tgindex
Habibjon Homidov

Habibjon Homidov

Статистика

Marketolog 📩 @Homidov_habibjon

Последний пост
11 дек.
Последнее чтение
13 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
20
Тип
открытый
Язык
und
В каталоге с
13 авг.
Подписчики
122
0 за 1 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
257
20 постов
Вовлечённость
210,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 20
Упоминаний
1
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • Time to win(1)

  • Dekabr-Yanvar koʻp sohalarda Cpm eng arzon oylar Shu bilan birga savdo qilish eng qiyin davr. Cpm - reklamani 1000 marta koʻrsatish narxi @HabibjonHomidov

  • Bir pasda 3 yil boʻlibdi. Yaxshi oʻzgarishlar boʻldi albatta

  • Sotuv skripti yozyapman. Sotuvchi telefonda gaplashayotganda skript ketma-ketligini saqlashi shart. Mijozni shoshirmaslik va ma'lumotlarni to‘g‘ri tartibda berish konversiyani oshiradi Hozir yozayotgan sotuv skriptimdagi ketma-ketlik: 1. Greeting — Salomlashish…

  • Boshqalardan qanday farqingiz bor: - "Bizning mahsulotlar sifatli" @HabibjonHomidov

  • Oʻzbek bizneslari mavsum tugaganda be like: Pul yoʻq, chunki savdo yoʻq, shu uchun ham marketinga budjet yoʻq Men aytaman qishda ayiqqa oʻxshab g'orga kirib ketganlar Bahorda shaftoli ham yemaydi:) @HabibjonHomidov

  • Uyga kabel internet tushiradigan bo‘ldik, deyarli barcha provayderlarga ariza qoldirdim. Ulardan biri o‘sha zahotiyoq aloqaga chiqib ertaga ustalarni jo‘natishini aytdi. Kechasi ariza bergan bo‘lsam, ertasi kun abetgacha internet ulab ketishdi. Yana boshqasi yarim kundan keyin, boshqalar 1–2–3 kunda aloqaga chiqishdi. Aytmoqchi bo‘lganim: hamma provayderlarda narx va shartlar deyarli bir xil, barchasi internetni Uztelecomdan oladi. Bu joyda raqobatda yutish uchun boshqalardan tezroq va sifatliroq ishlash kerak. Oib-sotar yoki bir xil mahsulot sotiladigan bizneslarning farqi servisda ko‘rinadi. Mahsulot bir xil bo‘lsa, mijoz narx emas, vaqtini tejagan va muammosiz xizmat ko‘rsatgan tomonni tanlaydi albatta. Barchasi aslida juda oddiy: Tez javob, tez yetkazish, aniq muloqot, menimcha mana shu elementlar bozorda ustunlik yaratadi ko'p bizneslarda @HabibjonHomidov

  • Qiziq va voqelikka mos fikr Amerikada talabalar qarzi 1.65 trln dollarga, Uy olish o'rtacha yoshi esa 40 yoshga yetibdi. Peter Thiel(Zero to One muallifi), bunday sharoitda yoshlar uchun kapitalizm ishlamaydi, ular tizimga ishonmay, tobora sotsialistik qarashlarga o‘ta boshlayapti deyapti. Gapini isboti sifatida Socialist Mamdanini NyuYork hokimi bo'lganini ko'rsatyapti. Sotsializm xavfsizlik(comfort) beradi, kapitalizm esa imkoniyat. Lekin xavfsizlik ustun bo‘lsa, innovatsiya sekinlashadi; imkoniyat ustun bo‘lsa, tengsizlik kuchayadi. @HabibjonHomidov

  • 10 000 soat qoidasini eshitganmiz hammamiz. Biror sohada haqiqiy ustaga aylanish uchun o‘rtacha 10000 soat kerak deyishadi. bu yerda maqsadli mashq qilish(deliberate practice) haqida gap ketyapti. Kuniga 4 soatdan ishlasak - 7 yil. Kuniga 8 soatdan ishlasang -3.5 yil degani Yana bir muhim narsa 10ming soat bu qoida emas, kuzatuv natijasi. Demak, 20 yoshda boshlagan odam 27 yoshida o‘z sohasida tajribali mutaxassis bo‘lishi mumkin. Albatta, kim erta boshlasa — o‘sha yutadi. Mavzuga mos video @HabibjonHomidov

  • видео или голосовое, без подписи

  • Dam olish kunlari uchun 2ta poskast tavsiya. Marketinga aloqadorlar uchun va so'ngi kunlarda ko'rganlarim asosida 1. Nick bilan, Nickni ko'pchilik taniydi. Paid ads qirollaridan. Video Sarlavhasi Meta ads haqida deb yozilgan, lekin Podkastda umumiy marketing haqida juda ko'p insaytlar bor - video link 2. Caleb Ralston bilan podkast. Calebni o'zim uchun yaqinda kashf qildim, Alex Hormozi va Gary Vee bilan ishlagan. Content marketing qiroli desa ham bo'ladi. Bu Podkastda Content marketing haqida ko'p va xo'p gapirilgan. video link Ingliz tilida muammo bo'lsa, NotebookLM'dan foydalaning, yoki video textga aylantirib chatgpt'ga tashlang. @HabibjonHomidov

  • Навал Равикант 25 ёшда бўлсангиз, қаерда яшаб молиявий катта натижа олиш мумкин, деган саволга жавоб берибди.

  • Kutish vaqtidek uzun matn @HabibjonHomidov

  • Avval Polkaga qo'yamiz, keyin Reklama qilamiz Yangi chiqayotgan har xil suv(soda)lar, shirinlik va sneklar asosiy e'tiborini distributsiyadan ko'ra reklamaga berayotgandek ko'rinadi. Men eslayman Delice degan shirinlikni deyarli barcha vaynerlar reklama qilardi, lekin juda kam do'konlarda sotilardi. Hozir ham Korzinka radiosida soda suv reklamasi ketyapti, lekin o'sha ichimlik o'zi korzinkada yo'q. FMCG mahsulotlarida muvaffaqiyat 2ta omilga tayanadi: - Fizik mavjudlik (distribution) - Mental mavjudlik (reklama/xotira). @HabibjonHomidov

  • Oldin Safia haqida yozgan edim, yaqinda esa Oqtepadan ko‘rganlarim haqida. Ehtimol, boshqa joylar haqida ham yozgandirman. Lekin bu postlar shikoyat yoki “kompaniyani tanqid qilish” uchun emas, Ularni marketolog sifatida ko'rganlarim va tahlillarimni ulashish maqsadida yozaman. Har bir vaziyatga mijoz tajribasi va tizim nuqtai nazaridan qarayman. Masalan, Oqtepadagi holatda muammo xodimda emas, KPI tizimida edi. Bu orqali tizim qanday ishlashini tushunishga harakat qilganman. Kuzatuv marketingning bir qismi. Shunday ekan Mijoz tajribasi, Kommunikatsiya, service kabi nuqtalarga ko'proq e'tibor bersam kerak. Linkedinda yozganimda ko'pincha meni injiq mijoz deyishyapti, shunga disclaimer qildim o'zimcha:) @HabibjonHomidov

  • Marketing va Biznesda eng muhim 15ta psixologik tamoyillar 👉 habibjon.notion.site/Odamlarni-Sotib-Olishga-Majbur-Qiluvchi-15ta-Psixologik-Tamoyillar-593927a0a2b24c1c8de925a2a8a7d0ae?pvs=4

  • Marcus Aurelius aytgan Qadriyatlaring haqida boshqalarga aytish emas, unda yashash kerak. Abdukarim Mirzayev bir videosida Kim nima haqida koʻp gapirsa, unda oʻsha narsa yoʻq degan edi. Baʼzida inson oʻzida yoʻq narsani soʻz bilan toʻldirmoqchi boʻladi. Koʻrganlarimdan xulosa. @HabibjonHomidov

  • Kitob sotib ko'ramiz. Pet project boshladim, G'iyosiddin Yusuf aka kitoblarini onlayn sotib ko'ramiz G'iyosiddin aka bolalar uchun va tarbiyaga oid 20ga yaqin kitob yozganlar. Shu kitoblarni bir to'plam(bundle) qilib sotib ko'rmoqchimiz. Nega to'plam qilib, Chunki kitoblarni to'plam holatida sotib olish murakkabroq, kitob do'konlardan yig'ish kerak Ya'ni to'plam qilib sotib olish qiyin masala. Lekin odamlar to'plam sotib olishni xohlashadi deb o'ylayman. O'zim ham shunday. Hozir loyiha uchun reja tuzyapman Umuman olganda hammasi oddiy, boshlash kerak xolos Shunday bo'lsa ham, Pet project bo'lgani uchun o'zimdagi gipotezalarni sinab ko'rmoqchiman. O'xshasa scale qilamiz. Jarayonni kanalda ulashib borishga harakat qilaman @HabibjonHomidov

  • Chatgpt 5 dollarlik tarif chiqaribdi. Bu yangi Go tarifi asosan rivojlanayotgan mamlakatlar uchun. Oʻzbekiston roʻyxatda bor. Plus tarifidan aniq farqlarini aytmagan. Masalan plus tarifidan context window hajmi 32K(thinking model: 128k) token. Go tarigidan qanchaligini aytilmagan. Ish samaradorligini oshirish niyatidagilar uchun bu yaxshi narx. @HabibjonHomidov

  • Oqtepa Lavashda bir necha marta guvohi bo'ldim. Buyurtma tayyor boʻlmasa ham, monitorda tayyor ko'rsatadi. Buning sababi odatda KPI bosimi. Masalan, tizimda “buyurtma 7 daqiqada tayyor bo‘lishi kerak” deb qo‘yilgan. Shunda xodim bu vaqt o‘tishidan oldin “tayyor”ni bosadi, shunchaki KPI buzilmasin deb. Yoki Tizimning o‘zi avtomatik ravishda “tayyor” deb belgilaydi, agar belgilangan daqiqa o‘tgan bo‘lsa. Nima bo‘lganda ham bu yaxshi emas. Kassaning oldida navbatda turgan, buyurtmasini kutib bezovta bo‘layotgan mijozlar xodimlarga qo'shimcha bosim yuklaydi. Bu esa oshxonada xaos holatini keltirib chiqaradi, xodimlar bir-biriga jahl qilishni boshlaydi. buyurtma ham stress ostida tayyorlanadi, sifat ham keyin shunga yarasha bo'ladi. Qarabsizki raqamlarda hammasi ideal, lekin mijoz tajribasi... @HabibjonHomidov

Habibjon Homidov — tgindex