FSU_ELLFaculty
СтатистикаIngliz tili va adabiyoti fakultetining rasmiy telegram kanali
- Последний пост
- 16 авг.
- Последнее чтение
- 08:31
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 530
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 217
- 1/48двое суток
- 248
- 1/72трое суток
- 268
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
📣 INGLIZ TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI TALABALARI DIQQATIGA! 🎓 🔔 Hurmatli 1-bosqichga tavsiya etilgan talabalar! Avvalo, sizlarni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi bo‘lganingiz bilan samimiy muborakbod etamiz! 🎉 💬 O‘zingiz tahsil oladigan yo‘nalish bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish, qiziqtirgan savollaringizga javob topish hamda fakultet mas’ullari bilan bog‘lanish uchun quyidagi mas’ullarga murojaat qilishingiz mumkin: ⚡️ Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo‘nalishi 👤 Jo‘rayeva Dilorom 📞 +998 90 369 77 22 👤 Baxovidinova Gulnoza 📞 +998 97 209 96 33 🎓 Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasi sizlarni talabalik safiga qo‘shilganingiz bilan yana bir bor samimiy qutlaydi! Sizlarga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar, yuqori natijalar va yorqin kelajak tilaymiz! 🌟 ✨ Yangi bosqich — yangi imkoniyatlar! 🔥 Talabalik muborak! 🔥 📲 Bizni kuzatib boring: @FSU_ELLFaculty
без подписи
#Istiqlol_35 #Chelenj 🏛Farg'ona davlat universitetida professor-o'qituvchilar va talabalar o'rtasida SIZNI YAXSHI KO'RAMAN, PREZIDENTIM! nomli chorlovga start berildi. Ushbu chelenjda barchani faollikka chaqirib qolamiz! 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
📢 LINGUA HUB JAMOASIGA IELTS O‘QITUVCHISI KERAK! 🎓✨ IELTS bo‘yicha bilim va tajribangiz bormi? 📚 O‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishdan zavqlanasizmi? Unda sizni jamoamiz safida kutamiz! 💙 🔹 IELTS yo‘nalishida dars bera olish 🔹 O‘quvchilar bilan samarali ishlash 🔹 Mas’uliyatli va faol bo‘lish 🔹 Zamonaviy va qiziqarli darslar tashkil eta olish 📍 Manzil: Besh bola proyezd o‘tgandan so‘ng, Quva ko‘cha 143 B 📞 Murojaat uchun: +99890 405 17 57 🌟 Lingua Hub — bilim ulashadiganlar jamoasi! Sizni jamoamizda kutamiz! 🤝📚
#Istiqlol_35 #Tanlov O‘zbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Farg‘ona davlat universitetida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari!” nomli keng qamrovli ijodiy ishlar tanlovining "Videoroliklar" yo‘nalishi g‘oliblari aniqlandi: 1-o‘rin - filologiya fakulteti talabasi Dilnuraxon Murodova 2-o‘rin - huquqshunoslik fakulteti talabasi Hasanov Salohiddin 3-o‘rin - ingliz tili va adabiyoti talabasi Mahliyoxon Qodirova Gʻoliblarni tabriklaymiz! 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
Farg‘ona vodiysi qizlari uchun "Digital Kaleidoscope" AT taʼlim dasturi! School 21 , Women in Tech Uzbekistan va UNICEF bilan hamkorlikda, Yevropa Ittifoqining moliyaviy ko‘magida qizlar uchun "Digital Kaleidoscope" keng qamrovli AT dasturini ishga tushirmoqda. Agar siz 18–24 yoshda bo‘lsangiz hamda Farg‘ona, Andijon yoki Namangan viloyatlaridan birida yashasangiz va AT sohasida o‘z faoliyatingizni boshlashni istasangiz — bu imkoniyat aynan siz uchun! Dastur doirasida sizni nimalar kutmoqda? 📍 Farg‘onada 3 kunlik oflayn intensiv — IT muhitiga sho‘ng‘ish, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallash hamda yangi do‘stlar orttirish imkoniyati; 💻 6 oylik onlayn ta’lim — o‘qish yoki ish bilan birgalikda olib borish uchun qulay format; 💼 AT kompaniyalarda 3 oylik amaliyot — olgan bilimlaringizni amaliyotda qo‘llash va haqiqiy ish tajribasiga ega bo‘lish imkoniyati; 🌐 Ekspertlar bilan uchrashuvlar — dunyoning turli mamlakatlaridan yetakchi AT mutaxassislari bilan amaliy sessiyalar; 🤝 Dastur davomida mentorlik ko‘magi — tajribali mentorlar bilan muntazam uchrashuvlar, maslahatlar va professional rivojlanish uchun amaliy ko‘mak. Dastur muvaffaqiyatli yakunlangach, siz School 21, UNICEF va Women in Tech tomonidan beriladigan sertifikatga ega bo‘lasiz. Talab yuqori bo‘lgan 4 ta yo‘nalishdan birini tanlang: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Biznes va tizimli tahlil 3️⃣ QA — Dasturiy ta’minotni testlash 4️⃣ Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish Eng muhimi — o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqingiz! Muhim sanalar: 15-sentyabrgacha — arizalar qabuli 20-sentyabrgacha — saralash bosqichi 2026-yil oktyabr – 2027-yil mart — onlayn ta'lim 2027-yil mart – may — amaliyot 2027-yil iyun — bitiruv va sertifikatlarni topshirish 👉 AT sohasidagi ilk qadamingizni qo‘ying — hoziroq ariza topshiring! 📲 Barcha savollar bo'yicha: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 Dastur Ayollarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha qo‘shma dastur (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) doirasida amalga oshiriladi va Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladi. @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpa.uzbekistan | @unwomenca _______________ IT-программа Digital Kaleidoscope для девушек из Ферганской долины! School 21 совместно с Women in Tech Uzbekistan и UNICEF при финансовой поддержке Европейского Союза запускает масштабную IT-программу Digital Kaleidoscope для девушек. Если вам от 18 до 24 лет, вы живёте в Ферганской, Андижанской или Наманганской области и хотите начать свой путь в IT — эта возможность именно для вас! Что вас ждёт в рамках программы? 📍 3-дневный очный интенсив в Фергане — погружение в IT-среду, новые знания и навыки, а также новые знакомства; 💻 6 месяцев онлайн-обучения — удобный формат, который легко совмещать с учёбой или работой; 💼 3 месяца стажировки в IT-компаниях — возможность применить полученные знания на практике и получить реальный опыт работы; 🌐 Встречи с экспертами — практические сессии с ведущими IT-специалистами из разных стран мира; 🤝 Менторская поддержка на протяжении всей программы — регулярные встречи с опытными менторами, консультации и практическая помощь в профессиональном развитии. После успешного завершения программы вы получите официальный сертификат от School 21, UNICEF и Women in Tech. Выбирайте одно из 4 востребованных направлений: 1️⃣ Data Science 2️⃣ BSA — Бизнес- и системный анализ 3️⃣ QA — Тестирование программного обеспечения 4️⃣ Разработка программного обеспечения Главное — ваше желание учиться! Ключевые даты: До 15 сентября — приём заявок До 20 сентября — отбор участников Октябрь 2026 – Март 2027 — онлайн-обучение Март – Май 2027 — стажировка Июнь 2027 — финал и вручение сертификатов 👉 Сделайте первый шаг в IT — подайте заявку прямо сейчас! 📲 По всем вопросам и для связи: f.ataxanova@21-school.uz 🤝 «Программа реализуется в рамках Совместной программы по расширению экономических возможностей женщин (Women’s Economic Empowerment Joint Programme) и финансируется Европейским Союзом» @eudeluzb | @unicefuzbekistan | @unfpauzbekistan| @unwomenca 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹LinkedIn
🇸🇰 Talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otayotgan NSP dasturi haqida batafsil ma’lumot Farg‘ona davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limi Slovakiya Respublikasining National Scholarship Programme — NSP akademik mobillik dasturi haqida ma’lumot beradi. NSP Slovakiya Respublikasi hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan dastur bo‘lib, xorijiy talabalar, doktorantlar, professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va san’at vakillariga Slovakiyadagi universitet yoki ilmiy-tadqiqot muassasasida ma’lum muddat tahsil olish, tadqiqot olib borish yoki dars berish imkoniyatini yaratadi. ⚠️ Muhim: NSP Slovakiyada bakalavriat yoki magistratura bosqichini to‘liq o‘qib, diplom olish uchun beriladigan grant emas. Bu o‘z universitetida tahsil olayotgan talabalar uchun bir yoki ikki semestrlik akademik mobillik dasturi hisoblanadi. 🎓 Talabalar uchun imkoniyat Quyidagi talabalar ariza topshirishlari mumkin: ➡️ Slovakiyadan tashqaridagi universitetda tahsil olayotganlar; ➡️ magistratura bosqichi talabalari; ➡️ bakalavriatda kamida 2,5 yillik ta’limni tugatgan yuqori bosqich talabalari; ➡️ mobillik davomida o‘z universitetining talabasi bo‘lib qoladigan nomzodlar; ➡️ Slovakiyadagi universitetdan rasmiy qabul xatini olgan talabalar. 📆 Talabalar uchun mobillik davomiyligi: ✅ bir to‘liq semestr — taxminan 4–5 oy; ✅ ikki to‘liq semestr — taxminan 9–10 oy. 💶 Moliyaviy ta’minot Universitet talabalariga har oy 620 yevro stipendiya ajratiladi. Ushbu mablag‘ Slovakiyada yashash davridagi turar joy, oziq-ovqat va boshqa kundalik xarajatlarni qoplashga ko‘maklashish uchun mo‘ljallangan. Talabalar alohida ravishda sayohat granti uchun ham ariza topshirishlari mumkin. Sayohat granti miqdori talabgorning yashash manzili va Slovakiyadagi qabul qiluvchi universitet o‘rtasidagi masofaga qarab belgilanadi. NSPni barcha xarajatlarni to‘liq qoplaydigan dastur sifatida tushunmaslik lozim. Stipendiya yashash xarajatlariga yordam beradi, ammo viza, sug‘urta yoki boshqa xarajatlarning barchasi avtomatik ravishda qoplanishi kafolatlanmagan. 🔬 Doktorantlar uchun Slovakiyadan tashqaridagi universitetda doktoranturada tahsil olayotgan hamda Slovakiyadagi universitet yoki tegishli ilmiy-tadqiqot muassasasidan qabul xatini olgan doktorantlar ham dasturda qatnashishi mumkin. ➡️ Mobillik davomiyligi: 1–10 oy ➡️ Oylik stipendiya: 1 025,50 yevro 👩🏫 Professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va san’at vakillari uchun Slovakiyadagi vakolatli universitet yoki ilmiy-tadqiqot muassasasidan rasmiy taklifnoma olgan professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va san’at vakillari ham ariza topshirishlari mumkin. ➡️ Mobillik davomiyligi: 1–10 oy ➡️ Oylik stipendiya: malaka va ish tajribasiga qarab 1 025,50 yevrodan 1 470 yevrogacha 📑 Talabalar uchun asosiy hujjatlar Ariza topshirishda odatda quyidagi hujjatlar talab etiladi: ➡️ tarjimai hol — CV; ➡️ motivatsion xat; ➡️ Slovakiyada rejalashtirilayotgan batafsil o‘quv dasturi; ➡️ talabalik maqomini tasdiqlovchi hujjat; ➡️ universitet professor-o‘qituvchilaridan ikkita tavsiyanoma; ➡️ akademik ma’lumotnoma yoki tegishli diplom hujjatlari; ➡️ Slovakiyadagi qabul qiluvchi universitetdan rasmiy qabul xati. O‘quv rejasida mobillikning boshlanish va tugash sanalari, davomiyligi, tanlangan fanlar, to‘planishi rejalashtirilgan ECTS kreditlari hamda ushbu fanlarning talabgor mutaxassisligiga aloqasi aniq ko‘rsatilishi lozim. 📌 Eng muhim bosqich — qabul qiluvchi universitetni topish NSPga ariza topshirishdan oldin nomzod: 1️⃣ Slovakiyadagi mos universitet va ta’lim yo‘nalishini tanlashi; 2️⃣ tegishli fakultet, kafedra yoki xalqaro aloqalar bo‘limi bilan bog‘lanishi; 3️⃣ o‘qish muddati va fanlar ro‘yxatini kelishib olishi; 4️⃣ rasmiy qabul xatini olishi; 5️⃣ shundan keyingina NSP platformasi orqali ariza topshirishi kerak. Qabul xatini olish bir necha hafta vaqt talab qilishi mumkin. Shu sababli tayyorgarlikni oxirgi muddatga qoldirmaslik tavsiya etiladi. ⏰ Keyingi ariza topshirish muddati: 📅 2026-yil 31-oktabr 🕗 O‘zbekiston vaqti bilan soat 20:00 Mazkur qabul bosqichi, asosan, 2026/2027-o‘quv yilining yozgi semestrida amalga oshiriladigan mobilliklar uchun mo‘ljallangan. 🌐 Arizalar ingliz yoki slovak tilida onlayn topshiriladi. 🔗 Rasmiy ma’lumot va ariza platformasi: https://www.scholarships.sk/en/main/programme-terms-and-conditions/foreign-applicants Savollar va qo‘shimcha yo‘nalish olish uchun Farg‘ona davlat universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin: 📩 @FerSU_Global1930 #NSP #Slovakiya #AkademikMobillik #Stipendiya #XalqaroImkoniyatlar #FerSU_Global
без подписи
📢 FERGANA SCHOOL XUSUSIY MAKTABI JAMOASIGA TAKLIF ETADI! MATEMATIKA va INGLIZ TILI fanlaridan YEVRO GURUHLARGA dars beruvchi malakali pedagoglarni ishga taklif qilamiz. Nomzodlardan rus tilida bezaksent dars o'ta olishi, milliy va xalqaro sertifikatlarga ega bo'lishi hamda yuqori sinflarda ishlash tajribasi talab etiladi. 💰 Maosh: 8 000 000 so'mdan 20 000 000 so'mgacha (malaka va natijaga qarab). Agar siz o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lsangiz va professional jamoada faoliyat yuritishni istasangiz, biz bilan bog'laning! 📞 Tel: +998 97 202 11 00 👤 Admin: @Ferganaschool_admin 📢 Telegram kanal: @Fergana_school Fergana School — bilim, natija va professional rivojlanish maskani!
📢 Farg'ona davlat universiteti bitiruvchilariga! 🏫 O‘z hududingizdagi maktablar va tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlar — shu yerda! Ilova qilingan fayl orqali tanishib chiqing👆 🔎 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun 📞+99873-244-45-72 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
без подписи
#диққат #огоҳлик 1 йилга текин премиум ниқоби остидаги ҳаволалардан хушёр бўлинг Яқинларингизга юбориб огоҳлантириб қўйинг! 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
🎓 Magistratura sari ishonchli qadam! Farg‘ona davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti fakultetining adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) magistratura mutaxassisligi haqida batafsil ma'lumotni ushbu videorollik orqali bilib oling. 📚 Magistraturaning afzalliklari, ilmiy va xalqaro imkoniyatlar, shuningdek, kelajakdagi kasbiy istiqbollar haqida qisqacha va muhim ma'lumotlar sizni kutmoqda. 🔹2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. ▶️ Videoni albatta tomosha qiling va uni magistraturaga qiziqayotgan do‘stlaringiz bilan ham ulashing! 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
без подписи
без подписи
без подписи
#Xalqaro_hamkorlik Farg‘ona davlat universiteti ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani N. Toirova, amaliy ingliz tili kafedrasi mudiri S. Usmanova, kafedra dotsenti n. Abdullayeva hamda ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘qituvchisi A. Oxunov xizmat safari bilan Osh davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida universitetning ta’lim yo‘nalishlari, zamonaviy moddiy-texnik bazasi, xalqaro hamkorlik aloqalari, akademik almashinuv dasturlari hamda xorijiy talabalar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Ishtirokchilarga qabul jarayonlari, ta’lim sifati, ilmiy va madaniy muhit hamda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar yuzasidan taqdimot namoyish etildi. 🔗FarDU rasmiy sahifalari Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Twitter | Website
без подписи
без подписи
❗️Magistraturaga qabul boshlandi 2026/2027-o‘quv yili uchun davlat OTTlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1–30-iyul kunlari davom etadi. Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda til bilishning tegishli darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. 📝 Onlayn ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar: ▪️Bakalavr diplomi; ▪️Chet tilini bilish sertifikati. 📋 Magistraturaga kirish uchun talab etiladigan chet tili sertifikatlarining mutaxassisliklar kesimida ro‘yxati. ❌ Quyidagi talabgorlardan chet tilini bilish sertifikati talab etilmaydi: 1. Prezident va nomli davlat stipendiyalari sohiblari, davlat mukofoti sovrindorlari hamda respublika fan olimpiadalari g‘oliblari; 2. Nogironlik ma’lumotnomasi mavjud (ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar); 3. Bakalavriat ta’lim dasturini xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram