Filolog Murodovna bilan birga...
СтатистикаBu guruhda siz badiiy, bestseller kitoblarni mutolaa qilishingiz, ona tili va adabiyotga doir qaynoq bilimlardan bahramand boʻlishingiz, mening muvaffaqiyatlarim va anglashlarim bilan tanishib borishingiz mumkin. Manfaatli va xayrli boʻlsin!!!
- Последний пост
- 16 июн.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Erta tongni mana shunday xushxabar ila boshlashni nasib aylagan Robbimga behisob shukrlar bo'lsin!
O'quvchilarimizning ham natijasi qiziqmi siz uchun?
Stay hungry, stay foolish O‘quvchilarni milliy sertifikatga, o‘zimni esa AP imtihonlariga tayyorlashni boshladim. Sentabrdan qolgan o‘quvchilarimni ham AP History o‘qitishni boshlamoqchiman. Qiziq masala bo‘ldi. Bir o‘quvchim bor — bir tarix kitobini 4–5 marta tugatgan. Biz bilan qayta o‘qiyotganda yengil qarayotganini, qolganlarni mensimayotganini sezdim. Ikki marta test berib ko‘rdim. Natija o‘rtacha chiqdi. Lekin undagi munosabat o‘zgarmadi. Shunda 10 yil oldingi bir voqea esimga tushdi. Toshkentda o‘qishga tayyorlanib kira olmagach, Samarqandga bir yilga ketgandim. Ona tili darsida o‘tiribman. Yonimda 2–3 yildan beri tayyorlanadigan bir do‘stim ustozimiz tushuntirayotgan mavzuning faqat ayrim joylarini yozib olar, qolganiga esa e’tibor ham bermasdi. Hamma qismiga jiddiy yondashayotgan men hayron bo‘lib: — Nega qolganini yozmayapsan, qaramayapsan? — desam, — Men avval o‘qiganman buni, shart emas, — dedi. Keyingi safar esa shu darsda o‘sha paytlardagi Samarqanddagi eng kuchli abituriyentlardan biri bo‘lgan do‘stim bilan o‘tirib qoldim. Bilimi deyarli ustoznikidek edi. Shaharda unga teng keladiganlar deyarli topilmasdi. Eng qizig‘i esa — ustoz o‘rgatayotgan mavzuni mendan ham katta tashnalik va diqqat bilan eshitar, yozib olar edi. Hayratga tushib: — Nega bunchalik chuqur o‘rganyapsan? Axir bilasan-ku. Ana, sendan ancha kuchsiz bo‘lgan mana bu yigit bilgani uchun uncha e’tibor bermayapti-ku, — dedim. Shunda u menga: — Muhammad, men doim darsga hech narsani bilmaydigan odamdek munosabatda bo‘lganim uchun ham bilimim shu darajaga yetgan . Farqni 1-avgustda ko‘rasan, — dedi. 15-avgust kuni javoblar chiqdi. Avval shunday edi: bir kunda imtihon, bir kunda javob. Eskilar eslasa kerak. Eskirib qolibmiz) Birinchi do‘stim 185 ball bilan, kkinchi do‘stim esa 206 ball bilanuniversitetiga kirdi. Keyingi hayot yo‘li ham shunga yarasha davom etdi. Ikkinchisi Amerikadagi xalqaro universitetda magistraturani ham o‘qib keldi. Shu voqeani o‘quvchilarimga aytib berdim. Bilimni egallashdagi eng katta to‘siq kibr ekanligi haqida suhbatlashdik. Bilaman degan inson hech narsa o‘rgatib bo’lmasligini tushuntirdim. Va o’sha mashhur iqtibos esimga tushdi: “Stay hungry, stay foolish.” @MuallimMuhammad
💜💜💜 ✔️ So'z-gaplarni boshqa sintaktik birliklardan farqlash kerak: - Bugun birga ketamizmi? - Ha. (So'z-gap) -Bugun birga ketamizmi? - Ketamiz. (Payt holi va ravish holi tushib qoldi ➡️ to'liqsiz gap) - Bugun birga ketamizmi? - Ha, bugun birga ketamiz. (Kirish so'z, ya'ni kiritma) - Bugun birga ketamizmi? - Ha, ketamiz. (Kiritma // To'liqsiz gap) - Bugun birga ketamizmi? - Ha. Birga ketamiz. (So'z-gap // To'liqsiz gap) - Siz meni tanidingizmi? - Yo'q. (So'z-gap) - Siz meni tanidingizmi? - Tanimadim. (To'liqsiz gap) - Sizda rucha bormi? - Menda ruchka yo'q. (To'liq gap) - Sizda ruchka bormi? - Yo'q. (To'liqsiz gap) 📱 @AkbarOtaboyev
https://t.me/Oqoltin_deputatlari Assalomu alaykum, Oqoltin tumani deputatlari foaliyati bilan tanishishingiz mumkin.
Attestatsiyagacha faqat adabiyot fanidan online savol-javob guruh ochsam, qatnashadiganlar bormi? Narxini hamyonbop qilishga harakat qilamiz....
без подписи
Siz ona tilidan qaysi mavzuga tushunishga qiynalyapsiz, kommentariyada yozib qoldiring.
без подписи
Ayni vaqtda Sirdaryo viloyati malaka oshirish markazidamiz, siz azizlar uchun yanada malakali ustoz bo'lish niyatidamiz❤️
Adabiyot fanidan yangi ma'lumotlari o'zlashtirish siz uchun qiyinlik qilmayaptimi? Kanalimizda online savol-javob tashkil qilsa, rozimisizlar?
Assalomu alaykum, aziz ustozim, ziyokorim, omonmisiz?
без подписи
без подписи
Uyga vazifalar kerakmi? Biz, odatda uyga vazifalarni qanday beramiz? Dars soʻngida (koʻpincha qoʻngʻiroq chalib turgan vaqtda) darslikning beti, mashqning raqamini aytib, qisqacha bajarilish sharti bilan tanishtiramiz: “54-bet, 14-mashq, nuqtalar oʻrnini…
Uyga vazifalar kerakmi? Biz, odatda uyga vazifalarni qanday beramiz? Dars soʻngida (koʻpincha qoʻngʻiroq chalib turgan vaqtda) darslikning beti, mashqning raqamini aytib, qisqacha bajarilish sharti bilan tanishtiramiz: “54-bet, 14-mashq, nuqtalar oʻrnini toʻldirib kelasizlar”. Yoki vaqtdan yutish maqsadida sinf doskasiga yozib qoʻya qolamiz. Boz ustiga ba'zan uyga vazifalar darsda oʻzini yaxshi tutmagan oʻquvchilar uchun jazo sifatida ham qoʻllaniladi. Bunday yondashuv oʻquvchilarning uydagi mustaqil faoliyatini tashkil etish uchun yetarlicha motivasiya bermasligini sezib turgandirsiz. Koʻpincha oʻquvchilar dangasalik qilganlaridan emas, vazifani yaxshi tushunmaganliklari va ishni nimadan boshlashni bilmaganliklari uchun ham bajarmay keladilar. Topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib kelmaslik odati oʻquvchilarning fanni oʻrganishga boʻlgan qiziqishi va mas'uliyati pasayishiga olib keladi. Nahot shu jarayonni qiziqarli va yoqimli shaklda tashkil qilib boʻlmasa? Uyga vazifalar berishning oʻzlashtirish darajasiga ta'sirini aniqlash borasida oʻtkazilgan koʻplab tadqiqotlar muallifi professor Dyuk Kuper uyga vazifalarni dori vositalariga qiyoslaydi: “Agar siz ularni juda kam ichsangiz, ular hech qanday samara bermaydi. Agar juda koʻp iste'mol qilib yuborsangiz, zarari tegishi mumkin. Lekin agar yetarli miqdorda qabul qilsangiz, sogʻayib ketasiz!”. Keling, endi birgalikda variativ shaklda uyga vazifa berish usulini koʻrib chiqamiz. Variativ vazifalar Iloji boʻlsa bugundan boshlab variativ uyga vazifalar bering. Bu nima degani? Bu oʻtilgan mavzu yuzasidan 5, 8, 10 xil topshiriqlar bering degani. Oʻquvchilaringiz esa berilgan topshiriqlar ichidan oʻziga ma'qul boʻlgani, mustaqil bajara oladigani, zavq beradiganini tanlab oladilar. Goʻyo ular siz topshiriq qilib berganingiz uchun emas, oʻzlari tanlaganlari uchun ham bajarib keladilar. Qanchalar hayron qolmang mas'uliyat erkinlik bilan bogʻliq! Deylik, siz bugun Muhammad Yusuf ijodiy merosiga bagʻishlangan darsni oʻtdingiz. Uyga vazifa qilib sinf doskasiga - she'rni yod olish; - she'r mazmuni asosida rasm chizish; - she'rda tilga olingan maskanlar haqida ma'lumot topib kelish; - she'r mazmuni asosida krosvord tuzish, - she'rning nasriy bayonini yozib kelish; - she'rdagi sifat (yoki fe'l) soʻz turkumiga kiruvchi soʻzlarni yozib kelish; - she'r tahliliga oid 10 ta savol va topshiriq tuzish; - lirik qahramonga maktub yozish; - she'rni qoʻshiq qilib aytib berish; - sinkveyn usulida she'r yozib kelish ... kabi oʻquvchilaringizning yoshi, oʻzlashtirish darajasiga mos boʻlgan bir necha xil vazifalarni yozib qoʻyasiz. Oʻquvchilar bitta emas, bir necha vazifalarni bajarib kelishni tanlashlari ham mumkin. E'tibor bersangiz, berilgan har bir topshiriq she'r matnini sinchiklab oʻqishga, magʻzini chaqishga, shoirning qalb kechinmalari, oniy holatini tushunishga undaydi, ularni bajarish chogʻida oʻquvchi she'r matniga qayta va qayta murojaat qilishiga toʻgʻri keladi. Shu ma'noda she'rga mos surat chizish yo krosvord tuzish uni yod olishdan kam mehnat talab qilmaydi. Oʻquvchilarning mustaqil tarzda bajaradigan topshiriqlarini oʻzlari tanlashlari uyga vazifani bajarib kelishlari ehtimolini yanada oshiradi va shu orqali ulardagi koʻplab ijodiy qirralarni kashf etishingizga yordam beradi. Teacher hub jamoasi a’zosi Nazokat Yusufjonova tomonidan yozildi. @MuallimMuhammad
Birinchi Muallim Yaqinda maktabimizda bo’lgan auksionda shu kitobni olgandim. Yengil, ichiga kirib, voqealarda yashab o’qidim. Badiiy kitoblarni sog’ingandirman. Balki, o’ta zo’r yozilganidandir. Asarda Muallim Duyshen misolida ustoz o’quvchilari uchun nimalarga…
Birinchi Muallim Yaqinda maktabimizda bo’lgan auksionda shu kitobni olgandim. Yengil, ichiga kirib, voqealarda yashab o’qidim. Badiiy kitoblarni sog’ingandirman. Balki, o’ta zo’r yozilganidandir. Asarda Muallim Duyshen misolida ustoz o’quvchilari uchun nimalarga tayyor bo’lishi kerakligi, qanday qurbonliklar, qiyinchiliklarga dosh berishi kerakligini ko’rdim. Duyshen bolalarni nafaqat o’qitadi(o’zi yetarli ilmli bo’lmasada), u ularning hayotini o’zgartiradi, oilaviy muammolariga yechimlar beradi. Bolalarni ilmli qilish uchun jamiyatdagi qoloqlik, stereotiplar, ijtimoiy bosimlarga chidaydi. Nima qilay ota-onasi xohlamasa menga kerakmi demaydi? Avval ota-onani keyin bolalarni ishontiradi. Ilm uchun kurashadi. Balki, shudir bizda(menda) yetishmayotgan fidoiylik. Kichik hajmli, katta ma’noli kitob ekan. @MuallimMuhammad
Assalomu alaykum, mening ilmsevar kuzatuvchilarim. Kanal faoliyatini davom ettirsinmi, nima deysizlar?
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 “Jadid” gazetasi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamkorlikda o‘quvchilar uchun “Jadid bobomga maktub” tanlovini e’lon qiladi! 📝 Jadid bobolardan biriga qo‘lda, husnixat bilan yozilgan, insho tarzidagi maktub qabul qilinadi 🏆 Umumiy mukofot jamg‘armasi – 37 million so‘mni tashkil etadi: 🥇1 ta birinchi o‘rin – 5 000 000 so‘m; 🥈2 ta ikkinchi o‘rin – har biri 4 000 000 so‘mdan; 🥉3 ta uchinchi o‘rin – har biri 3 000 000 so‘mdan; 🏅10 ta rag‘batlantiruvchi o‘rin – har biri 1 000 000 so‘mdan. 📰 Tanlov g‘oliblarining insholari Mustaqillik bayrami arafasida “Jadid” gazetasida chop etiladi. 📚 Shuningdek, 1-o‘rin sohibining maktabiga – 1000 dona kitob sovg‘a qilinadi! 📬 Tanlovga ijodiy ishlar 20-avgustga qadar qabul qilinadi. ⚠️ Ko‘chirmakashlik yoki sun’iy intellekt yordamida yozilgan ijodiy ish tanlovga qabul qilinmaydi! 📞 Murojaat uchun telefon: (77) 199-22-10; (95) 795-75-09. 🔗 Tanlov haqida batafsil ma’lumot: jadid.uz/?p=10427 Tilda, fikrda, ishda birlik! Jadid.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube