EvilOps Academy
Статистика0 dan Cybersecurity o‘rganish. Linux • Networking • Web • SOC • Virusology Real skill. Real labs. Kursga yozilosh: @EvilOps_Academy_Admin
- Последний пост
- 11 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 3
- 1/48двое суток
- 3
- 1/72трое суток
- 3
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿 IOI 2026 bugun Toshkentda boshlandi Pavel Durov xabar berishicha, bugun Toshkentda Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI) boshlandi. 🏆 Olimpiada munosabati bilan Telegram 235 g'olibga eksklyuziv raqamli kolleksiya buyumlari — "Algorithm Cups" ni sovg'a qiladi. Umumiy qiymati kamida $117 000. 🥇 Gold $1000+ · 🥈 Silver $500+ · 🥉 Bronze $300+ Telegram jamoasining ko'plab a'zolari ham o'z vaqtida IOI g'oliblari bo'lgan. 🕌 Durov olimpiadaning O'zbekistonda o'tkazilishini al-Xorazmiy nomi bilan bog'ladi — bu olimning ismi "algoritm" so'zi asosiga aylangan. 🇺🇿 Bizning yurtimizda bo'layotgani alohida faxr.
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
💥 Sun'iy intellekt hujum qurollariga aylanmoqda. Bilishingiz shart bo'lgan 8 ta tahdid turlari va undan himoyalanish qoidalari - Deepfake va voice cloning — 3 soniyalik audio ovozingizni klonlashga yetadi. Bitta deepfake video-call bilan $25 mln o'g'irlangan. - AI-phishing — WormGPT, FraudGPT darknetda obuna asosida sotilmoqda. Xatosiz, shaxsiylashtirilgan fishing xatlari - o'zbek tilida ham mavjud. - AI-malware — polimorf kod har infeksiyada o'zini qayta yozadi, eskicha uslubdagi antiviruslar ojiz. - Avtonom AI-agentlar — razvedkadan data exfiltration'gacha butun hujum zanjiri inson aralashuvisiz, 24/7 bajarilmoqda - Parol va CAPTCHA — PassGAN parollarning yarmini 1 daqiqada topadi. CAPTCHA endi to'siq emas. - Data poisoning — dataset'ning 0,01% zaharlansa ham, model noto'g'ri qaror chiqaradi. Himoyalanish uchun: - Callback qoidasi — ovoz/video so'rovni ikkinchi kanal orqali tasdiqlang - MFA (SMS emas — authenticator yoki security key) - Parol menejeri + har xizmatga alohida parol - EDR/XDR/AI Security monitoring — AI hujumiga AI himoya! 💥 Chrome brovzeri qo'shimchasi orqali internetda xavfsiz bo'lish - Ogohlantiraman 🔥 Android qurilmalari uchun kompleks xavfsizlik imkoniyatlariga ega (apk,link,sos,safebox,app locker, website blocker,scanner...) - Avangard MSS 🤔 Windows AT da xavfsizlik uchun (Vulnscanner,monitoring,File forensics,patching...) - SentinelBRO 🇺🇿 CYBER-BRO - Xavfsiz kiber sarhadlar sari! X - Telegram - Linkedin - Youtube
📣 FSB Pavel Durovni xalqaro qidiruvga beribdi Telegram asoschisi Pavel Durov xalqaro qidiruvga berildi. Rossiyada unga Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi bo'yicha terrorchilik faoliyatiga ko'maklashish ayblovi qo'yilgan, deb e'lon qildi FSB. - https://www.rbc.ru/rbcfreenews/6a6995b89a7947442d6f7308?ysclid=ms5rk9eq69395391308
без подписи
без подписи
без подписи
💥 Xavfsizlik xizmatlari xavfda qoldi Ocx00iq - nomli xaker Qatar Milliy xavfsizlik xizmati, Quvayt milliy xavfsizlik xizmati, BAA ichki ishlar vazirligi, Iroq Xalq safarbarlik kuchlari va Ozarbayjon davlat xavfsizlik xizmati ma'lumotlari bazasini darknetda sotuvga qo'ydi Xaker katta hajmdagi ma'lumotlar bazalarini qo'lga kiritganini va Milliy Xavfsizlik Xizmatlari xodimlariga tegishli deb taxmin qilingan maxfiy ma'lumotlarni sotayotganini da'vo qilmoqda Forumdagi postga ko'ra, oshkor qilingan ma'lumotlar quyidagilarni o'z ichiga oladi: - To'liq ism va qabilaviy mansublik - To'liq ismi - Milliy guvohnoma raqamlari - Pasport raqamlari - Telefon raqamlari - Tug'ilgan sanalar - Yashash manzillari - Ta'lim diplomlari - Harbiy unvonlar va maqomi - Oilaviy ahvoli - Bolalar soni - Harbiy xizmatga chaqirilgan sanalar - Xizmatning tugash sanalari - Shaxsni tasdiqlovchi hujjatni berish va uning amal qilish muddati haqidagi ma'lumotlar 📌 Ba'zi ma'lumotlar muddati 2026-yil may oyiga tegishli ekanligi aytilgan, shunday qilib rostmi yolg'onmi (atigi 5k ga sotib olib top sec agentlarni deanon qilish, bu kulguli bir tomondan) kiberjinoyatchilar kiber tahdidlarning qanchalik ahamiyatli ekanini, davlatlarning eng yuqori qatlamidagi elitalarga ham ta'sir o'tkazish orqali yana bir marta isbotlab o'tishmoqda.
🤔 NSA tarkibiga kiruvchi, Wannacry, Stuxnet, EternalBlue kabi kiberqurollar mualliflari (shadowbrokers orqali leak qilingan) yana safga qaytishdi... Tailored Access Operations - TAO 1990-yillar boshida tashkil topgan va o'sha davrdan buyon dunyodagi eng mustahkam himoyalangan xorijiy tarmoqlarga kirish operatsiyalarini amalga oshirib kelgan. 2016-yilda boshlangan NSA21 islohoti doirasida offensiv operatsiyalar va razvedka yig'ish funksiyalari kattaroq bo'limlarga taqsimlab yuborilgan va TAO mustaqil struktura sifatida mavjud bo'lmay qolgan edi. Sobiq xodimning fikricha, bu islohot developerlar va operativ jamoalarni yaqinlashtirish o'rniga, aksincha, ularni bir-biridan uzoqlashtirgan. TAO ning qayta tiklanishi qarshi davlatlarga, jumladan Xitoy va Rossiyaga qarshi operatsiyalarni tezlashtirishga qaratilgan, bu asosiy dasturning bir qismidir, struktura tiklanishiga NSA direktori o'rinbosari Tim Kosiba rahbarlik qilgan, u ilgari bevosita TAO da ishlagan. Yangilangan sxema AQSh Urush vaziri Pit Xegset Fort-Midga tashrifi chog'ida taqdim etilgan, bu yerda NSA va AQSh Kibernetik qo'mondonligi shtab-kvartiralari joylashgan. Kelgusi oyda TAO majmua hududida alohida binoga ega bo'lishi rejalashtirilgan. Sobiq xodimlarning fikricha, developerlar va operativ guruhlarning birgalikda ishlashi, ayniqsa sun'iy intellekt rivojlanishi fonida, murakkab tarmoqlarga kirishning yangi usullarini topishni tezlashtiradi va kiberxujumlar TTP larining yangi, hali mavhum bo'lgan texnikalari kuzatishimiz aniq. Wikileaksdagi Snowden orqali ochiqlangan XKeyscore kiberqurollari haqidagi taqdimotda TAO faoliyatiga alohida urg'u berilgan. "Not a comeback. A recalibration." yoki "Silence was the operation. Now the offense begins." 💻
O'zbekistonda kiberxavfsizlikni o'rganish juda qiyin. Murakkab nazariya, kam amaliyot va o'zbek tilidagi sifatli materiallarning yetishmasligi. Biz buni o'zgartirishni maqsad qildik. ⤵️ 🗣 EvilOps Academy. Kiberxavfsizlik va AI agentlarni birgalikda, o'zbek tilida, amaliy yondashuv bilan o'rgatadigan ta'lim markazi. Bu yerda siz: 🍉 Red Team — hujum metodlari 🛡 Blue Team — himoya va monitoring ☠️ Real laboratoriyalar va stsenariylar 🧠 AI agentlar yaratish va ularni xavfsizlik vazifalarida qo'llash ni o'rganasiz AI agent deganda — 😍 Siz buyruq berasiz, u o'zi bajaradi. 🛰 Tarmoqni kuzatish, loglarni tahlil qilish, tahdidlarni aniqlash, 📄 Hisobot tayyorlash . bular u qila oladigan eng sodda ishlar. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Yangi boshlovchilar uchun ham, tajribasi borlar uchun ham mos. Boshlanish sanasi va narxi — qiziqish bildirganlar soniga qarab e'lon qilinadi. Malumot uchun 👉 @EvilOps_Academy_Admin
Kiberxavfsizlikda AI agent, Bu kelajak emas hozir. CrowdStrike — dunyoning eng yirik kiberxavfsizlik kompaniyalaridan biri. Ular Charlotte AI agentini yaratdi. Bu shunchaki chatbot emas. Charlotte AI: 1️⃣Tahdidlarni o'zi izlaydi 2️⃣Zararli dasturlarni o'zi tahlil qiladi 3️⃣SOC analitiklar soatlab qiladigan ishni sekundlarda bajaradi "Kelajakda Ai agentlar insonni ornini egallaydi emas. Agentlar insonni kuchaytiradi." — CrowdStrike CBO ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 2025-yil, noyabr. CrowdStrike Charlotte Agentic SOAR ni e'lon qildi. Endi agentlar o'zaro gaplasha oladi — biri tahdid topadi, ikkinchisi tahlil qiladi, uchinchisi javob beradi. inson yordamisiz. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━ 2026-yil, mart. CrowdStrike AgentWorks ekotizimini ishga tushirdi. EvilOps Academy
ChatGPT va AI agent — ko'pchilik buni ikkalasini bir narsa deb o'ylaydi. Aslida butunlay boshqa. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ ChatGPT ga yozasiz misol uchun "Hisobot qanday yoziladi?" U sizga qanday yozish kerakligini tushuntiradi. Siz o'zingiz yozasiz. AI agentga yozasiz: "Oxirgi oylik savdo ma'lumotlarini tahlil qil, hisobot tayyorla" U o'zi Excel'ni ochadi, ma'lumotlarni o'qiydi, tahlil qiladi, hisobotni yozadi. Siz faqat natijani ko'rasiz. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Qanday bajaradi? Agentga tool'lar ulangan — fayl tizimi, API'lar, brauzer, dasturlar. Siz maqsad belgilaysiz. Agent o'zi rejalashtiradi, o'zi qurolni tanlaydi, o'zi bajaradi. ━━━━━━━━━━━━━━━━━━━ Xatо qilsa , o'zi tuzatadi. Yangi ma'lumot kelsa, rejasini o'zgartiradi. Siz aytmagan bo'lsangiz ham. Endi o'ylab ko'ring Bu agentni kiberxavfsizlikka yo'naltirsangiz nima bo'ladi? EvilOps Academy