Firdavslik 🌙
Статистикаبِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم Ba'zan chorasiz qolasan. -Yolg'iz chorang Alloh ekanligini anglab yetishing uchun.
- Последний пост
- 30 мая
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 20
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
To'rt kishidan hech qachon arazlamang: 1) Otadan. 2) Onadan. 3) Aka-ukadan. 3) Opa-singildan! To'rt narsadan Alloh taoloning panohini tilang: 1) G'amdan. 2) Mahzunlikdan. 3) Ojizlikdan. 4) Baxillikdan! To'rt kishiga bag'ritoshlik qilmang: 1) Yetimga. 2) Miskingga. 3) Faqirga. 4) Bemorga! To'rt narsani taqinchoq kabi taqib oling: 1) Sabrni. 2) Halimlikni. 3) Ilmni. 4) Sahiylikni! @firdavslik
Qurbon hayit muborak bo’lsin🌙🐐
"Meni hech kimga muhtoj qilma", deb duo qilayotgan birini ko'rib, Ali Roziyallohu anhu: "Inson insonga muhtojdir, "meni hech kimga yuk qilma ", deb duo qil", dedilar... @firdavslik
Uxlashdan avval: -Tahorat oling. -Misvak ishlating. -Xufton namozini o’qing. -Mulk surasini o’qing. -O’ng tarafingizni bosib yoting. -insonlarni kechiring. -Tavba qiling. -Zikr qiling. -33 marta Subhanallah. -33 marta Alhamdulillah. -34 marta Allohu Akbar. @firdavslik
Ko‘nglingni g‘am bosgan onlar ham o‘tar, Allohga ishongan qalb hech sinmas. Bugun sabr qilgan ko‘zdagi yoshlar, Bir kun eng go‘zal tabassumga aylanar... @firdavslik
“Dunyo sinov, sabr esa najotdir, Har dard ortida bir hikmat bordir. Inson ketadi, Alloh qoladi doim, Qalbingni Robbingga bog‘la, xotirjam bo‘lgin... @firdavslik
“Qalb charchasa ham umidni yo‘qotma, Alloh seni hech qachon unutmaydi. Har bir sabr ortida go‘zal hikmat bor, Duo qilgan qalb bir kun albatta kuladi.. @firdavslik
Reaksiya soni 20🕊️ bo’lsa navbatdagi ajoyib post joylanadi❤️
Овқатни куйдирсанг, сенга қараб ейман, Нонни куйдирсанг, овозингни эшитиб ейман, Чойинг ширин бўлмаса, қўлингдан ичаман. Шундагина ширин бўлади... дейдиган кунларимиз ҳам келар-а? @firdavslik
Haromga erishish boshida juda qiyin bo‘ladi... • Keyin qulaylashadi... • Keyin odatiylashadi... • Keyin o‘rganib qoladi... • Keyin maza ola boshlaydi... • Keyin qalbga dog‘ bo‘lib o‘rnashadi... • So‘ngra qalb yana boshqa bir haromni istay boshlaydi... Shunday ekan qiyin paytida voz kechgan qutuladi, bir totib ko‘rmoqchi bo‘lgan oqibatda halokatga uchrashi ehtimoli ko‘p! @firdavslik
БОР ЧОЙ ДАМЛА! Эр ҳар куни ишдан келиб хотинига: - Чой дамла! -, деркан. Бир кун хотинининг жаҳли чиқиб: - Ҳар кун шу аҳвол: «Бор чой дамла!», «Овқатинг тайёрми?!», деяверасиз. Қачон биз ҳам маданиятли инсонларга ўхшаб гаплашиб ўтирамиз?! -, дебди... Эртасига ишдан келиб хотинига: - Жоним, Саҳобалар қиссалардан ўқиганмисан?-, дебди. - Йўқ. - Сенга кимнинг қироати ёқади, Абдулбоситникими ёки Миншавийникими?! - Ким улар? - Муҳаммад пайгамбаримизнинг ҳадисларидан бирортасини ёдлаганмисан? - Йўқ, ёдламаганман. - «Ўтган кунлар»ни ўқиганмисан?! - Йўқ. - Тур, чой дамла! • Маҳбубий @firdavslik
Qalbga taskin beruvchi duo. (suratga chiroyli olishni bilmaymanda) @firdavslik
@ready_articles📃 ingliz tilida article o’qiymiz
Biz sezmagan jazolar Bir odam solih kishilardan birining oldilariga kelib: - Har bir gunoh uchun jazo bor deb eshitganman. Men Allohga koʻp gunohu maʼsiyat qilganman, lekin, hech jazolamadi-yu? - dedi. Solih kishi: -Ey, oʻgʻlim! Balki Alloh sen oʻzing bilmagan holatda jazolab boʻlgandir!- deb javob qildilar. Boyagi kishi “Qanaqasiga?!” deya taajjublandi. Solih odam: - Seni gunoh-maʼsiyatlardan lazzat oladigan qilib qoʻymadimi?! - Qurʼon tilovatisiz haftalar, oylarni oʻtkazib yuboradigan qilmadimi?! - Qanchadan-qancha tunlarda qoim boʻlishdan mahrum etmadimi?! - Tilingni zikrdan toʻsib qoʻymadimi?! - Seni mansabparast, dunyoga mehr qoʻygan, puldan oʻzgani sevmaydigan qilib qoʻymadimi?! - Toat-ibodatlarni sen uchun ogʻir qilib qoʻymadimi?! - Tilingga gʻiybat, chaqimchilik, yolgʻonni oson qilib qoʻymadimi?! - Oxiratni unuttirib, dunyoni eng ulkan tashvishing qilib qoʻymadimi?! Mana shu xorliklarning barchasi, Allohning sen sezmagan jazolaridir, - deb javob berdilar. @firdavslik
Uyda aslida kim boshliq ? Hotin: Dadasi uyda kim boshliq ekanini bilasizmi ? Er: Albatta er boshliq boʻladi. Chunki u uyga barcha kerakli roʻzgʻorlarni qilib keladi. Hotin: Yoʻq adashdingiz dadajonisi Er: Nega ? Hotin: Unda savolimga javob berinchi !!! Erkak kishiga bu narsalarni olib kelishni kim aytgan boʻladi ? @firdavslik
Qur'onni oching... Oli Imron surasining, 139 - oyatini o'qing. Shu yerda sizga bir maktub bor! @firdavslik
Butun dunyoni qo'ldan boy bersangu Alloh bilan bo'lsang, hech narsa yo'qotmabsan! Butun dunyoni qo'lga kiritsangu Allohdan yiroq bo'lsang, hamma narsani qo'ldan boy beribsan. @firdavslik
Yмматнинг аввалини муҳаббат ислоҳ қилган. охирини еса муҳаббат фасод қиляпти. аввалгиларни Аллоҳга муҳаббат ислоҳ қилган бўлса, кейингиларини дунёга муҳаббат фасод қиляпти. ©إتق الله Eslatdik @firdavslik
Allohga boʻlgan yaqinlik darajangni bilmoqchi boʻlsang, boshingga kelgan kulfatlarga koʻrsatgan sabring darajasiga qara. Sabr, Allohdan kelgan har narsaga rozi boʻlishlikdir... @firdavslik🕊
📿Istigʻforning 40 xosiyati.. 1. Allohga itoatgoʻy banda istigʻfor aytadi; 2. Istigʻfor aytgan banda paygʻambarlar, solihlar yoʻlidan yuradi; 3. Istigʻfor aytgan odam iymon halovatiga erishadi; 4. Istigʻfor bandani gunohlardan poklaydi; 5. Istigʻfor aytgan odamning gunohlari savobli ishlarga almashtiriladi; 6. Istigʻfor aytgan odamga neʼmatlar koʻpaytirib beriladi ; 7. Istigʻfor bandaning martabasini koʻtaradi; 8. Baxt-saodat, tinchlik-xotirjamlik olib keladi; 9. Istigʻfor tufayli odamlar ham, jamiyat ham buzuqliklardan poklanadi; 10. Istigʻfor yomgʻir yogʻishiga sabab boʻladi; 11. Mol-dunyoga baraka kiritadi; 12. Istigʻfor aytgan inson farzand neʼmati bilan siylanadi; 13. Dehqonchilik, chorvachilikdagi unumdorlik ham istigʻfor aytish bilan uzviy bogʻliq; 14. Istigʻfor aytuvchi jahannamdan najot topadi; 15. Istigʻfor bandaning jannatga kirishiga sabab boʻladi; 16. Istigʻfor Allohning rahmati tushishiga, banda holati ijobiy tomonga oʻzgarishiga sabab boʻladi, yaxshiliklarni koʻpaytiradi; 17. Istigʻfor tanani baquvvat, sogʻlom qiladi, kasalliklarni aritadi; 18. Istigʻfor aytgan odamning hayoti farovon boʻladi ; 19. Istigʻfor bilan vatan tinch boʻladi, el-yurt taraqqiy etadi; 20. Istigʻfor inson koʻnglini xotirjam qiladi; 21. Boshga tushgan balolarni daf etadi; 22. Bandani Allohga yaqinlashtiradi; 23. Istigʻfor aytgan odam Allohning marhamatiga sazovor boʻladi ; 24. Istigʻfor majlis kafforatidir; 25. Istigʻfor gʻiybatga kafforat boʻladi ; 26. Shayton vasvasasini qaytaradi; 27. Alloh istigʻfor aytgan bandani yaxshi koʻradi ; 28. Istigʻfor aytish Allohni rozi qiladi; 29. Gʻam-tashvishlarni ketkazadi; 30. Xursandchilik olib keladi; 31. Yuzni nurli qiladi; 32. Rizq kelishini osonlashtiradi; 33. Istigʻfor aytgan odamning duosi qabul boʻladi ; 34. Alloh istigʻfor aytuvchining ogʻirini yengil qiladi; 35. Koʻp istigʻfor aytgan odam qiyomat kuni nomai aʼmolini koʻrib xursand boʻladi; 36. Olamdan oʻtib ketgan ota-onalar farzandlari aytgan istigʻfor tufayli jannatda yuqori martabaga koʻtarilishadi; 37. Istigʻfor odamni tushkunlikdan xalos etadi; 38. Hasrat-nadomatni, pushaymonni ketkazadi; 39. Qalbni tiniqlashtiradi; 40. Istigʻfor aytgan odamning rizqi keng boʻladi, kasb-koriga baraka kiradi... Ziyovuddin Rahimning “Istigʻforning 40 xosiyati” kitobidan Astagʻfirullohi va atubu ilayh! @firdavslik🕊