tgindex
FaktOn
@FaktonUzузбекский

Aslida u qadar qiziq bo'lmagan va keraksizday ko'rinadigan ma'lumotlar yig'indisi. Aloqa uchun: @Xush_kepsilar_bot

Последний пост
10 авг.
Последнее чтение
15 авг.
Постов за неделю
1
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
21
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
78
20 постов
Вовлечённость
371,4%
к подписчикам
Постов в день
0,1
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
8
1/48двое суток
9
1/72трое суток
9

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • "Kuch — adolatda...mi? Amir Temurning mashhur hikmati aslida qanday? Amir Temurga nisbat beriladigan "Rost-u rust" yoki "Rosti-rusti" iborasi so‘nggi yillarda deyarli bir xil tarjima bilan tanilgan: "Kuch adolatdadir". Lekin masalaga fors tili va tarixiy manbalar nuqtayi nazaridan qaralsa, bu tarjima unchalik oddiy emas. Avvalo, iboraning asli arab yozuvida shunday: راستی رستی Ilmiy transliteratsiyalarda esa rāstī rustī, ayrim manbalarda rāstī rastī, o‘zbekcha adabiyotlarda esa rosti-rusti / rosti-rasti shakllari uchraydi. Ya’ni bu yerda ham yozilish, ham o‘qilish masalasida bir oz chalkashlik bor. Sababi fors yozuvida qisqa unlilar yozilmaydi. Shu bois رستی so‘zini qanday o‘qish masalasi alohida filologik masala. Birinchi so‘z — راستی (rāstī) — "rostlik", "haqiqatgo‘ylik", "halollik", "to‘g‘rilik", "adolat", "vijdonlilik" kabi ma’nolarni anglatadi. Fors tilidagi lug‘atlarda uning ma’no doirasi aynan shular atrofida beriladi. Ikkinchi so‘z esa masalaning eng qiziq joyi. رستن (rastan) klassik fors tilida "qutulmoq", "xalos bo‘lmoq", "ozod bo‘lmoq" ma’nolarini ham bildiradi. Uning o‘tgan zamon shakli رست (rast), ikkinchi shaxs shakli esa رستی (rastī) — "sen qutulding", "sen xalos bo‘lding" degan ma’noni beradi. Shuning uchun iborani so‘zma-so‘z va grammatik jihatdan "Rostlik qilsang — xalos bo‘lasan", "To‘g‘ri bo‘lsang — najot topasan", yoki inglizcha ilmiy adabiyotlarda uchraydigan shaklda "In rectitude lies salvation" — "Najot to‘g‘rilikdadir" tarzida tushunish ancha tabiiy. Bu shunchaki zamonaviy tilshunosning taxmini ham emas. Amir Temur davriga yaqin manbalardan biri — Ibn Arabshohning "Ajoyib al-maqdur fi tarixi Taymur" asarida Temur muhrining yozuvi «Rosti rasti» sifatida qayd etilib, mazmuni «agar rostgo‘y bo‘lsang, najot topasan» deb izohlanadi. 2022-yilda Amir Temur muhri haqida e’lon qilingan ilmiy maqola ham aynan shu manbaga — Ibn Arabshohning 1992-yilgi o‘zbekcha nashrining 65-betiga — havola qiladi. Yana bir muhim dalil bor: Rui Gonsalea de Klavixo 1403–1406-yillarda Samarqandga kelib, Temur saroyini o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan. Uning kundaligida Temurning muhrlari, uch halqali tamg‘asi va muhrdagi "Rosti-rusti" yozuvi qayd etilgan. Keyingi ilmiy tadqiqotlarda ham bu iboraning Temur davridagi muhr va tangalar bilan bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Demak, iboraning Amir Temur bilan bog‘liqligi shunchaki XX–XXI asrda o‘ylab topilgan afsona emas. Uning Temur muhri va Timurid davlat ramzlari bilan bog‘langan tarixiy manbalari bor. Ammo bu hali "Kuch adolatdadir" tarjimasi aynan to‘g‘ri degani emas. Unda "Kuch adolatdadir" qayerdan paydo bo‘lgan? Mana shu yerda masala qiziq tus oladi. Fors tilidagi rāstī so‘zi "adolat" ma’nosini ham bera oladi. Rosti/rusti shakli esa ayrim lug‘aviy talqinlarda kuch, ustunlik, g‘alaba kabi boshqa ma’nolar bilan ham uchraydi. Shundan kelib chiqib, ibora "Kuch adolatdadir" tarzida talqin qilingan va bu shakl o‘zbek tilida juda keng ommalashgan. Lekin bu — so‘zma-so‘z tarjima emas, balki talqin. Masalan, 2024-yilda «Daryo» nashri ushbu masalani alohida ko‘tarib, Sharqshunoslik yo‘nalishidagi tadqiqotchi Fayzullo Faromarziyning fikrini keltiradi. U "Rosti Rasti"ni «Kuch adolatdadir» deb tarjima qilish fors tili grammatikasiga mos kelmasligini, mazmuni "Agar to‘g‘ri/rost bo‘lsang, najot topasan"ga yaqinligini ta’kidlaydi. Qizig‘i shundaki, o‘zbek ilmiy va ommabop adabiyotlarining o‘zida ham bir nechta variant yonma-yon yashab kelmoqda: "Kuch adolatdadir", "Haqgo‘y bo‘lsang, najot topasan", "Haqiqat xaloskor", "To‘g‘rilik najot beradi", hatto "Qalbing pok bo‘lsa, erkinsan" kabi talqinlar uchraydi. Shunday qilib, masalaning eng muhim nuqtasi shuki: «Rost-u rust»ning Amir Temurga aloqasi borligi tarixiy manbalar bilan tasdiqlanadi. Ammo «Kuch adolatdadir» uning yagona va so‘zma-so‘z tarjimasi emas. Hatto "Rost-u rust" shaklining o‘zi ham ehtiyotkorlikni talab qiladi. Asl yozuv راستی رستی. Uni bugungi o‘zbekcha talaffuzga shunchaki "rost-u rust" deb ko‘chirish ham ilmiy transliteratsiya emas, balki ommalashgan shakl. Shu bois, tarixiy jihatdan eng ehtiyotkor variant: راستی رستی — rāstī rastī/rustī — "Rostlikda najot", "To‘g‘rilik najotga eltadi", "Rost bo‘lsang, xalos bo‘lasan" mazmunidagi forscha hikmat. "Kuch adolatdadir" esa — bu iboraning tarix davomida shakllangan, mazmuniy talqinlaridan biri. Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Chapdan o‘ngga: Lutfixon aya Sarimsoqova, Begimxon aya Komilova (Usta Olim Komilovning rafiqasi, yuzini ochgani uchun otasi va akasi tomonidan o‘ldirilgan Nurxonning opasi hamda O‘zbekiston xalq artisti, balerina Halima Komilovaning o‘gay onasi), o‘zbekning "bulbuli" Halima Nosirova va Maryam Yoqubova. Ikkinchi qatorda tik turganlar: chapdan ikkinchisi — Sofya Karakash, u uzoq yillar Tamaraxonimning konsertmeysteri bo‘lib ishlagan, keyinchalik esa Mukarram Turg‘unboyevaning "Bahor" ansamblida faoliyat yuritgan. Uning yonida esa Mukarram Turg‘unboyevaning o‘zi turibdi. 1935-yil. Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • без подписи

  • "Alla" va "Alloh" Har birimiz bolaligimizda alla eshitib ulg'ayganmiz. Ammo shu oddiy beshik qo'shig'i atrofida yillar davomida bahs qilinayotgan va meni ham o'ylantiradigan bir savol bor: "alla" so'zi qayerdan kelgan? U ba'zilar aytgandek "Alloh" kalimasidan olinganmi yoki undan ham qadimiyroq tarixga egami? Agar undan olingan bo'lsa, alla bizga Islom bilan kirib kelganmi? Unday bo'lmasa alla avval qanday nomlangan? Avvalo bir narsani ajratib olish kerak: alla qo'shig'ining tarixi bilan "alla" so'zining etimologiyasi bir narsa emas, albatta. Bolani beshikda qo'shiq aytib ovutish odati juda qadimiy bo'lishi mumkin. Ammo bu qo'shiq aynan qachondan boshlab "alla" deb atalgan — bu boshqa masala. Mahmud Qoshg'ariy XI asrda yozgan "Devonu lug'otit turk" asarida bolani ovutishda aytiladigan "balu-balu", "bayu-bay" kabi shakllar berilgan. Demak, turkiy xalqlarda beshik qo'shig'i kamida ming yil avval ham mavjud bo'lgan. Bugungi qozoq tilidagi "Äldiy-äldiy", qirg'iz tilidagi "Aldey-aldey" beshik qo'shiqlari ham shu an'ananing davomi. Shavkat Rahmatullayevning "O'zbek tilining etimologik lug'ati"da "alla" qadimgi turkiy undovlar bilan bog'lanadi. Turkiy etimologiya bo'yicha ishlagan ayrim olimlar esa uni bolani ovutish ma'nosidagi qadimgi fe'l va undovlar bilan izohlaydi. Yana bir nazariyaga ko'ra, "alla" insonning bolani tinchlantirishda tabiiy ravishda takrorlaydigan yumshoq tovushlaridan paydo bo'lgan. Buni boshqa tillarda ham ko'rish mumkin: ▪️ inglizcha — lullaby ▪️ forscha — lala, lolo ▪️ ozarbayjoncha — laylay ▪️ qozoqcha — äldiy-äldiy Ko'rinib turibdiki, beshik qo'shiqlarida "l" va "a" tovushlarining takrorlanishi ko'plab xalqlarda uchraydi. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasida "alla" nomi "Alloh" so'zidan kelib chiqqan bo'lishi mumkinligi qayd etiladi. Biroq bu o'ylantib qo'yadigan xulosa. To'g'ri, arab tilidagi "Alloh" so'zi Islomdan oldin ham mavjud bo'lgan. Semit tillaridagi El, Eloah, Elohim, Alaha kabi qadimiy ilohiy nomlar bilan bir ildizga mansub. Ammo bugungacha yetib kelgan islomgacha bo'lgan turkiy yozma manbalarda Yaratgan asosan Tangri yoki Ko'k Tangri nomi bilan tilga olinadi. "Alloh" so'zining turkiy tillarda keng qo'llanilishi esa Islom qabul qilingan davrdan keyin kuchaygan. Shu yerda shunday xulosa  tug'iladi: "alla" haqiqatan ham "Alloh"dan kelib chiqqan bo'lsa, unda qadimiy beshik qo'shig'ining o'zi emas, balki uning bugungi nomi Islomdan keyin shakllangan bo'lishi mumkin. Bu ehtimolni inkor etib ham, mutlaq tasdiqlab ham bo'lmaydi. Chunki buni uzil-kesil isbotlaydigan yozma manba hozircha topilmagan. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • 22 июл.191из avloniy_muzeyi

    "Abdulla Avloniy kambag'al oilada ulg'aygan...mi?" 💬  Bizni kuzatib boring 🔖Abdulla Avloniy muzeyi

  • Ahmadjon Qosimiy, Mas'ud Sabriy Bayqo‘ziy va Iso Yusuf Alptekin XX asr o‘rtalarida Sharqiy Turkiston siyosiy hayotida muhim o‘rin tutgan arboblardir. Ularning siyosiy qarashlari va tutgan yo‘llari turlicha bo‘lgan bo‘lsa-da, barchasi o‘z davrida mintaqa kelajagi uchun kurash olib borgan. Ahmadjon Qosimiy Ikkinchi Sharqiy Turkiston Respublikasi prezidenti sifatida Ili inqilobidan keyin tashkil topgan hukumatga rahbarlik qildi. U davlat boshqaruvi, ta'lim va islohotlarni rivojlantirish tarafdori bo‘ldi. 1949-yilda Pekinga yo‘l olgan delegatsiya tarkibida samolyot halokatida vafot etdi. Mas'ud Sabriy Bayqo‘ziy Sharqiy Turkiston Koalitsion hukumatining raisi bo‘lib, Xitoy Respublikasi tarkibida keng muxtoriyat tarafdori edi. U kommunistik boshqaruvni qo‘llab-quvvatlamadi va keyinchalik siyosiy bosimlar sabab lavozimidan chetlatildi. Iso Yusuf Alptekin Koalitsion hukumatning bosh kotibi sifatida faoliyat yuritdi. 1949-yildan keyin Turkiyaga muhojirlikka ketib, umrining oxirigacha Sharqiy Turkiston va uyg‘ur xalqining huquqlari masalasini xalqaro maydonda ko‘tarib bordi. Ularni birlashtirgan asosiy g‘oyalar: -Sharqiy Turkiston xalqlarining manfaatlarini himoya qilish; -milliy huquqlar va o‘zlikni saqlash; -ta'lim va ma'rifatni rivojlantirish; -mahalliy aholining siyosiy vakilligini kuchaytirish; -mintaqaning siyosiy kelajagini o‘z xalqi manfaatlari asosida belgilash. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Bir surat, besh taqdir, bitta maqsad 1926-yilda Istanbulda olingan ushbu suratda Turkiston va turkiy dunyo milliy harakatining besh taniqli arbobi jam bo‘lgan: Mustafo Cho‘qay, Usmon Xo‘ja, Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on, Abdulkadir Inan va Mustafo Shahquli. Ular turli hududlardan chiqqan bo‘lsa-da, ularni birlashtirgan g‘oya bitta edi — Turkistonning ozodligi, milliy o‘zlikni saqlash va taraqqiyot. Mustafo Cho‘qay Turkiston Muxtoriyati yetakchilaridan biri sifatida mustaqillik g‘oyasini xalqaro maydonga olib chiqdi. Muhojirlikda yashab, maqolalari va siyosiy faoliyati orqali Turkiston masalasini dunyoga tanitishga harakat qildi. Usmon Xo‘ja Buxoro jadidlarining yetakchi vakillaridan biri bo‘lib, siyosiy islohotlar, zamonaviy davlat boshqaruvi va milliy mustaqillik g‘oyalarini ilgari surdi. Sovet hokimiyati bilan kelisha olmay, umrining katta qismini muhojirlikda o‘tkazdi. Ahmad Zaki Validiy To‘g‘on tarixchi, turkolog va siyosiy arbob sifatida nafaqat siyosiy kurash olib bordi, balki turkiy xalqlar tarixi va madaniyatini ilmiy asosda o‘rganib, bu merosni dunyoga tanitdi. Abdulqodir Inan turkolog va etnograf sifatida turkiy xalqlarning tili, folklori, dini va urf-odatlarini tadqiq qildi. Uning ilmiy ishlari bugungi turkologiyaning muhim manbalaridan biri hisoblanadi. Mustafo Shahquli esa Turkiston milliy harakatining faol ishtirokchilaridan bo‘lib, muhojirlikdagi siyosiy faoliyat va milliy tashkilotlar ishida qatnashgan. U haqdagi tarixiy ma'lumotlar boshqa arboblarga nisbatan kamroq saqlanib qolgan. Ularni yakdil qilgan asosiy g‘oyalar: -Turkiston ozodligi va mustaqilligi; -Milliy birlik va hamjihatlik; -Jadidchilik, ma'rifat va zamonaviy ta'lim; -Turkiy xalqlarning tarixiy va madaniy merosini asrash; -Mustamlakachilik va siyosiy qaramlikka qarshi kurash; -Turkiston masalasini xalqaro maydonga olib chiqish. Ularning qarashlari, usullari va siyosiy yo‘llari har doim ham bir xil bo‘lmagan. Biroq barchasi o‘z davrining murakkab sharoitida Turkiston kelajagi haqida o‘ylagan, milliy uyg‘onish va erkinlik g‘oyasiga xizmat qilgan tarixiy shaxslar sifatida xotirlanadi. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Anatoliy Kashpirovskiy: fenomenmi yoki Sovet davrining psixologik eksperimenti? Anatoliy Mixaylovich Kashpirovskiy (1939-yilda tug‘ilgan) — sovet psixoterapevti. 1962-yilda Vinnitsa tibbiyot institutini tamomlagan va qariyb chorak asr psixiatriya tizimida ishlagan. 1989-yilda u SSSR Markaziy televideniyesi orqali efirga uzatilgan ommaviy psixoterapiya seanslari bilan butun mamlakatga tanildi. Millionlab odamlar televizor qarshisida uning mashg‘ulotlarini kuzatdi. Kashpirovskiy gipnoz va psixologik ta'sir yordamida og‘riqni kamaytirish, organizmning ichki imkoniyatlarini faollashtirish va ayrim kasalliklarga ijobiy ta'sir ko‘rsatish mumkinligini da'vo qilgan. Uning eng mashhur namoyishlaridan biri teleko‘prik orqali jarrohlik amaliyotlarida og‘riqsizlantirish bilan bog‘liq chiqishlari bo‘ldi. Ko‘plab odamlar sog‘lig‘i yaxshilangani haqida gapirgan bo‘lsa, boshqalar hech qanday natija kuzatmagan. Zamonaviy tibbiyot esa uning masofadan turib televizor orqali davolash haqidagi da'volarini tasdiqlamaydi. Ayrim kuzatilgan holatlar gipnoz, sugestiya va platsebo effekti bilan izohlanadi. Kashpirovskiy atrofida eng ko‘p tarqalgan da'volardan biri — u KGBning maxsus loyihasi bo‘lgani haqidagi fikrlardir. Bunga sabab, uning qisqa vaqt ichida davlat nazoratidagi Markaziy televideniyening eng asosiy efir vaqtiga chiqarilgani va misli ko‘rilmagan darajada ommalashtirilganidir. Biroq bugungi kungacha ochilgan arxiv hujjatlarida Kashpirovskiyning KGB tomonidan yaratilgani yoki boshqarilgani tasdiqlanmagan. Shu bilan birga, Sovuq urush davrida SSSRda gipnoz, psixologik ta'sir, sugestiya, telepatiya va parapsixologiya yo‘nalishlarida davlat ishtirokidagi tadqiqotlar olib borilgani ma'lum. Bu mavzular harbiy va maxsus xizmatlarning ham qiziqish doirasida bo‘lgan. Maqsad inson psixikasining imkoniyatlarini, stressga chidamlilikni, so‘roq usullarini va psixologik ta'sir mexanizmlarini o‘rganish edi. Biroq bu tadqiqotlar bilan Kashpirovskiyning bevosita bog‘liqligini ko‘rsatuvchi ishonchli dalillar mavjud emas. Ayrim tarixchilar davlat uning mashhurligidan jamiyatdagi ruhiy tushkunlikni yumshatish yoki ommaviy psixologik ta'sir vositasi sifatida foydalangan bo‘lishi mumkin, degan taxminni ilgari suradi. Ammo bu ilmiy yoki hujjatli jihatdan isbotlangan xulosa emas, balki mavjud voqealarga asoslangan farazdir. 1993-yilda Kashpirovskiy Rossiya Davlat Dumasi deputati etib saylandi. Keyinchalik AQShda faoliyat yuritdi. 2020-yildan boshlab internet orqali ommaviy seanslarini qayta boshladi, biroq uning davolash usullari hanuz zamonaviy ilm-fan tomonidan tasdiqlanmagan. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • "Gross Turkestan" — Gitlerning Markaziy Osiyo bo'yicha rejasi bo'lganmi? Ikkinchi jahon urushi davrida natsist Germaniya Sovet Ittifoqini mag'lub etgan taqdirda bosib olingan hududlarni qayta tashkil etish bo'yicha bir qator loyihalar ishlab chiqqan. Shunday konsepsiyalardan biri "Gross Turkestan" ("Buyuk Turkiston") g'oyasi hisoblanadi. Yuqoridagi xaritada Markaziy Osiyo 9 ta federal hudud — Toshkent, Kaspiy, Shimoliy Turkiston, Markaziy Turkiston, Yettisuv, Bishkek, Dushanbe, Ashxobod va Sharqiy Dashtga bo'lingan holda tasvirlangan. Biroq bu xarita Gitler tomonidan tasdiqlangan rasmiy davlat xaritasi emas. Tarixchilar uni natsistlar doirasida muhokama qilingan g'oyalar va memorandumlar asosida keyinchalik tayyorlangan konseptual rekonstruksiya sifatida baholaydilar. Natsistlarning asosiy maqsadi mustaqil Turkiston davlati yaratish emas, balki mintaqani Germaniya manfaatlariga xizmat qiladigan ma'muriy-iqtisodiy hududga aylantirish edi. Rejalarda neft, gaz, paxta, rangli metallar va boshqa strategik resurslardan foydalanish, shuningdek, Sovet hokimiyatiga qarshi mahalliy kuchlarni safarbar etish ko'zda tutilgan. Shu maqsadda Turkiston legioni (Turkestanische Legion) ham tuzilgan. Legion tarkibiga asosan nemislar qo'liga asir tushgan yoki Sovet hokimiyatiga qarshi kurashishni istagan turkistonliklar jalb qilingan. Ammo legionning mavjudligi "Gross Turkestan" rejasi amalga oshirilganini anglatmaydi. Eng muhim jihat shundaki, Germaniya urushda mag'lub bo'lgani sababli bu rejalarning hech biri amalda ro'yobga chiqmagan. Bugungi kunda "Gross Turkestan" xaritasi tarixiy hujjatdan ko'ra ko'proq natsistlarning Markaziy Osiyoga oid geosiyosiy tasavvurlarini aks ettiruvchi konseptual material sifatida ko'riladi. Muhim eslatma: Internetda uchraydigan "Gross Turkestan" xaritalarining aksariyati rasmiy tasdiqlangan davlat loyihasi emas, balki tarixiy manbalar asosida yaratilgan rekonstruksiya yoki vizualizatsiyalardir. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Insoniyat hali yecholmagan 12 ta sirli obyekt 1. Voynich qo‘lyozmasi XV asrga oid ushbu qo‘lyozma noma'lum alifboda yozilgan. Undagi matn, rasmlar va belgilar bugungi kungacha hech bir tilga moslashtirilmagan. Muallifi ham, asl mazmuni ham noma'lum. 2. Antikitera mexanizmi 1901-yilda dengiz tubidan topilgan bronza qurilma Quyosh, Oy va sayyoralar harakatini hisoblay olgan. Uni tarixdagi ilk analog kompyuter deb atashadi. Bunday murakkab texnologiya o‘sha davrda qanday yaratilgani hanuz bahsli. 3. Rongorongo yozuvi Pasxa orolida topilgan yog‘och lavhalardagi sirli yozuv tizimi. Uni o‘qishga ko‘plab urinishlar bo‘lgan, biroq bugungacha biror talqin ilmiy jihatdan to‘liq tasdiqlanmagan. 4. Nazka chiziqlari Peru cho‘lidagi ulkan geogliflar qush, maymun va boshqa shakllarni tasvirlaydi. Ularni faqat havodan to‘liq ko‘rish mumkin. Kim va nima maqsadda yaratgani aniq emas. 5. Baalbek megalitlari Livandagi Baalbek majmuasida og‘irligi 800–1000 tonnagacha yetadigan tosh bloklar mavjud. Qadimgi davrda bunday ulkan toshlar qanday tashilgani va o‘rnatilgani hali ham tushuntirib berilmagan. 6. Derinkuyu yerosti shahri Turkiyadagi 18 qavatli yerosti shahri minglab odamlarni sig‘dira olgan. Unda shamollatish tizimi, omborlar va ibodatxonalar mavjud. Uni kim va qachon qurgani aniq emas. 7. Atlantida Qadimgi yunon faylasufi Platon tilga olgan afsonaviy davlat. Rivoyatlarga ko‘ra, u dengiz tubiga cho‘kib ketgan. Hozirgacha uning mavjud bo‘lganini tasdiqlovchi ishonchli dalillar topilmagan. 8. Hind vodiysi yozuvi Harappa va Mohenjo-Daro sivilizatsiyasiga oid muhrlardagi yozuvlar 400 dan ortiq belgidan iborat. Ikki tilli matn topilmagani sababli yozuv bugungacha o‘qilmagan. 9. Krit yozuvi (Linear A) Qadimgi Minoy sivilizatsiyasi ishlatgan yozuv tizimi. Minglab namunalar topilgan bo‘lsa-da, unda qaysi til yozilgani va mazmuni haligacha noma'lum. 10. Göbekli Tepe Turkiyada joylashgan, taxminan 12 ming yillik tarixga ega ibodat majmuasi. U dehqonchilik paydo bo‘lishidan oldin qurilgan. Nima sababdan bunyod etilgani va keyinchalik nega ko‘milgani hali ham jumboq. 11. Sanxingdui sivilizatsiyasi Xitoyda topilgan ulkan bronza niqoblar va haykallar boshqa qadimgi Xitoy madaniyatlaridan keskin farq qiladi. Bu sivilizatsiyaning kelib chiqishi va qanday yo‘qolgani aniq emas. 12. Pasxa oroli Moai haykallari Pasxa orolida 900 ga yaqin ulkan tosh haykallar mavjud. Ayrimlari 80 tonnadan ortiq og‘irlikka ega. Ularni qadimgi aholi qanday tashigani va tiklagani haqida hanuz yagona ilmiy xulosa yo‘q. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Jazirama yoz kunlarida konditsioner, ventilyatorlarni insoniyatning eng foydali ixtirolaridan biri desak, mubolag'a bo'lmaydi. Ammo bugungi zamonaviy sovutish texnologiyalari bir kunda paydo bo'lgan emas. Ming yillar davomida insonlar issiqdan saqlanish uchun turli usullarni o'ylab topgan. Dastlab daraxt soyasi, g'orlar va qalin devorli uylar yordam bergan bo'lsa, keyinchalik ichki hovlilar, favvoralar, shamol minoralari (badgir), yerosti suv yo'llari (qanatlar), muz omborlari (yaxchal) kabi tabiiy sovutish tizimlari yaratildi. Sanoat inqilobidan so'ng esa mexanik ventilyatsiya, ilk konditsionerlar va bugungi aqlli (AI) hamda energiya tejamkor sovutish qurilmalarigacha bo'lgan ulkan taraqqiyot yuz berdi. Yuqoridagi infografikada insoniyatning issiqdan saqlanish yo'lidagi ming yillik evolyutsiyasi — qadimgi tabiiy usullardan tortib, zamonaviy smart konditsionerlargacha bo'lgan rivojlanish bosqichlari ketma-ketlikda tasvirlangan. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Muqaddas kitoblardagi umumiy voqealar va obrazlar Turli dinlarning muqaddas kitoblari o'ziga xos e'tiqod va ta'limotlarga ega bo'lsa-da, ularda uchraydigan ayrim voqealar hamda tarixiy-diniy obrazlar bir-biriga o'xshashdir. Bu, ayniqsa, Qur'on, Tavrot va Bibliya o'rtasida yaqqol ko'zga tashlanadi. Sababi, ushbu kitoblar bir xil payg'ambarlar va qadimiy tarixiy voqealarning ayrim jihatlarini o'z ichiga oladi. Yuqoridagi suratda olamning yaratilishi, Odam Ato va Momo Havo, Nuh to'foni, Ibrohim, Yusuf, Muso, Dovud, Sulaymon, Maryam, Iso kabi mashhur qissa va shaxslarning qaysi muqaddas kitoblarda uchrashi ko'rsatilgan. ⚠️ Muhim eslatma: Bir xil voqea yoki obrazning uchrashi ularning mazmuni ham bir xil degani emas. Har bir muqaddas kitob ushbu voqealarni o'z diniy ta'limoti va e'tiqodiga muvofiq bayon qiladi. Shu sababli tafsilotlar, talqinlar va xulosalarda sezilarli farqlar mavjud. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Dunyoning muqaddas kitoblari Insoniyat tarixi davomida turli dinlar o'z e'tiqodi, qadriyatlari va ta'limotlarini muqaddas kitoblar orqali avloddan avlodga yetkazib kelgan. Bu kitoblar nafaqat diniy hayotning, balki ko'plab xalqlarning madaniyati, huquqi, falsafasi va adabiyoti shakllanishida ham muhim o'rin tutgan. Yuqoridagi infografikada dunyodagi eng mashhur 18 ta muqaddas kitob va diniy asar, ularning qaysi din yoki diniy an'anaga mansubligi qisqacha ko'rsatilgan. Islomda Qur'on, Tavrot, Zabur va Injil Alloh tomonidan nozil qilingan ilohiy kitoblar sifatida e'tirof etiladi. Boshqa dinlarning muqaddas kitoblari esa o'sha din vakillari tomonidan muqaddas manba sifatida qabul qilinadi. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • "Suv kabi bo'l" degan hikmat bugungi kunda ko'pincha Bryus Li nomi bilan bog'lanadi. Biroq suvning moslashuvchanligi va har qanday muhitga uyg'unlasha olishi haqidagi bu g'oya Sharq tafakkurida ancha qadimdan uchraydi. Jumladan, XVII asr olimi Mahmud ibn Valiyning "Bahr ul-asror" asarida quyidagi bayt keltiriladi: ‏از آب کم مباش که در هرچه افتاد ‏از رنگ خود برآمده رنگ همان گرفت Tarjimasi: Suvdan kam bo'lmaki, u har narsaga tushar, O'z rangidan chiqib uning rangiga kirar. Muallifning o'zi ham bu satrlarni avvalgi hikmatlardan biri sifatida keltiradi. Bu esa suvning moslashuvchanligini ulug'lovchi mazkur g'oya Sharq ma'naviy merosida kamida XVII asr va undan ham avval mavjud bo'lganini ko'rsatadi. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Quddusdagi Farg'onalik hukmdorlar maqbarasi Suratda Quddus (Iyerusalim) shahrining sharqiy qismida, Bob al-Asbot (Arslonlar darvozasi) tashqarisida, Masjidul Aqso majmuasi yaqinida joylashgan Ihshidiylar maqbarasi tasvirlangan. Ushbu maqbara Quddusdagi eng qadimiy islomiy dafn maskanlaridan biri bo'lib, X asrda Misr va Shomni boshqargan Ihshidiylar sulolasi hukmdorlarining oilaviy qabristoni hisoblanadi. Mazkur maqbarada sulolaning uch nafar hukmdori dafn etilgan. Birinchisi — Abu Bakr Muhammad ibn Tug'j al-Ihshid (vafoti 334 hijriy / 946 milodiy) bo'lib, u Ihshidiylar davlatining asoschisi sanaladi. Muhammad ibn Tug'j Damashqda vafot etgan, ammo o'z vasiyatiga binoan jasadi Quddusga olib kelinib, shu yerga dafn etilgan. Uning yonida o'g'li Abul Qosim Unujur ibn Muhammad al-Ihshid dafn etilgan. U otasidan keyin Misr va Shom hukmdori bo'lgan hamda vafotidan so'ng oilaviy maqbaraga qo'yilgan. Uchinchi qabr esa Unujurning ukasi Abu al-Hasan Ali ibn Muhammad al-Ihshidga tegishli. U akasidan keyin hukmdor deb e'lon qilingan bo'lsa-da, davlat boshqaruvi amalda mashhur sarkarda Kofur al-Ihshidiy qo'lida bo'lgan. Maqbara ortidagi marmar lavhada arab tilidagi bitikda Muhammad ibn Tug'j al-Ihshid hamda uning ikki o'g'li — Unujur va Alining aynan shu yerda dafn etilgani qayd etilgan. Ihshidiylar davlati 935–969-yillar oralig'ida Misr, Falastin, Shom va Hijozning katta qismini boshqargan musulmon sulolasi edi. Rasmiy jihatdan ular Abbosiy xalifaligiga bo'ysungan bo'lsalar-da, amalda mustaqil siyosat yuritgan qudratli davlatlardan biri bo'lgan. Sulola asoschisi Muhammad ibn Tug'jga Abbosiy xalifasi tomonidan "al-Ihshid" unvoni berilgan. Bu oddiy laqab emas, balki qadimgi Farg'ona hukmdorlarining merosiy unvoni bo'lib, "podshoh", "hukmdor" ma'nolarini anglatadi. Arab va fors tarixchilari Muhammad ibn Tug'jning ajdodlari aynan Farg'ona vodiysidan bo'lganini qayd etadilar. Shu sababli unga ajdodlari unvoni — "Ihshid" qayta berilgan va keyinchalik sulola ham tarixga Ihshidiylar nomi bilan kirgan. Tarixiy manbalarga ko'ra, Muhammad ibn Tug'jning otasi Tug'j ibn Juff Abbosiylar qo'shinidagi turkiy lashkarboshilardan biri bo'lgan. Sulola vakillari Markaziy Osiyodan chiqqan harbiy zodagonlar avlodi bo'lib, keyinchalik Misr va Shomda mustaqil davlat barpo etishga muvaffaq bo'lganlar. Ihshidiylar maqbarasi nafaqat Quddusning islomiy me'moriy merosi, balki Farg'onalik hukmdorlar sulolasining bugungi kungacha saqlanib qolgan eng muhim tarixiy yodgorliklaridan biri sifatida ham alohida e'tiborga loyiqdir. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • https://telegra.ph/Davlatlar-domenlari-07-07

  • 18 июн.6411из katta_ariq

    KALVAK MAXZUMNING XOTIRA DAFTARIDAN «Mushtum»ning bordi-keldisi Ey, boshi bo‘sh donolar, ey, qovoq kiygan dindoshlar, voy, musulmoni komillar! Zamona oxir bo‘ldi: ko‘b behuda ishlar chiqdi. Sharorat peshalarining¹ ishlari avj olib bizningdek faqirlar xor bo‘ldi. Kiyimlar qisqarib, sochlar uzaydi, erkaklar xotun, xotunlar erkak qiyofatiga kirdilar. Barchadan aql ketdi, hamma gumroh; borar yo‘lidan, qilar ishidan adashdi, ulamoga hurmat, yoshlarga shafqat, o‘g‘lonlarg‘a muhabbat yo‘q! Bas, bularning barchasi oxir zamon alomati bo‘lmay nima bo‘lsun?! Tunov kun ikki choraklik salla boshimda, yuz bittalik tasbih qo‘limda, malla chopon egnimda ko‘cha-baqo‘cha, guzar-baguzar kezib, oxirzamon ishlarini birma-bir tomosho qilur erdim. Mishiq-tupugi oqqan bolaginalar yarim beldan loy kechib, it urushtirish bilan mashg‘ullar, ko‘rib ziyoda zavqim keldi: «Ey go‘daklar, — dedim, — biz ham bir vaqtlarda shunday edik, endi o‘tub ketti o‘sha zamonlar», — dedim. Yoshlik bir podshohliq, o‘ynagani qoladir shu go‘daklarning. Shu yo‘sunda bolaliq kunlarimni eslab borur erdim, orada nima bo‘ldi-yu, oldimda lo‘p etib miltiq ko‘targan bir o‘rus chiqub qoldi, kofirning zehni qoymasun deb yo‘l berib chetroqqa turub erdim, haligi badbaxtning og‘zidan «Assalomu alaykum» chiqub qolmasunmi?.. Boshda «Mazak qildiyov bu kofir!» — deb o‘yladim-da, menga qarab kelayotgani uchun «Kofirning salomiga javob joizmi, yo‘qmi?» degan shubhada qoldim. Qarasam, menga qo‘lini uzatayotibdir. Noiloj qo‘limni berib basharasiga qaradim. Tavba-tavba, o‘zimizning qo‘yi mahallalik Abjal sariq! — Ha, Abjal, cho‘qindingmi, shapkani qanchaga olding?!— dedim. Tegi musulmon bolasi emasmi, bir oz qizardi. — Yo‘q, taqsir... milisiyalarga yaqinda shunaqa kiyim berishdi, — dedi. — Axir butxonada bergandir, bersa ham! — dedim. Kuldi. Demak xuddi sirning ustidan chiqqanman. Mendan o‘n adimcha uzoqlashib ketgan edi, ko‘nglimga bir gap kelib, uni to‘xtatdim: — Aztoydil bo‘ldingmi, yoki shunchaki zamonasozliqmi? — dedim. — Hazillashmang, taqsir! — Uyalma, Abjal, bu vaqtda tiriklik toshdan qattiq, bola-chaqaning tashvishi kishini qaysi ko‘ylarga solmaydir... — dedim. — Ha, taqsir! — dedi. — Yashirincha bo‘lsa ham namozingni o‘qi, cho‘qinganingda ham ichingdan — «Xudoyo o‘zing kechir...» deb tur, qani bo‘lmasa bir «tajdidi imon»² qilayliq! Loiloha illo... TO'LIQ O'QISH UCHUN ✅Telegram | 🗳Facebook 📱YouTube |  📱Instagram

  • 🔖 “Mulla” so‘zining ma’nosi va darajalari haqida “Mulla” so‘zi haqida turli qarashlar mavjud. Ayrim manbalarda u arabcha “man la misla lahu” (ya’ni: unga o‘xshashi yo‘q, tengi yo‘q) iborasidan qisqartirilgani aytiladi. Bu talqin ma’naviy jihatdan juda chiroyli bo‘lib, insonning ilmda yuksak maqomini ifoda etadi. Shu bilan birga, klassik tilshunoslik nuqtai nazaridan “mulla” so‘zi ko‘proq fors-turkiy muhitda shakllangan bo‘lib, “din ilmini egallagan kishi”, “ustoz”, “imom” kabi ma’nolarni anglatadi. Ya’ni bu yerda asosiy urg‘u — ilm va ta’limga qaratilgan. An’anaviy ravishda esa quyidagi darajalar ham tilga olinadi: Mulla — umumiy diniy bilimga ega inson Domulla — kengroq ilm sohalarida yetuk ustoz A’lam — eng bilimli, fatvo berish darajasiga yetgan zot Oxund — yuqori diniy martaba Ba’zi olimlar, jumladan, Borovkov ham “mulla” so‘ziga “tengi yo‘q” ma’nosini bergan. Bu esa so‘zning nafaqat lug‘aviy, balki sharafli va ruhiy qiymatini ham ko‘rsatadi. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Hindlarni yangi "The Empire" serialini ko'rdim. Bitta xulosaki, serial Bobur tarixini "hujjati" bo'la olmaydi, o'zi umuman bu maqsdda ishlanmagan ham. Bu ko‘proq tarixga asoslangan dramatik hikoya. Asar ingliz yozuvchisi Alex Ruterford romonlari asosida ishlangan. Shuning uchun serialda tarixiy faktlar bor, lekin ular ko‘pincha drama kuchliroq chiqishi uchun o‘zgartirilgan yoki kengaytirilgan. (Nima bo'gandayam Bobur haqida butun bir zamonaviy davr uchun texnik jihatdan javob beruvchi serial olishibdiku, bizga o'xshab faqat sun'iy intellektga Boburni jonlantirib, she;r ayttirishdan uyog'iga o'tolmay yurishgani yo'q) Serial boshida yosh Bobur. Otasi o‘lgach, u juda yosh bo‘lsa ham Farg‘ona taxtiga chiqadi. Lekin serialda Bobur birdaniga buyuk sarkarda qilib ko‘rsatilmaydi. Aksincha, boshida u juda ikkilanadigan, o‘ziga ishonchi hali to‘liq shakllanmagan hukmdor sifatida chiqadi. Atrofida esa fitna ko‘p: amaldorlar ishonchsiz, qarindoshlar hokimiyatga ko‘z tikkan, tashqarida esa katta dushman bor. Ya'ni tarixiy haqiqat. Va bu dushman o'z-o'zidan aniqki, Shayboniyxon. Serialda Muhammad Shayboniyxon juda keskin obraz qilib berilgan: shafqatsiz, xavfli, biroz vahshiyroq qahramon sifatida. Tarixda ham Shayboniyxon Temuriylarni Movarounnahrdan siqib chiqargan kuchli hukmdor bo‘lgan, lekin serialda u yanada dramatik, deyarli Boburning shaxsiy dushmaniga aylantirilgan. Serialning eng kuchli dramatik joylaridan biri — Xonzoda begim hikoyasi. Tarixda ham ma’lumki, Boburning opasi siyosiy kelishuv tufayli Shayboniyga berilgan. Serial shu voqeani juda hissiy qilib ko‘rsatadi. Avval u asirga tushadi, keyin siyosiy nikoh bo‘ladi, keyin esa Shayboniy va Bobur o‘rtasidagi ziddiyat yanada shaxsiy tus oladi. Ya’ni serial tarixdagi voqeani olib, uning ichiga ko‘proq his-tuyg‘u, drama va psixologiya qo‘shadi. Serial davomida Bobur bir necha marta Samarqandni olishga urinadi. Lekin u doimiy ravishda kuchliroq raqiblarga duch keladi va Movarounnahrda hokimiyatni saqlab qolish qiyinlashib boradi. Shu yerda syujet katta burilish qiladi: Bobur asta-sekin Hindiston tomon qaray boshlaydi. Serial buni oddiy harbiy strategiya emas, balki taqdirga o‘xshagan qaror sifatida ko‘rsatadi — go‘yoki Bobur imperiyani boshqa yerda qurishi kerak. Va biz bilgan Panipat jangi. (Juda dramatik ishlangan hindlarga xos va ancha tomoshabop holatda) Serialning oxirgi qismida esa voqealar biroz oldinga o‘tadi. Endi masala Bobur qanday qilib imperiya qurgani emas, balki undan keyin kim hukmronlik qilishi haqida. Bu yerda Boburning o‘g‘li Humoyun va boshqa shahzodalar (Kamron) o‘rtasidagi raqobat ko‘rsatiladi. Saroy ichida yana intriga, siyosiy o‘yinlar va vorislik masalasi boshlanadi. Serialning tarixiy jihatdan eng sezilarli kamchiliklaridan biri Boburning Hindistonda hokimiyatni mustahkamlash jarayonini to‘liq ko‘rsatmagani. Ko'pchilikka qiziq va yangilik bo'lgan Rana Sanga bilan ziddiyatlar ham yo'q hozircha. Va bu yozuvchining 1-kitobida voqealar shunday tasvirlangani. Serial 1-fasli Bobur va uning imperiiyani qurishi haqida xolos. Xonzodabegim Humoyunni haqiqiy voris deb biladi, Gulruxbegim esa Komronni har qanday yo‘l bilan taxtga olib chiqmoqchi bo‘ladi. Serialda Bobur tarixiy shaxsdan ko‘ra ko‘proq ichki yaralari bor epik qahramonga, Shayboniyxon tarixiy raqibdan ko‘ra anchayin antagonistik obrazga, Xonzodabegim esa siyosiy nikoh qurbonidan deyarli serialning ikkinchi markaziy qahramoniga ko‘tarilgan. Aytgancha,m serial hozircha hindlarning eng qimmat seriali sifatida ko'rilyapti ekan. Nima bo'lgandayam, bu serial bizga tarixizmi bilan bog'liq yangi loyiha sifatida ham qiziqarli. Spoylerlarni beriiiib-berib tashlagan bo'samam, serialni beeemalol ko'rishlaring mumkin. Chunki hind kinolarida haar doim o'ziga xos yangilik va fantaziyalar topiladi). O'zbekcha tarjimasi bor. 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!

  • Shimining dazmoli qovunni yoradiyu, kalla qovoq boʻlib yotibdi! ©Abdulla Qahhor 💬  Bizni kuzatib boring 🆔FaktOn telegram kanali -ilmiy, ishonchli, qiziqarli!