International Agriculture University (Spirituality)
СтатистикаContuct us: 📱telegramm: @iau_su_admission 📱instagram: https://www.instagram.com/iau__su?igsh=MWtkemMzem4ycjYzeA==
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 3
- Всего постов
- 48
- Тип
- открытый
- Язык
- und
- Категория
- Образование
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 162
- 1/48двое суток
- 185
- 1/72трое суток
- 200
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🚀 Iqtidorli talabalar va startap tashabbuskorlari uchun ajoyib imkoniyat! Innovatsion g‘oyangizni rivojlantirish va startapingizni yangi bosqichga olib chiqish uchun “President Tech Award” va “President AI Award” tanlovlarida ishtirok eting! 💻 President Tech Award — raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi eng yaxshi startap loyihalar uchun. 🤖 President AI Award — sun’iy intellekt yo‘nalishidagi eng yaxshi startap loyihalar uchun. Tanlovlar orqali eksport salohiyatiga ega, innovatsion va jahon bozorida raqobatbardosh startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutilgan. 📅 Arizalar 2026-yil 31-avgustga qadar qabul qilinadi. 🔗 Ariza topshirish: https://awards.gov.uz Agar sizda innovatsion g‘oya yoki startap loyiha bo‘lsa, bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🚀 ➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ 55 517 00 71 ☎️ 99 981 09 19 📩 @iau_2022 Website | Telegram | Instagram | YouTube | Facebook
UNG Overseas UNG Academy doirasida yagona ta’lim platformasi — UNG Online ishga tushirilganini e’lon qiladi. ⠀ Platforma neft-gaz sohasi xodimlari, shuningdek, sohaga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va talabalari uchun rivojlantiruvchi kurslarni birlashtiradi. ⠀ Platforma ishga tushirilishi munosabati bilan quyidagi: ⠀ ✅ HSE va mehnat muhofazasi ✅ Neft-gaz sohasiga kirish ✅ AI savodxonligi ⠀ kabi kurslardan mutlaqo bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi. ⠀ Ta’lim rus va o‘zbek tillarida mavjud, platforma esa ta’lim jarayoni va natijalarini kuzatish imkonini beradi. ⠀ UNG Online — bu shunchaki kurslar platformasi emas. ⠀ Bu bilimlarni yanada ommalashtiradigan va O‘zbekiston neft-gaz sohasi uchun yangi avlod mutaxassislarini tayyorlaydigan yagona raqamli ta'lim muhiti. ⠀ Saytga o‘ting va bugunoq bepul ta’lim olishni boshlang. ⠀ UNG Academy — O‘zbekiston neft-gaz sohasi kelajagi uchun xizmat qiladigan bilimlar. 📱 Yangiliklarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
🔈 Diqqat tanlov | O‘zbekistonda yaylovlardan barqaror foydalanish va chorvachilik kelajagini yoshlar bilan birgalikda shakllantiramiz Qishloq xo‘jaligi, chorvachilik yoki iqlim o'zgarishi masalalariga qiziqasizmi? Unda bu tanlov aynan siz uchun. 2026-yil BMT tomonidan Xalqaro yaylovlar va chorvadorlar yili deb e’lon qilingan. Bu O‘zbekiston yoshlari uchun chorvachilik va yaylovlardan foydalanishning kelajagini shakllantirishda faol ishtirok etish uchun muhim imkoniyat. 🖥 FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi WFF Uzbekistan Youth Chapter, Qishloq xo'jaligi vazirligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda 18–35 yoshdagi yoshlarni O‘zbekistonda yaylovlardan barqaror foydalanish va chorvachilikning kelajagiga bag‘ishlangan milliy maslahatlashuvida ishtirok etishga va 2026-yil Rim shahrida bo'lib o'tadigan Butunjahon oziq-ovqat forumi (WFF) uchun O‘zbekiston yoshlari tavsiyalarini ishlab chiqishga taklif etadi. Nega ishtirok etish kerak? 📣 O‘z fikringizni milliy va xalqaro darajada bildiring 🤝 Yosh yetakchilar, chorvachilik va yaylovlardan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar bilan fikr almashing 💡 Chorvachilikni rivojlantirish va yaylovlardan barqaror foydalanish bo‘yicha g‘oyalaringizni ilgari suring ✈️ Rim shahrida bo‘lib o‘tadigan WFF 2026 da O‘zbekiston nomidan ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ling Qanday ishtirok etish mumkin? 1️⃣ Ushbu havola orqali Milliy yoshlar so‘rovnomasini to‘ldiring (So'rovnoma to'ldirish muddati: 2026-yil 25-avgust, soat 23:00) 2️⃣ Saralangan ishtirokchilar yakuniy tavsiyalarni shakllantirishga bag'ishlangan onlayn maslahatlashuvda ishtirok etadilar. 3️⃣ Eng faol bir yoki ikkita ishtirokchi O‘zbekiston tavsiyalarini Rim shahrida WFF 2026 doirasida taqdim etish uchun tanlab olinadi. 🔗 Batafsil ma’lumot ❓ Savollar uchun: fao-uz@fao.org ------ 🔈 Call for Youth Participation | Youth Shaping Sustainable Pastoralist Futures in Uzbekistan Passionate about agriculture, livestock, climate action, or rural communities? 2026 is the UN's International Year of Rangelands and Pastoralists — and Uzbekistan's youth have a chance to shape the future of pastoralism. 🖥 FAO Representation in Uzbekistan, with the WFF Uzbekistan Youth Chapter, Ministry of Agriculture, "Zamin" International Public Foundation and the Youth Affairs Agency, invites youth aged 18–35 to join the national consultation on Youth Shaping Sustainable Pastoralist Futures and help develop Youth Recommendations from Uzbekistan for the World Food Forum 2026 in Rome. Why join? 📣 Make your voice heard nationally & internationally 🤝 Connect with young leaders and pastoralism experts 💡 Share ideas for the future of livestock & pastoral systems ✈️ Get a chance to represent Uzbekistan in Rome How to participate: 1️⃣ Complete the National Youth Survey by clicking to this link (Deadline: 25 August 2026, 23:00 UZT) 2️⃣ Selected participants join an online consultation to shape the final recommendations 3️⃣ One or two representatives are chosen to present Uzbekistan's recommendations at WFF 2026 in Rome 🔗Read more ❓ Questions? Contact: fao-uz@fao.org 🌐 Facebook 🚀 Telegram 🌐 Website
📢 DIQQAT, HURMATLI TALABALAR! 🏠 2026–2027-o‘quv yili uchun Talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish bo‘yicha onlayn arizalar qabuli boshlandi. Talabalar turar joyidan joy olish istagida bo‘lgan barcha talabalar quyidagi Google forma orqali ariza topshirishlari so‘raladi. 📝 Ariza topshirish uchun havola: 🔗 https://forms.gle/2KmcFhvwsUkm3AoE9 📅 Arizalar 2026-yil 20-avgust (shu kuni ham) soat 23:59 ga qadar qabul qilinadi. 📌 Eslatma: ✅ Formani diqqat bilan to‘ldiring va barcha ma’lumotlarni to‘liq hamda ishonchli kiriting. ✅ Noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan ma’lumotlar taqdim etilgan taqdirda ariza ko‘rib chiqilmasligi mumkin. ✅ Belgilangan muddatdan so‘ng yuborilgan arizalar qabul qilinmaydi. 📱 Yangiliklarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
📢 DIQQAT! “President AI Award – 2026” TANLOVIGA ARIZALAR BOSHLANDI! 🤖🚀 💡 Sun’iy intellekt (AI) sohasidagi innovatsion loyihangizni namoyish etish va yirik mukofotlarni qo‘lga kiritish imkoniyatini boy bermang! 🏆 "President AI Award – 2026" — sun’iy intellekt yo‘nalishidagi eng istiqbolli loyihalar uchun O‘zbekistonning eng nufuzli tanlovi. 💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi — 1 000 000 AQSH dollari! 👥 Ishtirok etish shartlari: 🔹 Jamoa tarkibi — 3–8 nafar ishtirokchi 🔹 O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yoki doimiy yashash guvohnomasiga ega shaxslar 📌 Ariza topshirish uchun talab etiladi: ✅ Ishlayotgan MVP (Minimum Viable Product) ✅ Loyihani tanishtiruvchi 3 daqiqalik video pitch ✅ GitHub repository havolasi ✅ Pitch Deck (PDF) va loyiha logotipi ❗️ Muhim: Barcha hujjatlar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tayyorlangan bo‘lishi lozim. 🌐 Arizalarni awards.gov.uz platformasi orqali onlayn topshiring va tanlovning keyingi bosqichlarida ishtirok eting. 📱 Yangiliklarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
📢 DIQQAT! "President Tech Award – 2026" TANLOVIGA ARIZALAR BOSHLANDI! 🚀 💡 Innovatsion g‘oyangizni yirik startapga aylantirish va xalqaro darajada rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🏆 President Tech Award – 2026 tanlovi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. 💰 Umumiy mukofot jamg‘armasi — 5 million AQSH dollari! Tanlov g‘oliblariga: ✅ Grant va investitsiyalar; ✅ Malakali mentorlar bilan ishlash; ✅ Startapni xalqaro bosqichga olib chiqish imkoniyati taqdim etiladi. 📌 Tanlov yo‘nalishlari: 🔹 Inkubatsiya (Idea va MVP) 🔹 Akseleratsiya (Pre-seed va Seed) 🔹 Best Startup Project (Seed va Series A) 👥 Ishtirok etish uchun yosh bo‘yicha hech qanday cheklov mavjud emas! 🗓 Arizalar qabul qilish muddati: 📍 Inkubatsiya — 10-avgust 📍 Akseleratsiya — 10-avgust 📍 Best Startup Project — 31-avgust 🌐 Ro‘yxatdan o‘tish: awards.gov.uz 📱 Yangiliklarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
📢 DIQQAT, TANLOV! 🇺🇿 "Jonajon o‘zbek tilim" respublika tanloviga marhamat! Davlat tilimizning nufuzi va mavqeini yanada yuksaltirish, o‘zbek tilini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Jonajon o‘zbek tilim" respublika tanlovi e'lon qilindi. 📝 Tanlov yo‘nalishlari: 🔹 Eng yaxshi ilmiy tadqiqot; 🔹 O‘zbek tilini raqamlashtirishga qaratilgan eng yaxshi dasturiy mahsulot; 🔹 Eng yaxshi badiiy-ijodiy asar; 🔹 OAVda e’lon qilingan eng yaxshi material; 🔹 O‘zbek tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik; 🔹 Xorijlik do‘stlar bilan yaratilgan ijodiy ish 📅 Arizalar qabul qilish muddati: 20-avgust – 20-sentabr 📤 Hujjatlarni yuborish uchun: Uz_til_jamgarma@umail.uz @Jonajontilim_bot 👤 Ishtirokchilar o‘zlari haqidagi ma’lumotni hamda ijodiy ishining elektron nusxasini ilova qilgan holda yuborishlari lozim. G‘oliblar : 💰 BHMning 50 barobari miqdorida pul mukofot 📜 diplom hamda 🎁 esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
без подписи
Assalomu alekum qadrli talabalar! 2026-2027-o'quv yili uchun talabalar turar joyiga ariza topshirmoqchi bo'lgan talabalar ushbu kanalga a'zo bo'lib qo'ying. Yotoqxona haqidagi barcha yangiliklar shu yerda yoritiladi. https://t.me/TTJ_xalqaro
без подписи
без подписи
🏆 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti talabasi — “Besh tashabbus olimpiadasi” sovrindori! 💪🔥 “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida workout sport turi bo‘yicha Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining iqtidorli va faol yosh sportchisi Ashurov Lochinbek munosib ishtirok etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. 🥉 Ushbu natija orqali Lochinbek Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 👏🇺🇿 Universitetimiz jamoasi nomidan sportchimizni ushbu yutuq bilan muborakbod etamiz! Kelgusidagi bellashuvlarda ham yuqori natijalar, kuch-g‘ayrat va ulkan zafarlar tilaymiz! 💐 💪 Sport — sog‘lom avlod va kuchli iroda garovidir! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
Bugun 10-iyul, haftaning juma kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon energetika mustaqilligi kuni. 🌏Futbol hushtagi tug‘ilgan kun. #muhim_voqealar 🔹1712 – Sankt-Peterburgda Petropavlovsk cherkovi qurib bitkazildi. 🔹1878 – Angliyada birinchi marta futbol hakami o‘yin davomida hushtak ishlatdi (bundan oldin hakamlar baqirishgan). 🔹1908 – Gollandiyalik fizik Heike Kamerling-Onnes dunyoda birinchi marta suyuq geliyni oldi. 🔹1962 – Birinchi tijorat aloqa yo'ldoshi Telstar uchirildi. 🔹1992 – O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro elektraloqa Ittifoqiga to‘laqonli a’zo bo‘ldi. #tavalludlar 🔹1856 – Nikola Tesla – serbiyalik va amerikalik fizik, elektrotexnika va radiotexnika sohasidagi ixtirochi. 🔹1934 – Javlon Hamroyev – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1969 – Erkinjon Turdimov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi aʼzosi 🔹1985 - Mario Gomes – nemis futbolchisi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
📚 #BUGUNGI_KITOB_TAVSIYASI 📖 Kitob nomi: The Psychology of Money ✍️ Muallif: Morgan Housel 📝 Qisqacha mazmuni: Kitob pul bilan bog'liq qarorlar faqat bilimga emas, balki insonning odatlari va xulq-atvoriga ham bog'liqligini tushuntiradi. Muallif moliyaviy muvaffaqiyatning psixologik jihatlarini hayotiy voqealar orqali yoritadi. Asar sodda va tushunarli uslubda yozilgan. 🎯 Kimlar o'qishi tavsiya etiladi? Iqtisodiyot, biznes va shaxsiy moliyani o'rganayotgan talabalar uchun. 💬 Kitobdan iqtibos: "Doing well with money has little to do with how smart you are and a lot to do with how you behave." ⭐️ Nima uchun tavsiya qilamiz? Chunki u pulni boshqarish bo'yicha foydali va amaliy fikrlarni taqdim etadi. Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
🌱# AgroFact 💡 Did you know? 📝 Bees pollinate nearly one-third of the food we eat. 🌍 Without bees and other pollinators, the production of many fruits, vegetables, and nuts would decline significantly, affecting global food security. Follow us: 👥 Department of Spirituality and Enlightenment ➡️ @IAU_Community
#kun_hikmati 🎤 Kichik qadamlar katta natija beradi. 🪶 Lao Szi Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
⏳⏳⏳⏳ Bugun 9-iyul, haftaning payshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing. #bayramlar 🌏Butunjahon energetika mustaqilligi kuni. 🌏Futbol hushtagi tug‘ilgan kun. 🇺🇸AQSh – Surunkali kasalliklar kuni. #muhim_voqealar 🔹1878 – Angliyada birinchi marta futbol hakami o‘yin davomida hushtak ishlatdi (bundan oldin hakamlar baqirishgan). 🔹1908 – Gollandiyalik fizik Heike Kamerling-Onnes dunyoda birinchi marta suyuq geliyni oldi. 🔹1962 – Birinchi tijorat aloqa yo‘ldoshi Telstar uchirildi. #tavalludlar 🔹1918 – Maxmudali Yunusov – adabiyotshunos olim. 🔹1934 – Javlon Hamroyev – aktyor, O‘zbekiston xalq artisti. 🔹1969 – Erkinjon Turdimov – O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Tashqi siyosat masalalari qo‘mitasi aʼzosi, Sirdaryo viloyati hokimi. 🔹1985 – Mario Gomes – nemis futbolchisi. 🔹1991 – Nikita Katsalapov – rossiyalik muz ustida raqs tushuvchi figurali uchish ustasi Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: ➡️ @IAU_Community
без подписи
без подписи
без подписи