tgindex
FarDU yoshlari | Rasmiy kanal

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal

Статистика
@FDU_yoshlariузбекский

🏛Farg'ona davlat universiteti yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotining rasmiy sahifasi 🔰Murojaat uchun universitet yoshlar yetakchisi: ✍️ @Jabborov_96 ☎️ +998936424247 📌Bizni kuzatishda davom eting! 👉Matbuot xizmati: @FarDU_media

Последний пост
12 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
20
Всего постов
535
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 503
+4 за 2 дн.
Сутки
+5
+0,33%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
226
40 постов
Вовлечённость
15,0%
к подписчикам
Постов в день
2,9
всего 535
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
211
1/48двое суток
241
1/72трое суток
260

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hurmatli Alisher Adhamovich! 🇺🇿 Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Fargʻona viloyati Kengashi jamoasi nomidan Sizni tavallud ayyomingiz bilan chin qalbdan tabriklaymiz! 👥 Yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning intilish va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, Vatan ravnaqi uchun munosib avlodni tarbiyalash yoʻlidagi samarali mehnatingiz va fidoyiligingiz alohida eʼtirofga loyiqdir. 🎉 Shukrona kuningizda Sizga mustahkam sogʻlik, xonadoningizga fayzu baraka, qalbingizga xotirjamlik va faoliyatingizga ulkan zafarlar tilaymiz. Yurtimiz taraqqiyoti va yoshlar kamoloti yoʻlidagi ezgu ishlaringiz bardavom boʻlib, barcha orzu-maqsadlaringiz ushalishini tilab qolamiz. Hayotingiz quvonchli lahzalarga, mehnat faoliyatingiz esa yuksak yutuqlarga boy boʻlsin! Tavallud ayyomingiz muborak boʻlsin! 🎉 Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

  • #Yoʻlovchi #OchiqMuloqot 🙋‍♂️ “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi 🏛 Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida “Yo‘lovchi” loyihasi doirasida avtoblogerlar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 💬 Uchrashuv davomida yurtimizda sodir bo‘layotgan yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, haydovchi va piyodalarning yo‘l harakatidagi mas’uliyatini oshirish, ayniqsa yoshlar orasida zamonaviy va yuksak yo‘l madaniyatini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. 👥 Shuningdek, avtoblogerlar tomonidan yo‘l harakati xavfsizligini keng targ‘ib etish, jamoatchilik e’tiborini dolzarb muammolarga qaratish hamda foydali va ta’sirchan kontentlar orqali aholining huquqiy va yo‘l madaniyatini oshirish yuzasidan taklif va tashabbuslar bildirildi. Bizning sahifalarimiz: 1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram 3️⃣ Facebook 📺 You tube

  • 🇨🇳 XITOYDA TO‘LIQ MOLIYALASHTIRILADIGAN MAGISTRATURA! Farg‘ona davlat universiteti talabalari va bitiruvchilari uchun Xitoyning Inner Mongolia University of Technology (IMUT) universitetida 10 ta to‘liq moliyalashtiriladigan magistratura o‘rni mavjud. 🎓 Mutaxassislik: Civil Engineering (Qurilish muhandisligi) ⏳ O‘qish muddati: 2 yil 💰 Kontrakt to‘lovi: 100% bepul 🏠 Yotoqxona: bepul 🇺🇿 Faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun 👨‍🎓 Kimlar hujjat topshirishi mumkin? Farg‘ona davlat universitetining quyidagi va ularga yaqin bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari: 📐 Matematika ⚛️ Fizika 💻 Axborot texnologiyalari 🖥️ Kompyuter texnologiyalari ⚙️ Texnologik ta’lim 🔢 Amaliy matematika va boshqa texnik, tabiiy fanlar hamda muhandislikka yaqin yo‘nalishlar. 📄 Talab qilinadigan hujjatlar: Bakalavr diplomi; Degree Certificate; Transkript; Pasport nusxasi; Ingliz tilini bazaviy darajada bilish. 🗣 Qabul jarayoni Nomzodlar universitet tomonidan tashkil etiladigan ingliz tili bo‘yicha suhbatdan o‘tadilar. ✅ IELTS/TOEFL sertifikati talab qilinmaydi. 📅 Hujjat topshirish muddati: 20-avgust. 📌 Eslatma: Nomzodning bakalavr mutaxassisligi va o‘quv dasturi (transkript) universitet tomonidan ko‘rib chiqiladi. Yakuniy qabul IMUTning akademik talablari asosida amalga oshiriladi. 📩 Qiziqqan talabalar va bitiruvchilar Farg‘ona davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishlari mumkin. Tel: +998-73-244-60-69 Email: fduxalqaro2025@gmail.com @FerSU_Global1930

  • ⚡️2027-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim kvotalari tasdiqlandi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 11-avgustdagi 337-son buyrug‘i bilan qabul kvotalari tasdiqlandi. ✅ Jami kvotalar soni — 4 840 ta. Ushbu kvotalar respublikadagi 234 ta ilmiy va ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimlandi. Kvotalar quyidagicha belgilangan: 🔹 stajyor-tadqiqotchilikka — 400 ta; 🔹 tayanch doktoranturaga — 3 900 ta; 🔹 doktoranturaga — 540 ta. ❓Bu nimani anglatadi? 2027-yilgi qabulda asosiy kvota tayanch doktoranturaga ajratilgan. Ya’ni PhD bosqichiga talab va ehtiyoj yuqoriligicha qolmoqda. Shu bilan birga, stajyor-tadqiqotchilik va doktorantura uchun ham alohida kvotalar tasdiqlangani ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi bosqichma-bosqich davom etishini ko‘rsatadi. O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod

  • ⚡️Aytishlaricha, abituriyentlar uchun yakuniy mandat natijalari ertaga 13-avgust sanasida e'lon qilinishi kutilmoqda. ✅@Axmadjanoov | Instagram

  • ❓ Mandat chiqquncha abituriyentlar nimalar qilishi kerak? 1️⃣ Hujjatlaringizni tayyor holga keltiring Pasport, diplom/attestat, sertifikatlarni tayyorlab qo‘ying. 2️⃣ Turli variantlarga tayyor bo‘ling ➖ Asosiy tanlagan yo‘nalishingizdan tashqari, boshqa OTM yoki kasb-hunar imkoniyatlarini ham o‘rganing. ➖ Grant yoki kontrakt imkoniyatlarini oldindan solishtirib chiqing. 3️⃣ Moliyaviy reja ➖ Ijarada yashash, yotoqxona yoki o‘z shaharingizda o‘qish uchun xarajatlarni taxminan hisoblang. ➖ Transport, ovqatlanish va o‘quv materiallari uchun byudjet tuzishni boshlang. 4️⃣ Yangi joy haqida ma’lumot yig‘ing ➖ Tanlagan OTMingiz joylashgan hududni xaritada ko‘rib chiqing. ➖ Yaqinidagi yotoqxonalar, ijara uylar va transport yo‘nalishlarini o‘rganing. 5️⃣ O‘z ustingizda ishlashni davom ettiring ➖Asosiy fanlaringizdan bilimlaringizni mustahkamlang. ➖ Chet tillar, IT ko‘nikmalari yoki boshqa foydali kurslarga yoziling. Mandat javobini kutayotgan abituriyent tanishlaringizga yuborib qo'ying. 📊 Mandat natijangizni oldindan taxmin qiling: @mandatjavobbot Ta'lim tizimiga oid yangiliklar: ➡️ @Talim_Live

  • ❔Qaysi yo'nalishni bitirib qanday kasblarda ishlash mumkin? Quyidagi yo'nalishlardan istalgan birining ustiga bossangiz, o'qish tamomlagandan so'ng ishlash mumkin bo'lgan kasb va sohalar haqida ma'lumotlar berilgan: ➡️Boshlang'ich ta'lim ➡️Maktabgacha ta'lim ➡️Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi ➡️Pedagogika va psixologiya ➡️Pedagogika ➡️Maxsus pedagogika ➡️Tarix ➡️Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi ➡️Kimyo ➡️Bilogiya ➡️Texnologik ta'lim ➡️Matematika va informatika ➡️Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari ➡️Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi ➡️Musiqa ta'limi ➡️Fizika va astronomiya ➡️Iqtisodiyot ➡️Buxgalteriya hisobi va audit ➡️Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ➡️O'zbek tili va dabiyoti ➡️Rus tili va adabiyoti ➡️Filologiya va tillarni o'qitish: rus tili ➡️Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ➡️Dasturiy injiniring ➡️Jismoniy madaniyat ➡️Ijtimoiy ish ➡️Veterinariya ➡️Axborot tizimlari va texnologiyalari ➡️Metrologiya va standartlash ➡️Yurisprudensiya ➡️Xalqaro munosabatlar Yanada ko'proq ma'lumotlar bizning telegram kanalimizda: 🌍 @Talimgaoid_perevod

  • ⚡️Oʻqishni koʻchirish uchun toʻlov qilishga shoshiling. Bugun soʻnggi kun! My.uzbmb.uz sayti orqali oʻqishni koʻchirish uchun ariza topshirgan talabgorlarga shaxsiy kabinetda toʻlov qilish uchun invoys raqam shakllangan. Mazkur koʻrsatilgan invoysga 206 ming soʻm toʻlov amalga oshiring. Shundan soʻng test sinovlarida qatnashish imkoniga ega boʻlasiz. ❗️Eslatma: oʻqishni koʻchirish test sinovlari uchun ruxsatnomalar shu hafta e'lon qilinadi. Kanalimizni kuzatib boring. O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar: 🌍 @Talimgaoid_perevod

  • 🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi:  • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”;  • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L  2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

  • #Eʼlon #Tanlov 🗣Ijodiy ishlar tanloviga qabul muddati uzaytirildi! Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Jadid” adabiy, ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy gazetasi tahririyati hamkorligida oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘rtasida e’lon qilingan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” respublika tanlovi uchun ijodiy ishlarni qabul qilish muddati 20-avgustgacha uzaytirildi. ↪️Eslatib o‘tamiz, tanlov she’r, hikoya, esse va maqola yo‘nalishlarida o‘tkaziladi: ↪️Ijodiy ishlar 100 qatordan oshmagan, qo‘lda, husnixat bilan yozilgan hamda ilgari hech qayerda e’lon qilinmagan bo‘lishi lozim. 📅 Ijodiy ishlar 2026-yil 20-avgustga qadar qabul qilinadi. 📋 Tanlov nizomi 📥 Ishtirokchilar ijodiy ishini shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasi, yashash manzili, oliy ta’lim tashkiloti va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan ma’lumot bilan Toshkent shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 69-uy manziliga pochta orqali yoki tanlovning @insho2026_bot Telegram boti orqali yuborishlari mumkin. 🏆 Tanlov g‘oliblari quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadi: 🥇 1-o‘rin – 25 million so‘m; 🥈 2-o‘rin – 10 million so‘mdan; 🥉 3-o‘rin – 5 million so‘mdan; 🎖 15 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – 2 million so‘mdan. Bizni kuzating: 📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

  • 11 авг.176из Hasan Akramovich

    Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn

  • 💼 Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida ishlash istagidagi yoshlarni ishga taklif etadi! 🏢 Farg‘ona viloyati hokimligi joriy yilning iyun oyida rasmiy delegatsiyalar bilan ishlash uchun ingliz, rus va boshqa xorijiy tillarni mukammal biladigan istiqbolli yosh kadrlar o‘rtasida tanlov e’lon qilgan edi. Tanlovga 50 dan ortiq nomzodlardan hujjatlar qabul qilinib, har bir talabgor bilan bevosita suhbat o‘tkazildi. Ular orasidan 2 nafar munosib yosh kadrlar tanlab olinib, ishga qabul qilindi. Farg‘ona viloyati hokimligi IT va raqamlashtirish sohasida faoliyat yuritish istagida bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar uchun navbatdagi tanlovni e’lon qiladi. 👨🏻‍💻 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar: ➡️ Axborot texnologiyalari, raqamli transformatsiya, dasturiy ta’minot, kiberxavfsizlik, ma’lumotlar tahlili yoki boshqa tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lishi; ➡️ Xorijiy oliy ta’lim muassasasini tamomlagan yoki nufuzli xalqaro universitet diplomiga ega bo‘lishi maqsadga muvofiq; ➡️ Zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion yechimlar bo‘yicha yetarli bilim va amaliy tajribaga ega bo‘lishi; ➡️ Ingliz tilini erkin bilishi (boshqa xorijiy tillarni bilish ustunlik beradi); ➡️ Davlat boshqaruvida raqamlashtirish jarayonlarini tashkil etish va IT loyihalarini boshqarish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi; ➡️ Mas’uliyatli, tashabbuskor, tahliliy fikrlaydigan va jamoada samarali ishlay oladigan bo‘lishi. ☑️ Iqtidorli, zamonaviy fikrlaydigan va o‘z bilim hamda tajribasi bilan Farg‘ona viloyatining raqamli rivojiga hissa qo‘shishni istagan mutaxassislarni tanlovda ishtirok etishga chorlaymiz. 📩 Agar siz ushbu talablarga mos kelsangiz, o‘z rezyume (CV) va ma’lumotlaringizni Telegram'dagi maxsus @fvhrezumebot boti orqali yuborishingiz so‘raladi. Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X

  • #Tezkor ⚡️Endi abituriyentlar mandat natijasini oldindan taxminiy bilib olishlari mumkin! Abituriyentlar tanlagan 5 ta oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishlari, shuningdek, to‘plagan ballari asosida o‘qishga kirish imkoniyatlarini SUN’IY INTELLEKT orqali TAHLIL QILISHLARI mumkin. 🤖 Buning uchun qayd varaqangizni maxsus Telegram-botga yuborishning o‘zi kifoya. 📄 Qayd varaqangizni quyidagi botlarga yuboring: 👉 @mandatjavobbot 👉 @mandatjavobbot 👉 @mandatjavob_bot 👉 @mandatjavob_bot

  • #Eslatma ❗️1-avgustdan talabalar turar joyi uchun ariza yuborish jarayonlari boshlandi! Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (14.08.2023-y.) bilan tasdiqlangan reglamentga asosan 1-avgustdan boshlab talabalar arizalarini my.gov.uz portali orqali yuborishlari mumkin. Reglamentga muvofiq dastlab imtiyoz va ustuvorliklarga ega talabgorlar talabalar turar joylariga qabul qilinadi. Shundan so‘ng, umumiy ro‘yxatdagi talabalar uchun yotoqxonada ortib qolgan o‘rinlar soniga nisbatan navbat asosida quyidagicha taqsimlanadi: 🔹 1-kurs talabalari uchun 55 — 65 foiz; 🔹 2-kurs talabalari uchun 15 — 20 foiz; 🔹 3-kurs va undan yuqori kurs talabalari uchun 20 — 25 foizgacha ajratiladi⚡️ Arizalar qabuli 1-avgustdan boshlab o‘quv yili yakuniga qadar davom etadi. ℹ️ Ma’lumot uchun, 2026/2027-o‘quv yilida OTT 1-bosqichiga tavsiya etilgan abituriyentlar yakuniy natija chiqqandan so‘ng ariza yuborishlari mumkin bo‘ladi. Ular uchun ham joylar yuqoridagi tartib asosida ajratiladi. 🆕 Talabalar uchun qulaylik: Endi talabalar turar joyiga joylashish va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o‘zgardi? Ilgari talabalar turar joyiga joylashgandan so‘ng vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! Talabalar turar joyiga arizangiz ko‘rib chiqilib, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. Shartnomada ko‘rsatilgan to‘lovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha ro‘yxatga olish uchun to‘lov shakllanadi. Ro‘yxatdan o‘tish to‘lovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz bo‘yicha ro‘yxatga olinganligingiz haqida qayd varag‘i taqdim etiladi. Muhim eslatma: Turgan joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish muddati to‘lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi. Safimizga qoʻshiling @Eduuz_info

  • ⚡️ Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin? Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni OTM Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin: yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi – ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar; –chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar); –mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari; –hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar. umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi – umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari; –vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga. Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari

  • ⚡️ Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi 🔰 Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan. Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun: ➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi. ➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini to‘lab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi. 🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi. Do'stlaringizga ulashing @Oliygohlar_minbari

  • 🇺🇿 “35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi! Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. 🟢Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. 📌 Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz⁠ Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi 🇺🇿Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

  • ФарДУ жамоаси Тошкент шаҳрига уч кунлик саёҳат уюштирди Саёҳат давомида иштирокчилар «Ғалаба боғи» ёдгорлик мажмуасида бўлиб, Ватан озодлиги йўлида жон фидо қилган аждодлар хотирасига ҳурмат бажо келтирди. 👉 Батафсил: https://yuz.uz/oz/news/148916 👉 Batafsil: https://yuz.uz/uz/news/148916 Telegram | Facebook | YouTube | Instagram|Hamkorlik materiali

FarDU yoshlari | Rasmiy kanal — tgindex