📘 Umumiy Xirurgiya 👤 O‘.O.Oripov, Sh.N.Karimov 🔹 Toshkent, 524 betli ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
📘 2000ta kasalliklar 🔹 1290 bet. Moskva ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
Bilasizmi nimaga O‘zbekistonda kitob magazinlari nihoyatda kam? Chunki ularga bo‘lgan talab bizda uyatli darajada past. Xalqimiz ming afsuski, deyarli kitob mutoala qilmaydi. Xalqimiz orasida kitob va gazeta o‘qish madaniyati yo‘q. Kitob o‘qishga qiziqish xalqimiz orasida ommalashmagan. Chet davlatlarda metro va avtobuslarda, park va jamoat joylarda odamlarning kitob va gazeta o‘qiyotganligini tez-tez uchratish mumkin. Amerikada har bir kishi yiliga o‘rtacha 17 ta kitob o‘qir ekan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha Amerika dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Hindistonda har bir kishi o‘rtacha 16 ta kitob (2-o‘rin), Britaniyada 15 ta kitob (3-o‘rin), Fransiyada 14 ta kitob (4-o‘rin), Rossiyada 11 ta kitob (7-o‘rin) o‘qir ekan. O‘zbekistonda esa o‘rtacha har bir kishi yiliga 2 ta kitob ham o‘qimas ekan. Bu millatning fikrlash saviyasi va uning IQ darajasi pastligiga ishoradir. Bunday holat millatni zalolatga, jaholatga, qaramlikka, tanazzulga va kambag‘alikka olib kelishi mumkin. © alitoshkandi ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ Ebola virusi. ☑️ Taʼrif: Ebola — filovirus oilasiga mansub orthoebolaviruslar sabab bo‘ladigan og‘ir va baʼzan o‘lim bilan tugaydigan yuqumli kasallik. ☑️ Qanday yuqadi.? Asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kasal odamning qon, qusindi, ichak chiqindilari, teri yaralari yoki boshqa tana suyuqliklari bilan aloqada bo‘lish orqali yuqadi. Zararlangan buyumlardan (ignalar, kiyim-sochiq) va anʼanaviy dafn amaliyotlaridan ham tarqalishi mumkin. Virus ayrim tana suyuqliklar (masalan sperma)da uzoqroq saqlanishi mumkin. ☑️ Inkubatsiyasi va Klinikasi: Inkubatsiya davri — 2 dan 21 kungacha, o‘rtacha 8–10 kun. Boshlang‘ich belgilar umumiy va notipik: isitma, bosh og‘rig‘i, charchoq, mushak og‘rig‘i, tomoq og‘rig‘i. Keyinchalik qusish, diareya, qorin og‘rig‘i, teri toshma va og‘ir holatlarda ichki yoki tashqi qonashlar kuzatilishi mumkin. ☑️ Tashxis: Ebola shubhasida laboratoriya testi (PCR — virus RNK sini aniqlash) kerak bo‘ladi. Bunday testlar faqat maxsus himoyalangan laboratoriyalarda amalga oshiriladi. ☑️ Davolash: Asosiy yondashuv — qo‘llab-quvvatlovchi terapiya: suyuqlik va elektrolitlarni tiklash, simptomlarni boshqarish va asoratlarni oldini olish. So‘nggi yillarda virusga qarshi samarali monoklonal antitanacha (masalan, REGN-EB3/Inmazeb va ansuvimab/mAb114 — Ebanga) ko‘rsatkichlarda bemor o‘limini kamaytirgani klinik sinovlarda isbotlandi va baʼzilari maʼqullangan. ☑️ Vaksina: rVSV-ZEBOV (Ervebo) — Zaire ebolavirusga qarshi bir doza bilan qo‘llaniluvchi vaksina; 2019 yilda maʼqullangan va EVD epidemiyalarida ring-vaksinatsiya strategiyasida ishlatiladi. ☑️ Ebola tarixidan: Ebola epizodik ravishda asosan Afrika mamlakatlarida paydo bo‘ladi. Eng yirik epidemiya 2013–2016 yillarda Gvineya, Liberiya va Sierra-Leoneda bo‘lib, 28,000+ holat va ~11,000 o‘lim bilan tugagandi. Kasallikning o‘lim darajasi turlicha — 25% dan 90% gacha bo‘lishi mumkin (turlarga va sog‘liq tizimi javobiga bog‘liq). ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
📘 Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bo‘yicha milliy klinik protokollar 📆 Toshkent 2024 ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ QOQSHOL (TETANUS) — Tarifi, Sabablari, Klinikasi, Tashxisi, Davolash va Profilaktikasi. 🟢 Ta’rif: Qoqshol (tetanus) — Clostridium tetani bakteriyasi ishlab chiqaradigan toksin tufayli markaziy asab tizimini zararlovchi xavfli infeksion kasallik. O‘lim darajasi yuqori, lekin oldi olish mumkin. 🟢 Yuqushi va sabablari: - Bakteriya tuproqda, changda, hayvon najasida bo‘ladi. Infeksiya odatda: - Jarohat, kesilish, teshib o‘tuvchi yara - Tishlash - Kuyish - Tug‘ruqdagi gigiyenasizlik (yangi tug‘ilganlarda) orqali organizmga kiradi. Bakteriya anaerob muhitda toksin ajratadi. 🟢 Inkubatsiya davri: Odatda 3 kundan 21 kungacha, ko‘pincha 7–10 kun. Jarohat chuqur va iflos bo‘lsa — erta boshlanadi va og‘ir kechadi. 🟢 Klinikasi: Dastlabki belgilar: - Bo‘yin va jag‘da taranglik - Charchoq, subfebril isitma - Bezovtalik Keyingi bosqich (klasik tetanus): - Trizm — og‘izni ocholmaslik - Risus sardonicus — yuz muskullarining tirishishi - Opistotonus — gavdaning orqaga qattiq taranglashuvi - Mushak spazmlari (qo‘l-oyoqlarda, qorin, orqa) - Nafas mushaklari falaji → o‘lim xavfi 🟢 Tashxis: Asosan klinik ko‘rinish asosida qo‘yiladi. Laborator tekshiruv har doim ham aniqlamaydi. 🟢 Davolash: - Shoshilinch statsionar yoki reanimatsiyada davolanadi! - Toksinga qarshi zardob (Tetanus immunoglobulin) - Antibiotiklar — metronidazol, penisillin - Yaraning jarrohlik ishlov berilishi (debridement) - Mushak spazmiga qarshi dori (diazepam va boshqalar) - Nafasni qo‘llab-quvvatlash (zaruratga ko‘ra) - Oziqlanish, parvarish, suyuqlik balansi 🟢 Profilaktikasi: - Eng muhim chora — emlash: 🔹 Bolalarda: - 2, 3, 4 oy → asosiy 3 doza (DPT/ADS) - 16–18 oy → revaksinatsiya - 6–7 yosh - 16 yosh 🔹 Kattalarda: - Har 10 yilda 1 marta revaksina 🔹 Tug‘ruqdan oldin ayollar: homiladorlikda ham beriladi 🔹Teri shikastlarida: - Jarohat darajasiga qarab TT/Td vaktsina yoki immunoglobulin Shaxsan o‘zim shu vaqtgacha qoqshol bilan og‘rigan bitta bemorni ko‘rganman, oyog‘iga mix kirishi oqibatida qoqshol bakteriyasini yuqtirib olgan edi. ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
Mahorat - goʻzalni koʻra bilmoqdir, Sevgining siriga yeta bilmoqdir, Jahon, olam barcha bilsin-ki; Eng buyuk ibodat seva bilmoqdir. Yunus Emro ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
✅ Yurak ishemik kasalligi. © Khan Academy ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
#Fakt ☑️ Inson qulog‘idagi sariq suyuqlik juda achchiq bo‘ladi. Shuning uchun quloqning ichiga biror hasharot kirsa albatta u o‘ladi. ☑️ Ko‘z yoshi ta’mi esa sho‘rdir. Bu ko‘zning yog‘ bosishining oldini oladi. ☑️ Og‘iz bo‘shlig‘idagi so‘lak esa achchiq ham emas, sho‘r ham emas. Agar shunday bo‘lmasa edi, biz na taomning ta’mini va na mevaning mazasini sezardik. 🔹 Bu insonning naqadar mukammal yaratilganining kichik bir ko‘rinishi xolos... 🔹 Shubhasiz inson go‘zal va mukammal qilib yaratilgan.! ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1
без подписи
без подписи
без подписи
✅ Tish pastasining tubidagi rangli (ko‘pincha qora, ko‘k, yashil yoki qizil) chiziqlar haqida internetda bir mish-mish tarqalgan: Yashil – tabiiy mahsulot. Ko‘k – tabiiy + dori-darmon qo‘shilgan. Qizil – tabiiy + kimyoviy qo‘shimchalar. Qora – toza kimyoviy. ⭕️ Lekin bu xalq orasidagi noto‘g‘ri talqin xolos. Ishlab chiqaruvchilar ham, stomatologlar ham bu belgilarni tarkib bilan bog‘lashni rad etishadi. 🔹 Aslida esa o‘sha chiziqlarni “eye mark” yoki “color mark” deyiladi. Ular faqat ishlab chiqarish jarayonida sensorlar tish pastasi qutisini qayerdan kesish va yopishtirishini aniqlash uchun qo‘yiladi. Ya’ni texnik belgi, mahsulot tarkibi bilan aloqasi yo‘q. ☑️ Tarkibni bilish uchun faqatgina qadoqdagi ingredientlar ro‘yxatini o‘qish kerak. ❇️ 👉 @Doctor_Haus_1