Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish instituti
Статистика🎓Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti "Inson resurslari va mahalla taraqqiyotini boshqarish" instituti Axborot xizmati 📲Elektron resurs: @samdu_IRB_elektron_adabiyotlar
- Последний пост
- 14 авг.
- Последнее чтение
- 15 авг.
- Постов за неделю
- 6
- Всего постов
- 181
- Тип
- открытый
- Язык
- узбекский
- В каталоге с
- 13 авг.
- 1/24сутки в ленте
- 132
- 1/48двое суток
- 151
- 1/72трое суток
- 163
Оценка по просмотрам недавних постов: пост набирает почти всё за первые сутки.
Посты
🇺🇿#Mustaqillik35 – 35 yutuq 16-yutuq: Zamonaviy axborot texnologiyalarining rivojlanishi Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlandi. Xalq manfaatlarini qoʻllab-quvvatlash hamda bir qadar yengilliklar yaratish maqsadida raqamlashtilardi davlat xizmatlari hamda boshqa xiatlar raqamlashtirildi. Bundan tashqari Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xavsizligini taminlash maqsadida axborot xavsizligi xizmati yanada kuchaytirildi. Elektron xizmatlar, raqamli platformalar va zamonaviy texnologiyalar aholining kundalik hayotida tobora keng qo‘llanilmoqda. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#Talabalar_uchun #Grand_dasturi Erasmus+ 🇪🇺Yevropa Ittifoqiga bakalavriat, magistratura va doktorantura uchun eng yirik grand dasturi Yevropa Ittifoqining ta'lim, yoshlar va sport sohasidagi eng yirik almashinuv dasturi. Yevropa universitetlarida o'qish va tajriba almashish imkoni. Talablar: — Universitet talabasi yoki bitiruvchisi bo'lish — Ingliz yoki tegishli Yevropa tilini bilish — Universitetning Erasmus+ sherikligi bo'lishi — GPA talablari bajarilishi Batafsil: https://edu-talim.uz/grants/7 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#diqqat_tanlov 📢 “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi e’lon qilinadi! Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamkorligida bolalar va o‘smirlar uchun mazmunan boy, tarbiyaviy ahamiyatga ega, zamonaviy va qiziqarli badiiy asarlar yaratishni rag‘batlantirish maqsadida “Bolalar uchun eng yaxshi badiiy asar” respublika ijodiy tanlovi tashkil etilmoqda. 📚 Badiiy asarlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilinadi: — Oila va insoniy qadriyatlar; — Vatan, mahalla va jamiyat; — Ustoz, maktab va ta’lim; — Tabiat, texnologiya va kelajak; — Orzular va kelajakdagi kasblar. Tanlov uchun 6–10, 11–14 hamda 15–17 yoshdagi bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangan badiiy asarlar taqdim etilishi mumkin. 🏆 G‘oliblar diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Eng yaxshi deb topilgan asarlar esa maxsus to‘plam shaklida nashr etiladi. 📌 Batafsil shartlar, asarlarni taqdim etish tartibi va muddatlari tez orada e’lon qilinadi. 📤 Tanlov uchun ijodiy ishlarni yuborish: @trm_hikoya_yuborish_bot ☎️ +998 55 519-02-02 Balki bolalar kutayotgan eng yaxshi badiiy asarni aynan siz yozarsiz. Bolalarimiz eng yaxshi asarlarga munosib! Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
🇺🇿 12-avgust — Soliq organlari xodimlari kuni... Bugun yurtimizda yana bir bayram — Soliq organlari xodimlari kuni ham nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan barcha soliq organlari xodimlarini ushbu kasb bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman! Soliq tizimining samarali faoliyati mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish va davlatimiz taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omillardan biridir. 🇺🇿 Fursatdan foydalanib, Sizlarga mas’uliyatli va sharafli faoliyatingizda kuch-g‘ayrat, mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik va yangi muvaffaqiyatlar tilayman. Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin! Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring: 🕊Telegram 📱Facebook 📱Instagram
✅✅✅ “Dolzarb 90 kun” viktorinasi test ishlash jarayoniga start berildi. ❗️Testni ishlash uchun botga rasmdagidek /start bosib, keyin “Testlarni ishlash” tugmachasini bosasiz va testlar boshlanadi. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish 🔹Bugungi testlarni ishlash soat 21:00 da yakunlanadi. Ertaga ham 50 ta test ishlash kerak bo‘ladi. Agar referal yetarli emas deb chiqsa, bugun ham referal yig‘ish mumkin. 🔹Bugun va ertangi jami 100 ta testdan kamida 44 ball yig‘gan ishtirokchilar QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi!
🟢 Kamerangizni qo‘lga olish vaqti keldi 🎬 O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh jurnalistlar va blogerlar o‘rtasida “Sharafli yo‘l” videoroliklar tanlovini e’lon qiladi! 📹 Agar sizda kreativ g‘oya, ta’sirli hikoya yaratish mahorati bo‘lsa, ushbu tanlov aynan siz uchun! 🏆Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: • 🎥 “Eng yaxshi videorolik” (professional ijodkorlar uchun); • 🤖 “Sun’iy intellekt yordamida yaratilgan eng yaxshi videorolik”; • 📞 “Mobilografiya asosida yaratilgan eng yaxshi videorolik”. 📌 Ishtirokchilar quyidagi mavzularda ijodiy ishlarini taqdim etishlari mumkin: • “Mustaqillik mening taqdirimda”; • “Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar mamlakati”; • “Yoshlar – Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”; • “Mening Vatanim – mening faxrim”. 💰Har bir nominatsiya bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🥇1-o‘rin — 15 million so‘m 🥈2-o‘rin — 10 million so‘m 🥉3-o‘rin — 5 million so‘m 🗓 Ijodiy ishlar 2026-yilning 20-avgustiga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi. 🎉 G‘oliblar O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligi arafasida e’lon qilinadi. ✨ Qobiliyatigizni namoyon eting! Ijodiy ishlar Telegram messenjerida +99870-484-71-79 telefon raqamiga ochilgan (SHARAFLI YO'L 2026) sahifaga yuborilishi so‘raladi. Murojaat uchun telefonlar: 71 244-37-87, 71-244-64-62. Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
#Talabalar_uchun #Garmdori ♾ Nakapitelniy Effekt – hayotingizni o‘zgartiradigan kuch❕ Ko‘pchilik o‘zgarish bo‘lishini istaydi, lekin tez natija kutadi. Aslida esa hayotdagi eng katta natijalar – sekin, ammo uzluksiz harakatlardan tug‘iladi. Bunga nakapitelniy effekt deyiladi. ♻️Bu nima degani❔ Nakapitelniy effekt – bu kichik-kichik harakatlarning vaqt o‘tishi bilan katta o‘zgarishlarga olib kelish jarayonidir. — Har kuni atigi 10 daqiqa ingliz tili o‘rganish; — Har kuni bitta foydali kitobdan 5 bet o‘qish; — Har kuni 15 daqiqa yugurish. Bu narsalar bir oyda katta o‘zgarish qilmaydi. Lekin 6 oyda, 1 yilda – sizni boshqa darajadagi insonga aylantiradi. Esda tuting: “Katta o‘zgarishlar – doimiy kichik harakatlar natijasidir. Baraka, bilim, kuch – yig‘ilib boradi, birdan emas.” 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🇺🇿#Mustaqillik35 – 35 yutuq 15-yutuq: O‘zbekistonda oliy ta’lim imkoniyatlarining kengayishi Mustaqillik yillarida mamlakatimizda yangi oliy ta’lim muassasalari, filiallar va ta’lim yo‘nalishlari tashkil etildi. 1991-yilda respublikada atigi 37 ta oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 200 dan oshdi. Mamlakatda xususiy (nodavlat) universitetlar faoliyatiga ruxsat berildi. Shuningdek, Westminster, Inha, Webster, Turin, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti kabi nufuzli xorijiy OTM filiallari ochildi. Bu jarayon yoshlarning zamonaviy bilim va kasblarni egallashi uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#Talabalar_uchun 2026–2027 O‘quv yilidan talabalar baholash tartibi yangilanishi mumkin Hukumat qarori loyihasida bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar bilimini baholash tartibini takomillashtirish nazarda tutilgan. Hujjatga ko‘ra, 2026–2027 o‘quv yilidan boshlab bakalavriat va magistraturaga qabul qilinadigan talabalar uchun bilimni baholashning yangi tartibini joriy etish rejalashtirilmoqda. Loyihada 100 ballik baholash tizimi saqlab qolinishi belgilangan. Unga muvofiq ballar quyidagicha ajratiladi: joriy nazorat uchun — 30 ball; oraliq nazorat uchun — 20 ball; yakuniy nazorat uchun — 50 ball. Batafsil: https://edu-talim.uz/news/2026-2027-oquv-yilidan-talabalar-baholash-tartibi-yangilanishi-mumkin 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
Samarqand davlat universiteti tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti Saodat Jalolova Adliya vazirligining guvohnomasiga ega bo'ldi ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Toshkendagi Inha universiteti hamda Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg'armasi hamkorligida tashkil etilgan: 📇 👨💻 “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Data Science kurslariga 2026/2027-o‘quv yili uchun tanlovga arizalar qabuli boshlandi. 💡 Hurmatli talaba (2 bosqichni bitirib 3 bosqichga o‘tadiganlar uchun)! Yangi bilimlar sari intilayotgan, raqamli savodxonlik va texnologiyalarga qiziqayotgan yoshlarga ajoyib imkoniyat! 🎯Sun'iy intellekt yordamida kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish, egallayotgan mutaxassisligingiz bo‘yicha zamonaviy va professional kasb egasiga aylanish hamda yuqori maosh egasi bo‘lishni xohlasangiz unda Siz uchun bu kurs unikal imkoniyat! Imkoniyat va vaqtni qo‘ldan boy bermang! Sun'iy intellektni egarlang! Oddiy mutaxassis emas SI ni boshqara oladigan "chavandoz"ga aylaning! 🚀 Tanlovda ishtirok eting va “Data Science” kurslarida 🔤🔤🔤🔤🔤 tahsil olish huquqini qo‘lga kiriting! 📍Akademik mobillik: tanlov g‘oliblari kurs davomida (bir o‘quv yilida) Toshkent shahrida tahsil oladi; 🛒O‘qish davri uchun: 🍛bir mahal issiq ovqat; 🤑rag‘bat puli (oyiga – 1 320 000 so‘m) beriladi. 🧑💻Moddiy texnik ta’minot: ⌨️noutbuk; 🌐internet ; 📖online darsliklar; ⚙️amaliyotchi mutaxassislar darslari. 📊 Kursda: 🗄 “Startup”lar va zamonaviy muammolarni IT yechimlar bilan integratsiya qilish (vibe coding, Python, R, SQL, Power BI, ML, AI asoslari) ko‘nikmalari rivojlantiriladi. Bitiruv malaka ishi "Startup" loyiha sifatida qabul qilinadi. 🗓 Hujjat topshirish: 2026-yil 28-apreldan. 🗺 Ariza topshirish: faqat onlayn! 🌐 dscience.uz saytiga tashrif buyuring! 💬 Aloqa uchun: +998 90 177 20 22 👨💻 Mirzo Ulug’bek Vorislari Bizni kuzating: 📱 Sayt 📱 Telegram
Ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash bo‘yicha komissiyalar bayonnomalari Samarqand davlat universitetida talabalarga ta’lim grantlarini taqdim etish va qayta taqsimlash jarayoni doirasida Akademik o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha komissiya hamda Ijtimoiy faollikni aniqlash bo‘yicha komissiya tomonidan rasmiylashtirilgan bayonnomalar. Yuklash: 👉 https://www.samdu.uz/uz/announcements/65161 ✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: 🌐 Samarqandim.uz|✅Telegram | 🌐Instagram |✅Facebook | 📹You tube
#Talabalar_uchun Tibbiyot xodimlari farzandlari uchun kontrakt subsidiyasi qanday ajratiladi❔ Davlat tibbiyot xodimlarining farzandlariga yillik to'lov-kontrakt summasining 30 foizini subsidiya sifatida qoplaydigan imtiyoz qanday ishlab chiqiladi? Kontrakt subsidiyasi qanday ishlab chiqiladi? Davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil ish stajiga ega tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining farzandlariga oliy ta'lim tashkilotlarining bakalavriat ta'lim yo'nalishida o'qish uchun yillik to'lov-kontrakt summasining bir qismi subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya yillik to'lov-kontrakt summasining 30 foizi miqdorida, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan oshmaydigan qismi uchun ajratiladi. 👉 Batafsil: edu-talim.uz/news/837 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🇺🇿#Mustaqillik35 – 35 yutuq 14-yutuq:🥇Xalqaro sport maydonlaridagi yutuqlar Mustaqillik yillarida O‘zbekiston sportchilari Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, jahon hamda Osiyo chempionatlarida yuksak natijalarga erishdi. 🏆 Bu yutuqlar mamlakatimiz bayrog‘ini xalqaro maydonlarda yuksaltirib, yosh avlodni sport bilan shug‘ullanishga ruhlantirmoqda. Bugun O‘zbekiston sporti dunyoda munosib e’tirof etilmoqda. 🦉 Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 💠 “Dolzarb 90 kun” onlayn viktorinasida qatnashib, qimmatbaho sovg‘alar yutib oling! 🏛 Viktorinada tyutorlar, talabalar, o‘quvchilar, ustozlar, qisqasi O‘zbekiston fuqarolari barcha qatnashishi mumkin. G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi: 🏆GranPri (1 nafar) – Planshet 17 Max; 🥇1-o‘rin (2 nafar) – RGB Smart Google; 🥈2-o‘rin (3 nafar) – Smartwatch Ultra 3; 🥉3-o‘rin (4 nafar) – Quloqchin. ➡️ Batafsil ma’lumot olish ➡️ Viktorinada ishtirok etish ☑️G‘oliblar test va targ‘ibotchilik bo‘yicha alohida aniqlanadi va jami 20 kishi rasmdagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. ☑️Faol qatnashgan ishtirokchilar QR kodli, elektron sertifikatga ega bo‘ladi.
#Talabalar_uchun #Magistratura #Doktorantura El-yurt umidi 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi El-yurt umidi jamg'armasi orqali xorijda ta'lim olish imkoniyati. Dunyoning eng nufuzli universitetlarida magistratura va doktorantura bosqichida ta'lim olish uchun to'liq moliyalashtirish. Talablar: — Oliy ta'lim diplomiga ega bo'lish — Chet tilini bilish (IELTS 6.5+) — Ilmiy yo'nalish tanlash — Tavsiyanoma xatlari — Rezyume va motivatsiya xati Grant qoplaydi: — To'liq ta'lim granti — Yashash xarajatlari — Aviachiptalar — Vizani rasmiylashtirish Batafsil: https://edu-talim.uz/grants/1 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
#Bilarmidingiz 📚Bitta kitob dunyoga boshqacha qarashingizga sabab bo'lishi mumkin... 📖 "Mamlakatlar tanazzuli sabablari: Qudrat, farovonlik va kambag'allik manbalari 🤔 Nega Janubiy Koreya dunyoning eng rivojlangan davlatlaridan biri, Shimoliy Koreya esa iqtisodiy qiyinchiliklar bilan kurashmoqda? 🌎 Nega ayrim davlatlar tabiiy resurslarsiz ham boy, boshqalari esa ulkan boyliklarga ega bo'lsa-da rivojlana olmayapti? 💡 Agar siz ham shu savollarga javob izlagan bo'lsangiz, unda bu kitob aynan siz uchun. Mualliflar Daron Ajemo'g'li va James A. Robinson mamlakatlarning taqdiri geografiya yoki omad bilan emas, balki qanday institutlar barpo etilgani bilan belgilanishini tarixiy misollar orqali tushuntiradi. 📖 Kitobni o'qish davomida siz: ✅ Nega ba'zi davlatlar rivojlanishini; ✅ Nega ayrim davlatlar tanazzulga yuz tutishini; ✅ Qonun ustuvorligi va adolat iqtisodiyotga qanday ta'sir qilishini; ✅ Tarix bugungi kunni qanday shakllantirishini bilib olasiz. 🎓 Ayniqsa, davlat va jamiyat boshqaruvi, siyosatshunoslik, iqtisodiyot, tarix va huquq yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun bu kitob nafaqat qiziqarli, balki dunyoqarashni kengaytiradigan muhim manbadir. 📚 Ba'zi kitoblar ma'lumot beradi. Ba'zilari esa fikrlash tarzini o'zgartiradi. "Mamlakatlar tanazzuli sabablari ana shunday asarlardan biri. 🦉Bizni kuzatib boring @IRMTB_rasmiy
#Garmdori #Bilarmidingiz #Talabalar_uchun ⏳ 45+15 📚 "Bugun 8 soat o‘qidim, lekin deyarli hech narsa eslab qolmadim." Bu holat sizga tanishmi? Ko‘pchilik talaba muvaffaqiyatni faqat ko‘p soat o‘qish bilan bog‘laydi. Soatlab kitob qarshisida o'tirishni mehnat deb hisoblaydi. Ammo inson miyasi uzluksiz ishlaydigan mashina emas. U ham charchaydi, diqqatni yo‘qotadi va ma'lumotni qabul qilish qobiliyati pasayadi. ❗ Shuning uchun ba'zan 3 soat samarali o‘qish, 8 soat chalg‘ib o‘qishdan ancha foydali bo‘ladi. 🧠 Ana shunday vaziyatlarda 45+15 texnikasi yordam beradi. Uning tamoyili oddiy: ⏱ 45 daqiqa – faqat bitta vazifaga e'tibor qarating. Telefonni chetga qo‘ying, ijtimoiy tarmoqlarni yoping va butun diqqatingizni darsga bering. ☕ 15 daqiqa – miyangizga dam bering. Sayr qiling, suv iching, cho‘zilish mashqlarini bajaring yoki shunchaki ko‘zlaringizni dam oldiring. 🔬 Nima uchun bu usul samarali? Chunki miya ma'lumotni faqat o‘qish vaqtida emas, balki dam olayotgan paytda ham qayta ishlaydi va mustahkamlaydi. Tanaffus — vaqtni yo‘qotish emas, keyingi o‘qishni samaraliroq qilish uchun zarur bosqichdir. 📖 Tasavvur qiling. Ikki talaba imtihonga tayyorlanmoqda. Birinchisi 6 soat davomida deyarli tanaffussiz o‘qiydi. Oxirida charchaydi, diqqati susayadi va o‘qiganlarining bir qismini unutadi. Ikkinchisi esa 45+15 usulidan foydalanadi. Har bir mashg‘ulotda to‘liq diqqat bilan ishlaydi, tanaffusda esa miyasiga tiklanish imkonini beradi. Kun oxiriga kelib u kamroq charchaydi va ko‘proq ma'lumotni eslab qoladi. 💡 Muvaffaqiyatning siri har doim ham ko‘proq ishlashda emas. Ba'zan to‘g‘ri ishlash ko‘proq natija beradi. 🌱 Bugundan boshlab bitta sinov qilib ko‘ring. Telefoningizni chetga qo‘ying, taymerni 45 daqiqaga qo‘ying va faqat bitta maqsad ustida ishlang. So‘ng 15 daqiqa dam oling va yana davom eting. Bir hafta davomida shu tartibni saqlang. Natijani o‘zingiz sezishni boshlaysiz: diqqatingiz ortadi, charchoq kamayadi va o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqingiz qayta uyg‘onadi. ✨ Unutmang: sizni muvaffaqiyatga olib boradigan narsa ko‘p vaqt emas, balki har bir daqiqadan oqilona foydalanishdir. Har kuni kichik, ammo sifatli qadam tashlagan inson bir kuni katta marralarni zabt etadi. 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🇺🇿“35 000 tashabbus” — Mustaqillikning 35 yilligiga bagʻishlangan mega loyihaga start berildi❕ Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash ofisi tomonidan “35 000 tashabbus” umummilliy loyihasi yoʻlga qoʻyildi. Siz ham yurtimiz rivojiga oʻz hissangizni qoʻshmoqchimisiz? Unda jamiyat va davlat taraqqiyotiga xizmat qiladigan innovatsion gʻoya yoki tashabbusingizni taqdim eting. Taʼlim, fan, texnologiya, ekologiya, tadbirkorlik, madaniyat yoki boshqa istalgan yoʻnalishdagi har bir foydali tashabbus muhim. Tashabbusingizni yuboring: tashabbus.yito.uz 🗓 Tashabbuslar 1-avgustdan 31-avgustgacha qabul qilinadi Katta oʻzgarishlar bitta tashabbusdan boshlanadi. Sizning gʻoyangiz esa Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining navbatdagi qadami boʻlishi mumkin. 🦉Bizni kuzatib boring: @IRMTB_rasmiy
🇺🇿 ❗️Talabalar diqqatiga: Yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatga turish endi bir joyda! 📆 1-avgustdan boshlab talabalar turar joyiga (TTJ) joylashish uchun arizalar qabul qilish boshlanadi. Bu yilgi jarayon talabalar uchun yanada qulaylashtirildi. 🔵 Endi yotoqxonaga joylashish va vaqtincha roʻyxatdan oʻtish kompozit (birlashtirilgan) xizmat orqali avtomatik tarzda amalga oshiriladi. ❓Nima o’zgardi? 🏢 Ilgari yotoqxonaga joylashgandan soʻng vaqtincha roʻyxatdan oʻtish uchun alohida hujjat yigʻib, boshqa idoralarga murojaat qilish talab etilardi. Endilikda ushbu xizmatlar birlashtirildi — ortiqcha vaqt sarfi va ovoragarchiliklarga hojat qolmadi! 👉 Ariza topshirish uchun: ⏺ my.gov.uz’ga kirib, “Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlang va maʼlumotlarni toʻldiring. ✅ Arizangiz koʻrib chiqilib, elektron shartnoma va yo’llanma taqdim etiladi. 💰 Shartnomada koʻrsatilgan toʻlovni amalga oshirishingiz bilan kompozit xizmat ishga tushadi va vaqtincha roʻyxatga olish uchun toʻlov shakllanadi. 🔔 Roʻyxatdan oʻtish toʻlovini amalga oshirgach, sizga turgan joyingiz boʻyicha roʻyxatga olinganligingiz haqida qayd varagʻi taqdim etiladi. 📌 Muhim eslatma: Turgan joyi boʻyicha vaqtincha roʻyxatga qoʻyish muddati to’lov amalga oshirilgan kundan boshlab shartnomada koʻrsatilgan muddatgacha amal qiladi. ✅ Bitta murojaat — ikki natija! my.gov.uz orqali vaqtingizni tejang. 🌐 my.gov.uz | egov.uz 🚀Telegram 🔵 Facebook 📷instagram ▶YouTube 🎰LinkedIn 🚀 Bot