tgindex
✍️Farhod Moʻmin

✍️Farhod Moʻmin

Статистика
@FarhodMuminтурецкий

Sheʼrlar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

Последний пост
14 авг.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
19
Всего постов
29
Тип
открытый
Язык
турецкий
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
533
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
103
29 постов
Вовлечённость
19,3%
к подписчикам
Постов в день
2,7
всего 29
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
91
1/48двое суток
104
1/72трое суток
112

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • без подписи

  • без подписи

  • без подписи

  • Kibr akam! Kibr otga minvolib Oʻzizcha zoʻr boʻlvolib Gapni katta gapirmang Sal oʻzizga kelvolib Karillamang kerilib Toʻrt tangaga berilib Koʻzingiz ochilmasin Bosh devorga urilib O mani boyim akam Ham erkatoyim akam Oʻzingizda boʻlovring Hamisha, doim akam Tagingizda temir ot Bunchalar goʻzal hayot Yurish turishga gap yoʻq Chiki chikisiz voy doodd Tanlab oshga borasiz Xuddi katta toʻrasiz Qoʻli kalta doʻstlarni Qoʻl uchida koʻrasiz Kimlar kelib kim ketdi Yoʻlida davom etdi Kibriddinni yoqibsiz Yigirma toʻrtga yetti Xudoning qahri yomon Kibrni qoʻymas omon Omadingiz ketganda Boʻlarsiz adoy tamom. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 12.07.2026 yil.

  • Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli va barokatli boʻlsin!

  • Zilola Ibragimova - Ota Yor Yori | Audio 2026 https://youtube.com/watch?v=NPYYxeYafDw&si=8FzL9bdMS-Vaiqyc

  • Zilola Ibragimova - Ota Yor Yori | Audio 2026 https://youtube.com/watch?v=NPYYxeYafDw&si=8FzL9bdMS-Vaiqyc

  • Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham! Omad kelsa oldimda sharob Yuz burib ketdilar yiqilsam Bittasi ham bermaydi javob Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Hech biri gʻamimni yemaydi Bormisan yoʻqmisan demaydi Qirq yilda bir yoʻqlab kelmaydi Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Ochganda dilimning dardini Yoʻqotdim yigitlik qadrini Koʻrmadim hech bitta mardini Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Hammasi bir birin oldida Oʻzlarin jinniga soldida Gudoklar javobsiz qoldida Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Boʻylari bir qarich oʻsdilar Boʻynimga aybini osdilar Shunchaki qizilni bosdilar Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Davrimda davrini surgandi Jigar deb yonimda yurgandi Bahona qilishni oʻrgandi Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Qayoqdan bunchalik toʻydilar Toʻyganda bagʻrimni oʻydilar Keraksiz odam deb qoʻydilar Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Eslasam yuragim bezillar Koʻrganda koʻzlarim jizillar Takroran bosildi qizillar Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham Koʻngil uchun boʻlsa ham zora Javob bermaydilar bir bora Zorim bor, zoʼrim yoʻq nachora Qirq marta qoʻngʻiroq qilsam ham. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 08.07.2026 yil.

  • Gʻiybatimni qilib yurganlar! Unutmayman sizni hech qachon Men yiqilsam qarab turganlar Mayli boʻlsin joningiz omon Gʻiybatimni qilib yurganlar Quyosh chiqib qancha tong otar Bir lahzada yana kun botar Gapga qoʻshib umrini sotar Gʻiybatimni qilib yurganlar Boʻlmaganni boʻldirib qoʻyar Toʻlmaganni toʻldirib qoʻyar Tili bilan odamni soʻyar Gʻiybatimni qilib yurganlar Gap gapini boshlab azondan Xabari yoʻq hattoki shomdan Gʻiybat desa tashlaydi tomdan Gʻiybatimni qilib yurganlar Yomgʻir yogʻdi yuvildi izlar Unutildi qancha gap soʻzlar Qanoti yoʻq farishtasizlar Gʻiybatimni qilib yurganlar Yuragimni yemirdingiza Kuragimni kemirdingiza Ikki qopga semirdingiza Gʻiybatimni qilib yurganlar Bitta xato qilsam nogahon Sizlar uchun boʻlarman nishon Odammassan hech biring ishon Gʻiybatimni qilib yurganlar Dunyo desa dunyocha tursin Bilganicha laqillab yursin Gunohlarim sizga buyursin Gʻiybatimni qilib yurganlar. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 08.07.2026 yil.

  • Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin!

  • Yasholmadim! Sen ketdingu hayotimdan Yangisini boshlolmadim Menga qarab kulib turgan Ko'zlaringsiz yasholmadim Ishqing dardga solib ketgan Yuragimni olib ketgan Qulog'imda qolib ketgan So'zlaringsiz yasholmadim Kulgularing sadaf durlik Kuyib ketdi dilim sho'rlik Oyim desam oydan nurlik Yuzlaringiz yasholmadim Olov eding, oh yondirgan Visol vasliga qondirgan Muhabbatda sen qoldirgan Izlaringsiz yasholmadim Hayotimdan o'chgan mano Borlig'imdan ko'chgan mano Sovuq qishda qoldim ammo Yozlaringsiz yasholmadim. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 12.08.2026 yil.

  • 🎼 Lablaringni bolidan toʻydir mani. 🎙 Abror Doʻstov 📝 Farhod Moʻmin.

  • O'lishimni kutganlar! Sharbat deya qo'limga Og'usini tutganlar Chox qaziydi yo'limga O'lishimni kutganlar Joyini olsam deydi Joyida bo'lsam deydi G'iybat go'shtini yeydi O'lishimni kutganlar Yiqilsam kulish kulish Maqsadi o'yin qilish Hammasi tanish bilish O'lishimni kutganlar Qancha qasam ichdiya Ichib yana kechdiya Kafanimni bichdiya O'lishimni kutganlar Nima bo'lsa har qalay Yolg'onlari bir talay Shaytonga sodiq malay O'lishimni kutganlar Omadimni ovlagan Bizdan bo'yin tovlagan Qabrimizni kovlagan O'lishimni kutganlar Dedim zayli zamonda Kim yaxshi kim yomonda Odamligi gumonda O'lishimni kutganlar Tashlamay ko'zin qiri Sotdilar qalbim siri Begonamas hech biri O'lishimni kutganlar Assalom deydi arang Yana asablar tarang Niyatlarini qarang O'lishimni kutganlar. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 07.07.2026 yil.

  • Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin!

  • O'zing uchun o'l yetim! Dard ustiga dardlaring Kelganda birin ketin O'tmay qolar shartlarning O'zing uchun o'l yetim Qolsang qoru qirovga Yana qancha sinovga Qiziq emas birovga O'zing uchun o'l yetim Yoningni olmaydilar Yoningda qolmaydilar Qadringni bilmaydilar O'zing uchun o'l yetim Soddagina jo'rama Hayolga ip o'rama Birovdan qarz so'rama O'zing uchun o'l yetim Endi alam yutmagin Shayton qo'lin tutmagin Bandalardan kutmagin O'zing uchun o'l yetim O'zing yugur, o'zing chop O'zing qidir, o'zing top Dunyoda bizga do'st yoʻq O'zing uchun o'l yetim Bu hayot asli o'rmon O'rmonda qancha hayvon Yig'lab yurma hech qachon O'zing uchun o'l yetim Yiqildingmi yurasan Yana qaytib turasan Nima qilsang qilasan O'zing uchun o'l yetim Orzular bo'lsa oyda Oydan ham uzoq joyda Bu hayotda bir qoida O'zing uchun o'l yetim. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 07.07.2026 yil.

  • 11 авг.92из FarhodMumin

    Mayxona. 🎙 Abror Doʻstov 📝 Farhod Moʻmin.

  • Assalomu aleykum azizlar. Boshlangan yangi kuningiz hayrli boʻlsin.

  • Bu kecha! Sen bilan to'lar bugun Ko'ngilginam xonasi Sensan o'zing sevganim Yuragim bir donasi Menda qasding bormidi Sog'intirasan buncha Bo'ldi yetar qiynama Qizil lablari g'uncha Mehr bergin o'zimga Mehringdan erib ketay Jonim desang qo'linga Jonimni berib ketay Bir, ikki, uch dedim Uchdan keyin puch dedim Yana qaytib o'zimga Bo'lasanku duch dedim Sochlaringni tarab kel Oynachaga qarab kel Yuragingni avaylab Zar qog'ozga o'rab kel Yuraginga kirishga Ruxsatnoma olaman Bilganidan qolmagan O'sha jinni bolaman Yo'q demagin yoningda Mehmon bo'lay bu kecha Bir umr xotiramda Qolib ketsin shu kecha. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Moʻmin. 07.07.2026 yil.

  • 🎼 Layli Layli. 🎙 Abror Doʻstov 📝 Farhod Moʻmin.

  • Uyda onam kutayapti! Bolam qachon kelar deya Dardu alam yutayapti Qachon birga bo'lar deya Uyda onam kutayapti Yuragimni bosgan g'ubor Yo'llarimni to'sgan g'ubor Qo'llarimni qo'yib yubor Uyda onam kutayapti Jonim deydi joni bilan Har lahza har oni bilan Issiq kulcha noni bilan Uyda onam kutayapti Sochlariga qo'ngan qirov Yuzlarida sog'inch so'rov Qiziq emas boshqa birov Uyda onam kutayapti Yarim ko'ngli to'lmaydida Ko'zlari ham kulmaydida Bormasam hech bo'lmaydida Uyda onam kutayapti Qiziq emas topgan pulim Kerak emas unga gulim Har soatda poylab yo'lim Uyda onam kutayapti Sog'inchlarim bag'rin o'yib Quchoqlasam to'yib to'yib Dunyoni bir chetga qo'yib Uyda onam kutayapti Ko'z yoshlarin artishimni Keldim deya aytishimni Eson omon qaytishimni Uyda onam kutayapti Kel deganda kelmadimu Sog'inch jondan o'tayapti Boshqalarni bilmadimu Uyda onam kutayapti. +998906783795 +998996683795. (Mualliflik huquqi bilan himoyalangan) Farhod Mo'min. 06.07.2026 yil.