Faqat Endocrine
СтатистикаMishmishlarga qaraganda bu kanalni Endocrinolog @ShoxruxBotirov ning shaxsan o’zlari yuritadi.
- Последний пост
- 12 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 405
- 1/48двое суток
- 464
- 1/72трое суток
- 500
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
“Qayerda bo’lsez ham topib boramiz, do’xtir” - degan gapni taxdit deb bilmasangiz, siz to’g’ri yo’ldasiz😁 @faqatEndocrine
Bemorlarni qo’rqitish mumkin emas. Hurmatga erishish, motivatsiya shakllantirish orqali ham istalgan xulq atvorni shakllantirish mumkin ularda. Gap uqmas bemorlarni qo’rqitmasez bo’lmaydi dersiz. Unda sizga psixiatriya asoslarini, positive va negative reinforcement va punishment kabi bazal metodlarni qo’llab ko’rishni tavsiya qilaman. Ochig’ini aytaman men tibbiyotda hamma narsani bilmayman. Shunchaki nimani bilsam, boridan foydalanishga urinaman. Siz alternative takliflar bersangiz ham jon deb o’rganib olaman😊
Bemorlar ham odam faqat sog’lig’ida muammosi bor odam. Ular klient emas, biz sotuvchi emasmiz
Bemorlarga har qanday dori darmondan oldin, tushunilish va do’stona munosabat kerak.
Hashimota va erta yoshda sochlar oqarishi birga kelishi mumkin. Soch folikulasidagi melanotsitlarni ham immun tizimi begana qilishni boshlaydi. Odam ajratish haqida eshitganmiz. Hujayra ajratish ham bor ekanda qareng. Molekular diskremenatsiya bu autoimmun holat ekanligini hisobga olsak, o’zimni molekulyar sotsiologiya bilan ham shug’ullanaman desam bo’larkan a? Nima dediz? @FaqatEndocrine
Umid qilamanki Endokrinologik holatlarga biroz hazilomuz yondashuvim hech kimni hafa qilmaydi. Agar kimnidir jahlini chiqargan bo’lsam, ayb mendamas gormonlarizda bo’lishi mumkin. Jahldorlar, keling o’zim davolab qo’yaman😊
Ayollar juda 90x60x90 bo'lib ketishi shart emas, 90x80x90 ham bo'laveradi😁 Chunki bel aylanasi 80 sm dan yuqori bo'lsa, metabolik sindrom uchun shubxa uyg'onadi. Shubxali bo'lish yaxshimas lekin sizga aytsam🤦🏻♂️😂 @FaqatEndocrine
Bemorizda Insulin titratsiyani boshlarkansiz tunda yaxshi uhlayabdimi albatta aniqlashtirish kerak. Diabet asoratlari: neyropatiyalar, vitamin D yetishmovchiliklari kabilar oyoqlarda og’riq berib uyqu buzilishiga olib keladi. Yosh o’tgan sari shundog’am kamayadigan uyqu yanayam kamayib ketsa, bu organizm uchun jiddiy stress degani. Bu esa glukozani ko’tarvoradi. Insulin titratsiya esa qiyinlashadi. Vaqt cho’ziladi. Shunaqa vaziyatlarda gabapentinoidlardan yaxshi do’st topilmaydi. Antidepressantlar ham yomon ulfat emas lekin. Sizchi qanday management qilayabsiz bunaqa vaziyatlarda? @faqatEndocrine
Liposaksiya ozdiradi lekin Insulin reziztentlikni kamaytirmaydi. Shu joyida insulin rezistentlik tana vaznidan ko'ra ko'proq vitseral yog' bilan yani bel aylanasi bilan kuchli korrelyatsiya qilishini ham eslab o'tish kerak. Liposaksiya esa vitseral yog'ni emas, teri osti yog'ni olib tashlaydi. Mana nima uchun Liposaksiyadan keyin hipchabel bo'ldim. Endi insulin rezistenlik ketdi deganlar, adashishadi. Semiz bilan semizni ham farqi borda Xatto ozg'in bilan ozg'inni ham farqi bor. Masalan osiyolik irqiga mansublar vazni juda yuqori bo'lmay ham vitseral yog' ko'p bo'lishi mumkin. Lekin biz osiyolik irqiga kirmaymiz. Shunday ekan eshikdan qorni birinchi kirib kelayotgan bo'lsa, katta ehtimol bilan uzoq muddatli mijoz kelmoqda degani😁 Hazil bemorlar bu bemorlar, mijozlar emas. @faqatEndocrine
Insulinoterapiya boshlanganda boshqa gipoglikemik preparatlarni davom ettirish yoki bekor qilish taktikasi qanday? Kombinatsiyalangan terapiya (insulin va boshqa gipoglikemik preparatlar) glikemik nishonlariga erishish bilan birga, umumiy insulin ehtiyojini va vazn ortishini kamaytirishi mumkin. Lekin, polifarmatsiya xavfi va qo'shimcha xarajatlarni ham hisobga olish kerak. Preparatlar bo'yicha taktika: - Metformin: Odatda insulin bilan birga davom ettiriladi. - GLP-1 va SGLT2 ingibitorlari: Ayniqsa yurak, vazn yo'qotish va buyrak foydasi uchun qo'llanilgan bo'lsa, davom ettirilishi mumkin. - DPP-4 ingibitorlari: Bazal insulin bilan foydali bo'lishi mumkin bo'lsa-da, prandial insulin boshlanganda odatda bekor qilinadi (ko'pchilik hollarda to'xtatish afzal). - Sulfonilmochevina, meglitinidlar va pioglitazon: Insulin (ayniqsa prandial insulin) boshlanganda, nisbiy samaradorligi pasayishi va nojo'ya ta'sirlar tufayli odatda kamaytiriladi va to'xtatiladi. Istisno: Pioglitazon faqat og'ir insulin rezistentligi (masalan, lipodistrofiya) bo'lganlarda insulin bilan qo'shilishi mumkin. @faqatEndocrine
Siz sohangizni juda yaxshi bilasiz, bunga shubha yo'q. Lekin judayam detallarga boy ko'rsatmalar berishingiz bemor ko'rsatmalarni chalkashtirib yuborishiga olib kelishi mumkin. Bemorning "tushundim" - degan gapi doim ham tushunganini anglatmaydi. Bazan u shunchaki tasdiqlash uchun yoki nimadir deyishim kerak, bo'lmasam savodsizdek ko'rinaman degan fikr bilan ham "ha tushundim" deydi savolingizga. Diabetik bemorlar ayniqsa, yoshi katta bemorlar bilan ishlashda shu kabi vaziyatlarni hisobga oling. Oddiy gaplar lekin reallikda juda muhim chunki bemor ko'rsatmalarizga amal qilmasa, ming juda ajoyib taktika qo'llagan bo'lmang, oxirida natija bo'lmaganida sizni ayblaydi. Demak mavzu aktual. Bu reputatsiyangiz masalasi axir. Doctor Hause ning "Ko'ngildan chiqqani ko'ngilga boradi", "Hamma aldaydi" - degan gaplari esimga tushib, bir dardlashay dedimda siz bilan😁 @faqatEndocrine
Diabetik bemorizda ayniqsa 1-tip diabetiklarda, kasallik (shamollash, infeksiya) davrida qondagi glyukoza darajasini o'lchash chastotasi oshiriladi. O'lchovlar har 2-3 soatda, hatto tun davomida ham amalga oshirilishi kerak. Zarur hollarda bu chastotani har 1-2 soatgacha oshirish yoki imkon bo'lsa, uzluksiz glyukozani monitoring qilish (CGM) tizimidan foydalanish tavsiya etiladi. @faqatEndocrine
SGLT-2 ingibitorlari qo’llarkansiz. Osmotik diurez hisobidan gipovolemiya kuzatilishini, bemorda diareya, qayt qilish kabi suyuqlik yo’qotiladigan holatlar bu guruh dorilar tasiridagi gipovolemiyani battar qilishini hisobga oling. Bunday vaziyatda juda muhim hayotiy organlarga masalan buyrakka qon yaxshi yetib bormaydi. Va juda tez bir necha 10 daqiqadan soatlargacha bo’lgan muddatda orqaga qaytmas bo’lib ishdan chiqishi mumkin buyrak funksiyasi. Bu vaziyatni qanday bilamiz dersiz?! Bemorda ortostatik gipotenziya(suyuqlik kamligi uchun) va eGFR(СКФ) tushib ketadi. Bu dorini to’xtatish uchun ko’rsatma hisoblanadi. Bu vaziyatda Creatinine dastlab normal ekanligiga aldanmang. Sirkulator hajm kamligi uchun muskullarga ham qon kam borgan va creatinine dastlab normada turadi. Shuningdek muammo filtratsiyada bo’lmaydi. Bu ham creatinine ni normada turishiga sabab bo’ladi. Qoidaga ko’ra eGFR <30 bo’lsa SGLT-2 ingibitor to’xtatiladi. Yuqoridagi vaziyatda esa <30 dan past bo’lishini kutmang. Organizm o’zi sizga hamma narsa haqida shivirlaydi. Quloq solsangiz bo’lgani Foydali deb topsangiz Endokrinolog do’stlaringizga yuborib qo’yishni unutmang👋 @faqatEndocrine
Canagliflozin buyurarkansiz diabetik oyoq panja yaralari riski oshib ketishini hisobga oling
Bolada bo'y o'sishi bilan bog'liq muammo bo'lsa O'sishi past + vazni past = ichakda muammo(Kron, Seliakiya..), yallig'lanish yoki oziqlanish bilan bog'liq muammo haqida o'ylang; O'sishi past + vazni normal yoki yuqori = endokrin yoki steroidlar fonidagi jarayon haqida o'ylang
Bemorlar GLP-1 agonistlarining narxi qimmatligi uchun dorini to'xtatib qo'yish va vazn ortishni boshlagandan keyin qayta qabul qilishga ehtiyoj paydo bo'lib kelishadi qabulimizga. Shu vaziyatda qayta terapiyani qanday dozadan boshlash haqida ADA tavsiyasi keltirilgan yuqoridagi rasmda.☝️ Bu Clinic Endocrine guruhimizda kecha tahlil qilgan holatlarimizdan biri. Amaliyotda as qotadi saqlab qo'yishni unutmang. Bu kabi juda muhim klinik holatlarni yopiq guruhda tahlil qilayabmiz. Ular juda ko'p va ularning barchasini bu yerda e'lon qilishga ulgurmayabmiz. Siz ham to'liq dallillarga asoslangan tibbiyot bo'yicha ishlashga o'tish uchun esa guruhimizga qo'shilishingiz mumkin Guruhga qo'shilish 👉 admin @faqatEndocrine
#Realbemor 💭 O'sishdan orqada qolish va bosh og'rig'i bilan kelgan bolada MRT gipofiz kattalashuvini ko'rsatsa, darhol operatsiya qilasizmi? 10 yoshli qizaloq bosh og'rig'i va bo'yining o'smasligi shikoyati bilan tekshiruvdan o'tgan. Miya MRT sida turk egari sohasidan optik xiazmagacha tarqalgan yirik o'choq ko'zga tashlangan.
#Realbemor 💭 Bo'yindagi ulkan massa nafas va yutishni qiyinlashtirganda, jarrohlikdan bosh tortgan bemorni qanday davolaysiz? Qirq ikki yoshli ayol yurakning tez urishi, asabiylik, qo'l titrashi va keskin ozish shikoyatlari bilan klinikaga keldi. Obyektiv ko'rikda bo'yin old qismida yutishni qiyinlashtiruvchi ulkan, zich tugunli shish va ko'z qovoqlarining tortilishi ko'zga tashlandi.
Nefropatiyasi bor diabetiklar uchun vitamin D qidirganlar aktiv vitamin D (kalsiytriol) qo'llashingiz kerak. Nofaol vitamin D yani Xolekalsiferol yoki Ergokalsiferol yordam bermaydi bu vaziyatda. Shuningdek aktiv vitamin D (kalsiytriol) qo'llasangiz terapiya samarisini qondagi kalsiy orqali nazorat qilishingiz kerak. 25-OH vitamin D tekshiruvi faqat nofaol vitamin D yani Xolekalsiferol yoki Ergokalsiferol terapiyasi samarasini baholash uchun qilinadi. Rasmda O'zbekistonda mavjud Calcitriol preparati keltirilgan. Agar siz shu tarkibli boshqa preparatlarni bilsangiz yozib qoldirsangiz qolganlarga ham foydali bo'ladi. @faqatEndocrine
Dastlabki boshlayotgan bo'limimiz Diabetalogiya