FOZILJONOV'S BLOG
СтатистикаKundalik fikrlar, kuzatishlar va ruhiy izlanishlar. Bu kanal – o‘zim bilan suhbatim manzili va Tibbiyot talabasi nigohidan hayot, ong va insoniylik haqida chiziqlar. Fikrlar bu yerda sukunatda o‘z ovozini topadi.
- Последний пост
- 5 июл.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 0
- Всего постов
- 21
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 15 авг.
- 1/24сутки в ленте
- —
- 1/48двое суток
- —
- 1/72трое суток
- —
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Channel photo removed
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
без подписи
🇵🇹Ronalduning futboldagi umri davomiyligi odamni hayratga soladi 👁 @futbolobzorlar⬅️ Futbol yanada yorqinroq⚽️
без подписи
Футбол қироли 39 га кирди. 39!!! @maydon_egasi
Norvegiya milliy terma jamoasi o’zi bilan AQSHga 1 tonnadan ortiq (1000 kg) oziq-ovqat va oʻz oshpazlarini olib keldi. Oziq-ovqatlarning asosiy qismini 300 kg Atlantika losos (salmon) va oq baliqlari, 116 kg Brunost (an'anaviy norveg jigarrang pishlogʻi) hamda 6000 ta apelsin tashkil etadi. Koʻpchilik buni "Norveglar Amerika ovqatlariga ishonmayapti" deyishyapti. Aslida masalaning ilmiy va tibbiy sabablari bor. Norveglar oʻz futbolchilarini sunʼiy ravishda vatanining biokimyoviy muhitida saqlab turishibdi. Bu orqali organizm yangi iqlim, begona mikroflora va boshqacha taomlarni hazm qilish uchun ortiqcha energiya sarflamaydi, bor quvvatini faqat maydondagi o’yinga yoʻnaltiradi. Natijada sportchilar organizmi ortiqcha stressdan xalos bo’ladi. Inson organizmi begona iqlim va yangi mikrofloraga duch kelganda, tashqi muhitga moslashish uchun biologik jarayon boshlaydi. Hatto eng yuqori sifatli ovqat boʻlsa ham, boshqa qit'aning oziq-ovqat tarkibidagi begona bakteriyalar, fermentlar va suv minerallari sportchining oshqozoniga tushgach, tana ularni “begona element" deb qabul qiladi. Bu vaziyatda organizm ortiqcha energiya yo'qotadi. Bundan chiqaradigan xulosa shuki, aqliy yoki jismoniy faollik talab qilinadigan muhim kunlarda xuddi norveglardek oʻzimiz doim iste’mol qilgan va sifatli uglevod, oqsillar bilan oziqlanishimiz kerak.
Jahon chempionatlarida debyutantlarga oson bo’lmasligi haqida Bu yilgi mundialda ilk bor ishtirok etayotgan 4 ta jamoadan faqat 🇨🇻Kabo Verde ochko olishga erishdi (Ispaniya bilan 0:0 hisobida durang o’ynadi). 🇨🇼Kyurasao 1:7 hisobida 🇩🇪Germaniyaga, 🇯🇴Iordaniya esa 1:3 hisobida 🇦🇹Avstriyaga yengildi. Bizning hisobimizni bilasiz. Agar tarixga nazar tashlasak, debyutant jamoalarga doim qiyin bo’lgani ko’rinadi. Asr boshidan buyon 18 ta terma jamoa Jahon chempionatida debyut qilgan. Shundan 14 tasi guruh bosqichida qolgan, faqat 4 tasi guruhdan chiqa olgan: 🇸🇳 Senegal (2002-yil, 5 ochko); 🇺🇦 Ukraina (2006-yil, 6 ochko); 🇬🇭 Gana (2006-yil, 6 ochko); 🇸🇰 Slovakiya (2010-yil, 4 ochko). Ortda qolgan 6 ta Jahon chempionatida 15 ta jamoa debyut o’yinida mag’lub bo’lgan. Shuningdek, 1954-yildan buyon Jahon chempionatida ishtirok etgan 12 ta Osiyo jamoasidan faqat ikkitasi (🇰🇵Shimoliy Koreya va 🇸🇦Saudiya Arabistoni) debyut turnirda kamida bitta o’yinda g’alaba qozonishga erishgan, xolos. Masalan, 🇯🇵Yaponiya ilk marta 1998-yilda debyut qilgan va uchala bahsda ham mag’lub bo’lgan. Yaqin o’tmishda 🇨🇳Xitoy (2002) va 🇶🇦Qatar (2022) ham debyut mundialida uchala o’yinda yutqazgan. #UzbekistanGo 👉 @xushnudbek 👈
Futbol bayrami foni ortida yaxshi yangilik ham bo'ldi. AQSh-Eron urushi rasman yakunlandi! 17-iyun kuni Fransiyadagi G7 sammiti doirasida, Versal saroyida 14 banddan iborat o'zaro kelishuv memarandumi imzolandi. Kelishuvga ko'ra harbiy harakatlar to'xtatildi va AQShning Eron portlariga qo'ygan dengiz blokadasi bekor qilindi. Hormuzda harakatlar liniyasi endi ochiq bo'ladi. Qiziq tomoni wikipedia ham Eronni urushning mutlaq go'libi sifatida ko'rsatmoqda! Tinchlik bo'lsin!🕊 @jahongirmirzoversiyasi
Япония паспорти дунёдаги энг қудратлилардан бири. Ушбу давлат фуқоролари 190+ мамлакатга визасиз кира олишади. Видеода эса сабабларидан биттаси. Маданият ва ҳурмат! Анъана! 🔥 ФУТБОЛИЩЕЕЕ • 📹 ИНСТАГРАМ
Эски футбол ўйинларини кўрсангиз, футболчилар голни нишонлашга унча эътибор қаратишмаган. Кейинчалик бу бир тадбир, футбол маданиятининг бир қисми, ҳатто футболдан ташқаридаги мавзуларни ҳам ўз ичига оладиган ҳаракатга, ҳатто шу орқали ўзининг ижтимоий/сиёсий позициясини ифода ҳам қилиш воситасига айланди. Ўйлаб қолдим, мабодо Ўзбекистон терма жамоаси ўзининг мундиалдаги илк голини урса... урса-ю, гол муаллифи ким бўлишидан қатъи назар, ҳамма биргаликда музқаймоқ еяётгандек қандайдир ҳаракатни амалга оширса, зўр бўларди. Хожибой Тожибоевнинг "ҳеч бўлмаса биттадан марожна еб келсаям майлийди" деган машҳур иборасига бир жавоб, "мана, ҳатто гол ҳам урдик" деган маънода. Роже Милла Руминия дарвозасига гол уриб, Камерундаги миллий "макосса" рақсига (кўпчилик ламбада деб ўйлаган) тушгани, Бебетонинг машҳур чақалоқ тебратиши, Виери ва Дел Пиеронинг чойхона-ўтириши, Тшабалала рақси каби ноёб кадрлар қатори, ажаб эмас, бизнинг "музқаймоғимиз" ҳам мундиал тарихининг унутилмас, доим роликларда эсланадиган лавҳасига айланса. Балким кимдир сабабига қизиқар, голлардан кўра мана шундай ҳаракатлар муҳокама бўладиган ижтимоий тармоқ замонида хит бўлиб кетса? Ҳа, биз кичик жамоамиз, кўп нарсага эришмасмиз, лекин мана шундай самоирония ҳам одатда бошқалар томонидан позитив қабул қилинишига, нейтрал мухлислар ёқимтойига айланишга кифоя бўлади. @aslanov_futbol
|| 208 ta tuman shaharlardagi maktablarda katta ekran orqali O’zbekiston terma jamoasining jahon kubogidagi o’yinlarini birgalikda tomoshsha qilish imkoni yaratilar ekan. Jadvalda Namanganda tashkil etiladigan joylar manzillari ketirilgan. — @ShavkatbekShokirovblogi
Vodiyda bilsangiz yoshi kattalar qora choyni pamil choy ham deyishadi. “Pamil choy” nomi qayerdan kelib chiqqan? 1876-yilda Farg‘ona vodiysi va Olay tizmasi hududlari Rossiya imperiyasi tarkibiga qo‘shilgach, Osh shahri va vodiy hududlarida ko‘plab rossiyalik savdogarlar do‘konlari ochildi. rossiyalik savdogarlar do‘konlari ochildi. Mahalliy aholiga ayniqsa rossiyalik savdogar D.L. Filatovning baqqollik do‘konlari manzur bo‘lgan. Eng xaridorgir mahsulotlardan biri Hindistondan keltirilgan saralangan qora choy bo‘lib, u “Familiyniy choy” (“Фамильный чай”/inglizcha original brendi Familiy tea) nomi ostida sotilgan. Mahalliy aholi esa, turkiy tillarda “f” tovushi bilan boshlanadigan so‘zlar kam uchrashi sababli bu nomni mahalliy aholi jargonda talaffuz qilib, “pamil choy” deb atay boshlagan. Manbaa @jahongirmirzoversiyasi
Buni bilarmidingiz? Etolon holatdagi vazni 70 kg, bo'yi 170 sm bo'lgan erkak kishi tanasida 30 trillion dona hujayra bo'ladi. Mana shu odam tanasidagi bakteriyalarning soni qancha deb o'ylaysiz? Tasavvur ham qila olmaysiz. Ularning soni naq 39 trillionga teng. Ha shunday, odam tanasidagi bakteriya hujayralarining soni, uning organizmi hujayralari sonidan salkam 30% ga ko'p. @hujayrauz