- Последний пост
- 17 окт. 2025 г.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Odam bolasi qaysi asr, qay zamonda dunyoga kelmasin, umid bilan nafas oladi, baxt-u omadga intilib yashaydi. Buyuk orzu – shu. Eng yuksak aʼmol – shu. #asardan
Soʻzi soʻz boʻlgan kishilar. Ishonchli, mas’uliyatli, axloqli, halol, vijdonli, sodiq, intizomli va tartibli… boʻlishadi.(Kam hollarda unutib qoʻyishlar ham boʻlishi mumkin)
Soʻzimning oxirini Allohning kalomi bilan yakunlayman: «Odamlar oʻrtasida hukm qilganingizda adolat bilan hukm qiling. Alloh hamma narsani koʻrib, bilib turguvchidir». Mubashshir Ahmad, 2025 yil 8 oktyabr.
Bir qiziqlik bor kishi xarakterida. Oʻzi qilib yuradigan yokida endi bajarmoqchi boʻlgan yumushini unga aytilsa/buyurilsa/majbur etilsa oʻzi yaxshi koʻrsa ham, xotirjam qilgisi kelmay qoladi. Aytilganni teskarisini qilishga intilish hammada bormikan?)
Mayli jonlantiramiz kanalni
Vaaaay nimaga hamma chiqib ketyapti
Begonalar hazillashmaydi.
Hammasiga qo'l siltab ketvorsang-da.. qaysidir makonga.. qanchadir muddatga..
– Oʻgʻlingizni juda yaxshi koʻrar ekansiz. – Juda! – Onasini-chi? – Onasini... Sevgi boʻlishi shartmi? – dedi nima deyishini bilmay. Qiz qoshini koʻtarib qoʻydi. – Men sevgisiz yashashni tasavvur qilolmayman. – Chunki siz turmush koʻrmagansiz, bola nimaligini bilmaysiz! Shukur Xolmirzayev | Farzand
Ba’zan boshqalar erkin boʻlsin uchun oʻz erkimizni qurbon qilamiz.
Ba’zan boshqalar erkin boʻlsin uchun oʻz erkimizni qurbon qilamiz.
Men kuzatayotgan insonlar faqat o'zini haq deb bilmaydi. Obunchasini fikrini e'tiborga oladi. Erkak kishi bo'lsa ayolga, ayol kishi bo'lsa erkakka yaxshi munosabatda javob bermaydi. Qaytaga o'z jinsdoshlariga hurmati ko'proq. Qarshi tarafga ortiqcha mulozamat qilmaydi. O'z jinsdoshlari bilan yaqin bo'lishga harakat qiladi. Haa, kuzatishda shunga ham e'tibor beraman. Jiddiy. O'tgan yili izoh yozardim. Kichik va shaxsiy sahifalargaa, ular ham asosan qizlar, dugonalarimniki edi, qarshi jins vakillaridan oshib borsa 4-5 kishini kuzatganman. Hozir qariyb umuman qarshi tarafning sahifalarida yo'qman. Ular tarafda izoh ham qoldirmayman. Bilmadim, o'zi avvaldan izohlarda ham erkak ayol aralash yozgani uchun juda o'zimni noqulay his qilib, o'chirib yuborar edim. O'zi hayotda ham, aslida tashqi muloqotda yaxshi bo'lsam ham ich-ichimdan o'zimni ko'pchilik oldida begona qilaman. Sahifalarda ham shu, bilmayman negadir odamlar orasida o'zimni qanday his qilsam sahifalarda ham shunday. Begona muhitdan o'zimni doimiy kuzatib yurganlarim afzal. Yo'q-da, qanday qilib inson o'z jinsdoshiga g'ashlanib qarshi tarafga yaxshi munosabatda bo'lish mumkin va buni qanday tushunish mumkin. Bu munosabatlarda yaqqol seziladi-ku, o'zimni dugonalarimdan qo'ymasin. Keyin agar muhokama uchun ochiq bo'lmas ekansiz, guruhingizda muhokama guruhini ochishdan foyda ne. Maqtovlar uchunmi, olqishlar uchunmi?! Yo'q, menga o'zimni torgina, hechqayerda izoh yozmaydigan, hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham insonlar bilan tanlab muloqot qiladigan, hayotda ham, ijtimoiy tarmoqlarda ham aralashuvlardan qochadigan, bunaqa aralashuvlarda yuragim siqiladigan, uyimdagi to'rt devorimni yoqtiradigan o'zim, o'zimga ko'proq yoqadi. Kam sonlilar bilan muloqot qilsam ham ular bilan suhbatlashganda, yozishganda o'zimni erkin his qilaman. Uzr erkinligim, men uchun muhim. Hamma uchun o'z erkinligi muhim.
Har kimning o'z haqiqati bor albatta. Har kimning hayotida o'z havas qiladigan, uning yo'lidan yurishga harakat qiladigan, uning harakatlariga taqlid qiladigan insoni bor. Odinaxon Muhammad Sodiq. Bu ustoz olima, faqiha, bir buyuk olimning farzandi. Ustozning instagram sahifalarida o'quvchilaridan ozroq shikoyatomuz yozib qolganlarini o'qigan edim. Bilasizki, ustoz doim yuzlarini ko'rsatmasliklariga harakat qiladi. Ijtimoiy tarmoqlarda, suhbatlarda, taqdimot olingan lavhalarda, suratlarda, umuman ommaviy neki olinsa, barchasida. Demak, insonning olima, faqiha bo'lib dinda hizmat qilishi, jamiyatga foydasi tegishi uchun yuzini omma ko'rmasa ham bo'lar ekan, o'zini bozorga solishi shart emas ekan. Bilmadim, shaxsan men ommaviy surat qo'yadigan qizlarni-da, yomon ko'zlardan qizg'onaman. Nahotki shu insonlarning o'zlari o'zlarini, chiroyli farishtadek jismini qizg'onmasa, nahotki. Deylik yana bir inson bor, Ominaxon Muhiddinova opa, u kishi ham judayam shaxsiylikka e'tibor beradilar. Hatto yozuvlarida ham o'ta shaxsiylikni ustun qo'yadilar. Borgan sari men uchun ayolni taniydiganlar ko'p bo'lganidan taniydiganlar oz bo'lgani afzal bo'lib boryapti ekan. Deylik bir ayol ommaviy holatda surat joyladi, istagan inson ko'ra oladi. Kim kafolat beradi biror erkak ko'rib u rasmni yaqinlashtirib ko'rmaslikka, kim kafolat beradi barcha inson unga yaxshi niyat bilan qarashiga, albatta hechkim. To'gri, meni, yoki boshqani deylik yuzlab insonlar yaxshi niyat va yaxshi ko'z bilan qarar biroq birgina inson yomonlik bilan qarasa, va o'sha insonning ichidan o'tganlarini o'sha ayolning o'zi eshitsa, qay holga tushadi o'ziga ravo ko'radimi, yo'q albatta. Agar joiz bo'lganida qanchadan qancha ahli ilmlarning ayollari, onalari, singillari jamiyatga foydamiz teksin deya shu ishni qilmasmidi, avvalo ular shuning harakatida bo'lmas edimi, menimcha bo'lar edi. O'tgan yili menejerimiz ochiqchasiga "Sizning feysingiz chiroyli, yana ro'molda ekansiz ommaning e'tiborga tez tushasiz" degan edi. Tasavvur qilyapsizmi, bu yerda ochiqchasiga ayoldan mijoz chaqirish sifatida foydalanishadi. Juda og'ir botgandi menga Umuman olganda qanchalik biz pok o'ylasak-da, qanchalik yaxshi gumonda bo'lsak-da, ommaviy holatda hammadan bir xil natija kutmaylik, ularning fikrlari, ularning o'z olami bor. Hozir shu gap ommaviylashgan: "uning qarashi, uning qarashi menga nima. U o'z qarashiga hokim bo'lsin" . Biroq, "O'z uyingni berk tut, qo'shningni o'g'ri tutma" deyishadi. O'zimizni himoya qilmasdan turib boshqani ayblashga haqqimiz yo'q ekan. O'zimizni yashirin tutmasdan turib atrofimizdagilardan o'pkalamaylik. Hamma ham omonat neligini bilmaydi va bu tabiiy hol. Shu sabab o'zimizni oshkorlatib bo'lib, insonlardan ayb izlash o'ziga zulm qilishdek gap. Avvalo o'zimga eslatma.
Oldingda aniq maqsad boʻlganda yoʻlning uzoqligi bilinmaydi. Muhimi yo'lda yurish. Manzilga yetish yetmaslikning ahamiyati yo'q. Muhimi harakat qilish, harakatdan zavq olish.
Qoʻrquv va muammolar doim bizga hamroh boʻladi. Ulardan qochish emas balki ularni tushunib, anglab va qabul qilib ular bilan birga davom etishni oʻrganish muhimdir.
Nikohda baxtli boʻlish tasodif oʻyinlariga bogʻliq. Ikkala tomon bir-birlari toʻgʻrisida qanchalik koʻp narsa bilishmasin va bir-birlariga qanchalik mos kelishmasin – bu narsa ularning baxtli boʻlishlari uchun omil boʻla olmaydi. — Jeyn Ostin | Andisha va G'urur asaridan.
Inson o'ziga ravo ko'rmaganini boshqagayam ravo ko'rmasligi kerak. Ba'zida hatto o'ziga ravo ko'rsa ham boshqaga ravo ko'rmaslik kerak.
Shunchaki bir savol berasan va tayinli javob olmaysan. Tayinli javob olmaganing yetmagandek, o'z bergan savolingga bergan javobing sabab ham kaltak ostida qolasan. Nima keragi bor, bunaqa holatlarni hech tushunmayman.
AbdulKarim Hasan | To'xta...
Agar qamoqda yotishni boshqa bir qamoqda yotish orqali tasvirlash mumkin boʻlsa, unda voqelikda haqiqatan bor narsani qanaqadir umuman yoʻq narsa orqali tasvirlash ham mumkin boʻladi Daniel Defo Kamyu | Vabo