- Последний пост
- 13 авг.
- Последнее чтение
- 14 авг.
- Постов за неделю
- 1
- Всего постов
- 28
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 14 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 29
- 1/48двое суток
- 33
- 1/72трое суток
- 35
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilinishi kutilmoqda ✅ 2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. 📌 Tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin. 1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali: my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda. 2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali: mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda. 3️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali: Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. https://t.me/Huquq_OLIGARX
❓Mandat qachon chiqadi⁉️ ✅ JAVOB: Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani to‘g‘risidagi yakuniy tanlov natijalari ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangach, ya'ni 8-avgustdan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. 📌 2025-YIL: — ikkinchi bosqich: 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida boʻlib oʻtgan va mandat 13-avgust e'lon qilingan edi‼️ 📌 2026-YIL: — ikkinchi bosqich: 25-iyuldan 8-avgustga qadar 15 kun davomida boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi va qoida boʻyicha YAKUNIY MANDAT 15-avgustgacha e’lon qilinishi kerak‼️ https://t.me/Huquq_OLIGARX
https://t.me/Huquq_OLIGARX
✅Bugun yoʻnalish tanlashning oxirgi kuni. 23:59 gacha tanlashingiz mumkin. Siz ham tanlab boʻldizmi⁉️ https://t.me/Huquq_OLIGARX
❗️KVOTA-2026 📚 BAKALAVR: ➖ KUNDUZGI — 155 ming 852 ta; ➖ KECHKI — 28 ming 942 ta; ➖ MASOFAVIY — 20 ming 810 ta; 🔰IMTIYOZLI KVOTALAR: ➖ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning farzandlari uchun (3 ming 656); ➖ Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (4 ming); ➖ 5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (2 ming 500); ➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (4 ming 112); ➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (2 ming 56); ➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun (10 ming 280); ➖ Harbiylarning farzandlari uchun (1 ming 828); ➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (731); ➖ IIO organlari xodimlari farzandlari uchun (1 ming 828). ➖ O’rmonchilar va ularning farzandlari uchun (35); ➖ Xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun (30); https://t.me/Huquq_OLIGARX
Endilikda talaba yotoqxonaga joylashgach, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish uchun alohida hujjat yig‘ib, boshqa idoralarga murojaat qilishi shart emas. Buning uchun my.gov.uz portalidagi “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” (https://my.gov.uz/uz/service/get/870) xizmati orqali murojaat qilish kerak. Ariza ma’qullangach, elektron shartnoma va yo‘llanma taqdim etiladi. To‘lov amalga oshirilgandan so‘ng esa turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olingani haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. ℹ️ Eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. https://t.me/Huquq_OLIGARX
❗️Magistraturaga qabul yakunlandi.Talabgorlar tomonidan jami 64 ming 365 ta ariza kelib tushdi. ☑️ Bakalavr bosqichi test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar uchun oliygohlar va ta’lim yo’nalishlarini tanlash davom etmoqda. Jarayon 8-avgustga qadar davom etadi. Qabul jarayoniga oid barcha muddatlar haqida ma’lumot bu yerda; 2️⃣ Ikkinchi mutaxassislikka qabul davom etmoqda. Hozirgacha 17 ming 896 ta ariza kelib tushgan. Qabul 10-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi; 🔄 O‘qishni ko‘chirish va tiklash bo‘yicha arizalar qabul qilish 5-avgustgacha edi https://t.me/Huquq_OLIGARX
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi (HMQA) bakalavriatining “Tergov faoliyati” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlov natijalari. 👇👇👇 https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=3088 https://t.me/Huquq_OLIGARX
Huquqdan jami 21973 ta abituriyent topshirgan. Shundan: 📈 189 va undan yuqori ball: 22 ta 📉 56.7 dan past ball: 3657 ta https://t.me/Huquq_OLIGARX
Ha aytgancha Huquqdan bu yil (2026) 189 ball + undan yuqori ball olganlar imtiyozchilarni ham qo'shib hisoblaganda atiga 22 ta ekan, eng shov-shuvli 2024-yilda ham 189 ball olganlar 57 ta edi. Endi o'zingiz o'ylab ko'ravering bu yil savollar qanchalik DAXSHATLI tushganini https://t.me/Huquq_OLIGARX
Ishlam kallamay qoldi⁉️👀 Tarix ingliz tili yo'nalishida 189 ball olganlar 1343 ta ekan. Ularni ko'pchiligi TDYU -davlat boshqaruvi va Milliy Universitet siyosatshunoslikni tanlasa kerak Biologiy-kimyo yo'nalishidan 189 ball olganlar 1524 ekan. Ularni 90%i menimcha ToshMI ni tanlasa kerak. Endi savol: Davlat boshqaruviga 31 (+14 rus) kvota, Milliy Univ siyosatshunoslikka 50 ta kvota ToshMI jami 390 ta kvota ajratgan bo'lsa 😁 qanchasi GRANT bo'larkan, chunki har yo'nalishdan deyarli 1500 ta abituriyentda 189 ball bor😂 Ps: Mana sanga o'sha kayf😜 https://t.me/Huquq_OLIGARX
Olgan balingingizga ko'ra Respublikadagi o'rningizni ko'rishingiz mumkin https://t.me/Huquq_OLIGARX
Huquqshunoslik fanidan test savollari bo‘yicha Yurisprudensiya yo‘nalishlari uchun asosiy fan tarixdan huquqshunoslik faniga o‘zgartirilgandan keyin savollar saviyasi, darajasi va sifati bo‘yicha e’tirozlar tinmayapti. Dastlabki yillarda bunday e’tirozlar bo‘lmadi, chunki boshida savol tuzish uchun manba va ma’lumot ko‘p edi. Ammo 2 yildan keyin darsliklardagi deyarli barcha ma’lumotlarni savolga aylantirib bo‘lishdi va buyog‘iga nima qilishni bilmay qolishdi. Eski savollarni takrorlamasdan yangi sifatli savol tuzishga ekspertlarning aqli yetmayapti, natijada o‘ta kulgili va yurisprudensiya sohasi uchun ahmoqona savollar yaratilyapti. Huquqshunoslik fanidan sifatli savol tuzuvchi ekspertlar maktabi shakllanmasdan, shoshmashosharlik bilan o‘zgarish qilingani sezilib qoldi. Chunki boshqa fanlardan savollar sifati bo‘yicha deyarli hech qanaqa e’tiroz eshitmaymiz, eng katta muammo aynan huquqshunoslik fanida bo‘lmoqda. Yodingizda bo‘lsa, avvalgi yillarda kodekslardagi sanksiyalardan (jazo chorasi) savol tuzishgani va bu aqlga sig‘maydigan darajada katta xato ekanligi haqida bir necha marta yozgandim. Bunaqa savol tuzganlarni testga mutlaqo yaqinlashtirmaslik kerakligini ham so‘ragandim. 2026-yilgi test sinovlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda yana bir bor huquqshunoslik fani savollarining sifatsizligi masalasi keng muhokama qilinmoqda. Huquq fani o‘qituvchilari, advokatlar va boshqa huquqshunoslar ham bu haqida ko‘p bora yozishdi. Bunday sifatsiz savollar bilan yosh o‘quvchilarning huquq fanidan bilimlarini sinash imkonsizligi, berilgan savollarni hatto tajribali yuristlar ham bilmasligi va bilishga majbur ham emasligi haqida yozishmoqda. Bu savollar, rahmatli ustoz Omonulla Madayev tili bilan aytganda, 15-20 yillar oldingi "farzandi yo‘q insonlar tomonidan tuzilgan” savollarga o‘xshaydi. Fikrlashga, huquqni tushunishga emas, asosan yodlashga va xotiraga qaratilgan. Yaqinda bir rasmiy tadbirda oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va adliya vaziri Akbar Toshqulovni bir joyda ko‘rib qoldim va fursatdan foydalanib, ushbu masalani chuqurroq o‘rganishni ulardan qayta iltimos qildim. Biri oliy ta’limga kirish imtihonlari uchun bevosita mas’ul inson, ikkinchisi bo‘lajak yuristlar uchun eng katta ish beruvchilardan va huquqiy ta’lim sohasining rivoji uchun mas’ul shaxs. Vazirlarimiz e’tirozlardan xabari borligini va bu masala jiddiyligini aytib, albatta holatni batafsil o‘rganib chiqib, tegishli choralar ko‘rilishiga va’da berishdi. Kutamiz va yaxshi o‘zgarishlarga umid qilamiz. Joriy yilgi testlar tugab bo‘ldi, endi nimanidir qayta o‘zgartirish imkonsiz. Ammo hech bo‘lmasa, kelgusi yillarda yana shunaqa holat bo‘lmasligi uchun harakat qilishimiz kerak. 👉 @xushnudbek 👈
2024-yil kirish ballari, 2025-yil kirish ballari va kvotalar soni 2026-yil kvotalar soni (o'zbek guruhi) Barchasi bitta rasmda https://t.me/Huquq_OLIGARX
❗️Tuzatish va to’ldirish: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 30-iyundagi 403-sonli qarori 3-“v”-bandiga ko’ra, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining oʻqishini koʻchirib oʻtkazish (mahalliy va xorijiy) davlat oliy taʼlim tashkilotlari uchun belgilangan talablar asosida amalga oshiriladi. Shu sababli joriy yildan quyidagi hollarda “perevod” tartibi o’zgargan: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — xuddi davlatdan davlatga bo’lgani kabi 2 ta sabab so’ralmoqda (turmushga chiqish yoki ota-onasining ish joyi o’zgarishi). ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni orqali o’qishni ko’chirish mumkin bo’ladi. *** Garchi bu ayni kunlarda talab qilinayotgan yangi qoida bo’lgani bilan amaliyotda kutilmagan jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Sababi davlat yoki nodavlat oliygohidan boshqa nodavlat oliygohga o’tkazishda qanaqadir ommaviy o’yinlar yoxud qing’irliklar kuzatilmaydi. Bu asosan kontrakt narxining qimmatligi, sharoit yomonligi, o’qish jarayonlarining sifatsizligi yoki aksincha talab qattiqligi (qiyinligi) bilan bog’liq bo’ladi. Bunaqa holatlarda talabalarning erkini cheklash noto’g’ri, menimcha. Ayni shu sabablar tufayli hozirda mazkur tartibga o’zgarish tayyorlanmoqda ekan. Tegishli mas’ullar bilan bu haqda gaplashdim, ular tez orada tartib yengillashtirilishi kutilayotganini ma’lum qilishdi. Kutilayotgan yengilliklar nimadan iborat bo’ladi: ➖Davlat oliygohdan nodavlatga — bunda mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda davlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Nodavlat oliygohdan nodavlatga — bunda ham mustaqillik beriladi va nodavlat oliygohlar qaysi hollarda boshqa nodavlat oliygohida o’qiyotgan talabani o’ziga qabul qilishi mumkinligini o’zi belgilaydi; ➖Xorijdan nodavlat oliygohga — xuddi xorijdan davlat oliygohiga bo’lgani kabi test imtihoni saqlanib qoladi, ammo o’tish bali aynan davlatniki bilan bir xil bo’lmaydi. Yo’nalishlar kesimida o’tish ballarini nodavlat oliygohlarning o’zi belgilaydi, faqat asosiy sharti 56,7 balldan kam bo’lmasligi kerak. 👉 @xushnudbek 👈
🔄 “Perevod” qilish tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish #perevod Tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyundagi PQ-279-son Prezident qarori. 1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi: 1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa; 2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida). ❌ Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham shu qoida ishlaydi. Masalan, SamDU talabasi Samarqand tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham, Toshkent tibbiyot universitetiga ko’chiraman desa ham shu 2 ta sabab kerak. 2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33089 ‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti” degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi. 3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan: 1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2026-yilgi o’tish ballari bu yerda: https://t.me/xushnudbek/33059 2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi; 3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab, imtihonsiz ko‘chirishi mumkin. t.me/xushnudbek/24579 2026-yilgi turdosh yo’nalishlar: https://t.me/xushnudbek/33089 4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni davlat hozircha nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlar o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring. 5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish Buni ham davlat hozircha nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak. 7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi. Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin. 8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, kechki, sirtqi yoki masofaviydan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan ko’chirish odatda muammosiz hal bo’ladigan masala. 🆕 Joriy yilda o’qishni ko’chirishda yangi tartib amal qiladi, ya’ni endi imtihonida sertifikatlar ham inobatga olinadi. *** Arizalar quyidagicha qabul qilinadi: ➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir davlat oliygohidan boshqa davlat oliygohiga yoki bir oliygoh ichida; ➡️ my.uzbmb.uz/service/41 — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliygohlariga. ☝️Arizalar 15-iyuldan 5-avgustgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 👉 @xushnudbek 👈
Keyingi yildan TDYUning barcha fakultetlariga IQ va B2 talab etiladigan bo'ladi. https://t.me/Huquq_OLIGARX
✅Yo’nalish tanlash 25-iyuldan boshlanadi. Test sinovi topshirgan abituriyentlar to‘plagan ballari asosida 25-iyuldan 8-avgustga qadar (shu kuni ham) 2-bosqich tanlovda ishtirok etadi. Bunda ta’lim muassasalari, yo‘nalishlari, ustuvorliklari va shakllari tanlanadi. ‼️Yakuniy natija esa 2-bosqich tanlov muddati tugagandan keyin bir hafta ichida e’lon qilinadi. https://t.me/Huquq_OLIGARX
@huquq_sertifikat Huquqshunoslik bo'yicha milliy sertifikatlar masalasida ba'zi #insayd lar to'pladim. Sizlarga ham ulashaman: 1. Ushbu sertifikatga RASH moduli qo'llanmasligi kutilmoqda; 2. Ushbu sertifikat uchun barcha yangi darslik o'quv dasturlari tavsiya etilishi kutilmoqda; 3. Ushbu sertifikatlar boshqa sertifikatlardan farqli ravishda kompyuter yordamida topshiriladigan bo'lishi kutilmoqda (topshiruvchilar soniga qarab o'zgarishi mumkin) Qolganini yana aytaman. Spetsifikatsiya va tavsiya hujjatlarini ham keyin tashlab beraman. @legalzoneuz
⚡️KVOTA-2026 #abituriyent ✅ Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun qo‘shimcha 5 foizli davlat granti asosidagi kvota taqsimoti Jami: 1 ming 828 ta (davlat granti asosida) ❗️ESLATMA: mazkur imtiyozli kvota faqat birinchi yo‘nalish uchun amal qiladi. Ikkinchi, uchinchi va h.k. yo‘nalishlarga taalluqli emas. Lekin ular ham beshta yo‘nalish tanlay olishadi, faqat imtiyozli kvotaga kira olmay qolganda, o‘z bali bilan el qatori umumiy kvotada kurashadi. ❓Bu yerda na OTMlar, na yo‘nalishlar yozilgan, imtiyoz qanday qo‘llanadi? Avvalgi yillari IIO xodimlari farzandi uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotalar oliygohlar kesimida tasdiqlanar edi. Natijada qaysidir oliygohda o‘tish bali juda yuqori, qaysidir birida past bo‘lib qolardi. O’tgan yildan boshlab umumiy kvota e’lon qilinmoqda. Imtiyozli kvota OTMlar yoki yo‘nalishlar kesimida emas, tashkilot kesimida berilgan. Bu qanday bo‘ladi? Jami kvota 1 ming 828 ta. Aytaylik, Ichki ishlar tizimidagi xodimlarning farzandlari uchun jami 6 mingta tavsiyanoma berilgan (bu shunchaki misol, aslida ko‘p yoki kam bo‘lishi mumkin). Ular qaysi OTMni birinchi yo‘nalish sifatida tanlagani muhim emas. Masalan, kimdir Yuridik universitetni, kimdir O'zMUni, kimdir Sharqshunoslikni tanlagan va h.k. Qaysi yo‘nalishlarni tanlagani ham muhim emas. Xullas, tanlagan oliygohidan qat’i nazar, Ichki ishlar tizimidan tavsiyanoma olgan 6 ming nafar xodimlarning farzandlari to‘plagan ballar orasidagi eng yuqori ball olgan 1 ming 828 nafar abituriyent o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga davlat granti asosida qo‘shimcha kvotaga o‘qishga kiradi. Qolgan abituriyent esa o‘zi to‘plagan bali bo‘yicha umumiy tartibda barcha bilan bellashadi. Bali yetsa, ular ham grant yoki kontraktga kirishlari mumkin. ❓IIO xodimlari farzandlariga ball qo‘shib beriladimi? Yo‘q, hech qanaqa ball qo‘shib berilmaydi. Ular o‘zlari to‘plagan ball bilan bellashadi. ‼️Ushbu imtiyozdan foydalanish uchun abituriyent kamida 68 ball to‘plagan bo‘lishi kerak. 68 dan kamroq ball olganlarga mazkur imtiyoz qo‘llanmaydi, tavsiyanomasi kuyadi. 👉 @xushnudbek 👈