Farrukh | Just
СтатистикаFarrukh Kadirberdiev • @udeauz talabasi 🎓 • Erasmus+ 2024 g‘olibi 🇨🇿 • Iqtisodiyot & Moliya 📈 • Subyektiv fikrlar 🧠 Contacts | Instagram: @qadirberdiyevfarrux
- Последний пост
- 4 мая
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Buyuk qaytish Toshkent bilan sevgimizni ko'ra olishmadi. Men hali kuchliroq bo'lib qaytaman, go'zalim.
💼 Amaliyot va ish — endi yanada oson! 🔷 Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan talaba va bitiruvchilar uchun yagona raqamli platforma — career.edu.uz ishga tushirildi. Ushbu platforma orqali siz: 🤖 AI yordamida rezyume yaratasiz va interaktiv HR-suhbatlarda ishtirok etasiz. 📄 Onlayn ariza topshirasiz — amaliyot va ish o‘rinlariga bir necha daqiqada. 💻 Freelance imkoniyatlaridan foydalanasiz — o‘z xizmatlaringizni onlayn taklif qilasiz. 📚 Shaxsiy tavsiyaga asoslangan kurslar orqali bilim va ko‘nikmalaringizni oshirasiz. 📍 Talabalar va bitiruvchilar! Rezyumengizni to‘ldiring va professional faoliyatingizni bugunoq boshlang! 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: career.edu.uz Karyerani rivojlantirish markazi
2025-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi $6,6 mlrddan ortiqqa oshib, $46,85 mlrdga yetdi Davlat qarzining 85%i tashqi qarz bo‘lib, u $39,82 mlrdni, ichki qarz esa $7,25 mlrdni tashkil etdi. Bunda davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushi 31,9% ga yetdi. Tashqi qarzning yarmi — $19,84 mlrdi budjetga yo‘naltirilgan: https://www.spot.uz/oz/2026/02/23/public-debt/ Telegram | Instagram | YouTube
Bu esdan chiqib qopti Moliya boʻyicha oromgohga koordinator sifatida qabul qilishdi. Oʻz oʻrgangan bilimlarim, tajribalarim bilan maksimal boʻlishaman Xudo xohlasa!
O‘zbekistonda ilk bor mayning uchun ruxsat berildi ILMA direktorining 19-yanvardagi buyrug‘i bilan NexaGrid kompaniyasi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. 2025-yil Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan NexaGrid’ning ustav fondi 600 mln so‘mni…
O‘zbekistonda ilk bor mayning uchun ruxsat berildi ILMA direktorining 19-yanvardagi buyrug‘i bilan NexaGrid kompaniyasi mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. 2025-yil Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan NexaGrid’ning ustav fondi 600 mln so‘mni tashkil etadi. Faoliyat manzili sifatida Buxoro viloyatining Romitan tumani ko‘rsatilgan. Kompaniya rahbari Toymurod Sultonov ruxsatnoma “qonuniy va shaffof” olinganini ma’lum qildi: https://www.spot.uz/oz/2026/02/20/mining/ Telegram | Instagram | YouTube
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tinchlik kengashining birinchi sammitidagi nutqi — Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на первом саммите Совета мира — Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the First Summit of the Board of Peace Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ha do'stlar, biz AQSh (Turmp) qurgan Tinchlik Kengashiga a'zo bo'ldik. Tekingami, yo'q 1 mlrd $ evaziga. Bu pul mayli 3 yildan keyin to'lanadi lekin baribir to'lanadi. U Kengashning eng katta maqsadlaridan bittasi G'azoni qayta qurish va yordam berish lekin buni qarangki, u yerda Isroil ham bor. Bu judayam shubhali yoki men hech narsani tushunmayman
без подписи
без подписи
18.02.26
Qarindoshlar, hammangizga Ramazon Karim muborak! 🌜 Ushbu oyda gunohlarimizdan to'laligicha poklanmoqlik, iymonimizni mustahkamlash, Alloh taologa yanada yaqinlashish nasib qilsin. Tutishga taraddudlanayotgan farz ro'zalarimiz chiroyli holatda dargohida qabul bo'lsin.
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi Qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanadi. Mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan to‘liq…
Islomiy bank faoliyatining joriy etilishiga oid qonun Senatda ma’qullandi Qonun bilan islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya turi joriy qilinib, unga oid talablar belgilanadi. Mazkur litsenziya bilan banklar tomonidan to‘liq islomiy bank faoliyatini amalga oshirish yoki bir vaqtning o‘zida ham an’anaviy, ham islomiy bank faoliyatini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. 👉 https://kun.uz/06626957 Kun.uz rasmiy kanali
Xudo asrasinki, shunaqa vaziyatda qachon bank javobgar bo'ladi, qachon fuqaroning o'zi? Ushbu savolga Prezidentimizning 2025-yil may oyidagi PQ-153-sonli qarorida to'liq javob berilib o'tilgan. Bank qachon javobgar bo'ladi? Qarorning 5-band, (v) kichik bandi asosida bank moddiy zararni o‘z hisobidan qoplaydi, agar: - bankning axborot tizimida zaiflik bo‘lsa - antifrod tizimi ishlamagan yoki kech ishlagan bo‘lsa - shubhali tranzaksiya vaqtida bloklanmagan bo‘lsa - bank kiberxavfsizlik talablariga rioya qilmagan bo‘lsa Ya’ni: mijoz aybdor bo‘lmagan, tizim aybdor bo‘lgan holatda — bank to‘laydi. Fuqaro qachon javobgar bo'ladi? Agar fuqaroning o‘zi qoidani buzgan bo‘lsa, mas’uliyat bankka yuklanmaydi. Masalan: - SMS-kodni firibgarga o‘zi bergan bo‘lsa -kartani, PIN-kodni, CVV-ni begonalarga aytgan bo‘lsa - “Pul yutdingiz” degan soxta linkka o‘zi kirgan bo‘lsa - kartasini yoki hisobini “drop” sifatida boshqalarga bergan bo‘lsa Bunday holatda: zarar fuqaroning o‘z zimmasida qoladi, hatto jinoyat bo‘lsa ham.
⚠️⚠️⚠️ Shok xabar! Shunaqa desam qiziq bo'ladi deb o'yladim. O'zbekiston Respublikasidagi 15 mln fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlari o'g'irlangani haqida xabar tarqaldi. Eng achinarlisi bu aholini ro'yxatdan o'tkazish dasturi soyasida bo'lgani. Hozircha bu haqiqat yoki yolg'onligi haqida rasmiy munosabatlar yetarlicha emas. Lekin har ehtimolga qarshi ehtiyot bo'lish kerak. Zero, o'zingni ehtiyot qil, qo'shingni o'g'ri tuma! Shuning uchun: - Telegramdagi har xil apk fayllar va linklarni shunchaki qiziqib bosib, ochib ko'rmang - Begona nomerdan telefon qilib har xil kod yoki plastik kartaga doir ma'lumot so'rashsa, aytmang - Telegramdan kimdir qarz so'rab yozsa, tashab berishga shoshmang, uning akkauntini o'g'irlashgan bo'lishlari mumkin.
Trenddan qolmaylik dedik. Men haqimda rossa keragidan koʻp narsa biladida shu GPT. Sinab koʻrish uchun prompt: Create a caricature of me and my job based on everything you know about me.
Xayr, 2025! Menda 2024-yil judayam zoʻr oʻtgani sababli bu yildan toʻlaligicha mazza qilolmaganday shukuh bor. Kanalimga ham shuning uchun koʻp narsa yozishga qoʻlim bormadi. Chunki bu yilda qilgan ishlarim negadir koʻzimga katta koʻrinmayapti. Buni noshukrlikka yoʻymaysiz degan umiddaman, lekin baribir haqiqat tarozisida tortib koʻrsam oʻzimni oʻsganday his qilmadim, qilolmadim negadir. Lekin, tanish-bilishlarim, ijtimoiy loyihalarda ishtirokim, soham boʻyicha bilimim anchagina oshgani, sayqallangani — rost. 2026 - yil hammaga hamma narsada barakali yil boʻlsin!
✨ Yil darsiga tayyormisiz? ✨ Dekabr tugab, yangi yil eshik qoqmoqda. Bir zum to‘xtab, o‘zingizdan so‘rab ko‘rdingizmi: “Bu yilim qanday o‘tdi?” Balki siz ham: — 2025-yil uchun katta rejalarga ega edingiz, lekin qog‘ozga yozilgan maqsadlar asta-sekin chizilib ketgandir… — “Bu yildan boshlab to‘xtataman” degan odatlaringizni hali ham yenga olmagandirsiz… — Yangi odat, yangi bilim boshlamoqchi bo‘lib, yana shu holatga qaytib qolgandirsiz… — Va endi yana takrorlanishini istamay, o‘zingizda nimanidir o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz… Unda bu taklif aynan siz uchun. 📅 Kelayotgan yakshanba ⏰ Soat 10:30 da bo‘ladigan eventimizga sizni taklif qilamiz. Bu darsda sizni: 🎄 yangi yil muhiti 🔥 motivatsiyaga boy, foydali va o‘ylantiradigan mashg‘ulot 🧠 yangi boshlanish uchun to‘g‘ri yo‘nalish kutmoqda. 📍Manzil: C-space co-working center 🕰️ Vaqt: 21- dekabr, yakshanba, 10:30 AM ✨ Yilni boshlashga tayyormisiz? 📝 Roʻyxatdan oʻting!
Moliyaviy hisobotning xalqaro standardlari fanida ustoz: Shu paytgacha IAS 1, IAS 2, IAS 5, IAS 8, IAS 12, IAS 16, IAS 21, IAS 37, IAS 41, IFRS 9, IFRS 15, IFRS 16 larni o'tdik endi IAS 38 ni o'tamiz. Biz: Shuncha narsa o'tvordikmi-ey? IAS — International Accounting Standards IFRS — International Financial Reporting Standards