Hodiyev’s blog
Статистика☝️Kanalga obuna bo’lishning kichik sharti bor: FAQAT MANTIQQA TAYANING. ☕️Bir piyola choy ustida: @Hodiyev Facebook: https://fb.com/hodiyev Twitter: https://twitter.com/hodiyeev Instagram: Alisher_hodiyev
- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 13 авг.
- Постов за неделю
- 2
- Всего постов
- 23
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- Категория
- Образование (по похожим)
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 131
- 1/48двое суток
- 150
- 1/72трое суток
- 161
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
Dasturlash bo'yicha turli loyihalarda o'zimni sinab ko'ryapman va kutganimdan yaxshi natijalar ola boshladim. Nega bu sohaga bunaqa kirib qoldi deysizmi? Menga qiziq, doim yangi g'oya qilish, yangilik qilish, texnologik ustunliklardan foydalanish menga qiziq bo'lib kelgan, shu ishni qancha qilsam ham charchamayman. Jamoam ham bor. Endi o'z atrofimizdan, ustoz, repetitorlardan g'oyalarini amalga oshirish va ularga imkoniyatlar haqida gapirishimiz mumkin. Bemalol bizga loyihangizni ishonishingiz mumkin. Ustozlarga interactive slayd prezintatsiyalar ham tayyorlab bera olamiz. @HodiDeV nomli telegram kanalcha ham ochgandim😊, shu yo'nalishda ham ishimni davom ettirishni qaror qildim. Albatta, meni men qilgan repetitorlik va markaz boshqaruvi sohasi yetakchi. Jamoaga menga ishonganingiz kabi ishonishingiz mumkin. Hozircha buyurtmalarni o'zim qabul qilaman. Dasturlash va texnologiyaga lop etib birdan kirib qolgan emasman, meni yaqindan taniydiganlar yaxshi bilishadi sohadagi qiziqishim va darajamni. Mustaqim ismli bir o'rtog'imning gapi esimdan chiqmaydi: "Alisherga Nokia 1202 telefonini bersang, shunga ham whatsapp ochib beradi" Texnik jihatdan 1202 da faqat iloncha o'yinini o'ynash mumkin, xolos.😃 @Hodiyev o'zimning profilimga yozing. Ushbu post orqali kelgan birinchi mijozimizga 50% chegirma beramiz. Loyihalar esa @HodiDev kanalida beriladi. Jamoada men va dasturchilikni anchadan beri biladigan bir nechta loyihalarimizda qo'li bor Zafarbek do'stimiz ham qatnashadi.
https://www.instagram.com/channel/AbaFY4w6-aCBvGoc/ Bizni instagramda kuzatadiganlar bormi?
Insonlar nonko’r, o’zgaruvchan, ichi qora va manfaatparastdir. Ularga yordam berar ekansan, albatta, yoningda turishadi. Chunki ko’pchilik senga emas, sendan keladigan foydaga qaraydi va har doim manfaatlar mos kelguncha sadoqatdan gapirishadi. Sharoit o’zgarganda esa fikrlari ham o’zgaradi, ya’ni insonlarni faqatgina yaxshi kunlarda emas, sendan bir foyda ololmaganda yaxshi taniysan. Chunki manfaat tugagan joyda asl qiyofa o’rtaga chiqadi. —Makiyavelli
Shu telegramda muntazam post yozolmaydigan bo’libman, ilgarilari muntazam bo’lardi, bu nimadan bo’lishi mumkin? Fikrlar ko’p, lekin nimagadir yozishga yo vaqt, yo xohish bo’lmaydi.
Zamon rivojlanib, har soha vakillari instagramda o'z faoliyatini ko'rsatishga majbur bo'ldi, siz ijtimoiy tarmoq(instagram, youtube, telegram, tiktok...)da o'zingizning sohangiz, qo'lingizdan nima kelishini ko'rsata olmasangiz, sizga ishonishmaydi yoki bilishmaydi. Ishonch esa bugungi kunda juda arzon qo'lga kiritilyapti. Aslida-ku sizning qo'lingizdan nima kelishi, kasbiy faoliyatingizni birov bilib, keyin xulosa qilgan holda sizni tanlashi bu yaxshi jarayon. LEKIN ko'plar odamlarning ishonchini suiiste'lmol qilgan holda o'zining faoliyati yoki mahsulotini imkoniyat va sifat darajasidan yuqori(bo'rttirib) ko'rsatishi, odamlarga go'yoki "yaxshi narsadan quriq qolyapsan" degan taassurotni uyg'otish uchun harakat qilinishi oddiy holga aylanib qoldi. Xalqimizning ko'pchilik qismi esa hali infofeyklarni ajratish darajasida emas, ishonchi to'kiladi, bu esa haqiqatan ham sifatli bo'lgan xizmat yoki tovarga ham ishonchni yo'qolishiga olib kelishi mumkin. Go'yoki kamtarlik qilgan inson bugungi kunda biznes rivoji uchun manmandan ko'ra kamroq omadga yo'liqmoqda. Bozorga o'xshaydi asli bu dunyo, Bozorga o'xshaydi bunda ham ma'ni. Ikkisi ichra ham ko'rmadim aslo, Molim yomon degan biror kimsani. (Abdulla Oripov) Bir muhim haqiqat. Bunda shu sohada ishi yurishib ketayotganlarning aybi yo'q. Talab qanday bo'lsa, taklif shunday bo'ladi. Siz aldanishni xohlasangiz, sizni aldashadi. Siz quriq gapga, telegramdagi 4 ta so'zga ishonsangiz, sizni quriq gap bilan ishontirishadi. @Hodiyef
Olg’a. O’zbekiston! Faqat g’alaba.
Neyrotarmoqlar va TikTok yoshlarning miyasini g‘alvir qilib tashladi — aksariyat zumerlar normal O‘QISH va YOZISHNI bilmaydi! Yuqori sinf o‘quvchilari va talabalarning o‘qish bo‘yicha ko‘rsatkichlari 1992-yilda monitoring boshlanganidan beri eng past darajaga tushib ketdi. Hatto smartfonning stolda shunchaki turishi ham (yoqilgan yoki o‘chirilgan bo‘lishidan qat’i nazar) o‘quvchilarning kognitiv qobiliyatlarini keskin pasaytirib yubormoqda. Professorlar bong urmoqda: yoshlar hatto 20 sahifalik matnni ham o‘qiy olmayapti — ular tinmay matn mazmunini yo‘qotib qo‘yishmoqda va ma’nosini tushunishmayapti. @nanouzbek
Yaxshiman deyishga bormaydi tilim, Bilmasdan aytsam ham, chiqar qarshilar. Bu yo’l majburlikdan tanlagan yo’lim, Meni yomon qildi mendan yaxshilar. Minnatdan dasturxon tuzab qo’yishar, Hech kimdek ko’rishib bag’rim o’yishar. Qanday o’zlariga chidab yurishar, Meni yomon qildi o’sha yaxshilar.
Qimmatbaho atirni axlatga sepsangiz, axlatning qadri oshib qolmaydi. Faqat atringiz isrof bo’ladi.
Farosat ajoyib narsa: bor bo’lsa, egasiga qiyin, yo’q bo’lsa - boshqalarga.
@Oliygohabtbot Bu loyihani o'zim qildim, yana qanaqa loyihalar bo'lishini xohlaysiz?
Qisqasi, istalgan turdagi telegram bot, telegram mini app, web sayt yaratish va unga AI ni integratsiya qilish kerak bo’lsa, yozaverasizlar😎.
Hech qanaqa chet el emas, o’zimizning Shofirkonga ketaverish yo’l.
Otabek Muhammadzohidga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq artisti” unvoni berilibdi. Loyiq inson! Xurshid Rasulovga ham berish kerak.
Otabek Muhammadzohidga “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq artisti” unvoni berilibdi. Loyiq inson! Xurshid Rasulovga ham berish kerak.
Barchangizni ulug‘ ayyom — Qurbon hayiti bilan chin qalbdan muborakbod etaman! Ushbu tabarruk kunda qalbimizdagi ezgu niyatlarimiz ijobat bo‘lsin. Olloh taolo qilayotgan barcha xayrli amallaringiz, qurbonliklaringiz va duolaringizni dargohida qabul qilsin. Xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik, rizq-u baraka, qalbingizga esa o‘zgacha bir nur va xotirjamlik tilayman. Hayit ayyomingiz muborak bo‘lsin!
без подписи
Shu reklama bannerida yozilgan yozuvlar deb muhokamalarga sabab bo’layotgan ekanmiz. Bannerdagi yozuv Toshkent shahrida ko’rib qolganim va mani e’tiborimni tortgani uchun o’zimizga moslashtirishga harakat qilgandim. (1-surat bizning markaz, 2-surat Toshkentdagi) Kimdir ilm ahliga to’g’ri kelmasligini aytdi, kimdir maqtanyapti dedi, yana kimdir to’g’ri qilgan dedi. Man o’zim ham qo’yishdan oldin o’ylaganman, bachkanalashib qolmaydimi? Birovning g’ashini keltirmaydimi? Axir bizdan zo’rlar ko’p bo’lsa, kazo-kazolarni o’qitish maqtanadigan narsami? Kabi. Lekin shunchaki tarix, huquq, ona tili va adabiyot, matematika, ingliz tili, rus tili kabi fanlar o’qitiladi, deb yozgim ham kelmadi. Axir shoirlar ham yorini yoki uning ishqida o’rtanayotgan o’zini ta’riflaganda mubolag’a qilishmaydimi? oddiy so’zlardan foydalansa, kimdir ularning yozganiga e’tibor qaratadimi? Deb o’yladim-da yozishga qaror qildim. Rus tilida shunaqa ibora bor: «Чёрный пиар — тоже пиар». Muhokamalarga sabab bo’layotgan ekanmizmi, e’tibor qaratilibmiz. Albatta, bu oxirigacha shunaqa ketamiz degani ham emas. Endi ikki og’iz so’zga kelsak, bizning kursimizga kelgan, daraja qilgan va o’qiyotgan o’quvchilarning yoki ularga dars berayotgan ustozlarning bilimini olib qo’ymasa kerak shu so’zlar. Bitta bog’iga chiqib ko’chat ekmagan inson o’tirib negativ yozishdan avval o’ziga boqsin.
Aytilgan ishning hech qanday oldindan sababi ayilmagan holda vaqtida qilinmasligi yoki umuman bajarilmasligi manga mutlaqo yoqmaydi. Agar siz shunaqa inson bo’lsangiz, bu narsa odamlarning sizga bo’lgan ishonchini susaytiradi, hurmatni pasaytiradi. Xafa bo’lmang, kelajakda sizdan bu odat bilan jiddiy inson chiqmaydi. Atrofingizga o’zingizga o’xshaganlar yig’iladi.
Nima qilib yuribsan deydiganlarga javobim shu. Har safar faolroq bo’lishga harakat qilaman, lekin oldindan muhim ishlar chiqadi, toliqqan holda post joylash esa samimiy chiqmaydi. Orada sukut qilib turganam yaxshi. Video fonidagi musiqa instagram kanalimizda yuklanganida bor. Instagramda ham HodiyevEdu deb izlasangiz, chiqadi.