Doston Jonuzoqov
СтатистикаMening bitiklarim, mening tanqidlarim, mening yechimlarim. Dasturchining mantiqi, otaning mehri va insonning izlanishlari mujassam bo'lgan maskan. Xatolar — bu dasturning yangi versiyasiga yo'l.
- Последний пост
- 30 июн.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Do'stingiz oldiga kelib "Zo'r dastur qildim, ishlatsangiz kerak-a?" desangiz, u doim "Ha" deydi. Lekin hech qachon ishlatmaydi. Nega? Chunki odamlar siz bilan munosabatni buzmaslikni to'g'risini aytishdan ustun qo'yishadi. Rob Fitspatrikning mashhur "Mom Test" (Ona testi) qoidasini bizning domdagi qo'shnilarga qanday qo'llaganim haqidagi real tajribam. 👇👇👇 https://open.substack.com/pub/metodist/p/xushomadlar-tuzogi?utm_source=share&utm_medium=android&r=6z6a01
Assalomu alaykum! Umid qilaman, yaxshisiz. Yangi loyiham – QulayDom yo'li haqida birinchi inshoni chiqardim. Unda dasturchining texnik g'oyalaridan ko'ra ko'proq podyezdlarimizdagi ko'rinmas devorlar, onalarning charchog'i va yo'qolgan bolalar haqida yozdim. Bu safargi insho oddiy tekst emas, real boshlanayotgan loyihamizning ilk hikoyasi. Build in public formatida yozishni boshladim, hali kod yozishni boshlamagan bo'lsam ham. Birinchi postni Substackka chiqardim. Vaqt topganda bir ko'z tashlab chiqsangiz, qanday fikrdasiz bilish qiziq edi. Ayniqsa, sizday tajribali odam nima deydi) O'qib, o'z fikringizni bildirsangiz, juda xursand bo'lardim! https://dostonjonuzoqov.substack.com/p/ayolimni-kuzata-boshladim?r=6z6a01
Inson o'rnini inson bosadi Har kuni ijtimoiy tarmoqda "AI sizni ishsiz qoldiradi" degan sarlavhani ko'rib vahimaga tushaman. Kechalari uxlolmayman. Lekin ishga kelib, kompyuterni yoqqanimda bitta narsani angladim: Hech qanday AI saharda turib, yoningizdagi jahli chiqgan mijozning ko'ngliga yo'l topa olmaydi. Hech qanday algoritm xato qilib, keyin kechirim so'rab vaziyatni yumshata olmaydi. Meni ishsiz qoldiradigan narsa AI emas. Meni o'sha AIdan mendan ko'ra yaxshiroq foydalanadigan va intizomliroq bo'lgan oddiy inson siqib chiqaradi xolos. Qo'rqishni to'xtatib, o'sha asbobni ishlatishni o'rganishim kerak. Ish joylarni saqlab qolish haqida maqolamda o'qing 👇 https://metodist.substack.com/p/katta-baliqlar-qanday-uygondi?r=6z6a01
Tasavvur qiling agar men matnni hech qanday nuqta vergul xatboshi yoki tinish belgilarisiz yozib tashlasam o'qiyotib nafasingiz tiqilishni boshlaydi qayerda to'xtashni bilmaysiz qayerda nafas olishni bilmaysiz miyangiz charchab ketadi va o'qishni tashlab ketgingiz keladi Nafasingiz qisildimi? O'qish og'ir bo'ldimi? Ishxonada xodimlaringizga yoki uyda bolangizga hech qanday erkinlik bermay, har bir qadamini nazorat qilaversangiz, ular xuddi shu matnni o'qigandek bo'g'ilishadi. Yaxshi rahbar xodimga qayerda nafas olish kerakligini o'rgatmaydi, unga shunchaki kislorod (ishonch va erkinlik) beradi. Erkinlik qoldiring.
Chiroyli tabassum egasiga Ochig'ini aytaman, men ko'pincha bitta tabassum hech narsani o'zgartirmaydi deb o'ylardim. Hayotda katta yutuqlar faqat qattiqqo'llik, asabiy va doimiy jiddiy yuz bilan keladi degan xato tushunchada yashagan ekanman. Ammo singlimning darslarini kuzatib, bu tushuncham o'zgargan. Oddiy ustoz sinfga kirganda qovoqlarini uyadi, o'quvchilarda qandaydir sun'iy qo'rquv uyg'otishga harakat qiladi. Dizayner ustoz singlim esa sinfga shunchaki jilmayib kiradi. Natijada qo'rquv bir soniyada ilhomga aylanadi. Qo'rquv bilan qilingan vazifa qullikdir. Ilhom bilan qilingan vazifa esa haqiqiy san'atdir. Uning tabassumi xuddi dizayndagi asosiy rangga (primary color) o'xshaydi. Bo'mbosh ekranga bitta issiq rang tomchisi qanday jon kiritadigan bo'lsa, ustozning bitta samimiy jilmayishi shogirdining ishonchsiz va ikkilanib turgan ongiga huddi shunday jon kiritadi. Bu hali hammasi emas. O'sha darsdagi bitta samimiy tabassum o'quvchida kasbga nisbatan ishtiyoq uyg'otadi. Ishtiyoq bilan o'qigan bola qiyinchiliklardan qo'rqmaydi. Qiyinchilikni yenggan o'quvchi ertaga o'z sohasining eng yetuk ustasiga aylanadi. Yetuk ustalar esa innovatsiyalar qilib, butun boshli yurtni obod qiladi. Demak, yurt obodligi va buyuk loyihalar minbarlardagi quruq va'dalardan emas... balki fidoyi ustozning o'quvchilariga atalgan oddiy, samimiy va mehrli tabassumidan boshlanarkan. Tug'ilgan kuning bilan, eng chiroyli tabassum egasi! Doston Jonuzoqov
Yomg'ir hamma joyni yuvib tozalaydi, havoni musaffo qiladi. Lekin qadam bossangiz, oyoq kiyimingiz loy bo'ladi. Inqiroz va qiyin kunlar ham hayotimizga xuddi shu yomg'irdek keladi. U bizning hayotimizdagi soxta do'stlarni, xomxayollarni yuvib tashlaydi, fikrimizni musaffo qiladi. Lekin bu jarayonda oyog'imiz (qalbimiz) biroz loyga botadi, charchaymiz. Loyga qarab siqilmang, yuvilib ketgan kirlarga shukr qiling. Doston Jonuzoqov
Birovning qimmatbaho mashinasiga, chet eldagi sayohatiga yoki ideal oilasiga hasad qilyapsizmi? Unda adolatli bo'ling. U erishgan yutuqlarga qo'shib, uning uyqusiz tunlarini, to'kkan ko'z yoshlarini, qarzdorliklarini, xiyonat va stresslarini ham o'zingizga qabul qilishga rozi bo'ling! Agar kimgadir berilgan yutuqning asl narxini to'lashga tayyor bo'lmasangiz, uning yakuniy natijasiga hasad qilishga haqqingiz yo'q. Chunki har bir yelkaga faqat o'zi ko'tara oladigan sinov yuklangan. Doston Jonuzoqov
Bog‘langan fil Hindistonda fil bolasini kichkina paytida qalin arqon bilan daraxtga bog'lab qo'yishadi. Fil bolasi qancha tortqilamasin, uzolmaydi. Ongida arqonni uzib bo'lmaydi degan tushuncha shakllanadi. Fil katta bo'ladi. U tonnalab og'irlikka, butun boshli daraxtni qo'porib tashlash kuchiga ega bo'ladi. Lekin uni haliyam o'sha ingichka arqon ushlab turadi. U tortib ko'rmaydi ham. Ota-onamiz va maktab tizimi bizga ham kichikligimizda tavakkal qilma, yiqilasan, jim o'tir, och qolasan degan arqonlarni bog'lagan. Hozir siz katta odamsiz. Sizda kuch, aql, internet, resurslar bor. Lekin sizni o'sha bolalikdagi qo'rquv arqoni ushlab turibdi. Arqonni uzib tashlang, u sizning kuchingiz oldida shunchaki ipdir. Doston Jonuzoqov
Arafa muborak
Ko'zini yopish bilan dunyodagi yovuzlikni yo'q qila olmaysiz. Eng yaxshi himoya — ko'zini ochib, bu yovuzlik aslida qanday ishlashini tushuntirib berishdir. Hayot yozilmagan kodlardan iborat dunyodagi eng qiyin, grafikalari eng ajoyib, ammo shunga qaramay mutlaqo taslim bo'lishga haqqingiz yo'q bo'lgan eng katta o'yindir. … davomi
Chalg'ish va e'tibor Biz oilada farzandimiz bilan suhbatlashganda 🍔 har doim ularning ko'ziga qarab 🚗 diqqatimizni faqat ularga qaratishimiz 🎧 shart. Matn orasiga qo'shib yuborilgan mantiqsiz belgilar diqqatingizni bo'ldimi? Asosiy fikrni yo'qotib qo'ydingizmi? Siz xodimingiz yoki bolangiz bilan gaplashayotganda ha, eshityapman deb telefoningizni titkilab o'tirsangiz, ular ham sizning gaplaringizga xuddi shunday munosabatda bo'lishadi. E'tibor talab qilyapsizmi? Avval uni o'zingiz to'liq bering. Chalg'ituvchi belgilarni yig'ishtiring. Doston Jonuzoqov
Tenglama Uyda har kuni o'rtacha 3 soat ekran (telefon, tv) qarshisida o'tirasiz. Bolangizga har kuni kamida 15 daqiqa kitob o'qi, foydasi bor deb nasihat qilasiz. 1 yilda sizning nasihatlaringiz = 91 soat. Lekin bola kuniga 3 soat ekran ko'rayotgan sizni ko'radi. 1 yilda u sizdan oladigan vizual namuna = 1,095 soat! 91 soat so'z, 1,095 soatlik amaliy yomon namunani hech qachon yenga olmaydi. O'sha 15 daqiqa nasihat o'rniga, o'zingiz uning ko'z oldida 15 daqiqa kitob o'qing. Shunda tenglama sizning foydangizga ishlaydi. Doston Jonuzoqov
15 soniyali qullik Yigit darsdan charchab kelib, dam olish uchun instagramga kiryapti. 15 soniyali kulgili videolar, yengil hazillar, chiroyli qizlar. Miya tez va oson dofaminga to'yib ketyapti. Shunchaki yarim soat dam olaman deb kirgan odam, o'zi sezmagan holda ikki soat vaqtini o'ldiryapti. Ertasi kuni kitob o'qimoqchi bo'lyapti. Lekin miya 15 soniyada almashadigan yorqin kadrlarni, oson qabul qilinadigan hislarni talab qilyapti. Kitobdagi qora harflar zerikarli tuyulyapti. Darsni o'rtada tashlab, yana telefonga yopishyapti. Asta-sekin qiyin muammolarni yechishdan qochish odatga aylanyapti. O'tirib mehnat qilish, uzoq muddatli hunar o'rganish unga malol kelyapti. Miyasi faqat tezkor yechimlarni xohlab qolgan yigit, yengil pul topish yo'llarini qidiryapti. Instagramdagi bir kunda boyib ketganlarga, yaltiroq hayot egalariga havas qilib, oson daromad qidirib qimorga kirib ketyapti. Oson pul topaman deb borini tikyapti. Yutqazyapti. Qarzga botyapti. Uydagi tinchlik yo'qolyapti. Ota-ona qon yutyapti. Farzand oila uchun suyanchiq emas, azobga aylanyapti. Lekin yigit haliyam aybni o'zidan emas, omadi kelmaganidan qidirib, yupanch axtarib yana o'sha videolarga sho'ng'iyapti. Bitta ijtimoiy tarmoq bitta yigitning intellektini, irodasini va butun boshli kelajagini kemirib bitiryapti. iltimos, qisqa videolardan qoching. Doston Jonuzoqov
Erni boy qiladigan ham qaro yer qiladigan ham xotin 1970-yillarning boshi. Tor, sovuq va zax g'ildirakli treylerda yosh ingliz tili o'qituvchisi xotini bilan yashar edi. Uning oilasi shunchalik qashshoq ediki, qishda uyni isitishga, ba'zan hatto dori-darmonga pul topa olishmasdi. Yozuvchilikka ishtiyoqmandi bo'lgan bu yigitning alohida ish stoli ham yo'q edi — u qoralamalarini kir yuvish mashinasi ustiga qo'yib yozardi. Kunlarning birida uning xayoliga g'alati bir syjetli voqea keladi. Voqealar markazida maktabda doim kamsitiladigan, sinfdoshlari ustidan kuladigan, uyda esa mutaassib va dindor onasi tomonidan tinimsiz ruhiy bosimlarga duch keladigan o'smir qiz turardi. Ammo bu bechora qizning bir daxshatli siri bor edi, u kuchli his-tuyg'ular va g'azab ta'sirida narsalarni masofadan boshqarish (telekinez) qobiliyatiga ega edi. Yillar davomida yig'ilgan nafrat va alam maktabning bitiruv oqshomida, kutilmagan paytda vulqondek portlab, butun shaharchani qonli va olovli qirg'iniga duchor qilishi kerak edi. Yigit bu g'oyadan ilhomlanib yozishga kirishadi. Bir bet, ikki bet, uch bet... Ammo to'satdan u yozishni to'xtatdi. Qalamini otib yubordi. Uning ichida kuchli shubha va umidsizlik uyg'ondi: "Men o'smir qizlarning psixologiyasini umuman tushunmayman! Ularning o'y-xayollari, his-tuyg'ularini qanday yozishni bilmayman. Bu asardan hech narsa chiqmaydi..." G'azab, charchoq va pulsizlikdan ezilgan yozuvchi qo'lidagi uch varaq qoralamani g'ijimlab, axlat chelagiga uloqtiradi. O'sha lahzada u o'zining kelajagini, dunyo tan oladigan shoh asarni axlatga tashlaganini bilmasdi. U shunchaki taslim bo'lgan edi. Kechqurun uning rafiqasi uyni yig'ishtirayotib, axlat chelagidagi g'ijimlangan qog'ozlarni ko'rib qoladi. Ayol ularni olib, avaylab tekislaydi va o'qishni boshlaydi. Erining yozganlari uni shunchalik o'ziga tortib ketadiki, oxiriga qanday yetib kelganini bilmay qoladi. U erining oldiga kelib, tekislangan qog'ozlarni uning oldiga qo'yadi. "Bu juda ajoyib g'oya," deydi ayol ishonch bilan. "Sen buni albatta oxiriga yetkazishing kerak. Qizlarning kiyimlari, gap-so'zlari va o'y-xayollari masalasida esa o'zim senga yordam beraman." Ayolining ishonchi va ruhiy daldasi tufayli yigit asarni qaytadan boshlaydi va oxiriga yetkazadi. Kitob nashriyotlarga yuboriladi. Dastlab rad javoblari keladi, ammo oxir-oqibat bir nashriyot uni chop etishga rozi bo'ladi. Va shundan so'ng... kambag'al yozuvchi hayoti 180 darajada o'zgarib ketadigan voqea yuz beradi. Kitob sotuvi barcha rekordlarni yangilaydi. Ushbu asarning cho'ntakbop varianti (paperback) huquqlari o'sha davr uchun aql bovar qilmas summa — 400 000 dollarga sotiladi. Qashshoq ingliz tili o'qituvchi bir kechada millionerga, kitob esa jahon adabiyoti va kinosining eng yorqin, eng dahshatli klassikasiga aylanadi. Axlat chelagidan qaytib chiqib, millionlab o'quvchilarni larzaga solgan o'sha mashhur asarning nomi — "Kerri", o'zining eng shoh asarini axlatga tashlab yuborishiga bir baxya qolgan o'sha qashshoq o'qituvchi esa — bugungi kunda "Dahshatlar qiroli" deb e'tirof etiluvchi afsonaviy Stiven King edi. @kitob_ombori
Fazilatni majburiyatdan farqlashni o'rganamiz Fazilat - insonga xos ma'naviy yetuklik. Ya'ni, bir inson qilishga majbur bo'lmagan yaxshi ishni qilishi fazilat deyiladi. Aksariyatimiz majburiyat bilan fazilatni o'rnini alishtirib yuboramiz. Er oilasini ta'minotini qiladi, fazilatli ish qilyapman deb o'ylaydi. Xotin erining xizmatini qiladi, fazilatli ish qilyapman deb o'ylaydi. Aslida esa har ikkisi ham yelkasidagi majburiyatini qilayotgan bo'ladi. Bu birinchi xato. Ikkinchi xato esa, biz fazilatli ish qilmasdan turib insonlardan fazilat kutib yuramiz. Xodim rahbaridan oyligiga bonus kutadi, "bersa bo'lardi-ku, arzimagan pul bo'lsa", deydi. Lekin vazifalarni muddatidan oldin bajarishni o'ylab ham ko'rmaydi. Xotin eridan uy ishlarida ko'mak kutadi, "shundoq ham yotibdi-ku, kelib yordamlashsa nima qilarkan", deydi, Lekin ta'minotda yordamlashishni o'ylab ham ko'rmaydi. Yoki teskarisi, Rahbar xodimidan ishdan keyin ham qolib ishlashni kutadi, lekin rejadan tashqari gaplashib, dardini eshitishni o'ylamaydi, Er xotinidan ota-onasiga boshqacha e'tibor va xizmat xohlaydi, lekin uy ishlariga bo'sh vaqtida yordamlashishni o'ylab ham ko'rmaydi. Fazilatli ishlarni qilishdan oldin, fazilat va majburiyatni farqlab olishimiz kerak. Oldin o'zimizga qaraylik, majburiyatimizni bajaryapmizmi yoki fazilatli ish qilyapmizmi? Agar fazilatli ish qilib turib ham fazilat kutayotgan bo'lsa, fazilatli ish qilmayapmiz, Shunchaki, maqsadimizga yetish uchun manipulyatsiya qilyapmiz xolos.
Yoʻq.... Shunchaki yashay olmaysan. Ich etingni kemiraveraman. Hayolingni yarim tunda fath etib, tark etmayman. Oxirgi nafasingda ham meni eslaysan va armoningga aylanganimni tushunasan. Kimsan deysanmi? Qachonlardir oʻzingga yarim tunda va'da berib, erishishga urinmagan orzuyingman. Hayotda hamma narsaga erishsang ham nimadir kamdek, yetishmayotgandek tuyulaveradi. Oʻshanda yodingga tushsam ajab emas Bir umr men haqimda oʻylab, men tomon bir qadam ham ranjida qilmagan sen yetisha olmagan potensialingman. Senga shunchalar yaqin va ayni vaqtda shunchalar uzoq edimki, tasavvur ham eta olmaysan. Bir qadam tashlasang oldingga shamoldek yelardim, ammo na iloj... Meni zoye qilding Soʻzing amalingga toʻgʻri kelmadi. Meni faqat soʻzda istading... Soʻzda qumsading Shaxmatda qora donadan ilk qadamni kutgandek yashading. Endi esa yaxshi oʻynay olmaslikda meni ayblaysan... Sababi oʻyin qoidalarini bilmas eding. Bilmas edingki, orzuga uni kutib erishmaydilar. Endi oʻsha oʻrtacha hayotingda rohatga gʻarq boʻlib yashayver. Chunki orzu qilish endi senga begona. Senga hozirgi yashash tarzing ham boʻlaveradi. Qoniqasan. Ammo sening maksimaling bu emasligini juda yaxshi bilasan. Lekin endi hayot yelkangga ortib qoʻygan masʼuliyatlarni bahona qilib, nimaga qodir ekaningni unutib yuborish payidasan. Unda omon boʻl... Qatʼiyatliroq birortasiga omad shohsupasiga chiqishiga yordam beray... Afsus bilan, sening zoye qilingan potensialing)) @fikriyya_alim
42 yoshli qizimdan. 2065 - yildan (1996 - 2026) - yillar orasidagi dunyo qarashi bilan tarbiyalangan dadasiga yozgan maktub. Maktubni ochish Doston Jonuzoqov
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи