FarDU akademik litseyi | Rasmiy kanal
СтатистикаFargʻona davlat universiteti akademik litseyining rasmiy Telegram kanali. 📍Fargʻona sh., Quvasoy ko‘chasi 17-uy 🌐 https://fdual.uz/ 📧 fdual@gmail.com Tel: +99873-243-58-06
- Последний пост
- 15 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 7
- Всего постов
- 124
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 894
- 1/48двое суток
- 1 024
- 1/72трое суток
- 1 104
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
‼️MANDAT CHIQDI #abituriyent ⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz/allow/bachelor-answer sahifasiga kirib, abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda JShShIR raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.
❗️Yakuniy mandat natijalari ertaga e'lon qilinishi rejalashtirilgan ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qabul bo‘yicha yakuniy tanlov natijalarini ertaga, 15-avgust — shanbakuni soat 08:00 da e’lon qilinishi kutilmoqda. @FarDU_al
без подписи
без подписи
🎓 Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyida 2026/2027-o‘quv yili 1-bosqichiga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari bilan birinchi umumiy yig‘ilish o‘tkazildi. 🗓 Yig‘ilishda yangi o‘quv yilini uyushqoqlik bilan boshlash, o‘quvchilarning litsey muhitiga moslashuvini ta’minlash, ta’lim-tarbiya jarayonida ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yig‘ilishda ota-onalarga: 🔹 akademik litseydagi ta’lim jarayoni; 🔹 o‘quvchilarning davomati va ichki tartib-qoidalari; 🔹 chuqurlashtirib o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtirish; 🔹o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini baholash jarayonlari; 🔹 o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish; 🔹 fan to‘garaklari, tanlov va olimpiadalardagi ishtirok; 🔹 o‘quvchilarning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi; 🤝 Yig‘ilish davomida ota-onalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga litsey ma’muriyati va mas’ul xodimlardan javob oldilar. @FarDU_al
Mustaqillik bayrami munosabati bilan necha kun dam olamiz? Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 24.12.2025-yildagi PF-257-son Farmoniga asosan “31-avgust” qoʻshimcha dam olish kuni hisoblanadi. Shu sababli: 🔹5 ish kunida ishlovchilar 4 kun dam oladi: 29-avgust – (shanba) dam olish kuni; 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram; 🔹6 ish kunida ishlovchilar 3 kun dam oladi: 30-avgust – (yakshanba) dam olish kuni; 31-avgust – (dushanba) qo'shimcha dam olish kuni; 1-sentabr – (seshanba) bayram. @litseyhujjat
🖥 Akademik litseylarga kirish test sinovlari bo‘yicha apellyatsiya arizalarini ko‘rib chiqish jarayoni boshlandi ✅ 2026/2027-o‘quv yili uchun akademik litseylariga kirish test sinovi natijalaridan norozi bo‘lgan va belgilangan tartibda my.edu.uz platformasi orqali apellyatsiya shikoyati bergan talabgorlarning murojaatlari 2026-yil 14-avgust kuni ko‘rib chiqiladi. ℹ️Apellyatsiya o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt har bir abituriyentning my.edu.uz platformasidagi shaxsiy kabinetida ko‘rsatilgan. ‼️ Eslatma: Ariza bergan talabgorlar 14-avgust kuni belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishlari shart. Bizni kuzating! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
📢 ВНИМАНИЕ: ВАЖНОЕ СООБЩЕНИЕ! 🎓 Вниманию учащихся, зачисленных на 1-й курс Академического лицея при Ферганском государственном университете, и их родителей! 📅 Суббота, 15 августа 2026 г. ⏰ В 09:00 состоится собрание для родителей учащихся, зачисленных на 1-й курс по следующим направлениям: - Точные науки (экономика): математика, иностранные языки; - Иностранная филология: английский язык, родной язык и литература. ❗️ Присутствие родителей или законных представителей учащихся на собрании ОБЯЗАТЕЛЬНО! 📌 На собрании будет представлена важная информация об учебном процессе в академическом лицее, подготовке учащихся к новому учебному году, правилах внутреннего распорядка и взаимодействии с родителями. 👉 Просим всех родителей и законных представителей присутствовать на собрании в назначенное время! 🎓 Академический лицей при Ферганском государственном университете
📢 DIQQAT, MUHIM E’LON! 🎓 Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyining 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari diqqatiga! 📅 2026-yil 14-avgust, juma ⏰ Soat 09:00 da 🔹 Aniq fanlar (iqtisod) — matematika va xorijiy til; 🔹 Tabiiy fanlar — biologiya va kimyo; 🔹 Ijtimoiy-gumanitar fanlar — tarix va xorijiy til; 🔹 Ijtimoiy-gumanitar fanlar — huquqshunoslik va xorijiy til yo‘nalishlarining 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari ishtirokida; 📅 2026-yil 15-avgust, shanba ⏰ Soat 09:00 da 🔹Xorijiy filologiya yo`nalishi — ingliz tili, ona tili va adabiyot; 🔹Xorijiy filologiya yo`nalishi — nemis tili, ona tili va adabiyot yo‘nalishlarining 1-bosqichiga o‘qishga qabul qilingan o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkaziladi: ❗️ Yig‘ilishda o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillarining ishtirok etishi SHART! 📌 Yig‘ilishda akademik litseyda ta’lim jarayoni, o‘quvchilarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, ichki tartib-qoidalar hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari yuzasidan muhim ma’lumotlar beriladi. 👉 Barcha ota-onalar va qonuniy vakillarni belgilangan vaqtda yig‘ilishga kelishlarini so‘raymiz! 🎓 Farg‘ona davlat universiteti akademik litseyi
❗️Eslatma: Vakant o‘rinlarga o‘qishga kirish imkoniyati yaratiladi 📄Hukumat qarori bilan “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 578-sonli qarorga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilgan. ✈️Unga ko‘ra, kirish imtihonlarida ishtirok etib, minimal ball to‘plagan, biroq talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlarga vakant (bo‘sh) o‘rinlar qolgan yo‘nalishlarda tanlovda ishtirok etish imkoniyati beriladi. 📌Bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi: ➖ imtihon natijalari e’lon qilingandan so‘ng bir hafta o‘tib, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lgan vakant yo‘nalishlarga bir hafta muddatda ro‘yxatdan o‘tiladi; ➖ abituriyentlar to‘plagan ballari ketma-ketligiga (reytingga) qat’iy rioya qilingan holda bo‘sh o‘rinlarga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi; ➖ BMBA tomonidan shakllantirilgan qaydnomalar oliy ta’lim tashkilotlariga buyruq rasmiylashtirish uchun asos bo‘ladi. Shuningdek, 74-bandga quyidagi o‘zgartirishlar kiritilgan: 🔹 avval ayrim qarorlar Davlat komissiyasi hisobidan qabul qilingan bo‘lsa, endilikda bu vakolat oliy ta’lim tashkiloti rektori (direktori) hisobiga o‘tkazildi. Ya’ni, mas’uliyat va qaror qabul qilish bevosita OTM rahbari zimmasiga yuklatildi; 🔹 74-banddagi ikkinchi xatboshi chiqarib tashlandi, ya’ni u endi amalda qo‘llanilmaydi; 🔹 oldingi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar endilikda mos ravishda – ikkinchi va uchinchi xatboshi deb qayta raqamlandi. 📑Abituriyentlar vakant o‘rinlar bo‘yicha o‘tgan yilgi o‘tish ballari bilan @mandat_javobbot orqali tanishib chiqishlari mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qabul2026 #Abituriyent2026 #Ikkinchi_bosqich_tanlov 📣 Abituriyentlar diqqatiga! 📆 Tanlovning 2-bosqichi yakunlanishiga 2️⃣ kun qoldi. ✅ Barcha abituriyentlardan ta’lim yo‘nalishlari, oliy ta’lim muassasalari, ta’lim shakllari va tanlov ustuvorliklarini tanlashda faol bo‘lishlarini so‘raymiz. 🧑💻 Tanlovni oxirgi kun va oxirgi soatlarga qoldirmang. Ayni vaqtda abituriyentlarning to‘liq ro‘yxati va egallagan o‘rnini ko‘rish ("Kengaytirilgan qidiruv") imkoniyati yaratilgan bo‘lib, yordamchi ma’lumot sifatida undan keng foydalanish mumkin. 🎥 Tanlovning 2-bosqichi bo‘yicha videoqo'llanma mavjud. Eslatma: ushbu bosqich 8-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
⚡️Abituriyentlar uchun o‘z o‘rnini ko‘rish imkoniyati ishga tushdi 📌Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan abituriyentlarning fanlar majmuasi bo‘yicha reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadigan xizmat ishga tushirildi. Endilikda abituriyentlar o‘zining reytingdagi o‘rnini onlayn tarzda bilishi mumkin. Mazkur xizmat orqali abituriyentlar mutaxassislik fani va ta’lim tili kesimida nechanchi o‘rinda turganini ko‘ra olishadi. ✈️ Xizmatdan foydalanish uchun quyidagi Telegram botlarni ishga tushirish lozim: 👉 @bmb_natijabot 👉 @bmb_natija1bot Botlar yordamida abituriyentlar o‘z natijalari hamda mutaxassislik fani bo‘yicha reytingdagi o‘rnini qulay tarzda tekshirishi mumkin. 📩 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#til ⚡️Oʻzbek tili qoida va meʼyorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi soʻz va atamalar ro'yxati. @FarDU_al
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeuBtLddBmP6TRvB99q7XbdpVy1wAIeRL0G1751PX4MwSOSoQ/viewform?usp=publish-editor
#Mandat Fargʻona davlat universiteti akademik litseyiga 2026/2027-o'quv yili qabuli uchun test topshirgan oʻquvchilarning test sinovi natijalari. @FarDU_al
#mandat #akademik_litsey ⚡️Akademik litseylarga kirish test natijalari tayyor 2026/2027-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari tasarrufidagi akademik litseylarga kirish imtihonlarining YAKUNIY NATIJALARI (mandat) eʼlon qilindi. Yakuniy natijalarni vazirlikning my.edu.uz va my.gov.uz rasmiy veb-saytidan “Shaxsiy kabinet”ga kirish orqali bilish mumkin. Eslatma: Oʻquvchi to‘plagan bali asosida ustuvorlik bo‘yicha tanlagan akademik litseyga o‘qishga qabul qilinadi. Ustuvorlik bo‘yicha batafsil sharh: 👉https://gov.uz/edu/news/view/199876 Maʼlumot uchun, belgilangan tartibga muvofiq, kirish test sinovi natijasidan norozi bо‘lgan o‘quvchilar yakuniy natijalar e’lon qilingan kundan boshlab uch ish kuni ichida my.edu.uz orqali elektron shaklda (shaxsiy kabinetidan) apellyatsiya shikoyatini berish huquqiga ega. Bizni kuzating Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Ovozli_chat Qabulning ikkinchi bosqichi bo‘yicha ovozli chat 1 📣 2026-yil 30-iyul kuni soat 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. 🎙️ Ovozli chat davomida qabulning ikkinchi bosqichi (onlayn oliy ta’lim muassasalari va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash)ga oid savollarga batafsil javob beriladi. 🧑💻 Unda Bilim va malakalarni baholash agentligining mas’ullari ishtirok etadilar. 📨 Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, mana bu yerda qoldirishingiz mumkin. Savollarni mazmunan aniq, qisqa va tushunarli tarzda yuborishingizni so‘raymiz. ✅ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
O‘zbekiston xalqiga Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan bayram tabrigi Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha imtihonlarni o‘tkazish tartibi belgilandi 📄 Hukumat qarori (411-son, 29.07.2026-y.) bilan “Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish bo‘yicha malaka imtihonlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. ✔️Qarorga ko‘ra, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega bo‘lgan, boshlang‘ich sinflarda dars beruvchi boshlang‘ich ta’lim mutaxassisligiga ega o‘qituvchilarga: ➖Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan, sertifikatning amal qilish muddati davomida, tegishli ta’lim tiliga mos ravishda barcha fanlar bo‘yicha lavozim maoshiga har oy 15 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama to‘lab boriladi. 🏛 Nizomga ko‘ra, Bilim va malakalarni baholash agentligi mazkur sohada vakolatli organ hisoblanadi. 📌 Malaka imtihonida ishtirok etish uchun talabgordan ro‘yxatdan o‘tishda, ariza berilgan kundagi BHMning 1,5 baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra: ⚫️70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali; ⚫️65–69,9 ball olgan talabgorga A darajali; ⚫️60–64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali; ⚫️55–59,9 ball olgan talabgorga B darajali; ⚫️ 50–54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali; ⚫️46–49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi. ✈️ Talabgorning boshlang‘ich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, o‘qitish metodikasi va pedagogik mahorati test sinovlari orqali baholanadi. Talabgor sertifikat olish maqsadida malaka imtihonida qatnashish uchun YAIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ariza berib, ro‘yxatdan o‘tadi. Malaka imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlarga 1 ish kuni ichida QR-kodli sertifikatning elektron shakli YAIDXP (my.gov.uz) orqali yuboriladi. ➖ Talabgor malaka imtihoni natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida YAIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organga apellyatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tartibi joriy etilishi belgilandi. 📩 Qoʻshimcha savollarni Telegram botimiz (✅@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin. ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
#Qonunchilik_yangiliklari 🖋 Fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi Hukumat qarori (406-son, 24.07.2026-y.) bilan “Ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi. ☑️ Ushbu Nizom respublika va viloyat darajasida ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblarini “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasini taqdim etish orqali rag‘batlantirish tartibini belgilaydi. 📨 Nizomga ko‘ra, ta’lim va sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan fan olimpiadasi va sport musobaqasi g‘oliblariga quyidagi yo‘llanmalar taqdim etiladi: 📑 respublika darajasida – respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga O‘zbekiston hududidagi turistik obyektlarga 3 kunlik sayohat; 📆 viloyat darajasida – hududiy bosqichda g‘olib bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarga boshqa viloyat hududidagi turistik obyektlarga 2 kunlik sayohat. 📌 Tashkilotchi tomonidan sayohat tadbirlari tashkil etilishidan 10 kun oldin yo‘llanmaga ega bo‘lgan shaxslar tadbir tashkil etiladigan kun va joy to‘g‘risida xabardor qilinadi. ➡️ Tashkilotchilar tomonidan har yili sayohat xarajatlariga quyidagilar bilan bog‘liq xarajatlar kiritiladi: ➖ transport xizmati; ➖ yashash va ovqatlantirish; ➖ekskursiyalar (gid xizmati va turizm obyektlariga kirish chiptasi); ➖ sayohat sug‘urtasi. Facebook | Instagram | YouTube|Telegram