tgindex
MuxammadiDev
@Havaskor_web_dasturchilarузбекский

IT sohasi bo'yicha shaxsiy blog.

Последний пост
25 нояб.
Последнее чтение
14 авг.
Постов за неделю
0
Всего постов
21
Тип
открытый
Язык
узбекский
В каталоге с
14 авг.
Подписчики
199
0 за 2 дн.
Сутки
0
0,00%
Неделя
 
Месяц
 
Просмотров на пост
461
21 постов
Вовлечённость
231,7%
к подписчикам
Постов в день
0,0
всего 21
Упоминаний
0
каналов
Охват размещения
оценка
1/24сутки в ленте
1/48двое суток
1/72трое суток

Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.

Посты

  • #kitob_tavsiya Dasturlashga oid o'zbekcha kitoblar Dasturlashni o'rganish uchun endi chet tilini bilish shart emas. Sababi allaqachon bu mavzuda o'zbek tilida sifatli tarjima kitoblar va manbalar mavjud. Quyida o'zim bilgan shunday manbalardan ayrimlarini keltirib o'tdim: 1. JavaScript The Definitive Guide, muallif: David Flanagan 2. Fluent React, muallif: Tejas Kumar 3. Grokking Algorithms, muallif: Aditya Y. Bhargava 4. Pythonda Dasturlash Asoslari, muallif: Anvar Narzullaev Siz yana qanday manbalarni bilasiz? Foydali bo'ladi degan umiddaman. @Havaskor_web_dasturchilar

  • 12 нояб.47552из umar_shares

    Inflyatsiyaga eng bardoshli boylik bu — bilim. #thoughts @umar_shares

  • 8 окт. 2025 г.47465из UmarSadullayev

    Self-study qilayotganlarga tavsiyalar 1. Aniq maqsad va sanalar bilan o'qing. "JavaScript'ni o'rganishim kerak" emas, "JavaScript'ni 2 oy davomida intensiv o'rganaman, o'rganadigan mavzularni haftalarga ajratib olaman. So'ng, 1 oy falon-falon loyihalarni JS'ni o'zida quraman" deyish kerak. 2. Bir texnologiyani o'rtasiga kelib, tashlab ketmang. Chunki, eng qiyinini allaqachon qilib bo'ldingiz. Buyog'i oson. 3. Nazariya bilan cheklanmang. Amalda sinab ko'ring. 4. O'rganganlaringizni daftarga yozib yuring. Juda eringanda Notion'ga. So'ng har kun va hafta oxirida bir qator ko'z yugurtirib chiqing. 6. Kam-kamdan davomiy bo'ling. Bir o'tirganda 6-7 soat emas, 1-2 soatdan bo'lib-bo'lib, dam olib o'rganing. 7. Buni self-study qilayotgan tanishlaringizga jo'nating ✈️ #tavsiya #selfStudy @JoshDeveloper

  • 15 сент. 2025 г.39838из Otabek_Kholmirzaev

    Texnik intervyular → QIYIN. 5 xil intervyu turi uchun → 5 ta bepul resurs: → Coding Interview: 1. Coding Interview University 2. Grind 75 Practice Questions 3. Awesome Leetcode Resources 4. Neetcode App and Youtube 5. The Tech Interview Handbook → System Design Interview: 6. Awesome System Design Resources 7. System Design 101 (76k stars) 8. System Design Basics Playlist on Youtube 9. System Design Github Repo (by Neo Kim) 10. The System Design Roadmap (by roadmap.sh) → Object Oriented Design Interview: 11. Awesome Design Patterns (44k stars) 12. Design Patterns with Visuals 13. Awesome Low-Level Design 14. Design Patterns Youtube Playlist 15. System Design Primer (259k stars) → Frontend Interview: 16. The Front-End Interview Handbook (by Yangshun Tay) 17. Javascript Visualized Series 18. BigFrontend for Practice Questions by Companies 19. Front-End Developer Interview Questions (61k stars) 20. Great Frontend to Plan and Practice (aff.) → Behavioral Interview: 21. Awesome Behavioral Interviews 22. The Behavioral Interview Youtube Playlist 23. The STAR methodology 24. Behavioral Questions with Example Answers 25. Interview Questions by Company Muallif: Alexandre Zajac → @Otabek_Kholmirzaev

  • без подписи

  • Nima bu 😂🤦‍♂ Ilmga tag'ibot qilishning yangi usulimi?

  • No comment! Maslahat: Vaqtingizni tekin yoki arzon narsalar ortidan quvishga emas, sizga haqiqiy qiymat keltiradigan resurslar uchun sarflang. @Havaskor_web_dasturchilar

  • 30 авг. 2025 г.33396из shahriyor_dev

    "Grokking Algorithms" kitobini o'zbek tiliga tarjima qilishipti Manimcha juda foydali bo'ladi link

  • без подписи

  • без подписи

  • "Fluent React" kitobi tarjimasidan keyin, Webiston jamoasi navbatdagi katta loyihani taqdim etadi: Devid Flanagan qalamiga mansub, klassik asar — "JavaScript: The Definitive Guide, 7th Edition"'ning o‘zbek tilidagi tarjimasi. Loyiha O'Reilly Media nashriyotining rasmiy ruxsati bilan amalga oshirilmoqda. Hozirda kitobning dastlabki 4 ta bobi platformamizda o‘qish uchun mavjud. Qolgan qismlari bosqichma-bosqich qo‘shib boriladi. Bu o‘zbek IT hamjamiyati uchun muhim manba bo‘lishiga ishonamiz. 🔗 Havola: webiston.uz/books/javascript-definitive-guide #JavaScript #Uzbekistan #Dasturlash #Webiston

  • Pattern nima? Pattern — bu best practice (eng yaxshi amaliyot) bo‘lib, u sizga murakkab muammolarni osonroq hal qilish imkonini beradi. Masalan, frontendda kodni tartibli, qayta ishlatiladigan va boshqariladigan qilish uchun patternlardan foydalanamiz. 👉 Patternlar quyidagi vaziyatlarda ishlatiladi: • Kod juda takrorlanib ketayotgan bo‘lsa (DRY prinsipiga zid bo‘lsa). • Komponentlar ortiqcha murakkablashib ketsa. • Loyihada kattalashadigan (scalable) arxitekturaga ehtiyoj bo‘lsa. • State management, props passing, yoki component reusability bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lsa. ⚛️ React ekotizimida ishlatiladigan mashhur patternlar: 1. Container & Presentational Pattern 2. Higher-Order Components (HOC) 3. Render Props Pattern 4. Compound Components 5. Custom Hooks 6. Context API Pattern 7. Controlled vs Uncontrolled Components 8. Provider Pattern (Context bilan ishlashda) 9. State Reducer Pattern 10. Observer Pattern (ko‘pincha state management kutubxonalarida ishlatiladi, masalan, Redux/MobX). ✅ Xulosa: Patternlar — bu loyihalarini tartibli, qayta ishlatiladigan va boshqariladigan qilishga yordam beradigan eng yaxshi amaliyotlardir. @Havaskor_web_dasturchilar

  • Haqiqat! (shaxsiy tajribamdan) Dasturchi dashturlash bilan shug'ullanmayotgan bo'lsa, u bekor o'tiribdi deb o'ylamang. U bu vaqtda DEADLINE ni o'ylab siqilayotgan bo'ladi 😄. @Havaskor_web_dasturchilar

  • 👨‍💻 Dasturiy ta'minotning 5 qatlami 1. UI qatlami (Foydalanuvchi interfeysi). Bu qatlam foydalanuvchi uchun mo'ljallangan qism bo'lib, foydalanuvchi aynan shu qatlam orqali dastur bilan muloqot qiladi. Asosiy texnologiyalar: • HTML – Sahifaga matn, rasm va button(tugma)lar kabi tarkibiy qismlarni joylashtiradi. • CSS – Sayt ko‘rinishini (rang, shrift, joylashuv) sozlaydi. • JavaScript – Sahifaga interaktivlik (tugma bosilishi, menyular ochilishi) qo‘shadi. • Tailwind CSS – Tez va moslashuvchan dizayn yaratish uchun CSS fremvorki. • ReactJS – Murakkab interfeyslarni yaratishga yordam beradigan JavaScript kutubxonasi. 2. API qatlami (Dasturiy interfeys). Dastur qismlarining o‘zaro qanday aloqa qilishini belgilaydigan qatlam bo'lib, foydalanuvchi qismi (frontend) va server qismi (backend) o‘rtasidagi “ko‘prik” vazifasini bajaradi. Asosiy texnologiyalar: • REST – Veb dasturlar uchun oddiy va keng tarqalgan muloqot usuli. • GraphQL – Foydalanuvchining aniq so‘rovlariga mos keladigan natija beruvchi interfeys. • gRPC – Yuqori samaradorlikka ega interfeyslar uchun yechim. • SOAP – Tuzilgan ma'lumotlar bilan ishlashga mo‘ljallangan protokol. • WebSocket – Foydalanuvchi va server o‘rtasida real vaqt rejimida uzluksiz aloqa o‘rnatadi. 3. Mantiqiy qatlam (Business logic). Dastur qanday ishlashi, qoidalari va funksiyalarini boshqaradi. Bu qatlam foydalanuvchining amallarini tahlil qilib, tegishli javoblarni tayyorlaydi. Asosiy texnologiyalar: • Python – Oddiy va kuchli backend dasturlash tili. • Java – Katta va murakkab tizimlar uchun mos dasturlash tili. • Spring – Java asosidagi veb dasturlarni yozish uchun platforma. • C# – Ko‘p hollarda Windows dasturlarida ishlatiladigan til. • Node – JavaScriptni brauzerdan tashqarida, ya'ni serverda ishlatish imkonini beradigan platforma bo'lib, backend qismini qurish uchun tez, yengil va samarali hisoblanadi. 4. Ma'lumotlar bazasi qatlami. Dasturdagi ma’lumotlarni saqlash va kerak bo‘lganda olishni ta'minlaydi. Foydalanuvchi yoki dastur kiritgan barcha ma’lumotlar aynan shu qismda saqlanadi. Asosiy texnologiyalar: • MySQL – Ochiq manbali va keng tarqalgan ma’lumotlar bazasi. • PostgreSQL – Keng imkoniyatlarga ega va mustahkam ochiq manbali tizim. • MongoDB – Tuzilgan ma’lumotlar o‘rniga hujjat ko‘rinishida saqlovchi NoSQL tizimi. • SQLite – Engil va kompyuter ichida ishlaydigan ma’lumotlar bazasi. • CouchDB – JSON formatidagi hujjatlarda ma’lumotlarni saqlovchi NoSQL tizimi. 5. Xosting qatlami (Infratuzilma). Dastur qanday muhitda ishlashini ta'minlaydi. Bu qatlam kompyuterlar, serverlar yoki bulut xizmatlari orqali dasturni ishga tushirishni boshqaradi. Asosiy texnologiyalar: • AWS (Amazon Web Services) – Keng imkoniyatli bulut xizmati. • Azure – Microsoft tomonidan taqdim etilgan bulut platformasi. • Google Cloud – Google kompaniyasining bulut infratuzilmasi. • Docker – Dasturlarni konteynerlar orqali izolyatsiya qilib ishga tushirish vositasi. • Kubernetes – Bir nechta konteynerlarni boshqarish va avtomatlashtirish uchun platforma. @Havaskor_web_dasturchilar

  • Kimlar o‘zini “Software Engineer” deya oladi? Quyidagi mezonlarga mos kelsang, o‘zingni bemalol “Software Engineer” deb tanishtirishing mumkin: 1. Algoritmlar va data structure bo‘yicha yetarlicha bilimga ega bo'lsang. 2. Tizimlar qanday ishlashini (kompyuter arxitekturasi, tarmoqlar, OS) yaxshi tushunsang. 3. Kodingda muhandislik yondashuvi (testlar, dizayn patternlar, arxitektura yondashuvi, modullik, DRY, SOLID prinsiplar) mavjud bo'lsa. 4. Katta yoki kompleks tizimlarni ishlab chiqqan, scalable arxitekturalarni loyihalagan bo‘lsang. 5. CI/CD, containerization (Docker), testing, monitoring va boshqa zamonaviy metodlarni ishlatgan bo‘lsang. !Eslatma (avvalo o'zimga): “Software Engineer” bu oddiy daraja, kibrlanish uchun asos emas! @Havaskor_web_dasturchilar

  • #bitiruv #faxr #xotira #kunfotosi Yana bir bitiruv, yana bir iliq xotira, yana bir bor his qilingan faxr! Bugun "Node+React.js" fullstack bootcamp yo'nalishi bo'yicha yana bir guruhimiz kursni muvaffaqqiyatli yakunlab, katta hayot va katta "raqobat" maydoni sari yo'l olishdi. Bu guruh haqida qisqacha maqtasak yo'g'e gapiradigan bo'lsak, o'quvchilarning ustozlarga bo'lgan hurmati, mehnatsevarligi va ilmga bo'lgan chanqoqligini alohida e'tirof etish joiz bo'ladi. Aynan shu omillar sabab kurs bitiruvchilarining aksariyat qismi bugun o'z ish o'rinlariga yoki amaliyot joylariga ega. Ular orasida Payme, Ustoz AI kabi mashhur proyektlarda faoliyat olib borayotgan yoki olib borgan o'quvchilarimizning borligi albatta odamda ulkan faxr tuyg'usini uyg'otadi Shu fursatdan foydalanib barcha bitiruvchi o'quvchilarimizni chin qalbimdan tabriklab, kelajakda o'rganishdan, hard va soft skill tomonlama doimiy rivojlanishdan to'xtamasliklarini tilab qolaman. Hurmat bilan: @Havaskor_web_dasturchilar

  • https://cajmtcs.centralasianstudies.org/index.php/CAJMTCS/article/view/778 Ilk marta xalqaro jurnalda maqolam e'lon qilindi.

  • Nihoyaaaaaaat 👏👏👏 Salom jahon chempionati, bizni kutib ol. Barchani tabriklayman ✊✊

  • #ozimga_ogit Minnatdor bo'lgin, minnat qiluvchi emas!

  • #ota_onangizni_qadrlang Video oxirida ko'z yoshlarimni tiya olmadim. Sizga ham ilingim keldi. Xulosa o'zingizdan 😢