Dr Numonov || Tibbiy blog
СтатистикаReal holatda bemorni davolash uchun tashkil etilgan shaxsiy blog ! Instagram 👉 https://www.instagram.com/drnumonov?igsh=dm9jOXFjM3g3aHFx
- Последний пост
- 23 мар.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
HOMILADORLIKDA EKLAMPSIYA Eklampsiya - bu homiladorlikda tug'ruq yoki tug'ruqdan keyingi davrda tutqanoq yoki komaga tushish bilan namoyon bo'ladigan og'ir patologik holat. Bu ona va bolaning hayotini xavf ostida qoldirishi mumkin. Sabablari : ● yuqori qon bosimi ( 160/110 yoki undan yuqori ) ● protenuriya - siydikda oqsil paydo bo'lishi ● bosh miyada qon aylanishi buzilishi ● tomirlar kuchli spazmi ● gipoksiya va shish ● Immunologik muammolar ● Garmonal o'zgarishlar ● Genetik moyillik ● Ijtimoiy va hayot tarzi omillari Belgilari : ● kuchli bosh og'rig'i ● ko'z oldi qorong'ilashuvi ● og'ir nafas olish , nafas qisishi ● qon bosimi keskin oshishi ● og'ir holatda koma rivojlanishi ● Ko'ngil aynish , qusish ● Tez charchash xolsizlik ● Qorinda kuchli og'riq ● Qo'l , oyoq va yuz shishi ● Quloqda shovqin Davolash : 1. Magneziy sulfat 25%-10,0 Nacl 0,9%-100,0 v/i Keyin sutkalik do'za Magneziy sulfat 25%-50,0 Nacl 0,9%-500,0 v/i ( tutqanoq va epileptik belgilarda ) 2. Nifedipin kapli ( 8-10 tomchi ) ( Gipertenziyada - agar tasir qilmasa yana 30 daqiqadan so'ng 8-10 tomchi ) 3. Kalsiy glukonat 10%-10,0 v/i ( agar magneziy sulfatning zararli ta'siri namoyon bo'lsa ) 4. Geparin 5000 ED 1,0 t/o 2 maxal ( 12 soat oralig'ida ) ( Agar onaning hayoti tromboz tufayli xavf ostida qolgan bo'lsa ) 5. Agar homila yetilgan bo'lsa tug'ruqni tezlashtirish 6. Agar homila muddati yetmagan bo'lsa homila o'pkasini rivojlantrish uchun Glukokortikosteroidlar - Betametazon 7. Suyuqlik balansini nazorat qilish 8. Oksigenoterapiya va zarurat bo'lsa traxeya intubatsiyasi 9. EKG , Pulsoksimetriya va siydik chiqarishni nazorat qilish ✍ : @Mukhammadali_Numonov Ginekolog emasmiz ozgina oshirvorgan bo'lsak to'g'irlab qo'yarsizlar 😄 @Dr_Numonov || Tibbiy blog
DEKSAMETAZONNING FOYDALI VA ZARARLI JIHATLARI Deksametazon - kuchli glukokortikosteroid bo'lib yallig'lqnishga , allergiyaga va immun tizimini bostiruvchi ta'sirga ega dori vositasi. QACHON FOYDALI ? 1. Kuchli yallig'lanishga samarali ta'sir Yallig'lanish mediatorlarini kamaytiradi - Prostoglandin - Sitokin va boshqalar Kuchki infeksiyalarni bostirishda juda samarali 2. Allergiyaga qarshi - Anafilaksiya - Kvinke shishi - Bronxial astma ( gistamin ta'sirini kamaytiradi ) 3. Immunosupressiv ta'sir - Revmatoid artrit - Sistemali qizil volchanka - Revmatoid artrit - Vazkulitlar 4. Shok holatlarida hayotni saqlab qoladi - Anafilaktik shok - Septik shok - Travmatik shok 5. O'sma kasalliklarida simptom kamaytirish - Miya o'smasida shishni kamaytiradi - Og'riq va nevrologik simptomlarni kamaytiradi 6. Og'ir yallig'lanishlarda samarali ZARARLI JIHATLARI 1. Immunitetni pasaytiradi - Infeksiya tez qoshiladi - Yashirin infeksiyalar faollashadi (sil) 2. Uzoq muddatda Garmonal tizimni buzadi - Buyrak usti bezi faoliyati susayadi ( organizm o'z kortikolini chiqormay qoyadi ) 3. Kushing sindromi yuzaga keladi 4. Moddalar almashinuvi buziladi - Qandli diabet xavfi - Yog' to'planishi - Mushaklari zaiflashishi 5. Oshqozon ichak faoliyati buzilishi - Gastrit , Yara , qon ketish 6. Psixologik zarar - Asabiylik - Uyqusizlik - Depressiya 7. Suyaklarga ta'sir - Osteoparoz 8. Teri va tashqi ko'rinishga - Husunbuzarlar - Teri yupqalashishi Eslatma : Uzoq muddatli kurs xavfli , qisqa muddatli kurs nisbatan xavsizroq ! ✍ : @Mukhammadali_Numonov @Dr_Numonov || Tibbiy blog
Aslida bu video ancha oldin chiqqan lekin You tobe kanalga joylanmagan edi. Ushbu darslikda juda ko'p ma'lumotlar keltirib o'tilgan InshaOlloh barchaga manfa'atli bo'ladi. Mavzu : Revmatoid artrit Lektor : @Mukhammadali_Numonov Pastdagi havolaning ustiga bosing 👇 https://youtu.be/V7cU1cnFm9k?si=DuJlyrLkoDRxFsxh
1 soat ichida You tobe kanalimizda yangi darslik chiqadi. Etiboringizni qaratishingizni so'raymiz !
💳 UZUM KARTA OCHING — 45 000 SO‘MGACHA BONUS OLING! Endi oddiygina karta ochib ham pul ishlash mumkin 🔥 Uzumbank yangi aksiya boshladi — do'stingiz havolasi orqali Uzum karta ochsangiz, sizga ham bonus beriladi. 🎁 Nima qilish kerak? 1️⃣ Pastdagi havola…
💳 UZUM KARTA OCHING — 45 000 SO‘MGACHA BONUS OLING! Endi oddiygina karta ochib ham pul ishlash mumkin 🔥 Uzumbank yangi aksiya boshladi — do'stingiz havolasi orqali Uzum karta ochsangiz, sizga ham bonus beriladi. 🎁 Nima qilish kerak? 1️⃣ Pastdagi havola orqali ro‘yxatdan o‘ting 2️⃣ Uzum karta oching (2 minut vaqt oladi) 3️⃣ Bonus pulingiz kartaga tushadi 💰 Har bir ochilgan karta uchun 45 000 so‘mgacha mukofot beriladi. ⏳ Aksiya cheklangan vaqtgacha Havolani bosib karta oching: 👉 UZUM BANK OCHISH 👉 UZUM BANK OCHISH
Dr Numonov || Tibbiy blog pinned «You Tobe ijtimoiy tarmog'ida shu vaqtgacha joylangan video darslar ketma ketligi : 1. Arterial gipertoniya 2. Insult va Ensefalopatiya 3. Gipertermiya va Gipotermiya 4. Miokard infarkti 5. Eklampsiya va Preeklampsiya 6. Qorin og'riqlari differensatsiyasi…»
You Tobe ijtimoiy tarmog'ida shu vaqtgacha joylangan video darslar ketma ketligi : 1. Arterial gipertoniya 2. Insult va Ensefalopatiya 3. Gipertermiya va Gipotermiya 4. Miokard infarkti 5. Eklampsiya va Preeklampsiya 6. Qorin og'riqlari differensatsiyasi 7. Bronxial astma va Astmatik status 8. O'tkir Xoletsistit 9. O'tkir pankreatit 10. O'tkir bronxit va Bronxopnevmoniya 1. Kanalga obuna bo'lib qo'ying yo'qotib qo'ymaslik uchun 2. Kun ora InshaOlloh yangi yangi darsliklarni ushbu You tobe kanalidan tomosha qilishingiz mumkin. 👨💻 : @Mukhammadali_Numonov
You tobe kanalimiz ham to'xtab qolganiga ancha bo'ldi InshaOlloh bugundan yana faoliyatini boshlaymiz. Hozir kanalga eski joylangan darslar va yangi dars ssilkasi joylanadi !
ANTIBIOTIKLARNI NOTO'G'RI QO'LLASH ! 1. Antibiotikka rezistentlik Antibiotikni notog'ri qo'llash natijasida bakteriyalar rezistent bo'lib qoladi. Oddiy infeksiyalar dastlabki avlod antibiotiklariga chidamli bo'lib boradi. 2. Virusli infeksiyada antibiotik qo'llash Gripp yoki o'tkir respirator virusli infeksiyalarda antibiotiklar foydasiz Zarar : - Mikroflora buziladi - Rezistent shtamlar paydo bo'ladi 3. Profilaktika uchun sababsiz antibiotik qo'llash 4. Noto'g'ri antibiotik tanlash - Masalan Pnevmoniyada - amoksatsillin ( atipik shakli hisobga olinmagan ) - Pielonefritda sezuvchanliksiz antibiotik qo'llash Doimo ehtimoliy patogen va lokal rezistentlik hisobga olinishi kerak 5. Doza va davomiylik xatosi Past doza - bakteriya o'lmaydi , moslashadi Juda qisqa kurs - relaps - Juda uzun kurs - toksiklik + rezistentlik 6. Kombinatsiyani notog'ri ishlatish 2-3 antibiotikni birdan berish Faqat istisno : - Sepsis - Og'ir infeksiyalar 7. Klinikani emas , analizni davolash Analiz yaxshilansayu bemor toliq yaxshilanmasa demak hatolik yuz bergan bo'lishi mumkin. Noto'gri qo'llash oqibatlari : 1. Rezistent bakteriyalar 2. Super infeksiya 3. Ich buzilishi , Kolit 4. Mikroflora buzilishi 5. Allergik reaksiyakar 6. Gepatotoksik tasir 7. Nefrotoksik tasir 8. Surunkali kasalliklar kuchayishi 9. Immunitet pasayishi ✍ : @Muhammadali_Numonov @Dr_Numonov || Tibbiy blog
🌙 Ramazon hayiti barchamizga muborak bo'lsin ! Kunduzlari soyim, kechalari qoyim bo'lib Alloh uchun tutgan ro'zalaringiz qabul bo'lsin. Xonadonlaringizdan qut-baraka arimasin. @Dr_Numonov || Tibbiy blog
Gastritlar ( Davolash taktikasi ! ) Gastritning turli xil variantlari mavjud : ➖ Gastrit A - Autoimmun turi. Fundal yara ➖ Gastrit B - Atrofik bo'lmagan. Bakterial. Antral yara ➖ Gastrit A+B - Autoimmin + atrofik gastrit. Multifokal gastrit ➖ Gastrit C - Reaktiv kimyoviy gastrit Davolash rejasi 1. Dieta 2. Etiologik davo - Antibakterial preparatlar 3. Patogenetik davo - Fermentativ preparatlar - Antatsidlar - Gastroprotektorlar 4. Simptomatik davo - Spazmolitik - Proton pompa ingibitori - Ko'ngil aynishiga - Metiorizm - Qabziyat - Diareya 1. Antibakterial davo > Amoksatsillin > Metranidazol > Klarotromitsin 2. Fermentativ preparatlar > Trizim > Kreon > Festal > Pankreatin 3. Gastroprotektorlar > De-nol > Sukralfat 4. Spazmolitiklar ( Og'riq uchun ) > Platfillin > Noshpa ( drotoverin ) 5. Proton pompa ingibitori ( Zarda bo'lishda ) > Omes ( Omeprazol ) > Nolpaza ( Pentaprozol ) 6. Ko'ngil aynishi qayt qilish > Serukal 7. Probiotiklar ( Diareyada ) > Laktobakterin > Lineks > Enterojermina 8. Qabziyatda > Pikolaks > Senakdeks 9. Metiorizmda > Espumizam 10. Antatsidlar > Almagel A > Maaloks @Dr_Numonov || Tibbiy blog
Kardiomiopatiyalar ( Davolash ) Kardiomiopatiyalar - destruktiv o'zgarishlarsiz yurak miokardida metobolizm buzilishi natijasida miokardning zararlanishi. 1⃣. Yurak perkussiyasi 2⃣. Yurak auskultatsiyasi 3⃣. Ekg tekshiruvi 4⃣. Exokg Davolash rejasi : 1. B-blokatorlar 2. Nitratlar 3. APF va RAAS ingibitorlari 4. Antikoagulyantlar 5. Antiagregantlar 6. Diuretiklar 7. Metaboliklar Holatga qarab dorilardan birini tanlashingiz mumkin !!! ➖ B-blokatorlar ( kichik do'zada ) Atenolol Bisoprolol Nebivalol Pronpronolol ➖ Nitratlar Nitroglitsirin Izosorbit mononitrat ➖ APF va RAAS ingibitorlari Benzapril Enalapril Perindopril Sandisartan Telmisartan ➖ Antikoagulyantlar Geparin ➖ Antiagregantlar Dipridamol Asetilsalitsil kislota ( Aspirin ) - Trombapol - Kardiomagnil - TromboASS ➖ Diuretiklar Mannit Furosemid Osmitol Veroshpiron ( Sprinolakton ) ➖ Metaboliklar Tivortin ( Sargin ) Aktovegin Tiotrozalin Vizikpro ( Mildronat , Ripronat ) ( Dorilarni do'zalash va yuborish yo'llari haqida ham gaplashamiz !!! ) @Dr_Numonov || Tibbiy blog
📊 Eng ko‘p ishlatiladigan TOP-50 dorilar : 1. ? 2. ? 3. ? 4. Metformin 5. Amlodipin 6. Lozartan 7. Enalapril 8. Lizinopril 9. Atorvastatin 10. Rozuvastatin 11. Simvastatin 12. Omeprazol 13. Pantoprazol 14. Ezomeprazol 15. Seftriakson 16. Amoksitsillin 17.…
📊 Eng ko‘p ishlatiladigan TOP-50 dorilar : 1. ? 2. ? 3. ? 4. Metformin 5. Amlodipin 6. Lozartan 7. Enalapril 8. Lizinopril 9. Atorvastatin 10. Rozuvastatin 11. Simvastatin 12. Omeprazol 13. Pantoprazol 14. Ezomeprazol 15. Seftriakson 16. Amoksitsillin 17. Amoksitsillin/Klavulanat 18. Azitromitsin 19. Siprofloksatsin 20. Metronidazol 21. Deksametazon 22. Prednizolon 23. Salbutamol 24. Insulin qisqa tasirli 25. Insulin o'rta tasirli 26. Furosemid 27. Gidroxlorotiazid 28. Spironolakton 29. Bisoprolol 30. Metoprolol 31. Nitroglitserin 32. Clopidogrel 33. Geparin 34. Enoksaparin 35. Diklofenak 36. Ketorolak 37. Tramadol 38. Lidokain 39. Adrenalin 40. Diazepam 41. Levotiroksin 42. Temir preparatlari 43. Vitamin D ( Xolekalsiferol) 44. Vitamin B kompleks 45. Ondansetron 46. Domperidon 47. Loperamid 48. Sefazolin 49. Meropenem 50. Flukonazol Nima deb o'ylaysiz 1,2,3 o'rinda qaysi dorilar turadi ? ✍ @Mukhammadali_Numonov Javoblaringizni komentariyada qoldiring 👇 @Dr_Numonov || Tibbiy blog
#Vaziyatli_Masala_1 Shifokor qabuliga 42 yoshli erkak bemor murojat bilan keldi. Shikoyatlari : • Tez charchash • Ko'p chanqash • Qorin soxasida yog' to'planishi • Bosh og'rishi Anamnez : • Kamharakat turmush tarzi • Bemor anchadan buyon chekadi • Tartibsiz…
#Vaziyatli_Masala_1 Shifokor qabuliga 42 yoshli erkak bemor murojat bilan keldi. Shikoyatlari : • Tez charchash • Ko'p chanqash • Qorin soxasida yog' to'planishi • Bosh og'rishi Anamnez : • Kamharakat turmush tarzi • Bemor anchadan buyon chekadi • Tartibsiz ovqatlanadi • Naslida Qandli Diabet mavjud Bemor haqida ma'lumotlar : • Bo'yi - 175 sm • Vazni - 102 kg • TVI - 33 kg/m • Bel aylanasi - 112 sm • A/B - 150/90 • Bo'yin orqa qismida qora pigmentatsiya Labarator tekshiruvlar : • Glukoza (och qorin) - 6,4 mmol/l • HbA1c - 6,1% • Triglitsirid - 2,6 mmol/l • HDL - 0,85 mmol/l • LDL - 4,2 mmol/l • Giperinsulinemiya 1. Bemorning ehtimoliy tashxisi ? 2. Bemorni dastlabki davolash taktikasi ? 3. Bemorda qanday asoratlar ro'y berishi mumkin ? ✍ @Mukhammadali_Numonov @Dr_Numonov || Tibbiy blog
PENITSILLIN GURUXI Penitsillinlar - B-laktam antibiotiklari guruxiga mansub mikroorganizm hujayra devorini sintezini buzib ularni nobud qiladi. Guruxlari : 1. Tabiiy penitsillinlar ● Benzilpenitsillin ( Inyeksion ) ● Fenoksimetilpenitsillin ( Peroral ) 2. Anti stafilakokk penitsillinlar ● Naftsillin ● Oksatsillin ● Klozatsillin ● Dikoxatsillin 3. Keng spektorli penitsillinlar ● Amoksatsillin ● Ampitsillin 4. Antipsevdomonal penitsillinlar ● Pipertatsillin ● Tikarstsillin ● Karbetsillin 5. Kombinatsion penitsillinlar ● Amoksatsillin+klavulanat ● Ampitsillin+sulbaktam ● Piperatsillin+tazobaktam Qachon qo'llaymiz : ~ Streptokokk infeksiyalari ~ Pnevmoniya ~ Sifilis ~ Teri infeksiyalari ~ O'pka infeksiyalari ~ Siydik yo'llari infeksiyalari ~ Sepsis ~ Qorin ichi infeksiyalari ~ Endokardit @Dr_Numonov || Tibbiy blog
RINIT Rinit - burun shilliq qavatining yallig'lanishi bo'lib , burun bitishi , oqishi , aksa urish va hid bilishning pasayishi bilan kechadi. Etiologiyasi : 1. Virusli ( eng ko'p ) ~ Rinovirus ~ Adenovirus ~ Gripp 2. Bakterial ~ Streptokokk ~ Gemopiflius ~ Stafilakokk 3. Allergik ~ Gul changi ~ Uy changi ~ Hayvon juni ~ Mog'or zambrug'i ~ Dori vositalari 4. Vazomator ~ Sovuq havo ~ Stress ~ Gormonal o'zgarishlar ~ Vegetativ disfunksiya 5. Medikamentoz ~ Dekongestantlarni ko'p ishlatish ( naftizin , ksilometazolin ) 6. Boshqa sabablar ~ Amatomik nuqsonlar ~ Burun jarohatlari ~ Kimyoviy moddalar ■ Infeksion rinit : Virus - epiteliy shikastlanishi - kapilyarlar kengayishi - shilliq qavat shishi - sekretsiya ■ Allergik rinit : IgE orqali mast hujayra faollashadi - gistamin ajraladi - shish , qichishish - rinoreya Klinikasi : ~ Burun bitishi ~ Burundan suvli yoki shilliq ajralma ~ Aksa urish ~ Hid bilish pasayishi ~ Bosh og'rishi ~ Ko'z yoshlanishi ~ Ovozni o'zgarishi ~ Qichishish ~ Ko'z qizarishi Rinit turlari : 1. O'tkir rinit 2. Surunkali rinit 3. Kataral 4. Gipertrofik 5. Atrofik 6. Allergik Tashxislash : ~ Umumiy qon ( Allergik - eozinofil ) ~ Burun surtmasi ~ Teri sinamalari ( Allergik ) ~ IgE darajasi ( Allergik ) Instrumental ~ Rinoskopiya ~ Endoskopiya ~ KT ( asoratlarda ) Davolash : 1. Ko'p suyuqlik ichiah , Xonani namlash 2. Tuzli eritmalar ( Nacl ) chayish 3. Ksilometozalin , Oskimetazolin ( burunga - 5-7 kun ) 4. Atsiklovir 1 tabletka x 2-3 maxal Viferon 150000 , 250000 , 500000 ED 1 svecha x 1 yoki 2 maxal ( bolalar va kattalarga yoshiga qarab dozalaymiz ) 5. Loratal 10 mg yoki L-set 5 , 10 mg 1 tabletka x 1 maxal ( kattalar ) 1/2 tabletka x 1 maxal ( kichik yosh ) 6. Ipratropium bromid ( vazomator rinit ) 1 dozadan x 1 yoki 2 maxal Profilaktika : ~ Immunitetni mustahkamlash ~ Allergendan saqlanish ~ Tomchilarni me'yorida ishlatish ~ Burun gigiyenasi Pulmonologiya - 1
SINUSIT Sinusit - Burun yondosh bo'shliqlari ( gaymor , frontal , etmoid , sfenoid sinuslar ) shilliq qavatining yallig'lanishi Etiologiyasi : ~ Virusli eng ko'p • Rinovirus • Gripp , paragripp • Adenovirus ~ Bakterial • Streptococcus • Haemophilus • Moraxella • Staphylococcus ~ Zambrug'li • Aspergillus • Mucor ~ Allergik ~ Odontagen ( tish kasalliklari ) ~ Anatomik buzilishlar ~ Travmalar ~ Immunodifitsit ~ Sovuq havo ~ Chekish Patogenez : Burun shilliq qavati shishadi | Sinus ostiyasi yopiladi | Sekret drenaji buziladi | Infeksiya ko'payadi | Yiringli jarayon rivojlanadi O'tkir sinusit ( 10-14 kun ) Subo'tkir sinusit ( 4-12 hafta ) Surunkali ( > 12 hafta ) Lokalizatsiyasiga ko'ra : 1. Gaymorit 2. Frontit 3. Etmoidit 4. Sfenoidit 5. Pansinusit Klinikasi : ~ Burun bitishi ~ Yiringli yoki shilliq ajralma ~ Isitma ~ Holsizlik ~ Yonoq , tish og'rig'i ~ Burun ildizi , ko'z oralig'i og'rig'i ~ Ensada chuqur og'riq ~ Hid bilish pasayishi ~ Bosh egilganda og'riq kuchayishi ~ Og'izdan yoqimsiz hid ~ Ko'z atrofi shishi Tashxislash : ~ Old va orqa rinoskopiya ~ Yiringli ajralma ~ Rentgen ( Gaymor/frontal ) ~ Komyuter tomografiya ~ Umumiy qon taxlili • Leykotsitoz • Echt ortishi •C - reaktiv oqsili ortishi ~ Og'ir holatlarda ajralmadan ekma Davolash : 1. Antibiotiklar • Amoksatsillin+klavulanat • Ampitsillin+sulvaktam • Sefuroksim • Seftraksion • Azitromitsin Bolalarda antibiotiklar kg ga qarab dozalanadi !!! 2. Nazal glukokortikosteroidlar • Mometazon • Flutikazon 3. Antigistaminlar Loratadin , Setirizin 4. Mukolitiklar • Sinupret • ASS 5. Dezintaksikatsion terapiya ( Nacl 0,9% , Ringer , Reosorbilaktat ) 6. Glukokokrikosteroidlar ( zaruratda ) • Prednizalon • Deksametazon ■ Invaziv usullar : 1. Gaymor punksiyasi ~ Yiring to'planishida ~ Dorilar samara bermasa 2. Sinus yuvish ( kukushka ) ~ Proets usuli Asoratlar : ~ Orbital flegmona ~ Sepsis ~ Meningit ~ Miya abtsessi ~ Osteomielit Profilaktika : ~ Rinitni vaqtida davolash ~ Allergiyani nazorat qilish ~ Tish gigiyenasi ~ Sovuqdan saqlanish ✍ @Mukhammadali_Numonov ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ @Dr_Numonov || Tibbiy blog