Financopedia.uz
СтатистикаXalqning moliyaviy savodxonligini oshirish va iqtisodiy bilimlarini yuksaltirish bizning asosiy maqsadimiz! @yoshlaragentligi va @centralbankuzbekistan tomonidan qo'llab-quvatlanmoqda
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 24
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 612
- 1/48двое суток
- 701
- 1/72трое суток
- 756
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Gretsiyaning qadimgi Olimpia shahrida Iqtisodiyot Olimpiadasi davom etmoqda. Bugun moliyaviy savodxonlik bo'yicha test bo'lib o'tmoqda
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
Biz tomonimizdan qilinayotgan ilmiy ish iltimos bu loyihamizni rivojlanishiga yordam beradi. Iltimos shu so'rovnomani to'ldirib berishingizni so'rab qolamiz
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeTeEJAQkkB8sjsV56tqPqVuocUoz2jT5a5Wfm_TPUaDXbFNw/viewform
🔥 Ilk bor! "Yangi avlod tadbirkorlari" dasturi doirasida Yale School of Management bilan xalqaro intensiv ta'lim dasturi boshlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan "Yangi avlod tadbirkorlari" dasturi doirasida 2–4-avgust kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida dunyoning TOP-20 oliy ta'lim muassasalari qatoridan o‘rin olgan Yale University tarkibidagi Yale School of Management bilan hamkorlikdagi ilk intensiv ta'lim dasturi bo‘lib o‘tadi. Uch kun davomida 100 nafar amaldagi yosh tadbirkor Yale School of Management professorlari va ekspertlaridan global bozorlarga chiqish, zamonaviy marketing, biznes strategiyasi hamda xalqaro tadbirkorlik bo‘yicha amaliy bilim va tajribalarni o‘zlashtiradi. Dastur yakunida ishtirokchilarga Yale School of Management sertifikatlari topshiriladi. Bu — O‘zbekistonda yangi avlod tadbirkorlarini xalqaro standartlar asosida tayyorlash yo‘lidagi yana bir muhim qadam. 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 LinkedIn #YangiAvlodTadbirkorlari #YoshlarAgentligi #Yale
⛺️Yosh Iqtisodchilar Oromgohi | 13–18 iyul ⚡️Yoshlar tadbirkorligni rivojlantirish jamg'armasi tomonidan tashkil etilgan “Yosh Iqtisodchilar” oromgohining 1-mavsumi o‘z yakuniga yetdi. Bir hafta davomida 200 dan ortiq yoshlar mentorlar ko‘magida moliyaviy savodxonlik va iqtisodiy bilimlarini oshirish yo‘lida qimmatli bilim hamda tajribalarga ega bo‘ldilar. 🤝 Oromgoh davomida ishtirokchilar respublikamizning turli banklaridan tashrif buyurgan mutaxassislar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, sohaning amaliy tajribasi va faoliyati haqida yaqindan ma’lumot oldilar. Shuningdek, har kuni tashkil etilgan mentorship sessionlar orqali tajribali mentorlardan yangi bilim va foydali tavsiyalar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 📚 Ushbu oromgoh nafaqat yangi bilim va foydali ko‘nikmalarni, balki unutilmas xotiralar, yangi do‘stliklar va kelajakdagi muvaffaqiyatlar uchun mustahkam poydevorni ham taqdim etdi. 🤩 Endilikda oromgoh ishtirokchilari o‘z hududlarida yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shadilar. 🌟 Website 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Linkedin
Bu safar sizlar uchun oromgohdan ham qiziqroq narsani tayyorlab qo‘ydik. Keyin afsuslanib qolmang tag‘in! Nima deb o'ylaysiz?
Loyihamizning 2-mavsumi o‘z nihoyasiga yetdi. Biz 3-mavsumni boshlashga tayyormiz! 🚀 📢 Loyihamiz haqida xabari yo‘q ishtirokchilar uchun qisqacha ma’lumot berib o‘tamiz. Loyihamiz yurtimiz bo‘ylab yosh iqtisodchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har xil qiziqarli tadbirlarni uyushtirib kelmoqda. Har bir mavsumda ularni ball yig‘ish tizimi orqali saralaymiz va ularga munosib sovg‘alar taqdim etamiz. 3-mavsum uchun sizlarga oromgohdan ham qiziqroq narsalarni tayyorlab qo‘yganmiz! Biz eng zo‘rlar uchun eng zo‘rlarini tayyorlab qo‘ydik. Siz tayyormisiz?
🇬🇧 Cambridge universitetida innovatsiya va startaplar bo‘yicha uchrashuv Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg’armasi rahbari Mirzobek Quldoshov boshchiligidagi jamoa Cambridge Judge Business School Entrepreneurship Centre ijrochi direktori Ann Davidson bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat davomida Buyuk Britaniyada rivojlanayotgan startap yo‘nalishlari, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, akseleratsiya dasturlari hamda ilk bosqichdagi startaplar uchun mo‘ljallangan Ignite dasturi va innovatsion tashabbuslar muhokama qilindi. Bunday xalqaro uchrashuvlar ilg‘or tajribalarni o‘rganish, hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish va O‘zbekistonda startap ekotizimini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 LinkedIn
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
видео или голосовое, без подписи
😘 “Financopedia” oromgohi ishtirokchilari Turonbank mehmoni bo‘ldi 📌 Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida tashkil etilgan “Yosh iqtisodchilar oromgohi” loyihasi doirasida 9 ta tijorat banki nomidan shakllantirilgan yoshlar jamoalari o‘rtasida intellektual va jamoaviy musobaqalar o‘tkazildi. 🏦 Mazkur musobaqalarda Turonbank jamoasi ham faol ishtirok etdi. Shu munosabat bilan jamoa a’zolari “Turonbank” ATB rahbariyati tomonidan bankka taklif qilindi. Tashrif davomida yoshlar bankning zamonaviy infratuzilmasi, xodimlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar hamda innovatsion raqamli xizmatlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular Turonbank muzeyi va kutubxonasiga tashrif buyurib, bankning boy tarixi, qadriyatlari hamda ta’lim va ma’rifatga qaratilgan tashabbuslari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. ⚡️ Ushbu tadbir yoshlarning bank-moliya sohasiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, moliyaviy savodxonligini mustahkamlash hamda kelajakdagi kasbiy rivojlanishlari uchun muhim motivatsiya vazifasini o‘tadi. 🌟 Website 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Linkedin
🌟Financopedia oromgohi | 5-kun Financopedia oromgohining 5-kuni mazmunli uchrashuvlar va yorqin lahzalarga boy bo‘ldi. Ishtirokchilarimiz mentorlik darslarida tajribali mutaxassislardan qimmatli bilimlarga ega bo‘lishdi, kunning ikkinchi yarmida esa futbol va voleybol musobaqalarida jamoaviy ruh va birdamlikni namoyish etishdi. Kechki dasturda Talent Show hamda Conclusion videolari namoyish etildi. Kun yakunida o‘tkazilgan yopilish marosimida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. Shuningdek, oromgohimizning mentorlari, koordinatorlari va tashkiliy jamoasi ham munosib e’tirof etildi. “Eng yaxshi jamoa” nominatsiyasida esa Aloqa bank jamoasi g‘olib deb topildi. 🏆💙 Oromgoh yakunlandi, ammo Financopedia hikoyasi endi boshlanmoqda. Biz bilan qoling va yangiliklarni kuzatishda davom eting! 💙 🌟Website 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Linkedin
🌟Financopedia oromgohi 4-kundan videoreportaj: “Financopedia” oromgohi o‘zining qizg‘in shukuhi bilan davom etmoqda! Kun avvalida yosh iqtisodchilarimiz oromgohimizdagi muhim tadbir — “Bank Fair” uchun astoydil mehnat va kreativ yondashuv bilan o‘z banklari taqdimotini o‘tkazishdi. Yoz mavsumini samarali va maroqli o‘tkazayotgan ishtirokchilarimiz bank xodimlari bilan samimiy suhbat qurib, qator imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. ⚡️Produktiv kundan so‘ng jamoalar o‘rtasida musiqiy battle bo‘lib o‘tdi. Do‘stona raqobat va yuqori kayfiyatga boy ushbu bellashuv kunni yanada unutilmas qildi. 🌟Website 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Linkedin
🌟Financopedia oromgohi 3-kun videoreportajda: Agrobank mentor expertlari bilan uchrashuv, shiddatli quest va eng samimiy team building. Oromgohning uchinchi kuni yosh iqtisodchilarimizni bilim borasida, balki jismoniy jihatdan ham sinovdan o‘tkazdi. Kunni mentorlik darslari va badantarbiya bilan boshlagan yosh iqtisodchilarimiz uni mantiqiy “Quest” musobaqasi bilan davom ettirishdi. Kun yakunida esa barcha ishtirokchilar sport o‘yinlari va do‘stona suhbatlar orqali bir davrada yanada ahil jamoaga aylanishib do’stlik aloqalarini mustahkamlashdi. 🌟Website 📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Linkedin