Sanepidqo'mita Farg'ona tumani O.A.V va Jamoatchilik bilan ishlash bo'limi
Статистика- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 10
- Всего постов
- 22
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 14
- 1/48двое суток
- 16
- 1/72трое суток
- 17
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
MUZQAYMOQ ISTE’MOL QILISH BORASIDAGI ZARUR TALABLAR VA FOYDALI TAVSIYALAR! 🍦Muzqaymoqlar yozning issiq kunlarida insonlar tomonidan sevib iste’mol qilinadigan, chanqoqbosdi, oziqaviy qiymatga ega sut mahsulotlaridan sanaladi. 🍨Muzqaymoq tarkibidagi kalsiy va vitaminlar tufayli organizmga foyda keltiradi, ammo shakar va yog‘larning ko‘pligi sababli me’yorni kuniga bir porsiyagacha (70–100 g) cheklash, oshqozon yoki oshqozon osti bezi bilan bog‘liq muammolarda uni iste’mol qilmaslik muhimdir. 📌 Buni yodda tuting! ✅ Xavfsizligi kafolatlanmagan, saqlash va savdo qoidalariga rioya etilmagan holda sotilayotgan muzqaymoqlarni iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanishlar, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari kelib chiqishi mumkin. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/205278 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
❗️Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi? Prezident farmoniga ko‘ra, 31 avgust – dushanba kuni ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni deb belgilangan. Shunga muvofiq, haftasiga 5 kun ishlovchilar Mustaqillik bayramida ketma-ket to‘rt kun (29 avgust – 1 sentyabr), 6 kun ishlovchilar esa ketma-ket uch kun (30 avgust – 1 sentyabr) dam oladi. 🟡 29 avgust, shanba – odatiy ish yoki dam olish kuni 🟢 30 avgust, yakshanba – odatiy dam olish kuni 🟢 31 avgust, dushanba – barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni 🟢 1 sentyabr, seshanba – Mustaqillik bayrami kuni 2 sentyabr, chorshanba – barcha uchun odatiy ish kuni. Telegram | Instagram | Veb-sayt
Hurmatli tadbirkorlar va fuqarolar! 2026-yil 13-avgust kuni soat 11:00da Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasida muloqot uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi, Sanepidqo‘mita raisi — Bahodir Yusupaliyev ishtirok etadi. Uchrashuvda: ➡️ Sanitariya-epidemiologik talablar ➡️Tadbirkorlik faoliyatida uchrayotgan muammolar ➡️Aholini qiziqtirgan savollarga ochiq javoblar ➡️ Taklif va murojaatlarni bevosita yetkazish imkoniyati yaratiladi. 👉 Barcha tadbirkorlar va fuqarolarni faol ishtirok etishga taklif etamiz! 📍 Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 341-uy. (Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi binosi) ⏰Vaqti: 2026-yil 13-avgust, soat 11:00. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
OIV testini yashirincha topshirish mumkin — yangi imkoniyatlar 📌OIVga tekshirilish uchun endi navbatda turish yoki shaxsingizni oshkor qilish shart emas. 📍Toshkentda bir necha daqiqa ichida bepul va anonim ekspress-test olish imkoni paydo bo‘ldi. ❓Nega bu bunchalik muhim? ✅Chunki OIV bilan yashayotgan ko‘plab insonlar kasallikni o‘z vaqtida aniqlamasligiga asosiy sabablardan biri — test topshirishdan qo‘rqish va jamiyatdagi noto‘g‘ri munosabat. 📹https://youtu.be/jXSywo8xaCM Batafsil: 👇👇👇 https://uza.uz/posts/893603 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
GO‘ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARIGA QO’YILADIGAN GIGIYENIK TALABLAR Go‘zallik salonlari va sartaroshxonalarda sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish mijozlar va xodimlar salomatligini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Salonlarda: -xonalar doimo toza, ozoda va yaxshi shamollatilgan bo‘lishi; -asbob-uskunalar har bir mijozdan so‘ng tozalanib, belgilangan tartibda dezinfeksiya qilinishi; -qaychi, taroq, ustara kabi ko‘p marotaba ishlatiladigan jihozlar sanitariya talablariga muvofiq qayta ishlanishi; -bir martalik sochiq, salfetka va boshqa vositalardan imkon qadar bir marta foydalanilishi; -xodimlar qo‘llarini har bir mijozga xizmat ko‘rsatishdan oldin va keyin tozalashi, zarur hollarda qo‘lqopdan foydalanishi; -ishlatilgan materiallar maxsus idishlarga yig‘ilib, o‘z vaqtida olib chiqilishi lozim. Sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilish teri kasalliklari va turli yuqumli kasalliklarning tarqalish xavfini kamaytiradi. Telegram | Instagram | Veb-sayt
🧁Kremli konditer mahsulotlari qanday saqlanadi? ❗️Kremli konditer mahsulotlari (tortlar, pirojniylar va boshqa shirinliklar) tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlari toifasiga kiradi. Ularni noto‘g‘ri saqlash inson salomatligiga jiddiy xavf tug‘dirishi, ovqatdan zaharlanish holatlariga olib kelishi mumkin. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
без подписи
💉 Qizamiqdan eng yaxshi himoya — vaksina! ‼️Qizamiq — juda tez yuqadigan va og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin bo‘lgan kasallikdir. Uni oldini olishning eng ishonchli yo‘li — emlashdir. 📰 Farzandingiz sog‘ligi — o‘z qo‘lingizda. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Bolalar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olishda emlash muhim ahamiyatga ega. 🎬 "Sevimli" telekanalining “Zamon” informasion dasturida qizamiq kasalligi va uning oldini olish, bolalarni emlash jarayonlari haqida maxsus lavha tayyorlandi. 💉 Qizamiqdan himoyalanishning eng samarali yo‘li — o‘z vaqtida emlanish! ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Transyog‘lar va ularning zarari Transyog‘larni ko‘p miqdorda iste’mol qilish sog‘liq uchun zararli bo‘lib, organizmdagi xolesterin miqdoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfini oshirishi mumkin. Transyog‘lar ko‘proq quyidagi mahsulotlarda uchrashi mumkin: -chips va boshqa gazaklar; -fast-fud mahsulotlari; -margarin; -ayrim qandolat mahsulotlari; -tayyor va qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlari. Mahsulot xarid qilayotganda uning tarkibini diqqat bilan o‘qing. Transyog‘lar mavjud bo‘lgan mahsulotlarni imkon qadar cheklash, sog‘lom va muvozanatli ovqatlanishga amal qilish tavsiya etiladi. Telegram | Instagram | Veb-sayt
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. — Cостоялся телефонный разговор Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева с Президентом Соединенных Штатов Америки Дональдом Трампом. #Mirziyoyev #muloqot #AQSh #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
OG‘IR SUMKA – BOLA SALOMATLIGIGA XAVF! NIMALARGA E’TIBOR BERISH KERAK? ‼️O‘quv yili boshlanishiga ham oz fursat qoldi. Shu munosabat bilan maktab bozorlari ham boshlandi. ❓Xo‘sh o‘quvchilarning yoshiga qarab sumka tanlashda ota-onalar nimalarga e’tibor berishlari kerak? ❓Darsliklar borasida qanday me’yorlar qabul qilingan? ♻️O‘qituvchi bolaga ta’lim berish jarayonida har bir fan oddiylikdan murakkablik sari izchil davom etgan asoslarga tayanadi. Bu asoslar esa o‘quv adabiyotlari – darsliklarda aks ettiriladi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/202468 Sanepidqo'mita Axborot xizmati Telegram|Instagram|Facebook|YouTube|Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Qrim-Kongo gemorragik isitmasidan himoyalaning! Qrim-Kongo gemorragik isitmasi — asosan kana chaqishi, shuningdek kasallangan hayvonlarning qoni va to‘qimalari bilan bevosita aloqa qilish orqali yuqadigan o‘ta xavfli yuqumli kasallik. Kasallikning asosiy belgilari: -tana haroratining keskin ko‘tarilishi; -kuchli bosh va mushak og‘rig‘i; -holsizlik va umumiy darmonsizlik; -ko‘ngil aynishi, qusish; -og‘ir holatlarda qon ketishi. Kasallikning oldini olish uchun: -tabiat qo‘ynida tanani to‘liq yopib turuvchi kiyimlardan foydalaning; -kana chaqishiga qarshi himoya vositalaridan foydalaning; -tabiatdan qaytgach, tana va kiyimlarni sinchiklab tekshiring; -kanani qo‘l bilan ezmang va mustaqil ravishda olib tashlashga urinmang; -chorva mollari bilan ishlaganda qo‘lqop va maxsus kiyimlardan foydalaning; -tana harorati ko‘tarilishi yoki kana chaqishi holatida darhol tibbiyot muassasasiga murojaat qiling. Ehtiyotkorlik — kasallikning oldini olishning eng muhim chorasidir. Telegram | Instagram | Veb-sayt
Baliq iste’molida xavfsizlik qoidalariga amal qiling! Baliq organizm uchun foydali mahsulot hisoblanadi. Biroq uni noto‘g‘ri saqlash yoki yetarlicha pishirmaslik oziq-ovqatdan zaharlanish xavfini oshirishi mumkin. ~Faqat yangi va sifatli baliqni tanlang. ~Baliqni +2°C dan +4°C gacha bo‘lgan haroratda saqlang. ~Iste’mol qilishdan oldin yaxshilab pishiring. ~Xom va pishgan mahsulotlar uchun alohida oshxona jihozlaridan foydalaning. ~Buzilgan yoki noxush hidli baliqni iste’mol qilmang. Telegram | Instagram | Veb-sayt
⚠️ O‘TKIR YUQUMLI ICHAK KASALLIKLARINI OLDINI OLISH – O‘Z QO‘LINGIZDA! Yozning issiq kunlarida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari tarqalish xavfi ortadi. Salomatligingizni asrash uchun oddiy, ammo muhim gigiyena qoidalariga amal qiling: ~Qo‘llaringizni ovqatlanishdan oldin va hojatxonadan so‘ng sovun bilan yaxshilab yuving. ~Faqat toza, qaynatilgan yoki xavfsiz ichimlik suvidan foydalaning. ~Meva va sabzavotlarni iste’mol qilishdan oldin yaxshilab yuving. ~Ovqatlarni to‘liq pishiring va belgilangan sharoitda saqlang. ~Muddati o‘tgan yoki sifati shubhali mahsulotlarni iste’mol qilmang. ~Ko‘cha sharoitida tayyorlangan, sanitariya talablariga javob bermaydigan oziq-ovqatlardan saqlaning. ❗ Agar ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og‘rig‘i yoki tana harorati ko‘tarilishi kuzatilsa, darhol shifokorga murojaat qiling! Telegram | Instagram | Veb-sayt
⭕️⭕️⭕️ Sanepidqo‘mita tizimida korrupsion holatlar fosh etilgani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz. ✔️Qo‘mita qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish tarafdori hamda ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan postlardagi barcha ma’lumotlar yuzasidan tashkilot ichida kompleks tashkiliy tadbirlar olib borilmoqda. ✔️Sanepidqo‘mita amaldagi qonunchilik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ish olib bormoqda, shuningdek, ko‘rib chiqilayotgan ishning barcha jihatlari xolisona va har tomonlama o‘rganilishini qo‘llab-quvvatlaydi. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
Yozda ham shamollash (ko'pincha virusli nafas yo'llari infeksiyalari) kuzatilishi mumkin. Buning oldini olish uchun quyidagi tavsiyalarga amal qiling: Konditsioner haroratini juda past qo'ymang. Xona harorati odatda 24–26 °C bo'lsa qulay. Terlagan holda sovuq havo oqimi ostida uzoq turmang. Juda muzdek ichimlik va muzqaymoqni me'yoridan ortiq iste'mol qilmang. Kun davomida yetarli miqdorda suv iching. Qo'llaringizni tez-tez sovun bilan yuving, ayniqsa jamoat joylaridan keyin. Meva-sabzavotlarni ko'proq iste'mol qiling va muvozanatli ovqatlaning. Yetarli uxlang va organizmni ortiqcha charchatmang. Shamollagan odamlar bilan yaqin muloqotni imkon qadar cheklang. Agar isitma, tomoq og'rig'i, yo'tal yoki burun bitishi 3–5 kundan ortiq davom etsa yoki ahvol og'irlashsa, shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi. https://t.me/Far_tum_SEO_JS
JАZIRАMАDА OVQАTLАNISH TАRTIBI QАNDАY BOʼLISHI KERАK? ‼️Yoz faslida kuni bilan sarf qilingan energiyaning oʼrnini oziq-ovqat bilan toʼldirib turilmasa, mehnat faoliyati sustlashib borishi mumkin. 📌Аlbatta bunday sharoitda toʼgʼri ovqatlanish nafaqat tanani issiqdan sovutishga, balki uni suv va foydali mikroelementlar bilan toʼyintirishga ham katta yordam beradi. Yaʼni, suvsizlanish, oftob urishi va boshqa koʼngilsiz holatlarning oldini oladi. Batafsil: 👇👇👇 https://gov.uz/oz/sanepid/news/view/196170 ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt
🩺 Tibbiy ko‘rikdan o‘tish nima uchun muhim? Profilaktik tibbiy ko‘rik aholi salomatligini muhofaza qilishning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. U orqali kasalliklarni erta bosqichda aniqlash, xavf omillarini baholash hamda o‘z vaqtida davolash va profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi. Salomatligingizga befarq bo‘lmang — profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘ting. Erta tashxis qo‘yish ko‘plab kasalliklarning oldini olish va davolash samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Telegram | Instagram | Veb-sayt
🔴🟦🟦 Yozda ifloslangan oziq-ovqat va suv o‘tkir ichak infeksiyalari kasalliklarga sabab bo‘ladi ⚠️Kunlar isishi, yozda aholi o‘rasida o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, xususan, o‘tkir diareya, qorin tifi, salmonellyoz, virusli gepatit A va boshqa ovqatdan zaharlanish kasalliklarining tarqalishi ehtimoli ortib boradi. 📝O‘tkir yuqumli ichak kasalliklarining kelib chiqishida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik, qaynatilmagan ariq, hovuz va quduq suvlari, yuvilmagan sabzavot va mevalar, shu bilan birga pashshalar alohida ahamiyat kasb etadi. ☄️Kasallikning oldini olishda quyidagi qoidalarga rioya etilishi zarur: ✔️Har doim, ayniqsa ovqatlanishdan oldin qo‘lingizni sovunlab yuving; ✔️Meva va sabzavotlarni toza ichimlik suvida (iloji bo‘lsa qaynab sovitilgan suvda) yuvib iste’mol qiling; ✔️Ochiq suv havzalaridan suv ichmang, faqat qaynatilgan suv iching, mumkin bo‘lmagan joylarda cho‘milmang; ✔️Oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash, saqlash va ularni tashish hamda tarqatilishida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qiling; ✔️Pashshalarning ko‘payib ketishiga yo‘l qo‘ymang; ✔️Tez buziluvchi oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganingizda uning sifati va yaroqliligiga e’tibor qarating; 🔗Ko‘ngil aynib, qorinda og‘riq paydo bo‘lsa, ich ketishi va ba’zi hollarda tana harorati ko‘tarilsa, zudlik bilan tibbiyot xodimlariga murojaat qiling, shifokorlar maslahatisiz har xil dori-darmonlarni iste’mol qilmang. ⚡️ Sanepidqo'mita Axborot xizmati 📱Telegram|📱Instagram|📱Facebook|📱YouTube|📱Veb-sayt | 🌐Emlash veb-sayt