tgindex
Gulchexra Yunusova

Gulchexra Yunusova

Статистика
@GIGUDESIGNузбекский

• GIGU brendi asoschisi Gulchehra Yunusova • Shahsiy hayot va Kar’era haqida gaplashamiz @gigu_showroom

Последний пост
13 авг.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
3
Всего постов
23
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
1 407
+3 за 2 дн.
Сутки
−1
−0,07%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
787
22 постов
Вовлечённость
55,9%
к подписчикам
Постов в день
0,4
всего 23
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
401
1/48двое суток
459
1/72трое суток
495

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Hech kim senga do‘st emas, hech kim senga dushman emas. Hayotingda uchragan har bir inson — senga ustoz.

  • Xayriya qilishga odatlaning. Oluvchi qo’l emas, Beruvchi qo’l bo’lishga odatlaning. Buning uchun hali katta pul topmayapmanku demang. 100 ming so’m, 10ming so’m, u ham bo’lmasa 1000 somdan har kuni sadaqa berishga odatlaning. Click yoki payme ilovalarida hayriya fondlari bor, instagramlarda masjid qurish uchun yig’iladigan fondlar bor, yoki shunchaki masjidlar oldida qutilar bor. Sizga qaysi biri qulay bo’lsa, Har kuni yoki haftada bir. Bu aynan sizni daromadingizga baraka beruvchi eng katta instrument deb bemalol ayta olaman. Bugunoq, Hoziroq sadaqa qiling. Hoziroq o’tkazib bo’lganingizdan keyin, Kanalimga qaytib 👍🏻 stikerini bosib keting.

  • Nasiba Niyatga bog’liq. Inson niyat qiladi, harakat qiladi, duo qiladi, ammo natijani Alloh beradi. Ba’zan biz xohlagan narsa nasib qilmaydi, ba’zan esa umuman kutmagan eshiklar ochiladi. Bu esa insonning niyati, qalb holati va Allohning taqdiri bilan bog‘liq. Niyat — amalning boshlanish nuqtasi. Inson nima uchun bir narsani xohlayotganini tushunishi muhim. Nasiba — faqat pul yoki muvaffaqiyat emas; insonlar, uchrashuvlar, imkoniyatlar, ayriliqlar ham nasibaning bir qismi sifatida ko‘riladi. Duo va harakat — faqat kutish emas, niyatdan keyin qadam tashlash kerak. Tavakkul — qo‘lingizdan kelganini qilib, natijaga haddan tashqari bog‘lanib qolmaslik. Kechikayotgan narsalar — har bir kechikishni yomonlik deb qabul qilmaslik; ba’zan inson hali tayyor emas yoki uning uchun boshqa yo‘l yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Qabul qilish — “nega aynan men?” degan ichki qarshilikdan ko‘ra, vaziyatdan qanday ma’no va saboq olish mumkinligiga qarash.

  • Muvaffaqiyat — yo‘lning oxiri emas. Muvaffaqiyat — oxiri yo‘q yo‘ldir.

  • 7 авг.620101из gigusha_uz

    Qizingiz endi sizni emas, dugonasini eshitadi 📌 Farzandingiz yoshi kattalashgani sari sizni emas, maktabdagi sinfdoshi yoki dugonalarini ko’proq eshitadi. ⁉️ Tanish holatmi? • Maslahatni sizdan emas, dugonasidan so'raydi; • Kim bilan yozishayotganini aytmaydi; • «Nima qilyapsan?» degan savolga «hech narsa» deydi. ✅ Bu tarbiyaning buzilishi emas — bu shunchaki yosh. Lekin bitta narsa qoladi: endi qiz sizdan emas, atrofidagi muhitdan shakllanadi. Bugun kun davomida shu haqda gaplashamiz. 😊 👉 Obuna bo’ling: https://t.me/+MmCPRfs39DJkMTIy

  • 5 авг.716153

    Eshitadigan ashulalarilaga e’tiborli bo’lila ❤️

  • Qanaqa Ashulala eshitasila? Eshitadigan ashulamiz ham bizni kelajagimizga ta’sir qilishini bilasmi?

  • 2 авг.918183

    Mehnatimiz uchun oladigan eng katta mukofot — qo‘lga kiritgan narsalarimiz emas, balki o‘sha mehnat jarayonida qanday insonga aylanganimizdir.

  • 31 июл.1 121112

    Sening olmos konlaring …ulkan haqiqatni o’zida mujassam etgan kichik bir hikoya… Qadimiy Hindistonda Al-Hafed ismli kambag’al bir dehqon yashagan. U zo’rg’a kun kechirardi va boy bo’lishni juda orzu qilardi. Bir kuni uning uyiga dono bir qariya kelib, Afrikada olmos konlarini topib boyib ketgan odamlar haqida hikoya qilib berdi. — “Bitta yirik olmosning o’zi yuzlab dehqon uylari qiymatiga teng bo’lishi mumkin”, — dedi u. Bu gaplardan ilhomlangan Al-Hafed fermasini sotdi, oilasini qo’shnisiga ishonib topshirdi va olmos izlab yo’lga chiqdi. U yillar davomida dunyoning turli joylarini kezdi. G’arb sari tobora uzoqlashib bordi, ammo olmos topolmadi. Oxiri holdan toyib, umidsizlikka tushdi va izlanishlari behuda ekaniga ishonib, baland qoyadan dengizga sakrab joniga qasd qildi. Lekin hikoya shu yerda tugamaydi. Aslida endi boshlanadi. Al-Hafed fermasini sotib olgan yangi egasi bir kuni tuyasini sayoz soy bo’yiga olib bordi. U yerda suv tubida yaltirab turgan qora toshni ko’rdi. Uni olib uyiga keldi va kamin ustiga qo’ydi. Oradan bir necha kun o’tgach, o’sha dono qariya uning uyiga keldi. Kamin ustidagi toshni ko’rib, hayratdan lol qoldi. — “Bu oddiy tosh emas. Bu hali ishlov berilmagan olmos!” — dedi u. Dehqon bu toshni aynan o’sha soy bo’yidan topganini aytdi. Qariya ular yana o’sha joyga borishdi va soy bo’ylab bundan ham ko’plab shunday toshlar yotganini ko’rishdi. Ma’lum bo’ldiki, Al-Hafed bir vaqtlar dunyodagi eng boy olmos konlaridan biri ustida yashagan ekan. Keyinchalik bu kon tarixga Golconda olmos konlari nomi bilan kirgan. ⸻ Bu hikoyaning mazmuni juda oddiy. Agar Al-Hafed o’zida bor narsaning qadriga yetganida, eng katta boylikni o’z yerining o’zidan topgan bo’lardi. Bu bizga ham tegishli. Eng katta boylik tashqarida emas, balki o’zimizning ichimizda yashiringan. Shuning uchun avvalo o’z “dalangni” — ya’ni o’zingni, qobiliyatlaringni va imkoniyatlaringni rivojlantir. Ichki dunyongda yashiringan “olmos konlari”ni izla. Shunda albatta ularni topasan. Hayot senga taqdim etayotgan imkoniyatlarga e’tibor ber. Ko’pincha sen izlayotgan narsa aslida burningning tagida bo’ladi. Sen bo’lishing mumkin bo’lgan insonning barcha imkoniyatlari allaqachon sening ichingda mavjud. ⸻ Iqtibos “Qo’lingdan kelgan ishni, qo’lingdagi imkoniyat bilan, turgan joyingda qil.” — Teodor Ruzvelt

  • Есть многое на свете, друг Горацио, что и не снилось нашим мудрецам. Шекспир

  • 27 июл.1 12910

    Yana bir zo’r kitob o’qishni boshladim. Ohirgi paytda fikrlarim chalkashgan paytda Kitob o’qishni boshlashni odat qildim. Miyamda chalkashlik bo’lsa, albatta kitobdagi biror fikr aynan shu vaziyatimga mos bolib chiqadi. Atrofimiz ishoralarga to‘la. Faqat ularni ko‘ra bilish, his qilish va e’tibor berish kerak. Ba’zan javoblar biz o‘ylagandan ham yaqinroq bo‘ladi.

  • Shunday fikrlangki, go‘yo har bir fikringiz osmon uzra ulkan olovli harflar bilan yozilgan va uni hamma ko‘rib turibdi. Aslida ham shunday.

  • Rivojlanish — natija emas, jarayon. Chunki rivojlanishning oxiri yo‘q. Bir B nuqtaga yetishingiz bilan, yangisi paydo bo‘ladi. Shuning uchun haqiqiy yutuq — faqat natijaga erishish emas, unga olib borayotgan jarayondan ham maza qila bilish.

  • 25 июл.1 012173

    Ko‘pchiligimiz boylik deganda faqat ko‘proq pul topishni tushunamiz. Aslida esa pul topish — yo‘lning faqat birinchi bosqichi. Boylikni ham bosqichlari bor. Birinchi bosqich o’ziga investitsiya. Bilimingizni, kasbingizni, mahoratingizni oshiring. Chunki sizdan hech kim tortib ololmaydigan eng katta kapital — bu sizning bilimingiz va kompetensiyangiz. Keyin o‘zingizni ko‘rsatishdan qo‘rqmang. Yaxshi mutaxassis bo‘lishning o‘zi yetmaydi, odamlar sizning yaxshi mutaxassis ekaningizni ham bilishi kerak. Shaxsiy brendingizni rivojlantiring, kuchli shogirdlar chiqaring, bilimingizni sir tutmang, fikrlash doirangizni kengaytiring. Va eng muhimi — sizning boshqalardan farq qiladigan kuchli tomoningiz nima ekanini toping. Pul ko‘payishni boshlaganda esa yana boshqa bilim kerak bo‘ladi — uni saqlash. Har bir topganingizni sarflab yubormaslik, hissiyot bilan qaror qilmaslik, muvaffaqiyat kelganda egoga berilmaslik va pulni yana pul olib keladigan aktivlarga aylantirishni o‘rganish kerak. Pul kibrga berilgandan qochadi. O’zingizni emas bo’lgan bir tiyinni olsangiz hammbu yig’ilib boradi va qachondur bu o’z aksini beradi. Hayotda adolat yo’q, lekin ilohiy adolat bor. Lekin menimcha, boylikning eng chiroyli bosqichi — oxirgisi. Bir kun kelib siz faqat: “Qancha pul topdim?” deb emas, “Qancha odamga foydam tegdi? Orqamdan nima qoldiryapman?” deb o‘ylay boshlaysiz. Shuning uchun shogirdlarimga doim aytgim keladi: Faqat pul topadigan kasb egasi bo‘lmang. O‘zingizni rivojlantiring. Ismingizni yarating. Boylik yarating. Va oxir-oqibat odamlarga foyda beradigan meros qoldiring. Pul — maqsadning oxiri emas. Pul — kattaroq maqsadlarni amalga oshirish uchun vosita. 🤍

  • 25 июл.83362из usmon_dostonov

    To’g’ri muhit - yarim muvaffaqiyat. Biz qanchalik qobiliyatli, yaxshi inson bo’lmaylik, noto’g’ri muhitda o’smaymiz. To’g’ri muhitda bo’lsak tezroq rivojlanamiz, kuchayamiz, katta natijalarga tez erishamiz. Siz to’g’ri(o’suvchi) muhitdamisiz? #fikrlash @usmon_dostonov

  • 🎯 Jamoamizga SMM Menejer qidiryapmiz! Yangicha nom va yangicha formatda moda o‘quv markazi ochishni reja qilayabmiz, shu sababdan jamoamizga Full-time SMM menejer izlayapmiz. Agar siz: • Instagram va Telegram’ni professional yurita olsangiz; • Reels va Stories uchun kreativ g‘oyalar bera olsangiz; • Kontent reja tuza olsangiz; • Dizayner, videograf va targetolog bilan ishlashni bilsangiz; • Natijaga ishlaydigan, mas’uliyatli va tashabbuskor bo‘lsangiz, unda sizni jamoamizda kutamiz. 💜 Vazifalar: • Kontent strategiyasini ishlab chiqish; • Instagram va Telegram sahifalarini yuritish; • Reels, Stories va postlarni rejalashtirish; • Kontent suratga olish jarayonini tashkil qilish; • Auditoriya bilan ishlash va sahifani rivojlantirish. Talablar: ✔️ Kamida 1 yillik SMM tajribasi; ✔️ Portfolio mavjud bo‘lishi; ✔️ Full-time ishlash; ✔️ Toshkent shahrida ofisdan ishlash. Biz taklif qilamiz: ✨ Zamonaviy va ijodiy muhit; ✨ Yosh va kuchli jamoa; ✨ O‘sish va rivojlanish imkoniyati; ✨ Raqobatbardosh maosh (suhbat asosida). 📩 Rezume va portfoliongizni Telegram orqali yuboring: @axror_rahmonov2 Agar atrofingizda kuchli SMM mutaxassisi bo‘lsa, ushbu e’lonni ulashsangiz minnatdor bo‘lamiz.

  • 24 июл.8472311

    7 QOIDA Shundan so‘ng Alloh senga yordam bera boshlaydi 1-qoida Xavotirli fikr kelganini sezishing yoki o‘zingni ichingda turli yomon ssenariylar bilan qo‘rqita boshlashing bilan, shunchaki ayt: “Bekor qilaman.” Senga to‘g‘ri kelmaydigan ssenariyni shunchaki o‘chirib tashla. 2-qoida “Men xohlayman” deyishni bas qil. Endi sening so‘zing — “Men tanlayman.” Xohlash bilan yillar o‘tishi mumkin. Tanlov — bu harakat. Bu ortidan natija keladigan niyat. 3-qoida Biror narsa rejang bo‘yicha ketmayotganida o‘zingga eslat: “Hammasi o‘z yo‘liga tushadi.” Va bilasanmi, ko‘pincha haqiqatan ham shunday bo‘ladi. Hamma narsani boshqarishga urinishni to‘xtatib, biroz bo‘shashganingda ko‘p narsalar yaxshiroq hal bo‘ladi. Chunki vahima hali hech qachon muammoni hal qilmagan. 4-qoida Xayolingda qolib ketgan odamlar, suhbatlar va tugallanmagan voqealar uchun bitta jumlang bo‘lsin: “Kechir va qo‘yib yubor.” Qisqa. Rost. Yengillik beradigan. 5-qoida Senga omad kulib boqishiga ishonishni tanla. Va bu ishonch bilan qancha uzoq yashasang, atrofingda shuncha ko‘p bunga dalillarni ko‘ra boshlaysan. Tasodifmi? Mayli. Lekin bu haqiqat senga yoqadi — u mehribon va saxiy. 6-qoida Tushkunlikni his qilsang, ayt: “Men o‘z energiyamni o‘zimga qaytaraman.” Ko‘zingni yum va uni eski xafagarchiliklardan, tugallanmagan vaziyatlardan, boshqalarning sendan kutganlaridan xayolan qaytarib ol. 7-qoida Alloh bilan gaplash. Javob kerak bo‘lganida: “Allohim, menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsat,” deb so‘ra. Keyin esa jim kuzat: atrofingda nimalar sodir bo‘lyapti, kimlar hayotingga kirib kelyapti, javoban qanday so‘zlarni eshityapsan.

  • Mani shahsan o’zim bilan Birga bir suhbat qilib gaplashib o’tirish mumkun bo’lganda nima savollarni bergan bo’lardila, Qanday maslahatlar bilan sizga yordam bera olgan bo’lardim. ❤️❤️❤️❤️❤️❤️ Bu yerda hammeladan maksimal faollik sorab qolaman. Keyingi postlarimni aynan shu yerdagi savol va so’rovlar bo’yicha davom ettiraman….

  • видео или голосовое, без подписи

  • видео или голосовое, без подписи

Gulchexra Yunusova — tgindex